Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish


Kognitiv (“bilmoq, anglamoq, tushunmoq”)  metodlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Kognitiv
(“bilmoq, anglamoq, tushunmoq”) 
metodlar
ta’lim 
oluvchilarda butun olam haqidagi mavjud bilim va tushunchalarni yanada 
orttirish, shuningdek, masalani tarkibiy qismlarga ajratib tadqiq qilish 
ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Kognitiv o‘qitish 
asosida shaxsni biologik, psixologik va ijtimoiy tashkillashtirishning 
dinamik tizimi yotadi. Uning “strategiya va aqliy qobiliyatlarning butun 
majmuini rivojlantirib, o‘qitish jarayoni va individning yangi sharoitlarga 
o‘rganish jarayoniga imkoniyat yaratishi”
24
ni qayd etmoq o‘rinlidir.
So‘nggi paytlarda jahon falsafasi va tilshunoslik sohasida keng 
ommalashgan ushbu tahlil metodlari negizida o‘quvchilarning ongi, 
ruhiyati va bilish jarayonlari rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish masalalari 
nazarda tutiladi. Zamirida ta’limiy mahsulot yaratishga erishish va, 
asosan, obyektni bilish maqsadi ustuvor kognitiv metodlar natijasi 
o‘qituvchining o‘quvchi bilan do‘stona munosabat o‘rnatishida, darsda 
qulay pedagogik va psixologik muhit yarata olishida namoyon bo‘ladi. 
Ta’kidlash o‘rinliki, empatiya, obrazli ko‘rish, ramziy ko‘rish, evristik 
savollar, taqqoslash, evristik kuzatish, tadqiqot, tushunchalarni yig‘ish va 
ilmiy faraz (gipoteza) kabi qator metodlar kognitivlik xususiyatiga ega. 
Adabiyot darslari inson kechinmalari va his-tuyg‘ularini turli 
rakurslarda tadqiq etish nuqtayi nazaridan ham hayotiydir. Shu bois, 
ta’limiy obyektlar ichiga kirib borish jarayonida o‘quvchi his qilish 
darajasida fikrlashga harakat qiladi. Buning samarasi o‘laroq ong va 
tasavvurda muayyan qahramonning omuxtalashgan tashqi va ichki 
24
https://www.mirznanii.com/a/179562/kognitivnye-metody-obucheniya
KOGNITIV METODLAR 
mohiyatni 
ko‘ra olish 
empatiya 
obrazli ko‘ra 
olish 
evristik 
savollar 
ramziy 
ko‘rish 
ilmiy faraz 
tadqiqot 
taqqoslash 


~ 84 ~ 
portreti, emotsional-bo‘yoqdor hayotiy manzaralar tasviri paydo bo‘ladi, 
turli fanlar doirasidagi bilimlar sarhisob qilinadi, qiyoslanib, 
umumlashtiriladi hamda voqelikning tub mohiyati idrok qilinadi. “Asarda 
tasvirlangan voqelik bilan hayot voqeligini farqlash jonli muloqot 
natijasidir. Kitobxon ularni taqqoslash uchun bosh qotiradi – o‘ylashga 
majbur bo‘ladi. Shu jarayonda asar voqeligini xayolida qayta jonlantiradi, 
qahramonlarning o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘radi, muayyan xulosalar 
chiqaradi. Ko‘rinadiki, u ham o‘ziga xos ijod qiladi”
25

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7-sinfida “Hayrat ul-abror” dostoni 
“Salotin” bobidagi “Shoh G‘oziy haqida hikoyat”ni empatiya metodiga 
tayanib mustaqil o‘qib-o‘rganishda o‘quvchilarga quyidagicha murojaat 
qilish mumkin (mazkur metod mazmuni haqida avval ma’lumot berilgan): 
“Tasavvur qiling, siz asar voqealari sodir bo‘lgan zamon va 
makonga tushib qoldingiz. O‘zingizni shoh G‘oziy qiyofasida ko‘ring. 
Kampir sizdan o‘g‘lining xunini talab qilmoqda. Kampirning da’vosiga 
nisbatan qanday chora ko‘rasiz? Uni jazolaysizmi yoki hukmdordek yo‘l 
tutasizmi? Jabrlanuvchi adolat talab qilgandagi holatingizni so‘z bilan 
ifodalang”. 
Qahramonlar obraziga xayolan “kirib olish” obyekt xususiyatlarini 
ichdan o‘rganish, tuyg‘u va kechinmalarini anglash jarayonini 
integratsiyalaydi. Ta’limiy obyektlar ichiga kirish holatidagi his-tuyg‘ular 
(ishonch, quvonch, qoniqish, ikkilanish, qo‘rquv, nafrat, g‘azab), fikr-
mulohazalar o‘quvchining istiqbolda namoyon bo‘ladigan intellektual 
faoliyati mahsulidir. Personajlar o‘rtasidagi suhbat, tortishuv, bahs-
munozaralarni aks ettirish orqali o‘quvchilarda dialoglarni monologik, 
polifonik nutqqa, matndagi ko‘chirmalarni o‘zlashtirma gaplarga 
aylantirish malakalari ham shakllantiriladi.
Empatiya metodini qo‘llashning ahamiyati o‘quvchida personajlar 
qiyofasiga kirish orqali obyekt muammolarini tushunish, kechinmalarini 
his qilish va jarayonni belgili, harakatli yoki rasmli tarzda tasvirlash 
ko‘nikma va malakalari shakllanishi; mavjud imkoniyatlar yuzaga 
chiqishi; obyekt ichiga kirish holatida o‘quvchi o‘zini kuzatish va 
baholash imkoniga ega bo‘lishida namoyon bo‘ladi. 
Fanda ilmiy gipoteza ilmiy dalillarga tayanishi yaxshi ma’lum. Shu 
nuqtayi nazardan olganda ilmiy faraz haqiqatligi isbotlanishi talab 
etiladigan bilimdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə