Savodxonlik bayrami senariysi



Yüklə 35,38 Kb.
səhifə4/6
tarix25.02.2023
ölçüsü35,38 Kb.
#101497
1   2   3   4   5   6
SAVODHONLIK BAYRAMI (6)

Sahna ko’rinishi
(Charos, Xusanxo’ja, Maftunaxon, Beksulton, Munira, Jasurbek, Erdauletlar ijrosida “Bo’g’risoq” ertagi namoyish qilinadi.)
Andijon polkasi” raqs ijro etiladi.
Sahna ko’rinishi.
(Munira va Begjon ijrosida “tulki bilan turna” masali ijro etiladi).
Nonyopganda” qo’shig’i ijro etiladi.
Boshlovchi: - Bugun bizning “Savodxonlik bayrami” mizda bolalarning sevimli kitoblari bo’lgan “Alifbe”, “Oqish”, “Ona tili” kitoblari ham sayr qilib yurishgan ekan. Hozir ularni sahnaga taklif etamiz va o’z tilaklarini aziz bolajonlarga bildirishlarini iltimos qilamiz. Marhamat, sahna sizga muntazir “Alifbe”kitobi (sahnaga chiqadi).
Alifbe kitobi:

Bolajonlar, men sizga
Birinchi kitobdurman
Dilingizni yoritgan
Go’yoki oftobdurman.
Ko’rdim, bugun donosiz
Hammadan ham a’losiz
O’qish – yozishni bilgan
Aqlingiz ham rasosiz.
Endi boray dam olay
Sizga baxt – omad tilay
Ongingiz charxlash uchun
“O’qish” kitobin chorlay.
“O’qishni seving mendek
Chin yurakdan o’qingiz
Hikoya, ertaklarni
Mag’zin chaqib uqingiz.
Xayr, xayr bolalar
Meni sira unutmang
G’ayrat bilan o’qingiz
Nasihatim unutmang.

Alifbe kitobi ketadi. Bolalar xayr – xayr deb qolishadi. “O’qish” kitobi so’z oladi.
O’qish” kitobi:

Salom yangi do’stlarim
Erka, qora ko’zlarim
Bugun sizga yurakdan
Atalgandir so’zlarim.
Meni “O’qish” deydilar
O’qib – uqish deydilar
Mendagi har mavzuni
Mag’zin chaqish deydilar.
Meni asta varaqlab
Mazza qilib o’qursiz
Ibrat olib so’zimdan
Xalqimizga yoqursiz
O’qing meni ardoqlab
Men, do’stingizbo’laman
Qo’lim berib sizlarga
Yoningizda bo’laman


Yüklə 35,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə