SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1665
MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH ASOSIDA O'QUVCHILARNI PIRLS
XALQARO BAHOLASH DASTURIGA TAYYORLASH
Maftuna Faxriddinovna Qurbonova
Toshkent viloyati Chirchiq pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada mustaqil ishlarni tashkil etish asosida boshlang'ich sinf
o'quvchilarining o'quv-bilish kompetentsiyalarini shakllantirish hamda PIRLS xalqaro
baholash dasturiga tayyorlashga yo'naltirilgan metodlar,
ularning turlari, o'tkazish
metodikasi kabilar haqida so'z yuritiladi.
Kalit so’zlar
: xotira, diqqat, operatsiya, shakllantirish,
faollashtirish, metod,
fikrlash, faoliyat, muammoli, vaziyat, nazorat, o'zini o'zi nazorat,
jamoaviy, shaxsiy,
boshqarish, ta'lim, tarbiya, o'yin, orientirovka, tahlil qilish, sintez,
solishtirish,
klassifikatsiyalash, texnologiya, guruhlarda ishlash, global va boshqalar.
PREPARE STUDENTS FOR THE PIRLS INTERNATIONAL ASSESSMENT
PROGRAM ON THE BASIS OF INDEPENDENT WORK ORGANIZATION
Maftuna Fakhriddinovna Kurbonova
Toshkent viloyati Chirchiq pedagogika instituti
ABSTRACT
This article discusses the methods aimed at the
formation of educational
competencies of primary school students on the basis of the organization of independent
work, as well as the preparation for the international assessment program PIRLS, their
types, methods of conducting.
Keywords:
memory, attention, operation,
formation, activation, method,
thinking, activity, problem, situation, control, self control, collective, personal, control,
education, education, play,
orientation, analysis, synthesis, Comparison, classification,
technology, teamwork, global and more.
KIRISH
Рedagogika amaliyotida o'qitish metodlarining juda katta boy merosi to'plangan.
Ularni
tanlashda turli sharoitlar, o'qitilayotgan fanning xarakteri, o'quvchilarning yosh
xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi kabilar hisobga olinadi. Chunonchi,
yangi
materialni bayon etishda bir xil metodlar qo'llansa, uni mustahkamlashda ikkinchi va
mavzuni umumlashtirishda yana boshqa xil metodlar qo'llaniladi. Darsning turli
bosqichlarida puxta o'ylash va samarali metodlarni qo'llash juda muhim [1].