Sezgi sezgi


Diqqatning nerv-fiziologik asoslari



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

Diqqatning nerv-fiziologik asoslari 
Odamga har bir daqiqada ta'sir qilib turadigan qo’zg’atuvchilar turlicha 
reflekslarga sabab bo’ladi. Chunki har qanday refleks organizmning tashqi 
ta'sirotga beradigan qonuniy javob reaksiyasidir.
Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb 
ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik 
I.P.Pavlov
maxsus 
ibora bilan 
"bu nima gap refleksi"
deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda 
organizmga to’satdan birorta yangi narsaning ta'siri yoki haddan tashqari kuchli 
ta'sirot orqali hosil bo’ladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning 
fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining 
po’stida kuchli qo’zg’alish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda 
har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta'siridan hosil bo’lgan 
qo’zg’alishlarga nisbatan orientirovka yoki tekshirish refleksi ayni chog’da 
nisbatan kuchli (ya'ni optimal) qo’zg’alish manbaini yuzaga keltiradi. 
Bosh miya yarim sharlarining po’stida paydo bo’ladigan kuchli qo’zg’alish 
manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam qo’zg’alish bo’ladi. Ana 
shu nuqtai- nazardan akademik I.P.Pavlov "diqqatning fiziologik asosini bosh miya 


po’sti qismidagi optimal qo’zg’alish manbai tashkil qiladi", deb ta'kidlagan. Buni 
biz akademik I.P.Pavlovning quyidagi so’zlaridan ochiq oydin ko’rishimiz 
mumkin. 
"Miya yarim sharlarining optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan qismida -deydi 
I.P.Pavlov, - yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo’ladi va 
differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo’ladi.
Shunday qilib, optimal 
qo’zg’alishga ega bo’lgan joy ayni chog’da bosh miya yarim sharlarining ijodga 
layoqatli qismi desa bo’ladi. Miya yarim sharlarining sust qo’zg’algan boshqa 
qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog’da funksiyasi juda 
nari borganda tegishli qo’zg’ovchilar asosida ilgaridan hosil qilingan reflekslarni 
qayta tiklashdan iboratdir".
I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induksiya qonuni 
diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu 
qonunga muvofiq, bosh miya po’stining bir joyida maydonga kelgan qo’zg’alish 
jarayonlari bosh miya po’stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini 
yuzaga keltiradi. Bosh miya po’stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan 
tormozlanish jarayoni bosh miya po’stining boshqa joylarida kuchli qo’zg’alish 
jarayonlarini paydo bo’lishiga olib keladi. Ayni shu paytda har bir onida miya 
po’stida qo’zg’alish jarayoni uchun optimal, ya'ni nihoyatda qulaylik bilan 
harakatlanuvchi biror bir kuchli qo’zg’alish manbai mavjud bo’ladi. "Agar bosh 
suyagiga qarash imkoni bo’lganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya 
ko’rinadigan bo’lsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qo’zg’alish uchun 
eng yaxshi sharoit tug’ilgan nuqtasi miltillab ko’rinadigan bo’lsa, yangi sog’lom 
bir narsani o’ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta 
yarim sharlarida juda halati jimjimador shakli, surati va hajmi har damda bir 
o’zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turgan yoruq narsani u yoqdan bu yoqqa 
yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug’ narsa atrofidagi 
boshqa yerlarni bir muncha xira tortib turganini ko’rardik". 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə