«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 41,47 Kb.
səhifə2/3
tarix28.08.2023
ölçüsü41,47 Kb.
#121006
1   2   3
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING SOG’LOM BOLALAR BILAN BIR QATORDA VA BARCHA SHAROITLAR YARATILGAN MUHITDA O’QISHIGA MUNOSABATINGIZ

NATIJA


Hozirgi kunda O’zbekiston respublikasida ko’zi ojizlar maxsus maktab-internati 12-yillik ta’lim tizimida ko’rishda nuqsoni bo’lgan va ko’zi ojiz bolalarga ta’lim berib kelmoqda. 2020-yildan boshlab Prezident farmoni bilan bu maktablarda ta’lim olish 11 yillik etib belgilandi. Bu davr ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarning to’la fanlarni va hayotiy zarur bilimlarni o’zlashtirishi, kelajakda biror bir kasbni egallashi uchun yetarli bo’lmaganligi sababli Toshkent shahar 77- sonli va Namangan viloyati Kosonsoy tumani 45-sonli ko’zi ojizlar maxsus maktab-internati o’qituvchi va tarbiyachilari tomonidan Xalq ta’limi vaziri hamda prezident nomiga qilingan murojaatda bunday maxsus maktablarni avvalgi 12 yillik ta’limga qaytarish kerakligi muhim asoslar bilan ko’rsatib o’tildi va so’raldi. Shundan keyin bunday maktablar avvalgi 12 yillik ta’lim tizimiga qaytarildi.
2019-yilda Ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalarning sifatli ta’lim olishlarini ta’minlash, o’qish sharoitlarini yaxshilash, ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida “Ko’ngil ko’zi” loyihasi tashkil etildi. Bu loyiha asosida shu yilning o’zida ko’plab ishlar amalga oshirildi. Shu loyiha nomi ostida ko’zi ojiz bolalar uchun mo’ljallangan brayl tilidagi kitoblar chop etildi.
Saida Mirziyoyevaning tashabbusi bilan bu yil yangi yilda “Ko’ngil ko’zi” xayriya tadbiri doirasida uch ming nafardan ortiq ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi. Tekshiruv natijalariga ko’ra, ko’rish qobiliyatini yaxshilash imkoniyati bo’lgan har bir bolaga yordam berish rejalashtirildi. Ayni bayram arafasida bu xayriya doirasida “ Sovg’alar karvoni aksiyasi” doirasida O’zbekistonning barcha viloyatlaridagi imkoniyati cheklangan bolalarga sovg’a-salomlar ulashildi.
Ko’zi ojiz va zaif eshituvchi bolalarni inklyuziv ta’lim bilan qamrab olish birmuncha qiyinchiliklarni qamrab olishi mumkin. Chunki hozirgi kunda O’zbekistonda tiflopedagog mutaxassislar yetishmaydi. O’zbekiston universitetlarida hozirgi kunda tiflopedagoglarni tayyorlaydigan fakultetlar mavjud emas. Bu borada darslik va qo’llanmalar ham ishlab chiqilmagan. Ko’zi ojiz bolalar o’qishiga mo’ljallangan brayl tilidagi kitoblar juda katta hajmga egaligi va og’irligi bilan bolaning ularni har kuni maktabga ko’tarib borishida qiyinchiliklar tug’diradi.
Toshkent shahar 77- sonli ko’zi ojiz bolalar maktab- internati psixologi Baxtiyor Hojiboyev inklyuziv ta’lim haqida kun.uz saytiga bergan intervyusida quyidagi fikrlarni bildirib o’tdi: “ Bolaning inklyuziv muhitda boshqalardan o’zini kam his qilmasligi, jismoniy imkoniyati cheklanganidan siqilmasligi uchun sharoit yaratish muhim. Stadionda boshqalar bilan yugurayotgan zaif ko’ruvchi bola kimgadir turtilib ketsa, boshqa bolalar uning ustidan kulishlari kerak emas. Agar kimdir masxara qiladigan bo’lsa, bola battar o’z qobig’iga o’ralib oladi. Ko’ngli cho’kadi, o’qishga bo’lgan ishtiyoqi so’na boshlaydi, alamzada bo’lib qoladi”.

Yüklə 41,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə