Семинар дарси. Волейбол



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə17/31
tarix20.05.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#87424
növüСеминар
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Волейбол лекция 2 сем СПС узб 2021 2022

Taktikaga oid mashqlar. Mashqlarning asosiy yo‘nalishi – o‘yin vaziyatiga mos holda harakat usulini tanlashdan iborat. Masalan, to‘pni qabul qilishda o‘yinchilarning o‘zaro harakatini to‘r oldiga orqa chiziqdan chiquvchi o‘yinchi harakati bilan bog‘lab, yuqorida qayd etilgan mashqlarni bajarish.
«Ikkinchi» to‘pni uzatishda tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar.
Bunday mashqlar to‘ldirma to‘p (uloqtirish va ilib olish) yoki voleybol to‘pi (o‘z ustiga irg‘itganidan so‘ng to‘pni uzatish)dan foydalangan holda bajariladi.
Texnikaga oid mashqlar.
1. To‘p uzatuvchi to‘r oldida 3 va 2-zonalar chegarasida joylashadi, ikkinchi o‘yinchi 3-zonada, uchinchi – 4-zonada joylashadi. Ikkinchi o‘yinchi 3-zonadan past berilgan to‘pga zarba berish uchun chiqadi, to‘p uzatuvchi 4-zonaga to‘p yo‘llaydi, 3-zonada turgan o‘yinchi hujum zarbasini taqlid qiladi.
2. Shu mashq, faqat 3-zonada 1 ta to‘siq qo‘yuvchi qo‘shilgan holda bajariladi. To‘siq qo‘yuvchi o‘yinchi qaysi tomonga harakat qilsa, to‘p uzatish qarshi tomonga yo‘naltiriladi.
Taktikaga oid mashqlar. Ushbu mashqlarni texnikaga oid mashqlardan farqi shuki, bunda ijro etiladigan mashqlar turli o‘yin vaziyatlariga binoan joy tanlash va harakat usulini tanlash bilan bog‘liqligidir. Taktik vazifalar asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Oldingi va orqa chiziq o‘yinchilarining o‘zaro harakati asosida taktik vazifalar hal etiladi.
Taktik mashqlar to‘siqsiz va to‘siqlar ishtirokida bajariladi.
«Birinchi» va «ikkinchi» to‘p uzatish elementlarini birga qo‘shgan holda taktik mashqlarni qo‘llashda ham tayyorlov, yondoshtiruvchi, texnika va taktikaga oid mashqladan foydalaniladi.
Hujumda qo‘llaniladigan guruhli taktik mashqlar to‘siqlar ishtirokida o‘zlashtiriladi. Bunda favqulodda ro‘y beradigan turli o‘yin vaziyatlari yaratiladi. Taktik mashqlar turli signallar (tovush, qarsak, ko‘rsatma, buyruq, ishora) asosida amalga oshiriladi.
Jamoa hujum taktikasiga o‘rgatish
O‘rgatish jarayonida jamoa taktik harakatlari pirovard maqsad qilib olinadi.
Hujumda qo‘llaniladigan jamoa taktik harakatlarining samaradorligi yakka va guruhli taktik harakatlar samaradorligi bilan belgilanadi. Shuning uchun: 1. Dastavval jamoani qaysi taktik tizim bo‘yicha o‘ynashi aniqlanadi; 2. Shu asosda eng samarali guruhli taktik harakatlar tanlanadi; 3. Keyingi bosqichda yakka taktik harakatlarga o‘yin vaziyatini yakunlovchi elementi sifatida ustuvorlik beriladi.
Hujumda qo‘llaniladigan jamoa taktik harakatlariga o‘rgatishda avvalambor o‘yinni oldingi chiziq o‘yinchi (uzatuvchi)si orqali uyushtirish tizimi so‘nggi bosqichda o‘zlashtirilishi tavsiya etiladi.
Jamoa taktik harakatlariga o‘rgatish 6 o‘yinchi – «jamoa» ishtirokida tashkil etiladi.
Hujumda qo‘llaniladigan jamoa taktik harakatlariga o‘rgatishda ham tayyorlov, yondoshtiruvchi, texnika va taktikaga oid mashqlar qo‘llaniladi.
Jamoa taktik harakatlari voleybol maketlarida fishkalarni turli taktik rejalar va tizimlar bo‘yicha joylashtirish, ularni turli o‘yin vaziyatlarini yuzaga keltirgan holda to‘g‘ri joylashtirish vazifalarini hal qilish orqali nazariy (taktik fikrlash) jihatdan o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari, mashg‘ulotlarda turli jamoa taktik harakatlarini maydonda taqlid qilish, to‘ldirma to‘p, gandbol to‘pi, tennis to‘pi va voleybol to‘pi yordamida jamoa oldiga qo‘yilgan turli taktik vazifalar hal etiladi.
Jamoa taktik harakatlari maydonda joylashgan 6 ta o‘yinchining o‘zaro bir-biriga bog‘liqligi, har bir o‘yinchini va har bir guruhli harakatni jamoa taktik rejasiga bo‘ysunishi, ularni o‘yin vaziyatiga qarab bir-birini to‘g‘ri va vaziyatga mos taktik vazifani amaliy hal qilishi asosida o‘zlashtirilib boriladi.
Hujumda qo‘llaniladigan jamoa taktik harakatlarini o‘zlashtirishda «ichki» (charchash, hayajonlanish, xavotirlanish va h.k.) va «tashqi» (harorat, namlik, atmosfera bosimi, «kuchli raqib», tomoshabinlar olqishi va h.k.) muhit omillari ta’sirlarini modellashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə