Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish


Panoramik tasvirli veb sayohatlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Panoramik tasvirli veb sayohatlar.
Virtual borliq – inson real 
borliqda harakat qilayotgan illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini 
beruvchi interaktiv texnologiya
35
. Virtual borliqda reallik insonning sezgi 
organlari orqali emas, maxsus interfeys (foydalanuvchi, tarmoq yoki tizim 
o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni aniqlash shakli), kompyuter grafikasi va ovoz 
yordamida hosil qilingan sun’iy axborotlar yordamida idrok qilinadi. 
Multimediya ilovalari (matn, rasm, tovush, panorama, animatsiya, 
video) vositasida simulyasiyalangan veb sayohatlarga omma e’tiborini 
tortishda panoramik tasvirlar faollashtiruvchi kuch sanalib, amalda 
ularning suratga olingan, videofilm yoki chizilgan ko‘rinishiga murojaat 
qilinadi. 
Kitobxonlikka oid panoramik virtual sayohatlarni asar sujeti va 
kompozitsion qurilishi, obraz-personaj xarakterini yoritish, matnga doir 
animatsiyalar ishlash, subyektga mos ovoz tanlash kabi operatsiyalar 
yordamida amalga oshirish mumkin. Panoramik tasvirlar interaktiv 
xarakterdaligi foydalanuvchini o‘ziga jalb etib, manbalarga takror 
munosabatni yuzaga keltiradi. Masalan, o‘quvchida biror ijodkor 
to‘g‘risida ma’lumot olish istagi tug‘ilsa, u muayyan joydan ta’lim 
35
Файзиева М., Сайфуров Д. Барча таълим йўналишлари учун “Виртуал таълим технологияси” модули бўйича 
ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2016. – 45-б.


~ 103 ~ 
muassasasi saytiga kirib, mavzu yuzasidan yaratilgan veb sayohatlarning 
faol ishtirokchisiga aylanishi mumkin.
Veb sayohatlar:
dastur bo‘yicha muhim mavzularning tanlanishi; 
sayohat obyektining belgilanishi va unga oid muhim axborotlar 
omborining shakllantirilishi; zarur o‘rinlarda sujet yo‘nalishi bo‘yicha 
elektron xaritalar tayyorlanishi (masalan, 9-sinfda Bobur umrbayonini 
o‘rganishda uning lashkari bilan yurgan yo‘llari yoki shoir merosini 
o‘rganish borasida tashkil etilgan xalqaro ekspeditsiyaning sayohat 
marshruti kabi); yig‘ilgan ma’lumotlar asosida rasm yoki videotasvir 
olinib, panorama tayyorlanishidan yaxlit ta’limiy mahsulot darajasiga 
keltiriladi.
Yozuvchi ijodining takrorlanmas adabiy-estetik hodisaligini 
yetkazishda, albatta, tarixiy sharoit, davr ruhi, madaniyati, san’ati 
namunalari va an’analarini virtual akslantirish o‘quvchi badiiy didi va 
mantiqiy tafakkuri takomiliga bevosita daxldor. Bunda, ijodkor 
fotoalbomidagi suratlarga qo‘shimcha holda muqaddas qadamjolar, 
tarixiy yodgorliklar ansambllari, muzey, kutubxonalar, ko‘rgazmalar 
galereyasi, xalq amaliy san’ati namunalari, hatto o‘simlik va hayvonot 
olami chizgilaridan kompleks foydalanib, ijodiy muhit yaratiladi, shu 
asosda o‘quvchi milliy o‘zlikni anglash ruhida kamol toptiriladi.
Ayrim tarixiy shaxslar o‘tmishiga oid fotolavhalar mavjud emasligi 
e’tiborga olinsa, ular yashab o‘tgan joylarning geografik tuzilishi, kitob 
va yaratgan kashfiyotlari mazmuni asosida maxsus panoramik jamlanma 
tuzishga ehtiyoj mavjudligini ta’kidlash o‘rinlidir. Masalan, 5-sinfda 
hadislar mavzusini o‘rganishda Samarqanddagi Imom al-Buxoriy 
me’moriy majmuasini tasvirga olib videopanorama tayyorlash, mavzu 
ichiga chuqurroq kirib, hatto muhaddis ma’lum muddat umrguzaronlik 
qilgan va tahsil olgan o‘lkalarda virtual sayrni davom ettirishga qulay 
muhit yaratiladi. Shuningdek, 9-sinf o‘quvchilariga mustaqil mutolaaga 
tavsiya qilish mumkin bo‘lgan taniqli adib Tog‘ay Murodning o‘zbek 
xalqi milliy an’ana va qadriyatlari yaxlit kompozitsiyasi chizilgan 
“Oydinda yurgan odamlar” qissasidagi marosim folklori, xalq og‘zaki 
ijodi namunalari panoramik tasvirlar yaratishga zarur manba bo‘lishi 
mumkin.
Yaxshi ayonki, xalq og‘zaki ijodining epik turidan biri sanalgan 
afsonalarda haqiqiy hayotda ro‘y bermagan bo‘lsa ham, ro‘y berishi 
mumkin bo‘lgan voqealar hikoya qilinadi. Badiiy to‘qima afsona 
janrining yetakchi xususiyatidir. Afsonalarda o‘ylab topilgan to‘qima 
hikoyalarga asoslanilsa, rivoyatlarda farqli o‘laroq hayot haqiqatiga 


~ 104 ~ 
yaqinlik xarakterlidir. “Oydinda yurgan odamlar” qissasida shaxs 
faoliyati hamda joy nomlarining kelib chiqishi bilan bog‘liq afsona va 
rivoyatlar farzandga zor qahramonlarning istaklariga bog‘lab hikoya 
qilinadi.
Farzandsizlik azobida o‘rtanib kul bo‘layotgan asar qahramonlari 
Oymomo va Qoplonbeklar farzand ilinjida har tomonga yelib-
yugurishadi: aziz-avliyolar qabrlarini ziyorat qilishadi, muqaddas 
qadamjolarga sig‘inishadi, folchi-yu tabiblarga ko‘rinishadi. Bu kabi 
harakatlar ularning So‘fi Olloyor mozori poyida qo‘y so‘yib, qon 
chiqarish lavhasida aniqlashadi.
Xo‘sh, Olloyor otli bu zot kim? U qanday karomatli shaxs bo‘lganki 
xalq unga sig‘ingan? Uning nomi bilan bog‘liq qanday rivoyatlar 
ommalashgan? 
Olloyor asli samarqandlik bo‘lib, XVII–XVIII asrlarda yashab 
o‘tgan. Shayxlar maktabida hamda Buxorodagi Jo‘ybor shayxlari 
dargohida tahsil olgan. “Murod ul-orifin”, “Tuhfat ul-tolibin”, “Maslak 
ul-muttan”, “Sabot ul-ojizin”, “Musannib alayhi rahmonni vasiyatlari” 
devonlari 
muallifidir. 
Asarda 
Olloyor 
nomining 
ilohiylashib, 
avliyolashtirilishi quyidagi rivoyatga bog‘lanadi: 
“Emishki, Olloyor bunday qarasa, Vaxshimorda suv bo‘lmadi.
Shunda Olloyor soy yoqalab bordi. Soy ostiga tushdi. 
Bir yer namlanib turdi, suv yiltillab turdi. Olloyor shu namni tayog‘i 
bilan turtdi. Yerdan suv sizib-sizib chiqdi. Olloyor xalifasiga: 
– Shu tayoq bilan yer chizib, Vaxshimorga iz qila ber, – dedi. 
Shunda xalfasi: 
– Suv pastda bo‘lsa, Vaxshimor yuqorida bo‘lsa, suv qanday qilib 
chiqadi? – dedi.
– Sen ilon izi qilib yuqorilab bora ber, suv chiqmasdan qolmaydi, – 
dedi Olloyor. Chindan-da, suv tayoq izidan yuqorilab bordi, 
Vaxshimorlab bordi.
Suv quyidan yuqorilab oqdi! Olloyor suvni elga ko‘z-ko‘z qildi. 
– Qara – buloq! – dedi. Shu-shu, buloq Qarabuloq, deya ataldi. 
Mana, ikki asrdirkim, Qarabuloq quyidan yuqorilab oqdi. Qishin-yozin 
qurimadi. Qishda iliq bo‘ldi, yozda sovuq bo‘ldi”
36

Asarda keltirilgan So‘fi Olloyor hazratlari maqbarasi bugungi kunda 
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi Vaxshivor qishlog‘ida 
joylashgan. Qorabuloq gidronimi aynan shu hududga tegishli. Farzandsiz 
oilalarning So‘fi Olloyor ziyoratgohiga borib sig‘inishi lavhalari zamirida 
36
Тоғай Мурод. Танланган асарлар. I жилд. – Тошкент: Шарқ, 2008. – 255-б. 


~ 105 ~ 
xalqning yarim hayotiy, yarim xayoliy voqealarga ixlos qilishlari 
ma’nosini uqish mumkin. Demak, yozuvchining xalq orasidagi 
e’tiqodlarga ijodiy yondashishidan foydalanib, panoramik tasvirlar 
yaratish o‘quvchilarni yashayotgan hududlaridagi joy nomlari (toponim, 
gidronim, oronim) bilan bog‘liq tadqiqotlarga qiziqtirishi mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə