Семинар дарси. Волейбол



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə14/31
tarix20.05.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#87424
növüСеминар
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Волейбол лекция 2 сем СПС узб 2021 2022

Texnikaga oid mashqlar. Asosiy vazifa – «ikkinchi» uzatish usulining mukammalligi va sifatini oshirishdan iborat.
1. To‘pni tayanch holatda, sakrab, turli balandlik va oraliqdan, to‘r oldida va maydon ortidan, to‘pga nisbatan yuzi va orqa tomon bilan turgan holatlarda uzatish.
2. Juftlikda o‘z ustiga to‘p uzatish va sherigi xatti-harakatiga qarab, to‘pni balandligi yoki yo‘nalishini o‘zgartirish.
3. To‘pni devorga chizilgan nishonga aniq uzatish va tabloda ko‘rsatilgan raqamlarni ilg‘ab olish.
4. 3 va 2- zonalar oralig‘ida joylashib, to‘pni 3,4,2- zonalarga uzatish. Bu mashqlar ma’lum signallarga mos bajariladi.
Yuqorida qayd etilgan mashqlarni nazariy bilimlar bilan birga o‘zlashtirish to‘p uzatishda individual taktik harakatlarni mukammal egallash imkoniyatini yaratadi.
Taktikaga oid mashqlar. Bunday mashqlarning mohiyati shundan iboratki, shug‘ullanuvchilarga taktik harakat usulini tanlash va uning samaradorligini baholash sharoiti yaratiladi.
1. O‘yinchi 6 (5,1)-zonada joylashadi, uning sheriklari (hujumchilar) 4,2-zonalarda, bog‘lovchi (to‘p uzatib beruvchi) 3-zonada joylashadilar. Raqib o‘yinchi qarshi maydondan, to‘r ustidan o‘zi tashlagan to‘pni ikki qo‘l bilan uzatib, tayanch holatdan yoki sakrab zarba bilan 6-zonaga yo‘llaydi. To‘pni baland yoki past kelishiga qarab, 6-zonadagi o‘yinchi 4 yoki 2-zonaga birdaniga zarbaga to‘p uzatadi yoki 3-zonada turgan bog‘lovchi o‘yinchiga uzatadi. Qarshi maydondan yo‘llaniladigan to‘pni baland-pastligi, tezligi yoki sekinligi oldindan ma’lum bo‘lmaydi.
Aynan shu mashq orqada 6-zonada joylashgan o‘yinchini 5 va 1-zonalarda joylashgan holatda bajariladi.
2. Qayd etilgan mashqlar qarshi maydonda joylashgan 2 ta to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar ishtirokida bajariladi.
3. Aynan shu mashqlar 3 ta to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar ishtirokida bajariladi.
4. «Birinchi» to‘pni uzatuvchi o‘yinga 6,5,1-zonalarda joylashadi. Qarshi maydondan to‘p turli tezlikda, balandlikda va yo‘nalishda favqulodda uzatiladi. Bog‘lovchi o‘yinchi navbatma-navbat 1,6,5-zonalardan to‘p oldidagi zonalarga (2,3,4) chiqadi. 6,5,1-zonalarda (galma-gal) o‘yinchi «birinchi» to‘pni bog‘lovchi o‘yiniga aniq va sifatli uzatadi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə