Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Multimedia (
multimedia 

ko‘p muhitlilik
) – 
bu kompyuter 
texnologiyasining turli xil fizik ko‘rinishiga ega bo‘lgan (matn, grafika, 
rasm, tovush, animatsiya, video va h.k.) va turli xil tashuvchilarda mavjud 
bo‘lgan (magnit va optik disklar, audio va videolentalar va h.k.) 
axborotdan foydalanish bilan bog‘liq sohasidir. Multimedia 
foydalanuvchiga fantastik (virtual haqiqiy) dunyoni yaratishda juda 
ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi 
sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u yerda avj olayotgan 
hodisalarda faol ishtirok etadi; shu bilan birga muloqot foydalanuvchi 
uchun odatlangan tilda 

birinchi navbatda tovushli va videoobrazlar 
tilida bo‘lib o‘tadi. 
Multimedia 
– 
kompyuterda axborotning turli xil ko‘rinishlari: rangli 
grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va 
sintezlangan musiqalar, annimatsiya, shuningdek, to‘laqonli videokliplar, 
hatto videofilmlar bilan ishlashdir. 
Multimedia – bu zamonaviy kompyuterli axborot texnologiyalari 
bo‘lib, matn, tovush, videotasvir, grafik tasvir va animatsiyani 
(multiplekatsiyani) yaxlit kompyuter tizimiga birlashtirish imkonini 
yaratadi. Multimedia amaliyotdagi ish tartibi – bu apparat-dasturiy muhit 
bo‘lib, kompyuterga axborotni kiritish, ishlov berish, saqlash, uzatish va 
matn, chizmalar, videotasvir, tovush hamda nutqlarni insonga zarur va 
qulay holatda yetkazishdir. 
Birinchidan – foydalanuvchiga, albatta, interfaollikni taqdim 
etadigan, ya’ni inson va kompyuter o‘rtasida buyruqlar va javoblar 
almashinuvini ta'minlab, dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot. 
Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. U 
tomoshabinga o‘zicha u yoki bu ilovani tanlash imkonini beruvchi 
videofilmni eslatadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə