Saydaliyeva dilshodaning



Yüklə 89,69 Kb.
səhifə10/12
tarix10.10.2023
ölçüsü89,69 Kb.
#126648
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI XVII-XIX ASRLARDA MAVZUSINI O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI O’RNI

KLASTER METODI

  1. Bu metodning asosiy vazifasi talabalar faoliyatini o’rganilayotgan ob’ekt - pedagogik vokelikni qismlarga ajratgan holda o’zlash- tirishga yunaltiradi, ularda ko’p variantlilik asosida tushuncha va xddisalarning o’zaro ichki va tashki boglanishlarini aniqlash ko’nikmalarini shakllantiradi, mavzu bo’yicha fikr- muloxdzalarni erkinlashtirishga yordam beradi.

  2. Mavzu bo’yicha klasterlarni tuzish o’quv maqsadiga qarab bosqichma-bosqich harakatlanishni takozo etadi, oxir-okibatda yakuniy natija-yangi bilimlarni o’zlashtirishish fikrlar xilma- xilligini yaxlitlash asosida qo’lga kiritiladi.

  3. Klaster metodidan foydalanish uchun talabalarni kichik guruhdarga (3-5 ta) ajratish talab etiladi. Dar bir guruh mavzuga oid alohida o’quv elementlariga ishlov beradi. Buning uchun auditoriyada darslik, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari, boshka axborot manbalari etarli miqdorda bo’lishi lozim. O’qituvchi alohida o’quv elementlarini o’zlashtirishish uchun vaqt ajratadi (15-20 daqiqa).

  4. Klaster tuzish bosqichlari:

  5. Auditoriya yozuv taxtasiga kichik guruhlar soniga qarab vatman (chizmachilik qog’ozi) osiladi va «kalit» so’zlar o’qituvchi (ayrim hollarda talabalar) tomonidan yoziladi.

  6. Mavzu bo’yicha o’quv elementlariga tegishli fikrlar (qonun, fakt, tezis,hodisa, jarayon, natija) aniq fe’l bilan ifodalangan holda qog’ozga yoziladi. Asosiy tushuncha va g’oyalar urtasidagi aloqadorlik chizmada ko’rsatiladi.

  7. Kichik guruhlardagi barcha talabalar (3-5 ta) o’z variantlarini qog’ozga tushirishadi.

  8. Fikrlar «shajara»si umumlashtiriladi va yakuniy xulosalar qayd etiladi.

  9. O’qituvchi guruh ishtirokchilarining faoliyatini nazorat qiladi va ob’ektiv baholaydi.

XULOSA
Lotin Amerikasi mamlakatlarining aholisi va xo’jaligi mavzularini o’rganishga oid didaktik ko’rgazmali qurollar jahon iqtisodiy – siyosiy geografiyasi fanini o’rganishda muhim ma’naviy – ma’rifiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Regionning aholisi va uning milliy tarkibi, joylashuvi muammolari kabi ko’rgazmali qurollarda aks ettirilgan.
Lotin Amerikasi xo’jaligining ixtisoslashuvi, ayniqsa qishloq xo’jaligining ustunligi jadvallardagi ma’lumotlarda mujassamlangan. Braziliya so’zsiz dunyoning va Lotin Amerikasi iqtisodiyotining ulkan markazlaridan biri. Braziliya iqtisodiyoti erishayotgan yutuqlarini namoyish etayotgan ko’rgazma o’quvchilarni ushbu mamlakat haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi. Yuqoridagilar Lotin Amerikasi mamlakatlari aholisi va xo’jaligini o’rganishga oid didaktik ko’rgazmali qurollar to’g’risidagi xulosa va takliflar berishga asos bo’ladi.
1. Lotin Amerikasi aholisi va xo’jaligini o’rganishga oid didaktik ko’rgazmali qurollardan jahon va regionlar aholisi xo’jaligi mavzularini o’tishda hududiylik, majmualilik, ekologik tamoyillarini echishda amaliy asos sifatida foydalanish mumkin.
2. Milliy istiqlol g’oyasi, tarix kabi fanlar bilan predmetlararo aloqalar yo’nalishida mustamlakachilik siyosatining nazariy va amaliy jihatlarini, oqibatlarini ushbu ko’rgazmalar yaqqol ifodalaydi, o’tmishdan guvohlik beradi.
3. Ushbu ko’rgazmalarning ma’rifiy va ma’naviy salohiyatidan siyosiy axborot, geografiya fanidan darsdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlarida foydalanish ham samara beradi.
4. Lotin Amerikasi mamlakatlari aholisi va xo’jaligi didaktik ko’rgazmali qurollar talablarining pedagogik amaliyotlar davrida ham dars va darsdan tashqari tadbirlarda ishlatilishi mumkin.
5. Kelajakda ushbu ko’rgazmalarning elektron nusxalarini ham tayyorlashni rejalashtirish lozim.

Yüklə 89,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə