Science and Innovation International scientific journal



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix23.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#157881
1   2   3   4   5   6
navoiy-ruboiylarida-axloqiy-mezonlar

2022 
№ 1
835 
To`rt tomlik “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug`ati”da: firoq-ayriliq, 
uzoqlashish, judolik [
3-tom.-B 347
], o`tru-qarshi, muqobil ro`para [
3-tom.-B 617
], 
ko`y-ko`cha, mahalla, kata yo`l [
2-tom.-B 148
], nizor-ozg`in, sust, zaif [2-tom.-B 
459] tarzida izohlangan. Shundan kelib chiqqan holda “G`aroyib us-sig`ar”dan 
olingan yuqoridagi ruboiyni quyidagicha tahlil qilish mumkin: birinchi misrada 
Navoiy “ o`lsam mozorimni ya`ni qabrimni yasamanglar” – demoqda. Buning 
sababini esa qolgan misralarda tushuntiradi. Ikkinchi misrada jonidan judolikdagi 
jismini yuklab eltishlikni; uchinchi va to`rtinchi misralarda zaif tanasini ahli 
diyoriga ya`ni xalqqa ro`para qilib katta ko`chaga qo`yishlikni aytadi. Bizga 
ma`lumki, Navoiy o`z davrining o`ziga to`q amaldorlaridan bo`lgan. Lekin 
shuncha boyligi bo`lsa ham hech nima olib keta olmasligini xalq ko`rishini istaydi. 
Bu ruboiyda “Insondan faqatgina yaxshi amallari qolishi, shuning uchun qo`ldan 
kelgancha yaxshilik qilish kerakligi” g`oyasi ilgari surilgan. 
Farzand ato qullig`in chu odat qilg`ay, 
 
Ul odat ila kasbi saodat qilg`ay, 
 
Har kimki atog`a ko`p rioyat qilg`ay, 
 
O`g`lidin anga bu ish siroyat qilg`ay. 
“Nazm ul-javohir” (“Gavharlar tizmasi”) asaridan olingan ushbu ruboiyda 
qaysiki farzand otasi xizmatini qilishni odat qilsa, o`sha odati uchun kasbida 
saodatga erishishi va otasiga itoat qilgan har qanday insonning o`g`lining o`g`liga 
ham bu odat yuqishligi aytilgan. Bunday tahlil qilishimizning sababi: “Siroyat-
o`tish, ta`sir, yuqish”[7], – deya izohlangan. Hadislarimizda ham “ota-onaga 
yaxshi muomalada bo`lish kerakligi, qanday muomala qilsa, farzandidan qaytishi”, 
– aytilgan. 
XULOSA
. Ulug` shoir oddiy so`zlar orqali to`rttagina misraga qalamining 
sohir kuchi bilan o`ta nozik g`oyaviy, ijtimoiy, ma`naviy va tarbiyaviy ahamiyatga 
ega hayotiy mazmunlarni yuklay olishdek yuksak mahoratini namoyon etadi.
Adabiyotlar: 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə