Sarfni o’lchash asboblari va bosimlar farqi o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar yordamida sarfni o’lchash. Reja



Yüklə 148,39 Kb.
səhifə2/3
tarix26.05.2023
ölçüsü148,39 Kb.
#112921
1   2   3
Qudobiyi

Ultratovush chiziq o’lchagichlar
Bundan tashqari oqimnning likal tezligini o’lchash uchun Doppler effekti qo’llanilishi mumkin. Buning uchun priyomnik va manba rasmdagiday joylashtiriladi.CHiqayotgan signal va priyomnik signali aralashtirgichda yuboriladi.Priyomnik yozib olgan ultratovush chastotalari oqim tezligida mos ravishda o’zgaradi.
1-usulda Ultratovushli signalning tarqalishidagi vaqt intevali o’lchanadi.Bu to’xtalish oqimning yo`nalishi va harakat tezligiga bog’liq.
Trubaga 2 ta datchik,priyomnik o’rnatiladi.CHap datchik o’ng tomondagi datchikka nisbatan signalni tezroq qabul qiladi.


Bu intervallar o’rtasidagi farqni kuzatib,oqimning harakat tezligida baho berish mumkin.Bu usulda apparaturaning elektron nachinkasi yetarlicha tez harakat qilishi kerak. Shunday qilib vaqtning eng kichik intervali – nanosekundda o’lchay oladigan qobiliyat zarur.
Sarf tezlik mahsuloti sifatida qaraladi.Datchiklar truboprovodning 2 tomonini dioganal katta bo’lganida ham bir day aniqlay oladi.
Vaqt to’xtalishini o’lchash usuli toza suyuqliklarda yaxshi natija beradi.
2-usul Doppler effekti fizikasi – harakatdagi obyektdan kelayotgan signal chastotasining o’zgartirishiga asoslangan.

Effekt 1843-yil Kristian Doppler tomonidan ochilgan va tebranish manbasining tezligi natijasida tebranish chastotasining o’zgarishi bilan tugaydi.
Bu printsip turli xil suyuqlik sarfi va harakat tezligiga asoslangan.
Elektromagnit sarf o`lchagichlar.
Agar suyuqlik tokni o`zidan o`tkazsa, uning magnit maydonga ko`ndalang harakati EYuK yuzaga kelishiga olib keladi, u oqim tezligiga proporsionaldir.Amaliyotda bu sxema quyidagi yo`l bilan amalga oshiriladi: Elektromagnitlar shunday o`rnatiladiki magnit oqim chiziqlari,suyuqlik oqimi ko`chishiga perpendikulyar bo`ladi va oqim harakati bilan yo`naltiruvchi EYuK ni sezuvchi bir juft elektrodlar o`rnatiladi.


Bu usulni amalga oshirishning bir nechta yo`llari bor ammo o`zgarishlar to`laligicha ma`lumotlarni qayta ishlash sxemasiga tegishli va usulning prinsipial asosiga tegishli emas.
Suyuqlik elektromagnit sarf o`lchagichlar ishlash prinsipi
Suyuqlik elektromagnit sarf o`lchagichlar ishlash prinsipi tashqi magnet maydoni ta`sirida oqimda induksiyalanuvchi elektr tokini o`tkazadigan suyuqlik EYuK ni o`lchashga asoslangan.
Suyuqlik elektromagnit sarf o`lchagichlar ishlash prinsipial sxemasi keltirilgan. Magnitlanmaydigan materialdan yasalgan,ichidan suyuqlik oqib o`tuvchi korpus 1 2 va 3 magnit qutblari orasiga magnit maydon kuch chiziqlari yo`nalishiga perpedikulyar ravishda o`rnatilgan.Quvir devoriga ichki devorlar bilan bir xil bo`lib yuzma-yuz qilib 2 ta o`lchov elektrodlari o`rnatilgan. Magnit maydon ta`sirida suyuqlikdagi ionlar ko`chadi va o`z zaryadini elektromagnit sarf o`lchagich o`lchov elektrodlariga beradi va elektrodlarda EYuK hosil bo`ladi.Elektrodlarga sarf birligida gradirovka qilingan 4 o`lchovchi asbob o`rnatilgan.

Doimiy magnit maydoni holatida EYuK elektromagnit induksiyaning asosiy tenglamasi orqali aniqlanadi.
Bu tenglamada B qutblar orasidagi magnit induksiya; d – quvurning ichki diametri; - suyuqlik oqiminig o`rtacha tezligi
Hajmli sarf Q orqali tezlikni ifodalab quyidagini hosil qilamiz.
E=4*Q*B/(π*d)
Bu tenglamadan bir xil magnit maydondagi EYuK hajmli sarfga to`g`ri proporsionalligi kelib chiqadi.
Past bo`lmagan elektromagnit sarf o`lchagishlar 10-3 - 10-5 sm/m dan elektr o`tkazuvchanlikka ega suyuqliklarda qo`llaniladi.

Doimiy magnit maydonli o`lchagichlarning asosiy kamchiligi:
Elektrodlarda galvanik EYuK polyarizatsiya EYuK sining yuzaga kelishi harakatlanuvchi suyuqlikda induksiyalanuvchi EYuK ni o`lchsh imkoniyatini yo`qga chiqaradi
Doimiy tok kuchlanishini kuchaytirish qiyinligi.Shuing uchun doimiy magnit maydonli sarf o`lchagichlar faqat qutblanish sezilarli ta`sir o`tkazishga ulgurmaydigan suyuq metallar sarini pulsatsiyalanuvchi suyuqlik oqimida va qisqa vaqtli o`lchashlarda qo`llaniladi.
O`zgaruvchan magnit maydonda doimiysiga qaraganda elektrokimyoviy jarayonlar kam ta`sir ko`rsatadi.Shu sababli hozirgi vaqtda elektromagnit sarf o`lchagichlarga o`zgaruvchan magnit maydon qo`llanilmoqda.
Hajmli sarf tenglamasidan oqim tezligi miqdorini qo`yib quyidagi tenglamani hosil qilamiz.
E=(4Q/πd)*B_max*sin⁡ωt
Bu yerda B_max=B/sin⁡ωt magnet induksiya ampetudali miqdori. ω=2πf
Ω - Aylanish chastotasi.t – vaqt
Zamonaviy elektromagnit sarf o`lchagichlar o`zgartirgichdan olinuvchi signalni kuchaytirish uchun katta kirish qarshiligiga ega elektron kuchaytirgich qo`llaniladi.Bu sharoitda ko`pchiliklarida boshqaruvchi muhit parametrlar o`zgarishiga o`zgartirgich qarshiligi o`zgarishi natijalariga ta`sir etmaydi.Bu elektromagnit sarf o`lchagichlarning muhim avzalligidir.

Yüklə 148,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə