Science and e ducation



Yüklə 82,76 Kb.
tarix26.10.2023
ölçüsü82,76 Kb.
#130887
shavkat-rahmonning-baxt-so-zi-she-ri-va-abdulla-qahhorning-o-g-ri-hikoyasi-tahlili



"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 202 / Volume 3 Issue 12


Shavkat Rahmonning “Baxt so’zi” she’ri va Abdulla Qahhorning “O’g’ri” hikoyasi tahlili


Qo'chqorov Nursulton
Annotatsiya: Mazkur maqolada o’zbek shoiri Shavkat Rahmonning “Baxt so’zi” she’ri va hassos so’z san’atkori Abdulla Qahhorning “O’g’ri” hikoyasining grammatik tahlili qiyoslab ko’rsatilgan. Asosan quyidagi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan: ”Atamalar izohi”, “Muammoli vaziyat”. Bundan tashqari “Poetik sintaksis” va “She’riy nutqda gapning aktual bo’linish” masalalarini ushbu mavzu ortida yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: Nasr, nazm, intonatsiya, gapning aktual bo’linishi, grammatik vositalar, poetik sintaksis


Analysis of the poem “Baxt so’zi” by Shavkat Rahman and the story “O’g’ri” by Abdulla Qahhor


Qo'chqorov Nursulton
Abstract: This article compares the grammatical analysis of the Uzbek poet Shavkat Rahman’s poem "Bakht sozi" and the story "Thief" by the sensitive word artist Abdulla Qahhor. Mainly, the following modern pedagogical technologies were used: "Explanation of terms", "Problem situation". In addition, the issues of "Poetic Syntax" and "Actual Division of Sentence in Poetic Speech" are covered under this topic.
Keywords: Prose, verse, intonation, actual division of the sentence, grammatical devices, poetic syntax

Shavkat Rahmon she’rlari kishining tuyg’ulariga kuchli ta’sir ko’rsatish xususiyati bilan ajralib turadi. Xususan, shoirning “Baxt so’zi” she’ri zamirida qanchadan qancha teran ma’no ifoda etilgan.


Baxtiyorman degan birgina so’zni
aytish uchun kerak qancha kuch-chidam, garchi baxt so’zlarning eng yoqimligi, garchi tursa hamki tilning uchida.

misralarni sharhlaydigan bo’lsak quyidagicha ma’no chiqadi:
Garchi baxt so’zlarning eng yoqimlisi bo’lsa ham, garchi til uchida tursa ham bu so’zni aytish uchun qancha kuch-chidam kerak . Shoir she’rning pafosini kuchaytirish uchun ritorik so’roqlar bilan boshlagan.
Og’ir botmasmikin bu so’z kimgadir,
tegib ketmasmikin oh-vohlariga, qandoq bardosh berib yashayman keyin baxtsiz kimsalarning nigohlariga.
Ushbu bandda gapning aktual bo’linishi kuzatilgan. Aktual vazifa nuqtai nazaridan gapni tashkil etuvchi unsurlar tema (ma’lum) va rema (yangi) qismlarga bo’linadi. Gapning rema qismi kommunikativ (axborot) nuqtai nazardan ahamiyatli bo’ladi. Savol ana shu remani aniqlash uchun beriladi. Gapning tema qismi ma’lum bo’lganligi bois so’roq gapda aynan takrorlanadi. So’z yoki so’zlar guruhi tarkibi gapning sintaktik guruhlanishi va uning aktual bo’linishi bilanbelgilanadi hamda u (sintaktik qurilish) tilning grammatik qurilishi sohasiga taalluqli bo’ladi.
Bu so’z kimgadir(tema) og’ir botmasmikin(rema) Oh-vohlariga(tema) tegib ketmasmikan(rema)
Keyin baxtsiz kimsalarning nigohlariga(tema) qandoq bardosh berib yashayman. Aktual va sintaktik bo’linishning mosligi, asosan, ikki tarkibli gaplarda, tema ega, rema kesim bo’lganda mos keladi va bu sintaktik amaliyotda keng tarqagan. Tema kesim, rema ega bo’lgan holatlarda esa aktual bo’linish sintakik bo’linishga to’g’ri
keladi, masalan,
Yaproqlar xazonga aylandi,
Xazonlar so’zonga aylandi
(Iqbol Mirzo, Seni bugun ko’rmasam bo’lmas, 226).
Tema va rema izchilligining buzilishi yo uslubiy bo’yoqdorlik uchun xizmat qiladi, yoki mantiqiy buzilishni keltirib chiqaradi. “Yomg’ir yog’yapti” gapida sintakik va aktual bo’linish bir xil, ammo “Tunda yomg’ir derazamni chertib yog’yapti” gapida sintaktik va aktual bo’linish mos emas. Tunda - tema, yomg’ir - derazamni chertib yog’yapti rema, holbuki, sintaktik jihatdan bu gap boshqacha bo’linadi: yomg’ir ega, yog’yapti kesim.
Gapning aktual bo’linishi mantiqiy birlik bo’lgan hukmning bo’laklanishi (subyekt va predikatga bo’linish)ga o’xshaydi. Shu boisdan ayrim tilshunoslar aktual bo’linishni mantiqiy-grammatik bo’linish deb ham nomlashadi. I.Raspopov gapning aktual bo’linishini til tabiatining muhim qirrasi deb hisoblaydi. «Gap - tilning kommunikativ birligi bo’lib, u grammatik belgi kabi aktual bo’linishni ham o’z ichiga oladi» I.Raspopov V.Matezius tomonidan ilgari surilgan fikr asosi va yadrosi
tushunchalarini yoqlar ekan, boshqa atamalar: berilgan va yangi, tema va rema, leksik ega va leksik kesimni tanqid qiladi.
She’riy parchani sintaktik tahlil qiladigan bo’lsak:
Avvalo bu so’zni o’zgalar aytsin, Aytsinlar ko’zlari quvochga to’lib. Elning baxti uchun umrini tikkan, Shoirlar aytmasin birinchi bo’lib.
Poetik sintaksisda asosiy vazifani “Badiiy nutq figuralari” bajaradi. Bunday figuralar ko’p bo’lib, eng muhimlari bilan alohida-alohida tanishib o’tish zarurdir. Ular qatoriga, xususan, ritorik so’roq, murojaat va xitob, takror, kuchaytirish, parallelizm, qarama-qarshi qo’yish, inversiya, asindeton, polisíndeton kabilar kiradi.
Ritorik so’roq, murojaat va xitob. Yozuvchi kitobxon diqqatini muayyan hodisaga yoki muammoga jalb qilish, o’z hayajonini muhrlash va pafosni kuchaytirish maqsadida asarda ba’zan ritorik (undovli) so’roqlar beradi. Asarda ritorik so’roq qo’yilar ekan, unga kim dandir javob olish m aqsadi ko’zda tutilmaydi, balki shu orqali kitobxon yoki tomoshabinning muayyan hodisaga, masalaga jiddiyroq, e’tibor bilan qarashiga erishiladi, ya’ni o’z hissiyotini o’quvchiga yuqtiradi.
Og’ir botmasmikin bu so’z kimgadir,
tegib ketmasmikin oh-vohlariga, qandoq bardosh berib yashayman keyin baxtsiz kimsalarning nigohlariga
Adabiyotda muayyan fikrni ifodalovchi so’z va iboralaming takrori asosiga qurilgan sintaktik birikmalar ham ko’p. Ular ham adabiy figuralar jumlasiga kiradi. Badiiy asarlarda so’z va iboralar turli o’rinda, turli maqsadlarda takrorlanishi mumkin. Agar so’z yoki iboralar bir necha gap, she’riy misra yoxud band boshida takrorlanib kelsa, bu hodisa anafora deb ataladi:
Garchi baxt so’zlarning eng yoqimligi, Garchi tursa hamki tilning uchida.
Ba’zan muayyan so’z va iboralar birinchi bandning oxirida kelib, ikkinchi bandning boshida takrorlanadi. Bu esa adabiyotda Tasbe’ deb ataladi.
Avvalo bu so’zni o’zgalar aytsin, Aytsinlar ko’zlari quvochga to’lib.
Antiteza. Bir yoki bir necha hodisaning belgilarini o’zaro aloqador holda tasvirlanishi ko’p uchraydi. Bunday figura qarama-qarshi qo’yish yoki antiteza deb ataladi. Antiteza ko’pincha antonim so’zlar orqali hosil bo’ladi.
G’am so’zin elimdan keyinroq aytdim, Baxt so’zin aytaman eldan keyinroq.
Ba’zan gap bo’laklari matnda odatdagidan boshqacharoq tartibda o’rin oladi. Bu hodisa inversiya deb ataladi. Yozuvchi o’zida katta mazmunni mujassamlashtirgan so’zlarni gapda o’zgacharoq tartibda joylashtirish yo’li bilan kitobxonni unga jiddiyroq ahamiyat berishga undaydi.
Elning baxti uchun umrini tikkan, shoirlar aytmasin birinchi bo’lib.
Ushbu misrada fe’l bilan hol o’rtasida kontakt inversiya bo’lyapti: (Elning baxti uchun umrini tikkan shoirlar birinchi bo’lib aytmasin .
Bunday badiiy san’at turlari va inversiya holati nafaqat nazmda, balki nasrda ham uchraydi. Abdulla Qahhorning “O’g’ri” hikoyasi chuqur ma’noga ega asar. Bu asarda o’zgalarning kulfatlari, baxtsizligi orqali kun ko’radigan amaldor obrazi yoritib berilgan. Qobil bobo ho’kizini topaman deb amaldorlar tomonidan talanishi, xonavayron qilinishi ko’rsatilgan. O’g’ri obrazi xalq molini kuppa-kunduzi talovchi amaldorlarni anglatadi. Bir ho’kiz yo’qolganidan ellikboshi, yuzboshi, amin, mingboshi kabilar manfaat ko’rganlar. Bu jarayonda yo’qotgan inson yanada ko’proq zarar ko’rganligi va aziyat chekkanligi ifoda etilgan. Unga ”Unga otning o’limi itning bayrami” maqoli epigraf qilib olingan. ”Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho’kizi yo’qolmasin. Bir qop somon, o’n-o’n beshta xoda, bir arava qamish uy, ho’kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo’yish kerak bo’ladi”-kabi misralar shu hikoyadan olingan. Hikoyada “Belim deguncha belim sinadi”, “Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi”, ”Berganga bitta ham ko’p, olganga o’nta ham oz”, ”Quruq qoshiq og’iz yirtadi”, “O’ynashmagil arbob bilan -seni urar har bob bilan” kabi maqollar qo’llangan.
SO’ROQ GAP. Biror noma’lum narsa-hodisani bilish uchun murojaatni ifodalovchi, so’roq ma’nosini bildirgan gap: Ketsang, yana qachon kelasan? Asosiy xususiyatiga (vazifasiga) kо’ra so’roq gaplar ikki turga bo’linadi: l) javob talab qiladigan so’roq gaplar yoki sof so’ roq gaplar; 2) javob talab qilmaydigan so’roq gaplar yoki ritorik so’roq gaplar. q. Sof so’roq gap. Ritorik so’roq gap.
A.Abdullayеv so’roq gaplar shakllanishining uch usulini ko’rsatib o’tgan edi: 1) so’roq olmoshlari yordamida; 2) so’roq yuklamalari yordamida; 3) ohang yordamida. So’roq gaplar o’zaro fikrlashuvda nutqiy aralashuvni kеltirib chiqaradi. Bunda so’zlovchi ko’pincha o’z savoliga tinglovchidan javob kutadi. So’roq gaplar ham barcha nutq uslublarida uchraydi. Badiiy uslubdagi asarlarda esa personajlar orasidagi
savol-javob munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi:

  • Qanaqa ho’kiz edi?

  • Ola ho’kiz. . .

So’roq gaplarda shakl hamma vaqt ham mazmunga to’g’ri kеlavеrmaydi. Buni quyidagi misolda yanada yaqqol ko’rish mumkin:

  • Nеga yig’lanadi? A?

Bu gap shaklan so’roq, ammo ishlatilish o’rni, ohangiga ko’ra “Yig’lamang” mazmunida buyruq gap mazmunida ham qo’llana oladi. Jo’nalish kеlishigi qo’shimchasi -ga nima so’roq olmoshining qisqargan shakliga qo’shilib, uning tarkibiy qismiga aylanadi va ular birgalikda (nеga) sabab ma’nosini anglatadi.
Hikoyada gap yoki uning biror bo’lagiga oid so roqni ifodalovchi yuklamalardan
-mi, -a yuklamalari qo’llanganligini ko’rishimiz mumkin.
Quyidagi gap tarkibida so’zlovchi uchun noma’lum bo’lgan narsa, voqеa-hodisa nomi uchraydi. Bunday so’roq gaplar ko’proq -mi yuklamasi yordamida hosil bo’ladi:

  • Ha, sigir, yo’qoldimi?

  • Yo’q. . . sigir emas, ho’kiz, ola ho’kiz edi.

  • Ho’kizmi?. .

  • Yo’qolmasdan ilgari bormidi?

  • Yaxshi ho’kiz birov yеtaklasa kеta bеradimi?

  • O’zi qaytib kеlmasmikin?. .

  • Bitta ho’kiz odamning xunimi?

  • a yuklamasi yordamida tuzilgan so’ro so’roq gaplar ham so’zlashuv nutqiga xos bo’lib, to’liq gaplarda ham, to’liqsiz gaplarda ham qo’llanavеradi. Bu yuklama ba’zan mustaqil holda so’roq gap bo’lib kеlishi ham mumkin. Bu so’zlovchi tinglovchi fikrini eshitmay yoki anglamay qolganda yuz bеradi:

Nеga yig’lanadi? A? yoki

  • Qidirtirsakmikin-a? - dеdi amin chinchalog’ini etigining ostiga artib,

  • suyunchisi nima bo’ladi? Suyunchidan chashna olib kеlinmadimi?

So’roq gaplarda maxsus lеksik-grammatik vositalar ishlatilmaganda esa so’roq mazmuni ohang yordamida ifodalanadi:
Himm... Ola ho’kiz? Tavba!..
Misoldagi Ola ho’kiz? gapida taajjub ma’nosi ifodalangan bo’lib, ayni zamonda, unda “Ola ho’kiz dеysanmi?” so’roq gap mazmuni ham ifodalanyapti.
Ritorik so’roq gaplar ham badiiy matnning emotsional-eksprеssivligini ta’minlovchi uslubiy vositalaridan hisoblanadi. Tasdiq va inkor mazmuniga ega bo’lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplar ritorik so’roq gap dеyiladi.
Masalan, Bu odam ellikboshi bo’lish uchun ozmuncha pul sochganmi?
“Atamalar izohi” metodi. . Asardagi hozirgi kunda eskirib qolgan so’zlar izohi beriladi.

YELPISHTOVOQ

Don yelpishga mo’ljallangan katta yassi tovoq

CHINCHALOQ

Jimjiloq

AZAYIMXON

Kasallarga dam soluvchi, duoxon

ELLIKBOSHI

Otliq askar boshlig’I, amaldor, oqsoqol.

PRISTAV

Mahalliy politsiya boshlig’i

“Muammoli vaziyat” metodi. Ushbu metod teran fikr yuritishga va muammolarni hal qilishga o’rgatadi.

Nega asar “O’g’ri” deb nomlangan


Egamberdi paxtafurush Qobil boboga ho’kiz bergani uchun ” kichginagina” sharti borligini va bus hart kuzda ma’lum bo’lishini aytadi…Sizningcha bu qanday shart?
Asardagi o’g’ri kim?
Yuqoridagi nasr va nazm tahlilidan ma’lum bo’ladiki, Shavkat Rahmon hamda Abdulla Qahhorning leksik va grammatik vositalarni qo’llashdagi mahorati bilan ajralib turadi. Hikoya o’zining sujeti, badiiy tasvir vositalari bilan nazm doirasidagi she’rdan ajralib turishi, she’r esa fikrning his-tuygʻuga qorishiq ifodasi sifatida vujudga kelganligi, hayajonli sheʼriy nutq bilan ifoda etilishi va maʼlum ichki ohangga ega badiiy asar ekanligi bilan bir- biridan ajralib turishi misollar orqali ko’rsatib berilgan.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. R. Sayfullayeva R. R. , Mengliyev B. R. , Boqiyeva G. H. , Qurbonova M. M., Yunusova Z. Q. , Abuzalova M. Q. ”Hozirgi o’zbek adabiy tili”


www.openscience.uz / ISSN 2181-0842



Yüklə 82,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə