Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə437/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi 
ahamiyati.
Mehnat ham moddiy, hamda ma'naviy go'zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning 
muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy–foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi 


18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI 
273 
ta'sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga 
keltiradigan zararini kamaytiradi. qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma'naviy 
qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi. O'zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy 
asosi–ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa 
insonlarda mehnatga bo'lgan yangicha tuyg'uni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va 
tadbirkorlikni rag'batlantirish, odamlarda mulkka egalik xissiyotini tarbiyalash o'z navbatida 
mehnatga bo'lgan munosabat orqali rivojlanib boradi. Negaki, odamlarda ko'p ukladli, turli mulk 
tizimlarini barpo etishga bo'lgan rag'bat tarbiyasi insonni bir tomonlama fikrlashdan, 
boqimandachilik kayfiyatlaridan halos qilib, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, odamning o'z 
kuchi va salohiyatiga suyanishini kuchaytiradi, mehnatga hurmat, sadoqat va fidoiylik 
tuyg'ularini shakllantiradi. Bu pirovardida xalq turmush darajasining o'sishiga olib keladi. 
Mehnatga bo'lgan yangicha munosabat o'zining ana shunday hususiyatlariga ega ekanligi bilan 
nafosatli tarbiyaning muhim vositasi bo'lib sanaladi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari 
inson estetik tarbiyasiga yaqindan ta'sir qiluvchi qudratli va faol kuchdir. Ayniqsa, televidenie 
shaxs hamda ommani estetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni nafosatli jihatdan 
tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang–barang mavzulardagi ko'rsatuvlar badiiy va 
hujjatli filmlar, ijtimoiy–ma'naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar nafosatli tarbiyani 
maqsadli yo'naltirishda, insonlar tafakkurida go'zallikka bo'lgan yangicha munosabatni 
shakllantirishda salmoqli ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə