Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


“Ommaviy madaniyat”ning ѐshlar estetik didiga ta’siri



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə439/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

“Ommaviy madaniyat”ning ѐshlar estetik didiga ta’siri.
Milliy ma'naviyatga ta'sir o'tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham 
sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma'naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani 
maqsadli yo'naltirishni taqazo etmoqda. Ta'kidlash o'rinliki, estetika niqobi ostida turli xil 
ko'rinishdagi “sog'lom turmush tarzi targ'ibotchilari”, “ko'ngilochar” va “musaffo tuyg'u” baxsh 
etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog'ida vampirizm 
estetikasi va uning targ'iboti bilan bog'liq saytlarning ko'payib borayotganligi tashvishlanarli 
xoldir. Bu targ'ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug'i orqali topish mushkul emas. Bunday 
tahdidlarga qarshi go'zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik 
dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu 
yoshlarni ma'naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat 
beradi. Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati. Estetik tarbiyaga tahdidning 
ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko'rinishidagi bog'liqlikni o'rganishga bo'lgan zaruriyat 
bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan 
mashhur. Vaholangki, o'tmishda bu sohaga jiddiy e'tibor berilib, qator risolalar yaratilgan. 


18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI 
275 
Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni o'rganuvchi ilm” deb ta'rif 
bergan bo'lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai fil farosa” (X asr), “Farosatnoma” (XYI asr) 
kabi asarlarni yozib qoldirganlar. Odatda, farosat tushunchasi estetik baxo bilan belgilanadi. u 
ranjish, nomunosib xolat, ko'ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz. 
Shuning uchun bo'lsa kerak, kamdan kam xollarda “farosatli kishi, farosati bor, farosatli” degan 
so'zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli 
bo'lib, fahm - haqiqatga, farosat – ezgulikka, did – go'zallikka munosabat orqali namoyon 
bo'ladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu ma'noda fahm – aqliy, 
farosat – axloqiy, did – estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat 
murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya 
uyg'unlashgan umumiylikdan iboratdir. “Xo'sh, bu ilmning estetik tarbiyaga nima daxli bor?” - 
degan savol tug'ilishi tabiiydir. Dahli shundaki, aynan didsizlik va farosatsizlik insonning asl 
qiyofasini bilishga, uning niyatini anglashga monelik qiladi. Zero, har qanday chiroyli ko'ringan, 
istarali bo'lishga intilgan, muomalali inson har doim ham go'zal ishlarni qilavermasligini fahm, 
farosat, did yordamida ajratib olishimizga to'g'ri keladi. Inson ma'naviyatining yuksalishi uning 
fazilati bilan bog'liq ekan, bu jarayon albatta, 
estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Bir paytlar 
AQShda kishilarning ijtimoiy xolati bilan 
jinoyatchilik o'rtasidagi bog'liqlik o'rganilgan. 
Yevropada esa kishi tug'ilganida vujudida 
jinoyatga 
moyil 
xarakter 
yoki 
belgilar 
bo'ladimi? - degan mavzuda izlanishlar bo'lgan. 
Hozirda ham hunuk ko'rinishli insonlar yomon 
bo'ladi, deb ishonuvchilar uchrab turadi. Farosat 
ilmining bu nazariyasiga ishonish 1920 yillarda Germaniyada haddan tashqari kuchayib ketadi. 
Misol uchun 1929 yil Dusseldorf shahrida amalga oshirilgan jinoyatlar aholini dahshatga soladi. 
Politsiya gumon qilgan kishini e'lon qilganida, hech kim ajablanmaydi ham: 21 yoshli aqli zaif 
Xans Shtausberg. Lekin xuddi shunday bir jinoyat yana qaytarilgandan keyin “Dusseldorfning 
haqiqiy qonxo'ri” qo'lga olinadi. U ochiq yuzli, juda beozor ko'ringan, hech kimda shubha 
uyg'otmaydigan Piter Kurten bo'lgan. Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil 
shaxs estetik tarbiya ta'sirida xulqini o'zgartirib, go'zal axloqli kishiga aylanishi mumkin. 
Shuning uchun o'zida mavjud yomon xislatlarni yaxshi tomonga o'zgartirgan va ma'naviy 
kamolotga erishgan kishi haqida faqat yuziga qarab hukm chiqarish adolatdan emas. Shu o'rinda 
estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqida fikr bildirish va bu borada alohida ta'kidlash 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə