«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 60,65 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü60,65 Kb.
#158116
1   2   3   4
tarix-fanini-o-rganishda-ossuriya-davlatchiligi-ning-o-rni-va-ahamiyati

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • NATIJA

MUHOKAMA


Er.avv XVI asrgacha Ossuriya podsholari Alum-Ashshur, Shahar jamoa esa Ashshur deb atalgan, “Kichik va ulug’lar” xalq yig’ini o’z ahamiyatini yo’qotib borgan, hokimyatning oliy o’rgani “Shahar Uyi” boylardan tuzilgan oqsoqollar kengashi bo’lgan. Shahar – davlatning ososiy hokimi “ishshiakum” lavozimi ham mavjud bo’lib, u diniy vazifalarni bajarib, ibodatxonalar qurilishiga rahbarlik qilgan. Ossuriya orqali Kichik Osiyo va Kavkaz ortidan Tigr daryosi bo’ylab o’rta va Janubiy Ikki daryo oralig’i va Elamga, Sharqiy O’rtayer dengizidan muhim savdo yo’llari o’tgan edi. Ashshur shahri o’z kaloniyalarini barpo qilishga uringan va Kichik Osiyoning sharqiy qismini faol kalonizatsiya qilgan. Ammo ilk Ossuriya jamiyatida ya’ni II ming yillik
boshlarida xalqaro vaziyat Ossuriya uchun nobop holat kasb etgan. Amorey qabilalarining Shimoliy Mesopotamiyada joylashishi, O’rta Evfratda Mari davlatining ko’tarilishi Ossuriya uchun g’arbda savdo qilishiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. O’ta faol tashqi siyosat Amorey sardori, Xammurapining katta zamondoshi Shamshi-Adad(er.avv 1824-tax 1780 yillar) vaqtida olib borilgan. Er.avv XIX-XVIII asrlarda Ashshur Old Osiyoning yirik davlat markaziga aylandi va Shamshi-Adad I “ko’pchilik shoxi” unvonini o’zlashtirib oldi. U Ikki daryo oralig’ining shimolidagi shaharlarni bosib oladi, Marini bo’ysundirib, Karxemish bilan ittifoq tuzadi. Er.avv 1757-yilda Shamshi – Adadning o’g’li Ishme – Dagan davrida Ashshurni Hammurapi bosib oladi. Er.avv 1740-yillar atrofida kassitlarning Mesopotamiyaga hujumi davrida Shamshi – Adadning avlodlari hokimyatni o’z qo’liga olishgan. Er.avv XVI asrda Bobil sulolasi qulagach, Ashshur qudratli qo’shni davlat Mitannining tazyiqiga qarshi Misr bilan diplomatik aloqa o’rnatgan. Mitannining podshosi Shaushaattar esa Ashshurni bosib oladi va g’arbga chiqadigan savdo yo’lidan mahrum etadi.Ashshur Bobilning hukmronligini tan olish evaziga Mitannining zulmidan ozod bo’lib, biroz vaqtdan so’ng mustaqil bo’ladi.


NATIJA


Er.avv 1353-1318- yillarda podsho Ashshuribalit Ossuriyani qaudratli davlatga aylantiradi. Xettlarning tazyiqidan qochib Ossuriyaga ittifoqchi bo’lgan Mitanni va keyinchalik Bobil ham Ossuriyaning tasiriga tushib qoladi. Ossuriya davlatinin shakllanishi er.avv 1295-1264-yillarda podsho Adad-Nirari davrida tugaydi.Uo’ziga rasmiy ravishda podsho unvonini berib “Buyuk podsho” mavqeiga davo qilgan.Er.avv XIII-XII asr boshlarida yuqori Mesopotamiyaning qashni hududlarini to’rt marta o’ziga qoshib olib to’rt marta yo’qotgan.Ossuriyaning siyosatida sifatli siljishlar Shalmaneser I davrida bo’lgan. Ossuriyaliklarning o’ta shavqatsizligi ham aynan ushbu qirol davrida Mitanni davlatidan asir tushganlarga nisbatan haqoratli ravishda oldirish va 14400 asirni ko’r qilishga buyurgan. Bunday shavqatsizliklar Shalmaneser III davrida ham lo’rishimiz mumkin. Ashshurnatsirapal II ning ushbu so’zlari ham bunga dalil bo’ladi “ Men shaharni oldim, askarlarning boshini kesib oldim, shahar oldida bosh va tanalar minorasini qurdim va qoziqlarga boylangan qiz va yigitlarni tiriklayin yoqib yubordim” Ossuriya shohlarining yozuvlari nafaqat ichki, ma’muriy ma’noga ega, balki ular targ’ibot ma’nosiga ham ega. Ossuriya o’z hududiga kelgan oromiy qabilalarini yo’q qilgandan keyin rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. Huddi shu davrda yaratilgan davlat esa insoniyat tarixidagi birinchi imperiya bo’ladi.Keyingi davrlarda taxtda bo’lgan podsholar Urartu zarbalariga bardosh bera olishmagan va ichki siyosatda savodsizlik, oldindan ko’ra bilmasligi sababli davlatni sezilarli darajada zaiflashtirib qo’ygan. Ossuriyaning so’nggi kuchli shohi Ashurbanipal bo’lgan u Ossuriyaning eng savodli hukmdori sifatida tanilgan.Uning podsholik davri, mustaqilligini qo’lga
olmoqchi bo’lgan vassal davlatlar bilan jang olib borishi bolan xarakterlanadi. Ashurbanipral Lidiya, Midiya, Frigiya ustidan o’z ta’sirini yoydi va Fivani mag’lub qildi. Hususan, er.avv IX-VII asrlarda Ossuriya davlat boshqaruvi quyidagi shaklda bo’lgan: bosib olingan hududlarning ko’pchiligida provinsiyalar (Ossuriya, Kichik Osiyoning ayrim shaharlari va viloyatlari, Xaldey va Oromiy knyazliklari) tashkil qilingan.



Yüklə 60,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə