Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish


~ 109 ~  CHO‘LPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ASARINI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

 


~ 109 ~ 
CHO‘LPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ASARINI 
OBRAZLAR TIZIMI ORQALI O‘RGANISHGA QARATILGAN 
VIDEODARS VA TAQDIMOT TAYYORLASH 
Ishning maqsadi:
talabalarni Cho‘lponning “Kecha va kunduz” 
asarini obrazlar tizimi orqali o‘rganishga qaratilgan videodars va taqdimot 
tayyorlash yo‘llari bilan tanishtirish. 
Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Husanboyeva Q., Niyozmetova R. O‘zbek adabiyotini o‘qitish 
metodikasi. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent: Innovatsiya-Ziyo. 2020. – 352 
b.
2. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. –
Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 
nashriyoti, 2010. – 167 b. 
3. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Amaliy va 
laboratoriya mashg‘ulotlari. –Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2012. – 144 b.
4. Qozoqboy Yo‘ldosh, Muhayyo Yo‘ldosh. Badiiy tahlil asoslari.
– Toshkent: Kamalak, 20216. – 306 b.
5. Adabiyot [Matn] 11-sinf: darslik-majmua / B.To‘xliyev va 
boshq.]. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2018. – 200 b. 
6. Hakimov M. Badiiy asarda qahramon, mazmun va shakl. Mavzu 
hamda g‘oya // Til va adabiyot ta’limi. – Toshkent, 2015. – № 3. – B. 25-
26.
Kerakli jihozlar: 
Cho‘lpon asarlari, multimedia vositalari 
Ishni bajarish tartibi: 
personaj, obraz, xarakter, tip va estetik ideal kabi tushunchalar 
mazmunini o‘rganish, ularga misollar keltirish (1-ilova); 
badiiy asar qahramonlari xarakter xususiyatlarini o‘rganishga oid 
yondashuvlar mazmuni bilan tanishish; 
“Kecha va kunduz” romanidagi obrazlarga xos xususiyatlarni 
o‘rganish; 
asardagi obrazlarni o‘rganishga oid videodars tayyorlash yo‘llarini 
o‘zlashtirish; 
muayyan qahramonning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan
taqdimot yaratish. 
1-ilova 
Asarda ishtirok etadigan shaxslar badiiy asar qahramoni deb 
yuritiladi. U hayotiy kuzatishlar asosida yuzaga keladi, badiiy to‘qima 


~ 110 ~ 
orqali aks ettiriladi, ma’lum g‘oyani tashuvchi inson hayotini konkret va 
umumlashtirgan holda tasvirlaydi. Xullas, qahramonlar vositasida asar 
voqealari yuzaga chiqishida asarda ishtirok etadigan har qanday 
qahramon ham birday ahamiyatga ega emas. Ya’ni, qahramon (obraz) 
asarda tutgan o‘rni va voqealardagi ishtirokiga ko‘ra quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi: 
1.
Personaj. 
2.
Obraz. 
3.
Xarakter. 
4.
Tip. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə