See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 105,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix22.12.2023
ölçüsü105,78 Kb.
#154279
1   2   3   4   5   6   7
OZONELAYER.RasuljonMirzohid

 

Ozon qatlamining yemirilishi.
 
Ozon qatlamning yemirilish sabablari bo‘yicha bir necha 
nazariyalar bor. Avvaliga olimlar yuqori balandlikda uchuvchi raketalar, samolyotlar ta’sirida ozon 
yemiriladi, degan fikrni ilgari surishgan. Keyinchalik kimyo zavodlari, sovutgichlar, purkovchi gaz 
balonchalardan atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar, masalan freonlar — xlorftoruglerodlar 
ozonning eng xavfli kushandalari sifatida e’tirof etila boshlandi. Shuningdek, xlor va bromning 
zararli ta’siri natijasida stratosferadagi ozon miqdori 10 foiz kamaygan, degan taxmin ham
mavjud [11].
Xlorftoruglerodlardan tashqari ozonni yo‘q qiladigan moddalarga gidroftoruglerodlar, 
metilxloroform, uglerod tetraxlorid, galonlar va metil bromid kiradi [12]. 
Aslida Ozon yemiruvchi moddalarning atrof muhitga ta’siri birinchi marta 1980 yilning 
o‘rtalarida Antarktida ustidagi stratosferadagi ozon qatlamining 1975 yildagi holatiga nisbatan
60-70 foiz kamayishining kuzatilishi bilan aniqlangan. Umumiy kenglikda ozon qatlamining 
taxminan 3-6 foizga siyraklashganligi takidlanmoqda [4]. 
Ozon qatlamining yemirilishiga nafaqat insoniyatning, balki tabiiy jarayonlarning ham o‘ziga 
yarasha salbiy ta’siri bor. Jumladan, vulqonlar uyg‘onishi, yer qa’ridagi gazlarning ajralib chiqishi 
bu qatlamdagi tuynuklarni kengaytiradi. 
Stratosferadagi ozon qatlami ikkala yarim sharda ham yupqalashib bormoqda. Biroq shimoliy 
yarim sharda ozon qatlamining yemirilishi janubiy yarimsharga qaraganda sezilarli darajada kamroq. 
Antarktida ozon teshigini 1980-yillardan beri har yili sentyabr oyida (bahorda) qayd etib keladi.
Ozon teshigi aslida ozon qatlamidagi teshik emas. Aksincha, bu stratosferadagi ozon konsentratsiyasi 
juda past bo‘lgan hududidir. 
Ozon konsentratsiyasi (ya’ni 1 kub santimetrda mavjud bo‘lgan molekulalar miqdori) Dobson 
birligi (DB) deb ataladigan maxsus konsentratsiya birligi orqali o‘lchanadi. Bir Dobson birligida 
mavjud bo‘lgan ozon molekulalari millimetrning yuzdan biri (yoki santimetrning mingdan biri) 
qalinlik qatlamini hosil qiladi. O‘rta hisobda ozon qatlami qalinligi 200-300 Dobson birligini tashkil 
etadi. 220 DB yoki undan past konsentratsiya darajasi ozon qatlamining yemirilishini anglatadi.
Bu biz “ozon tuynugi” deb ataydigan tushuncha hisoblanadi. Ozon tuynugi faqat janubiy yarimsharda 
ko‘rinadi. Ozon teshigi ozining eng katta tarixiy ko‘lamiga 2000 yil sentyabr oyida erishdi. Teshik 
28,4 million kv.km maydonni egallagan. Bu hudud Yevropa Ittifoqining yetti barobariga tengdir. 
2021 yilda ozon teshigi maksimal 24,8 million km
2
ni, 2022 yil sentyabr oyining oxirida esa
24,5 million km² ni tashkil etgan (2-3 rasmlar). 
Ozon qatlami yemirilishining salbiy oqibatlari.
 
Atmosfera tarkibidagi ozonning umumiy 
0.0001 foizdan ham kamroq. Lekin shu miqdorning 1 foizgagina kamayishi xavfli ultrabinafsha 
nurlarining yer yuziga yetib kelishini 2 foizga oshiradi. Bu holat o‘z navbatida quyidagi 
muammolarni keltirib chiqaradi: 
● qatlamning yemirilishi natijasida katta miqdordagi quyosh radiatsiyasi yer yuziga yetib 
keladi; 
● insoniyatda teri saratoni bilan kasallanish keskin ortib ketadi. Shifokorlar bu turdagi 
saratonlarni davolash juda murakkabligi haqida ogohlantirishmoqda; 
● insonning kasalliklarga qarshi kurashuvchi immun tizimida susayish kuzatiladi; 
● odamning eng muhim a’zolaridan biri – ko‘zlar zararlanadi; 
● hosildorlik pasayib ketadi. Daraxtlar parvarish qilinganiga qaramay, qurib qolaveradi. 
O‘simliklarning barglari kichrayadi. Bu o‘z navbatida kislorod manbai bo‘lgan barglarda fotosintez 
jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi; 
● qattiq ultrabinafsha nurlar dunyo okeanidagi jonzotlar va o‘simliklarni ham zararlaydi. 
Ayniqsa, oziq zanjirining yetakchi bo‘g‘inlarida muhim o‘rin tutadigan, radiatsiyaga juda ta’sirchan 
bo‘lgan planktonlar ko‘p nobud bo‘ladi. Yuza qatlamlardagi suvo‘tlar ham zararlanadi. 






 

2-3 rasmlar. Janubiy yarim sharda (Antarktida osmonida) ozon teshigi maydonining o‘zgarib 


borish tendensiyasi, 1979 yildan 2022 yilgacha.
Manba: 
https://www.eea.europa.eu/en/topics/in-depth/climate-change-mitigation-reducing-
emissions/current-state-of-the-ozone-layer#figure-1-maximum-ozone-hole-extent-over-the-
southern-hemisphere-from-1979-to-2022
  
Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar.
 
Ozon qatlami 
yemirilishi inson salomatligi va qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlab chiqarishga ta’siri tufayli 
hukumatlararo choralar 1985 yilda ozon qatlamini muhofaza qilish haqidagi Vena konvensiyasida 
qabul qilindi, 1987 yil 16 sentyabrda esa, ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal 
protokoliga kiritilgan. Ushbu ikki hujjat ozon yemiruvchilarni ishlab chiqarilishi va ulardan 
foydalanishni bosqichma-bosqich qisqartirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, sanab o‘tilgan xalqaro 
kelishuvlarda belgilangan choralar o‘ziga, ozon yemiruvchi moddalar va tarkibida ular mavjud 
bo‘lgan mahsulotlarni importi va eksporti ustidan nazorat o‘rnatilishini ham oladi. 







Yüklə 105,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə