Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

 
Kreativ metodlar.
Tadqiqot xarakteridagi kreativ metodlar 
tarbiyalanuvchilarda maqsadga qaratilgan ijodiy tafakkurni qaror toptirib, 
shaxsiy ta’lim mahsuli yaratish bilan natijalanadi. U o‘z tarkibiga “O‘ylab 
topish”, “Agarda...”, “Obrazli tasvir”, “Giperbolizatsiya”, “Tasodifiy 
assotsiatsiyalar”, “Agglyutinatsiya”, “Aqliy hujum”, “Sinektika”, 
“Morfologik quti”, “Inversiya yoki murojaat qilish” kabi metodlarni 
qamrab oladi. 
 
28
Ahmedov S. va boshq. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik. – Toshkent: Sharq.
2017. – 38-b.


~ 87 ~ 
“O‘ylab topish” metodi
avvaldan ma’lum bo‘lmagan aqliy faoliyat 
natijalari mahsulini yaratish maqsadini nazarda tutadi. Bunda muayyan 
bir obyektning qaysidir sifatini boshqasiga ko‘chirish orqali yangi obyekt 
yoki unga xos qandaydir xususiyatlar kashf qilinadi; o‘zga sharoitda 
obyektga xos ma’lum jihatlar izlab topiladi; tadqiq qilingan obyekt 
elementlari aniqlanib, o‘zgartirishlar kiritiladi. 
“O‘ylab topish” metodi vositasida o‘quvchilarga muayyan bir obraz 
xarakterida mujassam xususiyatlarni fikran boshqasiga o‘tkazish taklifini 
kiritish mumkin. Mazkur jarayonda o‘quvchilar aynan qaysidir 
qahramonni tamomila boshqa qiyofada ko‘rishi va xayolan o‘zlari 
inkishof etgan evrilishlarni yuzaga chiqarish imkoniga ega bo‘ladilar. 
Jumladan, taniqli adib Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” tetralogiyasi 
personajlari Amir Kayxusrav, Mahmudshoh Buxoriy, Abu Is’hoq 
Yasovuriy, Odilshoh jaloyir kabi xudbin amirlar Amir Temurning 
kechirimlilik, bag‘rikenglik, olijanoblik bobidagi xatti-harakatlari 
ta'sirida o‘zlarini jaholatdan asray bilgan kishilar obrazlari sifatida
gavdalanishi nazarda tutiladi. 
Agglyutinatsiya metodi
shakl va mohiyatan qarama-qarshi narsa-
buyumlar, hodisalarni yaxlit bir butunlikda ko‘ra olishga yo‘naltiradi. 
Evristik ta’lim metodlari ustida izlanishlar olib borgan tadqiqotchi 
J.Tursunovning fikricha, ushbu metod ta’lim oluvchilarga ayrim narsa va 
predmetlarni haqiqiy voqelikda o‘zaro muvofiq kelmaydigan belgi, sifat, 
xususiyat yoki qismlarga tayanib birlashtirishga qulay sharoit yaratadi.
Bunga issiq qor, chuqurlik cho‘qqisi, yugurayotgan daraxt, shirin tuz
qora yorug‘lik, uchayotgan ayiq kabi obyektlar misol qilib olinadi
29

29
Турсунов Ж. Ўқувчиларда креатив қобилиятларни шакллантиришда эвристик таълим методларидан 
фойдаланиш // Maktab va hayot. – Тошкент, 2013. – № 3. – Б. 28. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə