Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Ilmiy faraz (gipoteza
) olamdagi aniq narsa, hodisa 
va jarayonlarning mohiyati, qonuniyatlarini yoritish masalasi ustuvor 
25
Матчонов С. Умумтаълим тизимида адабиётдан мустақил ишларни ташкил этиш. Пед. фан. док. ...дисс. -
Тошкент, 1998. – 84 б.


~ 85 ~ 
bo‘lgan metoddir. Har qanday fan empirik materiallar tahliliga tayanadi 
va ularni anglashdan boshlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, ichki mohiyat, 
o‘zaro bog‘liqlik va munosabatlarning in'ikosi bo‘lmish yangi g‘oyalar 
ijod qilinishiga zamin yaratadi. 
Adabiyot darslarida ilmiy faraz (gipoteza) metodini qo‘llashning 
afzalliklari shundaki, bunda o‘rganilayotgan mavzu doirasida savol-
topshiriqlar yoki muammoli vaziyatlarning bir qator variantlari yaratilishi 
ko‘zda tutilib, g‘oyalarning asoslari aniqlanadi, muhokama qilinib, 
mantiqan mukammal hisoblangan fikr-mulohazalar tanlab olinadi. 
9-sinfda Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” yoki 
jahon adabiyotidan P.Koeloning “Alkimyogar” asarlarini mustaqil 
o‘rganishda “Agar Bayna momo nafrat va qasos hislarini yengishga 
o‘zida kuch topa bilganida edi...”, “Agar momo hayotini yangidan 
boshlashga urinib ko‘rganida edi...”, “Agar momo yangi avlodning 
samimiy munosabatini qabul qilganida edi...” yoxud “Agar Santyago 
tushiga ishonmasdan qo‘ylarini boqib yuraverganida edi....”, “Agar 
Santyago qo‘rqoqlik qilib sahroyilarga ichki imkoniyatlarini ko‘rsata 
olmaganida edi...” tarzidagi voqelik zamiriga chuqur yo‘naltiruvchi 
savol-topshiriqlar tizimi taqdim etilishi asosida ta’lim oluvchilarning 
metod doirasidagi faoliyatlari belgilanadi. Natijalar esa mantiq va idrokka 
asoslangan javob variantlari shakllantirilishi bilan xulosalanadi.
“Ramziy ko‘rish” metodi
. Mazkur metod obyekt va uning ramzi 
o‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlash va yaratishga yo‘naltiradi. “Ramz – bu 
o‘zida mohiyatni mazmun etgan voqelikning chuqur obrazidir va u shu 
voqelikni bilish va kuzatish vositasida namoyon bo‘lishi mumkin
26

Har qanday nazariya unga asos bo‘ladigan ilmiy dalil va qonunlar 
bilan mavjuddir. “Kognitiv nazariyada “sxema” tushunchasi qabul 
qilingan bo‘lib, bu tushuncha inson xotirasida mavjud bo‘lgan 
ma’lumotlar va xotiralar yig‘indisini bildiradi. Inson miyasi yangi 
ma’lumotni qabul qilayotganda o‘zida mavjud sxema bilan solishtiradi va 
bu sxemaga mos tushadigan ma'lumot yaxshiroq va osonroq 
o‘zlashtiriladi”
27

Bu borada o‘quvchilarga ramzlarni matnga bog‘liq holda talqin
qilish, ular o‘rtasidagi g‘oyaviy mushtaraklikni so‘z, turli belgilar yoki 
grafik shakllarda tasvirlashga doir topshiriqlar berish mumkin. Masalan, 
“Saxiy bulutdir, xirmon-xirmon don hosili, balki xazina beradi; baxil 
26
Турсунов Ж. Ўқувчиларда креатив қобилиятларни шакллантиришда эвристик таълим методларидан 
фойдаланиш // Maktab va hayot. – Тошкент, 2013. – № 3. – Б. 27. 
27
Жалилов К. Навоий асарларини тушунишга тайёрлаш стратегиялари / Alisher Navoiy va XXI asr. Республика 
илмий-назарий анжумани материаллари. – Tошкент, 2017. – Б. 235. 


~ 86 ~ 
chumolidir, don-dun, mashoq teradi. Oliyhimmat odam – balandparvoz 
lochindir, behimmat – sichqon ovlovchi kalxatdir”
28
kabi ta’riflar 
misolida muayyan obyekt xususiyatlari o‘rganilib, kuzatishlar asosida 
uning ramziy ma’nolarini aks ettirish taklifini kiritish mumkin. Demak, 
kognitiv metodlar ta’lim oluvchilarning borliqni turli ramzlar orqali fikran 
tasavvur qilish, obyekt timsolini xayolan yaratish, voqea-hodisalar, narsa-
buyumlar o‘rtasidagi sabab-natijalar mohiyatini idrok qilish ko‘nikmasini 
shakllantirishga xizmat qiladi. Masalan, fikrimizga misol sifatida 
quyidagi qiyoslashni keltiramiz: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə