«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 41,47 Kb.
səhifə1/3
tarix28.08.2023
ölçüsü41,47 Kb.
#121006
  1   2   3
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING SOG’LOM BOLALAR BILAN BIR QATORDA VA BARCHA SHAROITLAR YARATILGAN MUHITDA O’QISHIGA MUNOSABATINGIZ



IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING SOG’LOM BOLALAR BILAN BIR QATORDA VA BARCHA SHAROITLAR YARATILGAN MUHITDA O’QISHIGA MUNOSABATINGIZ

KIRISH


Nogiron - jismoniy, aqliy , psixologik va hissiy faoliyatning izdan chiqishi, shikastlanishi natijasida hayot faoliyatining cheklanishi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan va ijtimoiy yordam hamda himoyaga muhtoj bo’lgan shaxs tushuniladi. “ Nogiron” atamasi hozirgi kunda eskirib qolgan va qo’pol bo’lgan so’z hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday shaxslarga nisbatan “imkoniyati cheklangan insonlar ” yoki “ nogironligi bo’lgan shaxslar ” deb murojaat qilish to’g’ri bo’ladi.
Hozirgi kunda ko’plab davlatlar qatori O’zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim va tarbiya olishlari, tibbiy muolajalar olib borishlari uchun imkoniyatlar yaratib kelinmoqda va bunday insonlar va bolalarning haq-huquqlari qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo’yilgan va himoya qilinmoqda. . BMT ning Nogironlar huquqlari to’g’risidagi Konvensiyaning xalqaro standartlari, shuningdek, “nogiron” so’zi o’rniga “nogironligi bo’lgan shaxs” atamasidan foydalanishni nazarda tutuvchi “ Nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlari to’g’risida” gi Qonun yurtimizda yuqoridagi toifaga mansub shaxslarning huquq va manfaatlarini ifodalashga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


2008-yil 22 - apelda “ O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida” gi qonun qabul qilindi. Bu qonun 2021-yil 16-yanvardan o’z kuchini yo’qotgan bo’lib, bu qonunga muvofiq 2020-yil 15 oktabrda “ Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari to’g’risida” gi O’RQ-641 sonli qaror qabul qilingan bo’lib, bu hujjat ko’zi ojizlar uchun mo’ljallangan Brayl alifbesida ham nashrdan chiqarildi.

MUHOKAMA


Prezident tomonidan 13- oktabr 2020- yilda “ Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim – tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida” gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi. Bu hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2020- yil 14 – oktabrdan kuchga kirgan. Hujjatga ko’ra 2020-2025-yillarda Xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi va 2020-2021 yillarda uni amalga oshirish bo’yicha “ Yo’l xaritasi” tuzib chiqiladi. Bu konsepsiya 2 bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan bo’lib, 1- bosqichda ( 2020-2022-yillar) inklyuziv ta’limni yo’lga qo’yish uchun shart-sharoitlar yaratish, bu bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash, ijtimoiy, normativ bazani yaratish, jihozlash va zarur o’quv qurollari bilan maktablarni ta’minlash nazarda tutilgan.
2- bosqichda ( 2023-2025-yillar) inklyuziv ta’lim tizimini bosqichma-bosqich umumiy o’rta ta’lim muassasalarida joriy etish, bu bo’yicha chora – tadbirlarni amalga oshirish kabilar.
Inklyuziv ta’lim – bu maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma – xilligini hisobga olgan holda barcha tahsil oluvchilar uchun ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatini teng ravishda ta’minlashdir. Ushbu qonun imkoniyati cheklangan bolalarga tengdoshlari bilan teng ravishda ta’lim olish imkonini beradi. Inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich ayrim maktablarda sinov tariqasida yo’lga qo’yiladi va ijobiy natija va tajribalar keyinchalik respublikaning boshqa hududlaridagi maktablarida tadbiq etiladi. Shuningdek, o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi qoshida “ Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi” tashkil etiladi.
Inklyuzi ta’limni joriy etishda boshqa davlatlarning tajriba va yutuqlaridan foydalanish, yaxshi natijalarga erishish uchun zamin bo’la oladi.
Misol uchun, Amerika davlatlarida nogironligi bo’lgan bola tug’ilsa, uni tug’ilganidan boshlab ijtimoiy hayotga moslashtirish, avvalo maktabgacha ta’lim bosqichiga, so’ngra maktab, kollej va universitetlarda tahsil olishiga erishish va amalga oshirish uchun mutaxassislar, nevropatolog, psixolog, nogironlik turiga qarab logoped, oligofrenopedagog yoki tiflopedagog biriktiriladi. Bu mutaxassislar bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlab bola bilan shug’ullanishadi va uni bog’chaga ( ijtimoiy muhitga) har tomonlama moslashtirib borishadi. Bog’chada ishlaydigan maxsus pedagoglar imkoniyati cheklangan bolani maktabga tayyorlashadi. Natijada bunday bolalar inklyuziv ta’limga tayyor holatda, oddiy maktablarda boshqa sog’lom bolalar bilan birgalikda tahsil olish, bunday muhitda ulg’ayishga moslashgan holatda chiqadi. Keyingi o’quv yilidan boshlab alohida ta’limga ehtiyojmand bolalarning 24 foizi, 2025-yilgacha esa 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda. Lekin bu ta’lim tizimi hali O’zbekistonlik imkoniyati cheklangan bolalar, ularning ota-onalari hamda ustozlari uchun yangi muhit, yamgi bosqich bo’lgani uchun ham xavotirlar mavjud. Imkoniyati cheklangan har bir bolaning ta’lim va tarbiyasi bilan shug’ullanish alohida e’tibor talab etadi. Lekin statistikaga ko’ra 2020-yilning o’zida O’zbekistonda ko’plab umumta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin nogironligi bo’lgan o’quvchilar inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan.

Yüklə 41,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə