«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3



Yüklə 460,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix10.11.2023
ölçüsü460,31 Kb.
#132665
1   2   3   4   5   6
matematika-fanining-rivojlanishi-va-sonlarning-paydo-bo-lishi

204
 
kurashi har doim sinfiy xarakterga ega bo’lib kelgan. Ayniqsa tarixiy va filosofik 
masalalarda bu yaqqol ko’rinib turadi Demak, matematika tarixini bilish fanni 
mantiqan va tarixan rivojlanishining asosiy faktlarini va qonunlarini to’g’ri bilish va 
talqin qilish imkonini beradi, sxolastikani bartaraf etadi, ilmiy dunyoqarashni 
shakllantiradi. Matematika tarixida o’zining xarakteri jihatidan bir-biridan tubdan 
farq qiladigan davrlar mavjud bo’lib, bunday ajratishlar davlatlarda nisbatan , sotsial - 
iqtisodiy formatsiyalarga nisbatan , buyuk kashfiyotlarga nisbatan va hokazo qarab 
davrlarga bo’linishi mumkin. Shulardan biri A.N.Kolmogorov taklif etgan variantdir. U 
quyidagicha: 
I.
Matematikaning ro’yobga kelishi. Bu davr eramizdan oldingi VI-V 
asrlargacha davom etib, bu paytga kelib matematika mustaqil fan sifatida shakllanadi. 
Bu davrning boshlanishi esa, o’tmish ibtidoiy davrga qarab boradi. Bu davrda 
matematika hali fan sifatida shakllanmagan bo’lib, qilingan ishlarning xarakteri asosan 
kuzatish va tekshirish natijalari asosida materiallar to’plashdan iborat bo’lgan. 
II.
Elementar matematika davri. Bu davr eramizdan oldingi V-V asrlardan
boshlanib, to hozirgi XVI asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda asosan 
o’zgarmas miqdorlarga oid masalalar atroflicha o’rganilgan bo’lib, bularning ba’zilari 
o’rta maktab kursiga kiritilgan , matematikaning bundan keyingi rivoji o’zgaruvchi 
miqdorlarning kiritilishi bilan bog’liq. 
III.
O’zgaruvchi miqdorlar matematikasi. Bu davrning boshlanishi o’zgaruvchi 
miqdorlarning kiritilishi, Dekart analitik geometriyasi vujudga kelishi, Nyuton va 
Leybnits asarlarida differentsial va integral xisobi tushunchalari paydo bo’lishi bilan 
xarakterlidir. XVI asrdan to XIX asrgacha davom etgan bu davrda matematika jadal 
sur’atlar bilan rivojlandi, yangi bo’limlar vujudga keldi. Barcha ilmiy yo’nalishlarning 
bunday rivoji matematikani hozirgi zamon ko’rinishiga olib kelinishiga sabab bo’ldi. 
Hozirda biz buni matematikaning klassik asoslari deb yuritamiz. 
IV.
Hozirgi zamon matematikasi davri. Bu davrda yangi matematik nazariyalar, 
matematikaning yangidan -yangi tatbiqlari vujudga keldiki, u matematika predmetini 
mazmunini judayam boyitib yubordi. Bu esa o’z navbatida matematika asosini 
(aksiomalar sistemasini, isbotlashning mantiqiy usullarini va boshqalar) hozirgi zamon 
matematikasining yutuqlari asosida qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi. 
NATIJA 
Endi esa sonlarning paydo bo’lish tarixiga nazar solsak. Qadim tosh asrida 
(poleolit davri) odamlar hali g’orlarda yashagan va hayoti hayvon hayotidan deyarli farq 
qilmaydigan davrdan boshlab, odamlar ov qurollarini tayyorlash, o’zaro aloqa vositasi 
bo’lgan tilni vujudga keltirish borasida, keyinroq esa o’ziga e’tibor berishi (rasmlar, 
figuralar, bezaklar va boshqalar). Yashash uchun ne’matlarni ishlab chiqarishni yo’lga 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

Yüklə 460,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə