Savollar: 1-Masala



Yüklə 19,39 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü19,39 Kb.
#133588
  1   2
8o5HEMq2lUpZSq5AFD3kRuejqXlJZA53


Savollar:

1-Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona yil oxirida birlamchi buxgalteriya hujjatlarini inventarizatsiya qilganligi, endi saqlash muddati tugaganligi munosabati bilan ularning bir qismini yo‘q qilishni rejalashtirayotganligi aniqlandi. Auditorlardan korxona mijoz-korxona buxgalterlari tomonidan bu borada quyidagicha savollar bilan murojaat qilindi:
“Nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi: qog‘ozlarni arxivga saqlashga topshirish kerakmi yoki ularni yo‘q qilish mumkinmi? Qanday hujjatlarni yo‘q qilish mumkin? Bunday holda yo‘q qilish dalolatnomasi qanday tuziladi, u qaysi shaklda bo‘ladi va kim tomonidan tasdiqlanadi?”
Talab qilinadi:

  1. Auditorlar tomonidan korxona buxgalterlariga yuqoridagi holat bo‘yicha qanday amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim?

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

2-Masala. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasida buxgalteriya hujjatlari va moliyaviy ma’lumotlar kamida uch yil, moliyaviy hisobot esa qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlanadi deyilgan.
1. Buxgalteriya birlamchi hujjatlari, shu jumladan bank hujjatlari, omborxona kirim-chiqim ryestri va (kviansiya) to‘lov pattalarini saqlash muddati necha yilni tashkil etadi?
Javoblar:
1- masala
1. Tekshiriladigan korxonaning maqsadlarini tahlil qilish, uning muomalalarini yaxshi tushunishga imkon berib, tekshiriladigan hisobot haqida to’g’ri fikr shaklllantirilishi uchun zarurdir. Chunonchi, agar auditor ishini rejalashtirish chog’ida mulk egalarining korxonani tugatmoqchi ekanliklari aniqlansa, bunda u korxona hisobotiga nisbatan faoliyat qilayotgan korxona printsipini qo’llamasligi haqida auditorlik hisobotiga izoh kiritishga tayyorlanishi zarur.
Mijozning muomalalari haqidagi ma’lumotlar auditorga o’zining xatarli holatlarini to’g’ri baholash, samarali tekshirish dasturi tuzish va uni o’tkazishga ketadigan vaqtni tejashda yordam beradi. Korxonaning moliyaviy tuzilmasini bilish auditorga korxonaning mablag’larga bo’lgan talabi va ularning kelish manbalarini, korxonaning haqiqiy to’lov qobiliyatini aniqlash va shu bilan birga u kelgusida o’z muomalalarini amalga oshira olishini aniqlashda yordam beradi.
Tekshiriladigan korxonaning hisob yuritish siyosatini bilish auditorga har xil schyotlarni tekshirishning samarali metodlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Hisob yuritish siyosatini tushunish uchun quyidagilarni ko’rib chiqish zarur: hisob yuritish siyosatini qabul qilish tartibi; hisob yuritish siyosatiga o’zgartirishlar kiritish; talab etishi mumkin bo’lgan, korxona faoliyatida ruy berishi kutilayotgan o’zgarishlar; hisob yuritish siyosatining amaldagi qonunchilikka mosligi, hisob yuritish siyosatining mazkur tarmoq uchun xosligi. (hisob yuritish siyosatini tekshirish tartibi 3, 4-mavzuda batafsil bayon qilingan).
Korxonaning uchinchi shaxslar bilan o’zaro munosabatlarini ko’rib chiqishda quyidagilarni tahlil qilish zarur: korxona da’vosi, shuningdek unga qarshi qo’zg’atilgan da’vo bo’yicha mavjud va bo’lishi mumkin bo’lgan sudlashuvlar; korxonaning mulklari va mas’uliyatlari sug’urta qilinganligi; korxonaning soliq maqomi (soliqlar bo’yicha imtiyozlar va sh. o’.).
Auditor tarmoqda qanday xatarli holatlar bilan to’qnashishi va mazkur tarmoqning o’ziga xos muammolarini hal qilishga layoqatliligini, unga notanish va o’ziga xos murakkab masalalarni xal etish uchun tegishli mutaxassislar jalb qilish talab qilinishini tasavvur qila olishi lozim. Buning uchun u mazkur tarmoqdagi raqobatchilik shart-sharoitlarini (asosiy raqobatchilarning ro’yxatini tuzishi lozim); baholarning o’zgarishini, tarmoqda ishlab chiqarishning pasayishiga olib keladigan sharoitlarni o’rganadi.
Auditor axborotlarni to’plashni o’ziga tushunarli metodlar bilan amalga oshirishi lozim.
Korxona rahbariyati va bosh mutaxassislardan so’rab-surishtirish yo’li bilan asosiy muammolarni, xususan, raqobat, soliq masalalari, korxonaning moliyaviy ahvoli, korxonaning yirik muomalalari, biznesdagi, rahbariyatdagi, mulkchilik shakllaridagi o’zgarishlar, ichki nazoratning tashkiliy tuzilmasi va metodlari, rahbariyatning auditor maxsus e’tibor qaratishini istagan o’ziga xos muammolarini aniqlashi mumkin. Bo’linmalar, ishlab chiqarish urinlari va omborlarga borib, mijozning amalga oshiradigan muomalalari, ishlab chiqarish tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi haqida tasavvurga ega bo’lishi mumkin.
Shuningdek, korxona faoliyati haqidagi uning hisobotida (buxgalterlik hisobotlari va analitik yozuvlar; direktorlar, boshqaruv va aktsiyadorlik kengashining majlis bayonnomalari; ichki auditorning va taftish komissiyasining hisobotlari, lavozim yo’riqnomalari), tashqi axborot manbalari (matbuotda chiqqan nashr mahsulotlari, ma’lumotlar bazasi, analitik nashrlar, qonunchilikka oid va boshqa me’yoriy byulletenlar) keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilishi lozim.
Auditor olingan ma’lumotlarni yozib boradi va korxonaga ta’sir qiluvchi omillar hamda aniqlangan tahlikali holatlar bayon qilingan holda bo’limlarga bo’lingan.
2. Ko’pchilik auditorlar hisobni tashkil etish va uni yuritish uslubiyoti standart, markazlashtirilgan holda tartibga solishga bo’ysundirilgan va shuning uchun uni bayon qilishga ehtiyoj sezilmaydi degan noto’g’ri fikrga ega. Ular bunday fikrga asoslanib auditni rejalashtirishning bu qismiga etarli e’tibor bermaydilar. Bunday yondoshuvga yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki markazlashtirilgan tizim shunga olib keladiki, unda turli korxonalar nafaqat o’z xususiyatlarini, balki namunaviy schyotlar va registrlar nomi ostida ham xatolarini yashiradilar. Masalan, 1010-1090 «Materiallar» schyotlari bo’yicha qoldiqlarni balansda hisob baholarida aks ettirish hollari ko’p uchraydi. Hisob yuritish siyosatidagi «ishlab chiqarish zaxiralarining hisobi ularning o’rtacha sotib olish bahosi bo’yicha yuritiladi» degan yozuv ostida nafaqat o’rtacha miqdorlarni hisob-kitob qilishning xilma-xil usullari, balki ulardan to’g’ridan-to’g’ri voz kechish va materiallarni korxona uchun eng qulay bo’lgan baholarda hisobdan o’chirish va shunga o’xshashlar yashirinishi mumkin. Buxgalteriya xodimlari korxonada yuritiladigan oborot vedomostlari va shunga o’xshashlarni jurnal-orderlar deb tushunib, hisob jurnal-order shaklida yuritilishini tasdiqlashlari ham mumkin.
Auditor buxgalterlik hisobi va hisobotining tashkil etilishi hamda holatini tekshirishda quyidagilardan foydalanadi:
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom, yuqori tashkilotlarning yo’riqnoma, Nizom va ko’rsatmalari; Korxonaning hisob yuritish siyosati.
Hukumat, moliya va statistik organlarining me’yoriy hujjatlari bilan bir qatorda, o’rganilayotgan sohadagi tekshirilayotgan korxonalarning xususiyatlarini ifodalaydigan ta’sis hujjatlariga alohida ahamiyat beriladi.
Buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishga doir yo’riqnomalar va ko’rsatmalar schyotlar rejasini qo’llashning to’g’riligi: hisobning jurnal-order yoki jadval avtomatlashtirilgan shakllaridan qo’llaniladigan shaklni yuritish qoi-dalariga rioya qilinishi; dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga o’z vaqtida kelib tushishi va hujjatlar tashkil etilishi: hisob registrlarining o’z vaqtida va to’g’ri qo’llanilishi sintetik hisob ma’lumotlarining analitik hisob ma’lumotlariga mos kelishi: dastlabki hujjatlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish usullarining qo’llanilishi (ish haqi, materiallar, ishlab chiqarish xarajatlari va sh. k.) ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishning to’g’riligi; davr xarajatlarini hisobga olishning to’g’riligi; ishlab chiqarishga sarflangan materiallarni baholashning to’g’riligi; balansdagi barcha moddalarning inventarizatsiya qilinishini to’g’ri tashkil etilishi, shuningdek, inventarizatsiyani va uning natijalarini hisob va hisobotda o’z vaqtida hamda to’liq aks ettirilishi: bosh buxgalter tomonidan materiallar, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish, buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishning qonuniyligi ustidan nazorat o’rnatilishi; banklarga, soliq organlariga, aktsiyadorlarga va boshqalarga taqdim etiladigan balans va boshqa hisobot shakllariga buxgalterlik hisobi ma’lumotlarining to’g’ri kelishi; byudjet bilan hisob-kitoblarning to’g’riligi va o’z vaqtidaligi; foyda (daromad)ni aniqlashning to’g’riligi; foydani taqsimlash va rezervlar yaratishning to’g’riligi.

Yüklə 19,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə