See discussions, stats, and author profiles for this publication at


Har yili 16 sentyabr Monreal protokoli qabul qilingan kun xalqaro ozon qatlamini himoya  qilish kuni



Yüklə 105,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix22.12.2023
ölçüsü105,78 Kb.
#154279
1   2   3   4   5   6   7
OZONELAYER.RasuljonMirzohid

 

Har yili 16 sentyabr Monreal protokoli qabul qilingan kun xalqaro ozon qatlamini himoya 


qilish kuni
 
sifatida bayram qilinadi. Stratosferaning ozon qatlami buzilishi tahdidlarining global 
tavsifini his qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi 1993 yilning mayida Vena konvensiyasi va 
Monreal protokolini ratifikatsiya qildi. Monreal protokolini bajarish uchun O`zbekiston 1994 yil 
yanvarida gallonlar importi (foydalanishi), 1996 yil yanvarida esa, xlorftoruglerod (keyingi o`rinlarda 
XFU) va boshqa turdagi ozon yemiruvchi moddalarning importini to‘xtatishi lozim edi. Gallonlarni 
oborotdan chiqarish o‘z muddatida bajarildi. Biroq, XFU va boshqa moddalarning importi 
belgilangan muddatdan keyin ham davom etdi. Monreal protokoli mamlakatlari bu muammoni 
muhokama qildilar va 1998 yilda qaror qabul qildilar. Unga muvofiq, O‘zbekiston o‘ziga ozon 
yemiruvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy Dasturni qabul qilish majburiyatini 
oldi. Shu bilan bir qatorda, barcha mamlakatlar ustida ish olib borilishini nazarda tutuvchi umumiy 
hal bo‘lmagan muammolar qolmoqda. 
Xulosa va takliflar.
 
Umuman olganda, ozon va «ozon tuynugi» muammolari hali yanada 
izlanishni, o‘rganishni talab qiladi, biroq bir narsa muhim - bu muammoga e’tiborsiz bo‘lmaslik 
lozim. Shu sababli jahon hamjamiyati ozonni parchalovchi moddalar, xususan sovutgichlarda 
ishlatiladigan freonlarni ishlab chiqarish va foydalanishni kamaytirish uchun harakat qilmoqda. 
Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar.
Ozon qatlamini muhofaza qilish 
bo‘yicha quyidagi bir qator muhim vazifalarni bajarish maqsadga muvufiqdir: 
1. Zararli tutunlarni ko‘p chiqaradigan avtotransport vositalaridan foydalanishni cheklash 
orqali ozon qatlamiga yetkazilgan zararni kamaytirish mumkin. Aholini imkon qadar elektromobillar, 
jamoat transportlari yoki velosipeddan foydalanishlarini rag‘batlantirish; 
2. Tarkibida galon bo‘lgan o‘t o‘chirish vositalaridan kamroq foydalanish yoki umuman 
foydalanmaslik; 
3. Samolyotlarning baland parvozlarini minimallashtirish; 
4. Avtomobillar va honadonlarda konditsionerlardan imkon qadar kam foydalanish;
5. O‘rmonlarni kesishni kamaytirish, balki, ularning maydonini kengaytirish; 
6. Muzlatkichlardan foydalanishni qisqartirish, uning o‘rniga zamonaviy, energiya tejamkor, 
eng muhimi tabiiy yer osti muzlatkichlaridan keng miqyosda foydalanishni ta’minlash; 
7. Mamlakatlarning ozon qatlamini yemiruvchi moddalarga nisbatan cheklovlarini to‘g‘ri va 
qat’iy amalga oshirishlarini ta’minlash; 
8. Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar manbalari bilan ekologik toza tarzda muomala qilish 
va ularni barqaror, iqlimga mos alternativalar bilan almashtirish;
9. Hech kim ozon qatlamini yemiruvchi moddalardan noqonuniy foydalanmasligini 
ta'minlash. 
10. Ozon qatlamiga tahdid soladigan yangi texnologiya yoki kimyoviy moddalarni ishlab 
chiqarmaslikni ta’minlash va boshqalar. 

Yüklə 105,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə