Saydaliyeva dilshodaning


I-BOB. LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI XVII-XIX ASRLARDA



Yüklə 89,69 Kb.
səhifə2/12
tarix10.10.2023
ölçüsü89,69 Kb.
#126648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI XVII-XIX ASRLARDA MAVZUSINI O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI O’RNI

I-BOB. LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI XVII-XIX ASRLARDA

    1. Ispaniya va Portugaliyaning Lotin Amerikasidagi mustamlakachilik zulmi.

Ispaniyaning Amerikadagi mustamlaka yerlari juda katta territoriyani ishg’ol qilib, G’arbiy Luizianani, Florida va Meksikani, Vest-Indiya orollarining bir qismini, Markaziy Amerikaning deyarli hammasini va Janubiy Amerikaning yarmini o’z ichiga olgan edi. Braziliya Portugaliyaning mustamlakasi edi. Bu mustamlakalarning aholisi ispanlar va portugallar bilan bir qatorda xindilar ( tub aholi ). Afrikadan olib borilgan negrlar, metis va mulaatlardan iborat edi. Ma’muriy jihatdan Ispaniya Amerikasi to’rtta vise-korollikka: Yangi Ispaniya (Meksika va Markaziy Amerika), Yangi Grachada, Peru va La-Plata (Janubiy Amerika)ga bo’lingan edi. Portugaliyaning mustamlakalari Braziliya vise-korolligini tashkil etgan edi2.
Ispaniya va Portugaliya mustamlakachilari o’zlari istilo qilgan mamlakatlarda feodalizmni, plantasiya xo’jaligi olib borilgan rayonlarda esa quldorlik sistemasini joriy qildilar: bu quldorlik sistemasi Angliyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalari territoriyasidagi tovar ishlab chiqarish formasining xuddi o’zginasi edi. Braziliyaning oltin sochmalarida va olmos konlarida qullar mehnatidan foydalanilardi3.
XVIII asrda Ispaniya va Portugaliyaning Amerikadagi mustamlakachilik siyosati tolonchilikka, bosqinchilikka, qul savdosiga, butun boshliq qabilalarni qirib tashlashga, xalq ommasini krepostniklargacha va quldorlarcha ekspluatasiya qilishga asoslangan dastlabki jamg’arish siyosati bo’lib qolaverdi. Dangal zo’ravonlik va zulm qilish yo’li bilan mustamlakalardan behisob boyliklar tortib olinardi. Ammo bu boyliklar keyin Ispaniya va Portugaliya mustamlakachilarining qo’llaridan chiqib, iqtisodiy jihatdan ancha taraqqiy etgan boshqa mamlakatlarga qarab ketardi.
1.2.Lotin Amerikasida milliy ozodlik harakati.
Ispan ma’murlari mustamlakalarda sanoatning va qishloq xo’jaligi ko’p tarmoqlarining rivojlanishiga to’sqinlik qilib keldilar. Chet davlatlar bilan savdo aloqalari taqiqlab qo’yilgan bo’lib, metropoliya bilan savdo-sotiq ishlarini eng boy ispan savdogarlari monopoliya qilib olgan edilar. Bularning hammasi maxalliy axoli o’rtasida hamda mustamlakalarda o’rnashib qolib, Ispaniya Amerikasida dehqonlar aristokratiyasini tashkil qilgan ispan immigrantlarining avlodlari bo’lmish kreollar o’rtasida norozilik to’g’dirdi. Rasman reol-pomeshchiklarning huquqlari metropoliyaliklar bilan bir bo’lsa-da, ammo haqiqatda ularni davlat ishlariga kamdan-kam qo’yar edilar4.
Mustamlakachilik rejimidan norozilik kreollarda mustaqillikka intilish uyg’otdi. XVIII asrning oxirida, Shimoliy Amerikada mustamlakalarning mustaqillik uchun olib borgan urushi va 1789-1794 yillardagi fransuz burjua revolyusiyasi ta’siri ostida, Ispaniya Amerikasida mustamlakachilik zulmiga qarshi xarakat kuchaydi. Bu xarakat qatnashchilari Ispaniya Amerikasini boshqarish ishlarini o’z qo’llariga olmoqchi bo’ldilar. Ular boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiqqa erkinlik berilishini xamda mustamlakalarda sanoat va qishloq xo’jaligining rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi chekinishlarning bekor qilinishini talab qildilar5. Shu mustaqillik uchun kurashuvchilarning ba’zilari respublikachilik qarashidagi kishilar edi, lekin eng ilg’or arboblar ham ko’pincha hindilar va negrlar ommasiga tayanmay, balki Ispaniya Amerikasi bilan erkin savdo olib borishdan manfaatdor bo’lgan asosan Angliya yoki Fransiyadan yordam olishni umid qildilar. Kreol pomeshchiklar xalq ommasining ispanlarga qarshi chiqishlaridan qo’rqar edilar, chunki xalq ommasining bu harakati pomeshchiklarning zulmiga ham qarshi qaratilgan edi.
XVIII asrning oxiri – XIX asrning boshida Ispaniya mustamlakalarida milliy ozodlik harakatining eng ko’zga ko’ringan vakili venesuelalik Fransisko de Miranda edi. Miranda Ispaniya Amerikasining mustaqilligi uchun kurashga madad olish maqsadida ko’p yillar davomida Yevropada kezib yurdi. U Fransiyadagi jirondistlarning yordamiga ayniqsa katta umid bog’ladi. XIX asrning boshlarida esa Angliya hukumati bilan yaqindan aloqa o’rnatdi. Mirnda Venesuelada qo’zg’olon ko’tarishga urinib ko’rdi. Lekin Miranda va uning tarafdorlari xalqdan uzoq edilar va xalqni ispan mustamlakachilariga qarshi kurashga ko’tarmadilar.
XVIII asrning oxiriga kelib Vest-Indiya orollari Yevropa davlatlarining mustamlakalari bo’lib qolgan edi. Kuba va puerto-Riko Ispaniyaga, Yamayka oroli Angliyaga, San-Domingo orolining g’arbiy qismi (Gaiti) Fransiyaga qarar edi.
Bu mustamlakalarning xammasida negr-qullari ekspluatasiya qilishga asoslangan plentasiya xo’jaligi keng avj olgan edi. Bu yerda oq tanli plantatorlar hukmron sinf edi. Aholining ko’pchiligi negr-qullardan iborat edi. Masalan, Gaitida 520 ming kishi yashagan bo’lsa, shulardan 452 mingi qullar edi6.
1790 yilda Gaitida mulatlar qo’zg’oloni ko’tarildi; ular oq tanlilar bilan teng huquqli bo’lishishni talab etib chiqdilar. Shundan keyin ko’p o’tmay negr-qullarning plantatorlarga qarshi kuchi qo’zg’oloni boshlandi. Qo’rqib ketgan plantatorlar ingliz va ispanlardan yordam so’radilar: shundan keyin ingliz va ispanlar orolga o’z qo’shinlarini tushirdilar. Yakobinchilar Konventining Gaitiga kelgan komissarlari qullik bitirilganligini e’lon qildilar va orol axolisini bosqinchilarga qarshi kurashga chaqirdilar. Sobiq qul Tussen-Luvertyur negrlarga bosh bo’ldi; unga Fransiya respublikasi generali unvoni berilgan edi. Tussen-Luvertyur quldorlarning sobiq pomestyelari ozod bo’lgan kullarga berilishini e’lon qildi. 1798 yilda uning qo’shinlari interventlar ustidan g’alaba qozondi. O’z mamlakatining birinchi respublika konstitusiyasini ishlab chiqqan Tussen-Luvertyur Gaitining umrbod hokimi qilib saylandi7.
Biroq Napoleon Bonapart hokimiyat tepasiga kelishi bilan Gantiga fransuz qo’shinlari yuborildi. Tussen-Luvertyur xoinona asir olinib, Fransiyaga jo’natildi va ko’p o’tmay usha yerda qal’ada o’ldi. Fransuz mustamlakachilarining bu qilmishlari milliy-ozodlik kurashining yangidan kuchayishiga sabab bo’ldi. Natijada negrlar Napoleon qo’shinlarini xaydab yubordilar va 1804 yilda Gaiti mustaqil deb e’lon qilindi. Gaitining mustaqilligi uchun olib borilgan kurash Lotin Amerikasi g’alaba qilgan birinchi milliy-ozodlik revolyusiyasi edi, qo’zg’olon ko’targan qullarni ozodlikka olib chiqqan birinchi revolyusiya edi.
Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun urush boshlashi arafasida feodal-absolyutistik Ispaniya qattiq tushkunlikni boshdan kechirar edi. Trafalgar jangi Ispaniyaning Latin Amerikasidagi hukmronligiga qattiq zarba yetkazdi: shu jangda Ispaniya harbiy floti butkul yo’q bo’ldi. 1808 yilda Napoleon qo’shinlarining Ispaniyaga bostirib kirganligi Ispaniya Amerikasining mustaqillik uchun harakat boshlashiga yangi bir turki bo’ldi. Milliy-ozodlik xarakatining arboblari mustamlakachilik rejimini tugatishga ochiqdan-ochiq xarakat qildilar. Ispaniya Amerikasining turli shaharlarida qo’zg’olon ko’tarildi8.
1813 yil boshlarida Bolivar kichik bir otryadga bosh bo’lib Venesuelani ozod qilishga kirishdi. U xalqqa qarata chiqargan xitobnomalarida Karakas shahrini ozod qilishga va “Janubiy Amerikada Ispaniya hukmronligiga abadiy barham yerishga” chaqirdi. Simon Bolivar 1813 yil 6 avgustda Karakasni ozod qildi qildi varespublikani tikladi.
1814 yilning o’rtalarida Venesuela poytaxtini yana dushmanlar ishg’ol qildi va respublika qo’shinlarini ispanlar tor-mor keltirdi.
1810 yilda La-Plata vise-korolligida (u hozirgi Argentina, Paragvay, Urugvay va Boliviyani o’z ichiga olgan edi) ozodlik kurashi boshlandi. Buenos-Ayres kreollari xunta tuzdilar va Ispaniya ma’murlariga itoat etmay qo’ydilar. Biroq bu yangi hukumat Buenos-Ayresning savdo manfaatlarini himoya qilib, boshqa provinsiyalarning huquqlarini kamsitdi. Paragvay bilan Urugvay Buenos-Ayres hukumatini tan olmay, o’zlarini mustaqil deb e’lon qildilar. 1813 yilda Paragvayda progressiv separatchilarning yo’lboshchisi Fransia xokimiyat tepasiga keldi.
Ispan generallari minglab vatanparvarlarni qatl qildilar, ammo ispanlarning vaxshiyliklari mustamlakachilik zulmiga nisbatan g’azab va nafratni kuchaytirardi, xolos.
1816 yilda La-Plata Qo’shma provinsiyalari (Argentina) mustaqil deb e’lon qilindi. O’sha yilidayoq Bolivar Venesuelada ispanlarga qarshi urushni yana boshlab yubordi. Bolivar ularga qarshi kurashda Angliyadan xarbiy va iqtisodiy yordam oldi. 1819 yilda Bolivar qo’shinlari Yangi Granadaga (xozirgi Kolumbiya) kirdi va Bogota shaxrini ozod qildi9.
1820-1821 yillarda Bolivar Venesuelani batamom ozod qildi. 1822 yilda uning qo’shinlari Kito provinsiyasiga (hozirgi Ekvador) yurish qilib, ispanlarni yana mag’lubiyatga uchratdi. Bolivar ozod qilingan oblastlardan Buyuk Kolumbiya deb atalgan davlat tashkil qildi10.

Yüklə 89,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə