See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 105,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix22.12.2023
ölçüsü105,78 Kb.
#154279
1   2   3   4   5   6   7
OZONELAYER.RasuljonMirzohid

Key words: 
ozone gases, properties of the ozone layer, depletion of the ozone layer, "ozone hole", 
opportunities for protection of the ozone layer. 
 
 
ОЗОНОВЫЙ СЛОЙ, ЕГО ИСТОШЕНИЕ, НЕГАТИВНЫЕ ПОСЛЕДСТВИЯ
И ВОЗМОЖНОСТИ ЗАЩИТЫ 
 
АННОТАЦИЯ 
В этой статье представлена важная информация об озоновом газе, его образовании, озоновом 
слое, его границах, изменениях его количества и основных свойствах. Также широко освещаются 
мнения об истощении озонового слоя под воздействием природных и антропогенных факторов
и возможностях его предотвращения. 
Ключевые слова: 
озоновые газы, свойства озонового слоя, истощение озонового слоя, 
«озоновая дыра», возможности защиты озонового слоя. 
 

 
Филология фанлари
 
 
ISSN: 2181-4058 
www.imfaktor.uz
 
 






 

Ozon gazi haqida.
 
Dunyoda biologik muvozanatni saqlaydigan atmosferadagi eng muhim 
gazlardan biri ozon hisoblanadi. Ozon
 
so‘zi
 
qadimgi yunon tilidagi “ozein” so‘zidan olingan bo‘lib 
“hidli” degan manoni anglatadi [1].
Ozon
 
– bu O

triatomik molekulalaridan tashkil topgan kislorodning allotropik 
modifikatsiyasi, ya’ni kislorodning uch atomli birikmasi hisoblanadi. Ozon oddiy sharoitda ko‘k 
rangdagi zaharli gazdir. Ozon havga ko‘k rang beradi [2].
Ozon 1840 yilda nemis kimyogari Kristian Fredrik Shonbayn tomonidan kashf etilgan.
U havoda fosfor oksidlanishi yoki kislotalangan suv elektrolizida ajralib chiqadigan kislorod yaxshi 
hid ekanligini aniqlagan va bu hidni keltirib chiqaradigan gazga “ozon” deb nom bergan [2].
Ozon gazlarini hosil bo‘lishi.
 
Ozon atmosferaning yuqori (10-30 km) qatlamlarida 
ultrabinafsha nurlar va pastki qatlamlarda chaqmoq hosil qilgan elektr toklari ta’sirida kislorodning 
parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi:
3O

→ 2O

– 289,4 kJ 
[3].
Atmosferada ozon paydo bo‘ladigan fizikaviy va kimyoviy jarayonlar murakkab tabiatga ega. 
Ikki atomli kislorod molekulalari quyoshning ultrabinafsha nurlarini yutganda qisman atomlarga 
parchalanadi. Kislorod atomlari qo‘zg‘algan holda bo‘ladi (ya’ni me’yoriy holatdagiga nisbatan katta 
energiya zahirasiga ega bo‘ladi). Shu sababli ozon molekulasi uchlama to‘qnashuvda ya’ni kislorod 
molekulasi, kislorodning atomi va ortiqcha energiyani qabul qilib oluvchi azot yoki boshqa gaz 
molekulasi bir-biri bilan to‘qnashgandagina hosil bo‘ladi [4]. 
Ozon qatlami va uning chegarasi.
 
Ozon gazlari asosan atmosferaning ikkita alohida 
qatlamlarida (troposfera va stratosferada) uchraydi hamda ozon qatlamini hosil qiladi. 
Troposferaning yuqori qismida (Yerdan 10-15 km) juda siyrak holatda stratosfera ozon qatlami 
shakllangan bo‘lib, undagi ozon parnik gazi sifatida “parnik effekti”ni hosil bo‘lishiga 3-7% hissa 
qo‘shadi. Shuning uchun uni “zararli ozon” deb ham yuritiladi. Deyarli butun stratosferada
(15-50 km) esa stratosfera ozon qatlami joylashgan va unda ozon gazlarining qariyb 90 % qismi 
to‘plangan [1, 3, 4]. 
Ayrim darsliklarda ozon gazlari atmosferaning Yer sathidan 70 km balandlikkacha bo‘lgan 
qatlamlarida tarqalganligi ko‘rsatilgan [4, 5].
Jumladan, ozon gazlari (O3) asosan atmosferaning 10-70 km balandliklari oralig‘ida tarqalgan 
bo‘lib, atmosferadagi ozonning umumiy massasi tahminan 3,2·10
9
t ni tashkil qiladi [4].
Bundan ko‘rinadiki, ozon gazlari mezosferada ham oz miqdorda bo‘lsada tarqalgandir. 
Demak, ozon qatlami - bu Yer atmosferasidagi ozon (O
3
) ning nisbatan yuqori 
konsentratsiyasini o‘z ichiga olgan qatlam hisoblanadi. Ozon qatlamini dastlab 1913 yilda frantsuz 
fiziklari Charlz Fabri va Anri Buissonlar tomonidan kashf etilgan. Uning xususiyatlarini ingliz 
meteorologi G. M. B. Dobson batafsil o‘rganib chiqdi va u Yerdan stratosfera ozonini o‘lchash uchun 
ishlatilishi mumkin bo‘lgan oddiy spektrofotometrni (Dobsonometr) ixtiro qildi. Malum birlik havo 
Ustunidagi ozonning umumiy miqdorini o‘lchash uchun “Dobson birligi” uning sharafiga nomlangan 
[6, 7]. 
Ozon qatlami asosan troposferaning yuqori qismi va butun stratosfera qatlamida Yerdan 
taxminan 10 km dan 50 km gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan (1-rasm). Bu yerda ozonning 91 % 
dan ortig‘i jamlangan [6, 7, 8, 9].






 

1-rasm. Atmosferaning 10 - 50 km balandliklarida joylashgan ozon qatlami chegarasi. 


Manba: 
https://sigmaearth.com/current-state-of-the-ozone-layer/ 
Narayan P. Chapagain (2016) bergan ma’lumotlarga ko‘ra ozonning 90 % i stratosferada, 
ya’ni Yerdan 15-50 km balandliklar oralig‘ida joylashgan [1]. 
Ozon gazlari eng zich holatta joylashgan qatlam ham olimlar tomonidan ajratilgan. Jumladan, 
Chori Toshpo‘latov va b.lar (2021) keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra atmosferaning 20-25 km 
oralig‘idagi 5 km lik yupqa qatlamda ozon eng zich joylashgan bo`lib, u agar yer yuzidagi havoga 
qadar zichlashtirilsa 3,5 mm li yupqa plyonka hosil bo‘ladi holos [10]. Shuningdek, ba’zi rasmiy 
internet sahifalarida ham atmosferaning 20 km dan 25 km gacha bo‘lgan 5 km oralig‘idagi qatlamida 
ozon eng zich joylashganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan [11]. Boshqa manbalarda keltirilishicha, 
ozon gazlari atmosferaning 22-25 km balandlikdagi qismida eng ko‘p to‘plangan [4, 5].
Ozon gazlari miqdorining o‘zgarib turishi.
 
Atmosferaning yer yuzasi bilan tutashgan quyi 
qatlamlarida ham ozon gazlari uchraydi, ammo, uning miqdori juda kam. U odatta chaqmoqdan keyin 
hamda tog‘larda balandlikka ko‘tarilgan sari bir oz ortadi. Xavodagi ozonning miqdori sutkalik
va mavsumiy ravishda o‘zgarib turadi. Jumladan, kunduzi – maksimum, kechasi – minimum 
qiymatga ega bo‘ladi. Mavsumlar orasida esa bahorda ko‘payib, kuz va qishda kamayadi. 
Stratosfera va troposferada tarqalgan ozon gazlarining xususiyatlari.
 
Ozon qatlamining eng 
muhim xususiyati Yer sharidagi inson, jamiki tirik organizmlar, o‘simlik va hayvonlarni quyoshning 
xavfli ultrabinafsha nurlaridan himoya qilishidir. Ya’ni ozon qatlami yer sharining o‘ziga xos himoya 
qalqoni hisoblanadi. Shu o‘rinda aytish joizki, stratosferadagi ozon aynan shunday vazifani bajaradi, 
ya’ni juda foydali. Ammo, yer yuzasiga yaqin bo‘lgan troposferadagi ozon zararli hisoblanadi. Ya’ni, 
yuqorida ta’kidlanganidek, ozon atmosferaning eng quyi bir necha kilometrida ham juda oz miqdorda 
uchraydi.
U quyosh nuri, uchuvchi organik birikmalar va azot oksidi (NO
x
) o‘rtasidagi reaktsiya orqali 
hosil bo‘ladi. Ba’zan avtomobillarni haydash kabi inson faoliyati natijasida ham hosil bo‘ladi. 
Atmosferaning Yer yuzasiga yaqin qatlamlarida tarqalgan ozon shahar smogining, parnik gazlarning 
tarkibiy qismi bo‘lib, parnik effektini keltirib chiqaradi va inson salomatligiga zarar yetkadi. Ko‘rinib 
turibdiki, ikkala turdagi ozon bir xil molekulalarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa ham, ularning 
atmosferaning turli qismlarida mavjudligi juda boshqacha oqibatlarga olib keladi. Ya’ni, 
stratosferadagi ozon zararli quyosh radiatsiyasini bloklaydi va Yerdagi barcha tiriklikni himoya 
qiladi. Troposferadagi ozon, aksincha, oddiygina ifloslantiruvchi hisoblanadi.







Yüklə 105,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə