Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Rekrutmentda 4P nazariyasi



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#121584
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   186
Rekrutment Darslik

 
4.2. Rekrutmentda 4P nazariyasi 
 
 
4P nazariyasi
(kontseptsiya) (inglizcha marketing mix, marketing 
majmui) - marketingni rejalashtirishning to‘rtta asosiy "koordinatalari" ga 
asoslangan marketing nazariyasidir. 
Marketing 
majmui 
-
boshqarilishi mumkin bo‘lgan 
o‘zgaruvchan 
marketing 
omillari to‘plamidir, ulardan 
kompaniya maqsadli bozordan 
istalgan javobni olish uchun
foydalanadi. 
Marketing 
miks 
modeli 
bozorda tovarlarni samarali 
targ'ib qilish uchun sotuvchi boshqarishi va rivojlanishi mumkin bo‘lgan 
barcha kerakli mahsulot parametrlarini o‘z ichiga oladi, deb hisoblanadi. 
Marketing miksning maqsadi mahsulotning qabul qilinadigan 
qiymatini oshirishga imkon beradigan strategiyani ishlab chiqish
shuningdek kompaniyaning bozorda uzoq muddatli foyda olishiga yordam 
beradi. 
Rekrutment sohasida 4 "P" nazariyasini quyidagicha ko‘rib chiqilishi 
mumkin: 
-Product
(mahsulot) - kompaniya talab qilgan sifatga (ish natijasi), 
tovar belgisiga (ismi, ma'lumoti, ish tajribasi), xususiyatlariga (vakolatlari, 
Marketing majmui -
boshqarilishi 
mumkin bo'lgan o'zgaruvchan 
marketing omillari to'plamidir, ulardan 
kompaniya maqsadli bozordan istalgan 
javobni olish uchun foydalanadi.


73 
shaxsiy va ish xususiyatlari) qadoqga (imij, tashqi ko‘rinish, o‘zini 
tanishtirish qobiliyati, yoshi); ega bo‘lgan xodim va (yoki) nomzod; 
-Pricing
(narx shakllantirish) - mehnat bozorida lavozim va (yoki) 
ma'lum bir xodim (nomzod) ning qiymati; 
-Promotion
(tovarlarni 
targ’ib 
qilish) 
– 
personal 
PR, 
konferentsiyalarda chiqishlar, nashrlar, rezyumelar, erishilgan natijalar; 
- Place
(joy) - mehnat bozorida ushbu lavozimning talabgorligi va 
xodim (nomzod) kompaniya tomonidan sotib olinishi (saqlanishi). 
Vaqti-vaqti bilan HR menejeri kompaniyaning xodimlarini 
raqobatchilarning xodimlari bilan taqqoslashi va yuqoridagi 4 "P" ga 
muvofiq tahlil qilishlari kerak. 
Kompaniya rahbariyatiga ma'lumot berishdan maqsad asosiy 
ishchilarni o‘z vaqtida rag'batlantirish va ushlab turish, shuningdek, bo‘sh 
ish joylariga xodimlarni iqtisodiy jihatdan samarali tanlashni amalga 
oshirishdir. Ushbu tahlil sizga asosiy xodimlarning daromad darajasini o‘z 
vaqtida to‘g’rilash, kompaniyadagi ish haqi tizimini optimallashtirish, 
xodimlarga 
rag'batlantiruvchi 
ta'sirni 
ta'minlash, 
xodimlarning 
qo‘nimsizligini pasaytirish (agar kerak bo‘lsa), kompaniyaning kadrlar 
siyosatidagi o‘zgarishlarga qadar imkon beradi. 
Kadrlar 
menejmenti 
sohasida 
marketingga 
taklif 
qilingan 
yondashuvlarni sarhisob qilib, ikkita asosiy printsipni ajratib ko‘rsatish 
mumkin: 
1) inson resurslarini boshqarishning ma'lum bir falsafasi va 
strategiyasini ko‘rib chiqish. Kompaniyada ishlaydigan xodimlar va 
potentsial xodimlar kompaniyaning tashqi va ichki mijozlari sifatida 
qaraladi; 
2) HR menejerining maxsus vazifalarini talqin qilish - marketing 
tadqiqotlarini o‘z vaqtida o‘tkazish (4 "P" tahlili, mehnat bozori, 
joylashishni aniqlash, segmentatsiya) va xodimlarning faoliyatini 
optimallashtirish, ular sertifikatlash yoki shaxsiy faoliyatini baholash orqali 
baholanadi. 
Yuqoridagi printsiplarning asosiy farqi shundaki, birinchisi 
xodimlarni boshqarish vazifalari majmui (maqsadli tizimni ishlab chiqish, 
ehtiyojlarni rejalashtirish, ish bo‘yicha baholash, martaba boshqaruvi, 
motivatsiya va boshqalar) orqali amalga oshiriladigan kompaniyaning 
kadrlar siyosatining elementlaridan biri bo‘lib, ikkinchisi esa xodimlarni 
boshqarish xizmatining aniq faoliyatini ajratishni - xodimlarni boshqarish 
sohasidagi marketingni nazarda tutadi. 


74 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə