Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Taxtiravon bezaklari. 
Taxtiravondagi ikkita charxapalak
 foniy va 
boqiy dunyo 
timsoli. 
Mahsi-kavush
. Suratda shohning bir oyog‘i muallaq holda turishi 


~ 100 ~ 
uning hech qachon Vatanidan ko‘ngil uzolmagani sababi bilan izohlash 
mumkin. Saltanatining mustahkamligini ikkinchi oyog‘ining yerga tegib 
turishi bilan bog‘lash o‘rinlidir. Maxsi uchun tanlangan yashil rang 
tarixiga nazar solinsa, bu rangning Sharq xalqlarida hayot ramzi ekanligi, 
unga o‘tmish bilan kelajakni bog‘lovchi timsol sifatida qaralishi, so‘fiylik 
ta’limotida ham ulug‘ ranglardan sanalishi ayon bo‘ladi. Bu rang zamirida 
Boburning yaqin insonlari uchun qayg‘urishiga ham ishora bordek
nazarimizda. Kavushining ko‘k rangi qahramonning o‘ziga ishonchi
vazminligi-yu va boshqalarga xayrixohligini bildiradi.
Suv
– hayot ramzi. Umrning yeldek o‘tishi, har bir lahzaning 
g‘animatligi demakdir. 
Gullar
timsoliga rassom go‘zallik, hayot quvonchi va undan 
zavqlanish hissini singdirgan. Qizil va sariq tusli chechaklar tabiatdagi 
iliqlikni, binafsharang esa ruhiy xotirjamlikni ifoda etgan.
Toshlar
(katta-kichik) tasviriga hayotda uchrashi muqarrar bo‘lgan 
turli muammolar va ularni kuchli iroda bilan yengishga da’vat ma’nosi 
singdirilgan. 
Rassom muhri. 
Muhr – asar muallifining “tashrif qog‘ozi”. 
Uzuk
taxt sohibining siyosati, davlati mustahkamligi ma’nosini 
anglatadi. 
Mantiqiy yechim. 
Bobur portretining asosiy elementlari 
kompozitsion sxematik joylashuvi modelini shakllantirish orqali 
muayyan yechimga kelish mumkin. Masalan:
kartina markazida mutolaa bilan mashg‘ul 
shoir
obrazi – asosiy 
(yonidagi ikkita shaklga nisbatan balandroq) uchburchak shakl; 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə