Saydaliyeva dilshodaning


Mavzuni Jahon tarixi darslarida o`quvchilarga zamonoviy pedagogik texnologiyalar asosida o`rgatish usullari



Yüklə 89,69 Kb.
səhifə9/12
tarix10.10.2023
ölçüsü89,69 Kb.
#126648
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI XVII-XIX ASRLARDA MAVZUSINI O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI O’RNI

2.3. Mavzuni Jahon tarixi darslarida o`quvchilarga zamonoviy pedagogik texnologiyalar asosida o`rgatish usullari
Ushbu mavzuni o’qitishda didaktik jarayon bosqichlarini muayyan ketma-ketlikda qurish talabalarning bilish faoliyatini mavzu bo’yicha belgilangan maqsadlarga mos holda tanlangan o’qitish metodlari yordamida tashkil etish demakdir. O’qitish metodlari o’z mohiyati va mazmuniga kura ma’lum pedagogik nazariyaga asoslangan u yoki bu tasnifga tegishli bo’ladi. Ularning samaradorligi to’g’risida fikr yuritilganda o’qitish jarayonini izga soladigan va uni maqsadli yunaltira oladigan, o’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlash asosida jamiyat tomonidan maktab (kasb-xunar kolleji, oliy O’QUV yurtlari) oldiga kuyilayotgan maqsadga nechoglik erishilayotganini ko’zda tutish kerak. Yoxud o’qitish metodlari bevosita ta’lim amaliyoti bilan aloqador konsepsiyadir. O’qitish metodi dastlab pedagog ongida faoliyatning umumlashgan loyihasi tarzida mavjud bo’ladi. Bu loyiha amaliyotga o’qituvchi va talaba faoliyatlarining o’zaro tutashuvi tekisligida, o’qitish va o’qishning aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metodning boshqa namoyon bo’lish shakllari yo’q, sababi umumiy holda o’qitish metodi o’zida faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi22.
Pedagogik nashrlarda o’qitish metodlarini faol va sust guruhlarga ajratish hollari mavjud. Agar har bir metod belgilangan u yoki bu maqsadni echishda o’z o’rnida ishlatilsa, shubxasiz, faoldir. Pedagogik texnologiyalar ham darsda talaba (talabalar) faolligining yukori darajasini ta’minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi. Shu boisdan bu faslda hali pedagogik amaliyot uchun notanish bo’lgan chet el didaktikasiga oid metodlar haqida fikr yuritiladi23.
Amerikaning «Streetlaw» (ko’cha qonuni) dasturi bugungi kunda er yuzining ko’plab davlatlari ta’lim soxasida joriy kilingan va ta’lim makoniga urnashib kolayapti. Bunga sabab dasturdan o’rin olgan yuzlab o’qitish metodlarining faolligi, jozibadorligi va ta’sirchanligidir. Ular yordamida talabalar o’z fikrlarini erkin ifodalash, axborotlarni tanqidiy qabul qilish, jamoada ishlash, o’z mavqeini mustaxkamlash, fikrlarini ximoya qilish, xak-xukuklarini anglab etish kabi imkoniyatlarga tezda ega bo’ladilarQuyida «Streetlaw» dasturidagi ba’zi metodlar bilan tanishasiz, ularning sir-sinoati va sexridan voqif bo’lasiz. Eng asosiysi, tadqiq etilayotgan mavzuni o’qitishda ulardan samarali foydalanishingizga umid qilib qolamiz24.
Bu metodning asosiy maqsadi talabalarda o’quv materialidagi bosh g’oyani ajratib ko’rsatish ko’nikmasini shakllantirish hisoblanadi. O’quv elementlari (yoki ularning bulagi) bo’yicha yozilgan matnlar (formulasiz, jadvalsiz va rasmsiz). Ularning soni talabalar soniga teng.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi
o’quv guruhi 6-12 kishidan iborat kichik guruhlarga bulinadi.
Har bir guruhga o’quv matni beriladi.
Keyin o’qituvchi talabalarga bajarilishi lozim bo’lgan harakatlar haqida tushuntirish beradi.
Diqqat! Ruchka yoki kalamni tayyorlang. O’quv matnini tez va dik kat bilan uking (matnni o’qishadi).
Siz matn bilan tanishib chiqdingiz. Matnni yana bir marta ko’zdan kechiring. Musobaqani boshlaymiz. Shunday bir so’z uylab topingki, u ushbu matnni tavsiflay olein, ya’ni o’quv materiali mavzusini bir so’z bilan ifodalang. Keyin bu materialni bir jumla bilan tavsiflaysiz, so’ngida esa unda yashiringan qandaydir sirni, alohidalikni toping, ya’ni bu sirsiz matn o’z ma’nosini yo’qotadi. Kani, boshladik! (Yozuvni bajarishadi).
Hozir navbat bilan har bir talaba o’zining so’zini ukiydi, kolganlar esa diqqat bilan eshitishadi, yozishadi va birmuncha aniq, yangi, okilona variantni tanlashadi. Dastlab - so’z. Marhamat! (O’z so’zlarini o’qishadi).
Eng yaxshi variantni belgilaymiz (muhokama qilishadi va maqsadga muvofik variantni belgilashadi).
Endi, marhamat, sizning jumlangiz! (Jumlalarni o’qishadi).
Eng yaxshi variantni belgilaymiz (muhokama qilishadi va belgilashadi).
Endi «sirlar», marhamat! (Matn uchun alohidalikni aks ettiruvchi «sirlarni» o’qishadi).
Musobaqaning shu qismiga yakun yasaymiz (muhokama qilishadi va eng yaxshi variantni belgilashadi).
Keling, eng yaxshi variant sohiblarini tabriklaymiz!
(G’oliblar ragbatlantiriladi).
Rahmat, mashg’ulot tugadi.
Yakun qilish tartibi.
Eng yaxshi variantni aniqlashni talabalarning o’zlari ekspertli baholash metodi bilan amalga oshirishadi.

Yüklə 89,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə