Seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/66
tarix11.02.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#100671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg`ulotlar. Ergashev I (1)

42.35
E74
Ergashev I.T.
Meva 
va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunoslikdan am aliy 
m ashg‘ulotlar: Q ishloq x o ‘jalik oliy o ‘quv yurtlarining V.620400 m eva 
sabzavotchilik va uzum chilik ta ’lim yo'nalishi talabalari uchun o ‘quv 
q o ‘l. 
/I.T . 
Ergashev; 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus t a ’lim 
vazirligi. - Т.: 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jam iyati nashriyoti, 2007.
- 80 b.
BBK 42.35 - 3 я7
IS B N 9 7 8 -9943-319-31-8
© « 0 ‘zbekiston faylasuflari m illiy jam iyati nashriyoti», 2007


KIRISH
Qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda se­
leksiya va urug‘chilik ishlarining to ‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi rnuhim 
ahamiyat kasb etadi, chunki dehqonchilikni rivojlantirishda hosil- 
dorlikni va mahsulot sifatini oshirish, asosan, ikki usulda amalga 
oshiriladi: birinchidan, yuqori agrotexnika qo‘llash; ikkinchidan, 
h ar bir tuproq iqlim sharoitlariga moslashgan, hosildor, sifatli 
mahsulot beradigan intensiv nav va duragaylarni ishlab chiqarishga 
joriy etishdir. M a’lumki, to ‘g‘ri tanlangan navlar tegishli agro­
texnika sharoitida yuqori va sifatli hosil olishni ta ’minlaydi.
M evachilikni jad allash tirish navga b o ‘lgan talabni ham
o ‘zgartirmoqda. Hozirgi paytda jadallashgan texnologiyalarga mos 
keladigan intensiv tipdagi navlardan bog‘lar barpo etish davr 
talabi hisoblanadi. Buning uchun esa past b o ‘yli, mexanizatsiyaga 
mos, kasallik va zararkunandalarga chidamli, solkashligi yo‘q yoki 
kuchsiz solkash, spur tipidagi navlar yaratilishi lozim. Bundan 
tashqari, mevasidan foydalanish yo‘nalishi (yangi holicha iste’mol 
uchun qayta ishlash, quritish, chetga eksport qilish va h.k.) va 
mahsulot sifati bo'yicha yuqori natijalarga ega bo‘lishi navning asosiy 
ko‘rsatkichlaridan bo‘lib hisoblanadi.
Bahorgi ayozlardan ko‘p shikastlanmasligi uchun danakli meva 
ekinlari (o ‘rik, shaftoli, gilos, tog‘olcha) va yong‘oqmeva ekin- 
larining kech gullaydigan, mahsuloti yaxshi saqlanuvchan nav- 
larini ishlab chiqarishga joriy etilishi qishloq xo‘jaligi sam arador- 
ligini oshiruvchi omillardan bo‘lib hisoblanadi.
Seleksiya yangi navlar yaratish ustida izlanishlar olib borar 
ekan, o ‘z navbatida navshunoslik fani bilan cham barchas bog‘- 
langan. Yaratilgan yangi navlarning biologik xususiyatlarini, po­
mologik belgilarini va eng muhimi xo‘jalik belgilarini bilish va 
o ‘rganish, ularni mavjud navlar bilan taqqoslashtirish asosida 
ulardan foydalanish, ekiladigan zonalarni belgilash bilan yangi 
navlardan samarali foydalanish mumkin.
Shuning uchun meva va rezavor meva ekinlarining yangi nav- 
larini yaratish usullari va texnikasi bilan birga, navlar, ularning 
biologik xususiyatlari va belgilarini, agrotexnikaga munosabatini 
yaxshi bilm asdan turib, ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish 
m um kin emas. Bu m a’lumotlarni olish uchun ushbu q o ‘llanma 
talabalarga foydali bo‘ladi, deb muallif umid bildiradi.
3



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə