Savodxonlik bayrami senariysi



Yüklə 35,38 Kb.
səhifə6/6
tarix25.02.2023
ölçüsü35,38 Kb.
#101497
1   2   3   4   5   6
SAVODHONLIK BAYRAMI (6)

(O’quvchilar chiqashadi).
Nuriddin: Rahmat sizga uztozim
Bizni jondan sevdingiz
Ongimizni uyg’otib
Bilim – saboq berdingiz.
Sabina: Bizni sevib onadek
Sira tinim bilmaysiz
Mehnatingiz sarf qilib
Doim bizni oylaysiz
Ozodbek: Aziz ustoz biz uchun
Bo’ling doim salomat
Ta’zim sizga, hurmat sizga
Uztoz sizga ko’p rahmat.
(O’quvchilar ijrosida “Archa” qo’shig’i tinglanadi)
ARCHA
Archa – archa, jon archa,
Yaproqlarining niynacha.
Atrofingda aylanib
Qo’shiq aytadi barcha.
Salom senga, ko’k archa
Qishin – yozin yashnaysan.
Yaproqlaring ninacha,
Yasangansan, go’zalsan.
Atrofingda aylanib,
Qo’shiq aytib quvnaymiz.
Har birimiz qo’l berib,
Yangi yilni qutlaymiz.
Boshlovchi: Hurmatli mehmonlar, bugungi bizning bayramimizga yana ko’plab mehmonlar tashrif buyurishdi. Bu mehmonlar bizga Uzoq Shimoldan kelishibdi. Hozir shu mehmonlarni davramizga taklif etamiz. Marhamat aziz mehmonlar.
(Qorbobo, qorqiz va ertak qahramonlari kirib kelishadi. Bolalar qarsaklar bilan mehmonlarni kutib olishadi.)
Boshlovchi: Salom, aziz mehmonlar!
Sizdan yurak shodonlar
Qoshiqlar yangrayversin
Kuylar jaranglayversin.
Davramizga marhabo
Kelaversin Qorbobo.
O’quvchilar: Qorbobo. Qorbobo. Qorbobo.
Davrani qorbobo olib boradi.
O’qituvchi: - Aziz o’quvchilar. Mana siz qisqa muddat ichida o’qish – yozishni bilib oldingiz. Shu munosabat bilan sizga “Savodxonlik muborak” degim keladi.
Shirin - shakar bolajonlar,
Bog’imdagi gul rayxonlar,
Doim bo’ling siz shodonlar,
Savodxonlik muborak.
Ko’zingizda nur o’ynasin,
Sizni ko’rib dil yayrasin,
Tilar bulbuldek sayrasin,
Savodxonlik muborak!
Qo’lingizda bo’lsin kitob,
Chehrangiz go’yo oftob,
Qiling doim ezgu, savob
Savodxonlik muborak!
Bo’ling doim sog’ – salomat,
Dangasalik qilmang faqat,
Mashaqqatga qiling toqat,
Savodxonlik muborak!
O’qituvchi: - Hurmatli uztozlar, aziz ota – onalar, shirin bolajonlar! Shu bilan bugungi “Alifbe bayrami” miz o’z nihoyasiga yetdi. Sog’ – salomat bo’ling. Mehribon ota – onagizga, ona yurtimizga, jonajon xalqimizga xizmat qiladigan bilimdon, serqirra, fidoiy farzandlar bo’lib yetishing. Bilimlarni chuqur egallang. O’z Vatanini chin dildan sevgan vatanparvarlar bo’lib yetishing.
Yüklə 35,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə