Personaj (lotincha “persona” – shaxs”) tutgan o‘rni va vazifasidan
qat’i nazar, badiiy asarga ishtirok etadigan shaxslar jamlanmasidir.
Personajlar asarda o‘zining muhimlik darajasiga qarab ikki xil
bo‘ladi:
1. Voqealar markazida turib konfliktni hal etuvchi va ijodkor
g‘oyasini boshqaruvchi –
asosiy qahramon .
2. Voqealar markazida turmay ijodkor g‘oyasini ifodalovchi, uni
to‘ldiruvchi –
ikkinchi darajali qahramon .
Obraz – voqealar markazida turib konfliktni hal etuvchi va jodkor
g‘oyasini boshqaruvchi personaj. Ya’ni, obraz personaj ichidan o‘sib
chiqadi va unga nisbatan tor tushunchani ifodalaydi.
Xarakter (grekcha “charakter” – “belgi”, “alohida xususiyat”,
“o‘ziga xoslik”) – xususiyatlari aniq ko‘rinib turuvchi mukammal
qahramon. U obrazdan o‘sib chiqadi. Demak, xarakter obrazga nisbatan
torroq tushunchani anglatadi – har qanday obraz xarakter bo‘la oladi,
lekin har qanday xarakter obraz bo‘la omaydi.
Tip (yunoncha “tupos” – “nusxa”, “tamg‘a”) – qahramonning
nihoyatda mukammalashgan ko‘rinishi bo‘lib, u xarakter singari ma’lum
bir tabaqa va shaxslarga oid maishiy muammolarni emas, balki butun bir
jamiyat va millat muammolarini o‘zi bilan yetaklab yuradi. Shuning
uchun u xarakterga nisbatan torroq tushunchani ifoda etadi.
Qahramon (obraz)larning bir-biridan o‘sib chiqishi va ichki
bog‘lanishini bir-birining ichida joylashgan doiralar ko‘rinishida tasavvur
qilish mumkin.
Ijodkorning qahramon yaratishdan maqsadi o‘z fikr va qarashlarini
ilgari surish ekan, u qahramonlarga nisbatan neytral turmaydi. Ezgulikni
ilgari suruvchi qahramonlarda insonlardagi barcha yaxshi xislatlarni,
yovuzlik va xudbinlikni ilgari suruvchi qahramonlarda yomon xislatlarni
~ 111 ~
jamlashga harakat qiladi. Ezgulikni tarannum etuvchi qahramonlar