Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Multimedia 
mahsuloti 
tarkibida musiqa taraladigan
videokliplar, animatsiya, rasmlar va slaydlar galereyasi, turli ma’lumotlar 
bazalari va boshqalar kirishi mumkin bo‘lgan interfaol, kompyuterda 
ishlangan mahsulotdir. 
Multimedia texnologiyasi 
axborotni bir vaqtning o‘zida insonga 
tushunarli, ko‘p shakllar (jumladan, nutq, rasm, chizma, tasvir, musiqa, 
raqam va harflar) kombinatsiyasida havola qila oladi. Bu texnologiya 
axborotni qidirish, nusxa olish va boshqa biror kompyuterga ko‘rsatilgan 
shaklda, ko‘chirib o‘tkaza oladi hamda ularning xohlagan 
kombinatsiyasini 
yarata 
oladi. 
Bundan 
tashqari, 
multimedia 


~ 95 ~ 
texnologiyasidan foydalanuvchi o‘zi dizayn bilan shug‘ullana olishiga 
imkon 
beradi, 
shuningdek, 
statik 
(harakatsiz) 
va 
dinamik 
(harakatlanuvchi) tasvirlarni yaratishi hamda o‘z ijodiy ishining 
natijalarini aloqa kanallari orqali tashqi muhitga tarqatishi mumkin. 
Multimedia vositalari – 
bu apparat va dasturlar to‘plami bo‘lib, u 
insonga o‘zi uchun tabiiy bo‘lgan turli-tuman muhitlarni: tovush, video, 
grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatgan holda kompyuter 
bilan muloqot qilish imkonini beradi. 
Таsvirlarni ko‘rish va ular bilan ishlash uchun mo‘ljallangan 
dasturiy vositalarga Adobe Photoshop, Corel Photo-Paint, Paint Shop Pro, 
Microsoft Picture It, Visualizer Photo Studio, Pixel image editor, 
PixBuilder Photo Editor, Fo2Pix ArtMasterlar kiradi
30

2-ilova 
Yozuvchi biografiyasi, ijodi o‘rganishga kirishilar ekan, eng 
avvalo, uning shaxsiyati sirini anglash zarur. Aynan yozuvchi shaxsiyati 
va uni o‘rab turgan atrof-muhit bu holatda asar tahlilining tayanch nuqtasi 
bo‘lib qoladi. Ijodkor shaxsiyati, u yashagan davr va tasvirlanayotgan 
hayot voqeligiga munosabatni ochib berish talabi ta’lim oluvchilarning 
intelektual salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq bir qator vazifalar 
ijrosini ko‘zda tutadi. Yozuvchi ijodini o‘rganish metodikasi ilmda 
allaqachon o‘z yechimini topgan bo‘lsa ham jamiyatning axborotlashuvi, 
ta’limdagi innovatsiyalar mavjud an’analarni davrga hamohang tarzda 
takomillashtirishni, o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan samarali usul va 
metodlarni taqozo etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qituvchi oldiga 
masalaga doir maqsadli strategiyalarni tatbiq etish zaruratini ko‘ndalang 
qo‘yadi.
Metodik adabiyotlarda yozuvchi biografiyasini o‘rganish ularning 
o‘zlari yozib qoldirgan hasbi hollari, zamondoshlarining e’tiroflari 
tarzidagi yozma materiallar, fotoalbomlar, filmlar, uy-muzeylarga 
sayohat, ular bilan uyushtirilgan suhbat, intervyu kabi vositalarning 
ahamiyati bayon etiladi. Zero, bunday turdagi didaktik ashyolar professor 
B.To‘xliyev to‘g‘ri qayd etganiday, “badiiy ijodning o‘ziga xos 
xususiyatini tushunish uchun ham, adibning shaxsiyatiga aloqador 
bo‘lgan ma'lumotlarni oydinlashtirish uchun ham, o‘rni-o‘rni bilan esa 
muayyan bir adabiy hodisaning ijtimoiy-estetik ahamiyatini tasavvur 
etish uchun ham favqulodda katta yordam berishi mumkin bo‘ladi”
31
. Shu 
nuqtayi nazardan yondashilganda yozuvchi tarjimai holini turdosh fanlar 
30
Файзиева М., Сайфуров Д. Виртуал таълим технологияси. – Тoshkent: ТДПУ, 2006. – 27-32-б.
31
Тўхлиев Б. Адабиёт ўқитиш методикаси. Ўқув қўлланма. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. – 116-б.


~ 96 ~ 
doirasida qiyosiy o‘rganish, fanlararo aloqaga asoslanish asarlarining 
g‘oyaviy-badiiy xususiyatiga chuqurroq kirish, ijodining estetik qimmati 
hamda jamiyat va xalq oldidagi xizmatlarini haqqoniy baholashga xizmat 
qiladi.
Fanlararo aloqani o‘rnatishda dastlab o‘quv materiali mazmuniga 
xos yetakchi xususiyatlarni aniqlash, boshqa predmetlarga tegishli 
bilimlardan oqilona foydalanish, mavzu mohiyatini chuqurroq yoritishga 
doir mustaqil ishlar o‘tkazilishi belgilansa, keyingi bosqich o‘qituvchi 
oldiga o‘quv jarayonining tuzilishi bilan ishlarni maqsadga muvofiq holda 
rejalashtirish talabini qo‘yadi. Fanlararo aloqadorlik bilimlarni 
integratsiyalash asosida o‘qituvchi modelini invariant va variativ 
qismlarga ajratishni nazarda tutadi.
Invariant tuzilishi (shaxsiy tavsifi) mazmuni ixtisosligidan qat’iy 
nazar, o‘qituvchining axborot madaniyati, umumta’lim tayyorgarligi 
darajasi hamda pedagogik-psixologik mahoratini o‘zida aks ettiradi. 
Variativ tuzilishi (ixtisoslik tavsifi) esa o‘qituvchining aniq 
ixtisosligi, fan sohasining o‘ziga xosligi, o‘qitishning xususiy metodikasi 
hamda ta'lim jarayonida fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish 
vositalarini mujassam etuvchi bilim va ko‘nikmalari hisoblanadi. Variativ 
tuzilma bilimlarga nisbatan xususiy va metodik tayyorgarlik qatorida 
ta’limning integrativ va umummetodologik masalalari bo‘yicha ham 
qo‘shimcha talablarni o‘z ichiga oladi.
Yozuvchi tarjimayi holini tasviriy san’at fani bilan bog‘lab 
o‘rganish, bunda turli janrlar, xususan, portret namunalariga murojaat 
qilish o‘qituvchi zimmasiga rang-tasvirning ifoda vositalari, san’atga doir 
tushunchalar mazmuni, ularga xos xususiyatlar bilan batafsil tanishish, 
so‘ngra o‘rganilayotgan namunalarga xoslikni belgilash va o‘quvchilar 
faoliyatini shu masalaga yo‘naltirish maqsadga muvofiq.
Adabiyot 
darslarida 
portret 
janridagi 
asarlarni 
o‘rganish 
quyidagilarga imkon yaratadi: 
– ijodkor yashagan davr ruhini anglash;
– adabiyot va san’atning taraqqiyot tendensiyalarini belgilash;
– adabiyotning boshqa sohalar bilan aloqasini o‘rganish;
– portret janrining rivojlanish bosqichlarini kuzatish; 
– muallifning individualligi va mahoratini baholash; 
– asardagi asosiy elementlarni o‘qish yo‘llarini o‘zlashtirish; 
– portretdagi falsafiy-psixologik mazmunni yoritish va h.k.
Ma'lumki, jahon tasviriy san’atida portret janrida Leonardo do 
Vinchi, Titsian, Rembranat, Repin singari iste’dodli rassomlar mahorat 


~ 97 ~ 
bilan ijod qilishgan. O‘zbekistonda bu janr takomili A.Abdullayev, 
M.Nabiyev, Ch.Axmarov, J.Umarbekov, R.Ahmedov kabi mo‘yqalam 
ustalari faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Portret janrida samarali qalam 
tebratish uchun ijodkordan zarur sifatlar talab etiladi. Xususan, bu borada 
B.Mahmudovning quyidagi fikrlari o‘rinlidir:
“Birinchi navbatda, rassom inson husn-jamoliga maftunkor bo‘lishi, 
ikkinchidan inson psixologiyasini yaxshi bilishi, uchinchidan, intellektual 
salohiyati baland, to‘rtinchidan, inson va tabiat, inson va jamiyat haqida 
teran fikr-mulohazalar sohibi bo‘lmog‘i lozim. Chunki har bir badiiy 
jihatdan mukammal portret yakka shaxsning shunchaki ko‘rinishi emas, 
balki bu shaxsning kasb-kori, millati, davri, ma’naviy qiyofasi orzu-
umidlarining ifodasi bo‘ladi. Buning uchun rassom ko‘p narsalarga 
qiziqishi, bilishi va fikr yuritishi, olam va odamga falsafiy munosabatda 
bo‘lishi kerak”
32
. Bu jihatlar o‘quvchida obrazning tashqi qiyofasi, 
psixologik xususiyatlarini ochib berish bilan birga muayyan davrning 
ijtimoiy-madaniy manzarasi yuzasidan ham tasavvur uyg‘otadi.
Yaxshi 
ayonki, 
uzluksiz 
ta’lim 
bosqichlarida 
Zahiriddin 
Muhammad Bobur hayoti hamda “Boburnoma” asarini o‘rganishga oid 
aksariyat darslarda portret, miniatyura yoki illyustratsiya janridagi 
asarlarga murojaat qilinadi. Xususan, Bobur obraziga oid rang-tasvir 
namunalaridan biri XVII asrda noma’lum rassom tomonidan ishlangan 
portretdir
33
. Mazkur asar Bobur hayoti va ijodi haqidagi materiallarda 
uchramaydigan ayrim jihatlarni ochishda zarur manba bo‘lishi bilan ham 
ahamiyatlidir.
Musavvir Bobur obrazidagi shohlik va shoirlik sifatlarini yaxlit 
gavdalantirish uchun mos shakl va tasvir vositalarini topa olgan. Puxta 
tanlangan detallar sujetning ichki mohiyatini to‘liq ochib bergan. 
Qahramon hayot yo‘lining yorqin va tashvishli damlarini tasviriy san’atga 
xos bo‘lgan badiiy umumlashtirish, ko‘p qirrali talqin, mazmun va shakl 
uyg‘unligi, teran mushohada asosida ko‘rsata bilgan. Bunda obrazning 
gavda tuzilishidagi aniqlik, ranglar uyg‘unligi, tasvir vositalarining 
lo‘ndaligi va shohona nafislik yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bobur 
portretining tasviriy sxemasi o‘ziga xos va original, mantiqiy yechimi 
ham innovatsion xarakterda. Asar kompozitsiyasida detallarning 
mutanosibligi to‘liq ta’minlangan. 
Portret namunalarini badiiy talqin qilishda san’atshunos olimlar 
32
Маҳмудов Б. Портрет яратиш маҳорати // Халқ таълими. – Тошкент, 2010. – № 2. – Б. 66-67. 
33
“Бобурнома” миниатюралар / Таҳрир ҳайъати: А.Қаюмов, Ҳ.Султонов, Б.Алимов ва бошқ. – Тошкент: 
“O‘qituvchi” НМИУ, 2008. – 47-б.


~ 98 ~ 
fikrlari hamda sohadagi mavjud nazariyalardan foydalanish asarni idrok 
etishning samarali yo‘llaridan hisoblanadi. Jumladan, noma’lum rassom 
yaratgan Bobur portreti tahlilida professor S.Bo‘latov talqiniga
34
tayanish 
obrazning xarakter xususiyatlari, ruhiyati va ma’naviy dunyosini ochib 
berishi qatori har bir sinchining shaxsiy talqinlariga ham imkon beradi.
Portret mazmunini o‘qish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Asardagi har bir elementni ajratib olish. 
2. Ranglar va elementlardagi ramziylikni aniqlash. 
3. Ularning ma’nosini izohlash. 
4. Portretning mantiqiy yechimini topish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə