Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə435/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

Informatsion texnologiyalar
- estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika 
bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari talabalariga “Sizning ideallaringiz 
asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko'pchiligi san'at, adabiyot va ma'rifat 


18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI 
271 
sohasida ko'proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Biroq, endilikda 
estetik tarbiyaning shunday vositalari mavjudki, uning ma'naviy jarayonlarga ko'rsatayotgan 
global ta'siriga befarq bo'lish aslo mumkin emas. Ana shunday ta'sirlardan biri - bu elektron 
axborot vositalardir. Bu borada “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida qayd etib 
o'tilganidek, “Bugungi kunda ular bir vaqtning o'zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-
siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq 
beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda.” Aytish mumkinki, axborot va 
kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim 
vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o'zaro aloqasini xatto tashqi 
ko'rinishini ham tubdan o'zgarishiga olib keldi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 50 millionli 
auditoriyani radio 38 yilda, televidenie 13 yilda, internet esa bor-yo'g'i 4 yilda egallab olar ekan. 
Shunisi hayratlanarliki, 1998 yilda internetdan 143 million kishi foydalangan bo'lsa, 2001 yilda 
ularning soni 700 millionga yetgan. Bugungi kunga kelib esa internetdan foydalanayotganlar 1,5 
mlrddan oshib ketdi. Bu borada uyali telefon xizmatini aytmasa ham bo'ladi... Biroq, elektron 
axborot vositalari qanday xususiyatga egaki, uning ta'sir doirasi bunchalik tez yoyilmoqda? Bu 
borada mutaxassislarning fikriga ko'ra, avvalo: - narxining arzonligi; - asosiy mahsulot – bilim, 
axborot, moda va imidj; - yangi iqtisodiyot - u axborotga ega bo'lishni xoxlaydigan odamlarga 
imtiyoz bag'ishlaydi; - chinakam global xarakterga ega ekanligi. Ahamiyat berilsa, yuqorida 
ko'rsatib o'tilgan xususiyatlarning barchasi yoshlarning manfaatiga, tuyg'ulariga va 
dunyoqarishiga mos keladi. Bu xususiyatning barchasi birgina internetda jamlaganligiga e'tibor 
beradigan bo'lsak, yoshlarning estetik tarbiyasidagi o'zgarishga bo'ladigan ta'sir san'at va 
adabiyotdanda ko'lamliroq ekanligiga shubha qilmasa ham bo'ladi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə