«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 60,65 Kb.
səhifə2/4
tarix24.12.2023
ölçüsü60,65 Kb.
#158116
1   2   3   4
tarix-fanini-o-rganishda-ossuriya-davlatchiligi-ning-o-rni-va-ahamiyati

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Ossuriya haqida birinchi eslatmalar ( Injilning Aski Ahdida) mualliflar Gerodot,

Ksenofon, Strabon, Aristotel kabi qadimiy mualliflarning asarlarida uchraydi ular yarim afsonaviydir. Ossuriya qadimgi dunyoning birinchi imperiyasi edi.Ushbu davlat dunyo xaritasida deyarli 2000 yil, miloddan avvalgi 24-asrdan 7-asrgacha va taxminan 609-yilgacha mavjud bo’lgan. Ossuriya Dajlaning yuqorgi qismida, janubda Zabning quyi oqimidan sharqda Zagra tog’lariga va shimoli g’arbda Masios tog’lariga qadar cho’zilgan kichik maydonni egallagan, eng kata rivojlanish davrida Ossuriyaning uzunligi 350 mil, eni (Dajla va Evfrat) 170 dan 300 milgacha yetgan. Ingliz sayyohi T.Ravilsonning so’zlariga ko’ra, Ossuriya egallagan butun maydon “7500 kv mildan kam bo’lmasligi kerak, ya’ni bu Avstriya yoki Prussiya egallagan maydondan katta, Portugaliyadan 2 baravar kata va Buyuk Britaniyadan sal kamroq”. G’arbning shimoliy qismida Sinjar tog’lari kesib o’tgan ulkan Suriya Mesopotamiya dashti ocilgan. Ushbu kichik maydonda turli vaqtlarda Ashuriya, Nineviya, Arbela, Kalach, va Dur-Sharukin kabi Ossuriya shaharlari paydo bo’lgan. Ossuriya, bu “unumdor yarim oy” oddiyroq qilib aytganda Mesopotamiya hududida paydo bo’lgan. Qadimgi Ossuriya podsholigi orqasida ko’plab madaniy va tarixiy yodgorliklarni qoldirgan. Podsholar va zodagonlar hayoti manzaralari aks etgan ko’plab baralyeflar, olti metrli qanotli xudolarning haykallari, ko’plab sopol buyumlar va zargarlik buyumlari bizning davrimizgacha etib kelgan. Qadimgi dunyo haqidagi bilimlarni rivojlantirishga katta hissa qo’shgan kashf etilgan kutubxona Ashurbanipalning o’ttiz ming gil lavhasida tibbiyot, astronomiya, muhandislik bo’yicha bilimlar to’plangan va hatto Buyuk To’fon haqida ham so’z yuritilgan. Qadimgi Sharq mutloq hokimligi faqat tashqi jamoadagina qudratli va mustahkam davlatlar bo’lib ko’ringan, aslida esa ular ichki tomondan ancha zaif davlatlar bo’lgan. Misr, Eron va shu qatorda Ossuriya ham biror istilochi vafotidan keyin o’z tarkibiy qismlarga bo’linib, tarqalib ketgan va birlashtirish, tiklash uchun doimo qurol ishlatishga majbur bo’lgan. Ossuriya – “jahon imperiyasi” ni yaratish va barbod bo’lishning birinchi tajribasi hisoblanadi. Qadimgi Ossuriya markazi Ashshur bo’lgan kichik hududni o’z ichiga olgan edi.



Yüklə 60,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə