Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 22,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/33
tarix25.09.2023
ölçüsü22,32 Mb.
#123882
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

W
--' У
<4
К


aksiyadorlar o'z huquqlariga daxl qilinganda, ularni himoya 
qilishning samarali usullariga ega bo'lishi kerak.
KORPORATIV BOSHQARUVNING MAQSADI - korxona investitsiya
jozibadorligini 
oshirish 
va 
barcha 
manfaatdor 
tomonlar 
manfaatlarining oqilona muvozanatiga rioya qilgan holda, amaldagi 
qonunchilik doirasida ochiq aksionerlik jamiyatining barcha faoliyat 
turlaridan imkon qadar yuqoriroq foyda olish.
KORPORATIV BOSHQARUVNING MODELLARI - unitar (investor)
modeli - AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya; ikki pog'onali 
(manfaatdor shaxslar) modeli - Germaniya; kontinental model; 
tarmoq modeli - Yaponiya (keyretsu), Koreya (chaebol).
KORPORATIV BOSHQARUVNING 
RAVSHANLIK TAMOYILI 
-
kompaniyaga aloqador barcha muhim axborotlar, shu jumladan, 
mulkchilik strukturasi, moliyaviy holat, faoliyat natijalari va 
boshqalarning o'z vaqtida va aniq oshkora qilinishini nazarda tutadi.
KORPORATIV 
BOSHQARUVNING 
VAZIFALARI 
-
aksiyadorlar
huquqlari va manfaatlarini himoya qilish; ochiq aksionerlik jamiyat 
investitsion jozibardorligini oshirish; aksiyalar narxining o'sishi 
orqali uzoqmuddatli iqtisodiy qiymatningjamg‘arilishi;jamiyatning 
rivojlanish strategiyasini aniqlash va uning amalga oshirilishini 
nazorat qilish; aksiyadorlik jamiyati biznes-rejalarini tasdiqlash va 
ularning bajarilishini nazorat qilish va faoliyatning boshqa muhim 
masalalarini hal qilish.
KORPORATIV HUQUQ, - korxonada ishlab chiqilgan qoidalar tizimi bo'lib,
manfaatdor tomonlarning irodasini ifodalaydi va tashkilot 
faoliyatining turli tomonlarini tartibga soladi.
KORPORATIV NAZORAT ORGANLARI - taftish komissiyasi; ichki audit
xizmati; auditorlik tashkiloti.
KORPORATIV OBLIGATSIYALAR - aksiyadorlik jamiyatlari va o'zining
tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tijorat banklari tomonidan 
chiqariladigan obligatsiyalar.
KORPORATIV REKLAMA - aniq bir tovar markasiga emas, balki to'liq
tovarlar assortimentiga ehtiyoj yaratuvchi reklama.
KORPORATIV VMS - ishlab chiqarish va taqsimotning ketma-ket bosqichlari
yakka xo'jalik egaligi doirasida birlashgan tizim.
KORPORATSIYA (BIRLASHMA) - rivojlangan yirik aksionerlik jamiyati
va trestlar; biron-bir faoliyat uchun uyushgan yuridik va jismoniy
232


shaxslar majmuyi. Korporatsiyalar negizi aksionerlik jamiyatlari 
hisoblanadi. Korporatsiyalar bir xil mahsulotlarning asosiy 
ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi, natijada ishlab chiqarish 
monopollashadi. 
Ayni 
paytda 
korporatsiyalar 
investitsiya 
kapitalining markazlashuviga yordam beradi, ilmiy-texnika 
taraqqiyoti, mahsulotning raqobatbardoshligi va uzoq hayotiy 
siklini ta’minlaydi.
KORPORATSIYA MADANIYATI - kompaniyada qabul qilingan asosiy
falsafiy qoida va g'oyalar hamda qadriyatlar tizimi.
KORPORATSIYALARNING 
DAROMADIDAN 
OLINADIGAN
SO L IQ - daromad solig'i va foyda solig' ining (ayrim mamlakatlarda) 
o'rniga barcha kompaniyalarning foydasidan qat’iy foizda olinadigan 
soliq. Barcha korporativ organ va nokorporativ assotsiatsiyalarga 
nisbatan qo'llaniladi. Taqsimlanadigan dividendlar summalaridan 
ham soliq olishni taqozo etadi.
KORPORATSIYALARNING 
TAQSIMLANUVCHI 
DAROMADI 
-
korporatsiyalashgan korxonalar to'laydigan dividendlar (foydalar) 
va kvazikorporatsiya korxonalarining daromadlaridan olinadigan 
chegirmalar.
KORREKTURA - buxgalteriya hisobi hujjatlaridagi xatolarni tuzatish.
Korrektura usulining mohiyati shundan iboratki, bunda noto‘g‘ri 
yozuvning ustidan yupqa qilib chiziladi. Uning yon tomoniga yoki 
tepasiga to g ri yozuv yoziladi va bu to‘g‘rida muayyan hujjatning 
tagida hisobning shu sohasiga javobgar shaxs yoki bosh buxgalter 
tomonidan izoh beriladi va uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Qilingan 
tuzatishga “tuzatilgani to‘g‘n ” degan yozuv ilova qilinadi va tuzatish 
sanasi ko'rsatiladi.
KORRELYATSION BOG'LANISH - bu shunday to'liqsiz bog'lanishki,
unda omillarning har bir qiymatiga turli zamon va makon 
sharoitlarida natijaning har xil qiymatlari mos keladi.
KORRELYATSION-REGRESSION 
MODEL 
-
bu 
o'rganilayotgan
hodisalar orasidagi bog'lanishni natijaviy belgi bilan muhim omillar 
o'rtasidagi ishonchli miqdoriy nisbatlar orqali ifodalashdir.
KORRESPONDENT - boshqa tashkilotlarga bozorda to'la faoliyat olib borish
uchun xizmat ko'rsatadigan bank yoki boshqa moliya tashkiloti.
KORRESPONDENTLIK 
BANKI 
-
korrespondentlik 
shartnomalari
asosida boshqa bankning to'lov va hisob-kitoblari bo'yicha 
talabnomalarini bajaradigan bank.
233


KORRELYATSION TAHLIL - hodisalar orasidagi bog'lanish zichlik
darajasini baholash usulidir.
KORXONA (firma) - amaldagi qonunlar asosida mustaqil ravishda foyda olish
maqsadida faoliyat yurituvchi xo'jalik shakli. Korxona ishlab 
chiqarish, xizmat ko'rsatish, vositachilikvaboshqa sohalarda faoliyat 
ko'rsatishi mumkin bo'lib, xususiy, aksionerlik jamoa, kooperativ, 
davlat yoki aralash mulk shakllarida bo'lishi mumkin.
KORXONA (FIRMA) DAROMADI - sotilgan mahsulot uchun korxona olgan
pul miqdori.
KORXONA (TASHKILOT) - muayyan maqsadlarga erishish uchun birgalikda
ishlaydigan kishilar birlashmasi.
KORXONA AKTIVLARI - korxonada ishlab chiqarish fondlari shaklida band
bo'Igan kapitaldir.
KORXONA FAOLIYATI UZLUKSIZLIGINING EHTIMOLI - mazkur
xo'jalik subyekti kelajakda o'z faoliyatini davom ettirishi (hisobot 
davridan keyin kamida 12 oy davomida) va unda o'z faoliyatini 
tugatish yoki qisqartirishga zaruriyat ehtimoli yo'qligini o'zida 
mujassamlashtirgan buxgalteriya hisobining bir tamoyili.
KORXONA FONDLARI - xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun korxona
ixtiyoridagi qiymatga ega bo'Igan moddiy ashyolar, binolar, 
uskunalar, pul mablag'laridan iborat. Korxona fondlari ishlab 
chiqarish jarayonida qatnashish o'rniga ko'ra asosiy va aylanma 
fondlar bir-biridan farqlanadi.
KORXONA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI - mahsulot yaratish
uchun korxonada qilingan moddiy va pul sarflari yig'indisi.
KORXONA MULKI - asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish
zaxiralari yig'indisidan iborat. Uning tarkibiga: materiallar, tayyor 
mahsulot, kelgusi davr xarajatlari, hisobot davrida (kunida) 
mahsulot tannarxi tarkibiga kiritilmagan, lekin amalga oshirilgan 
ishlab chiqarish xarajatlari, qoldiq mahsulotlarning muomala 
xarajatlari va ortib jo'natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, 
ko'rsatilgan xizmatlar va boshqalar kiradi. Soliqqa tortish bazasi 
(asosi) hisoblanayotgan paytda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, 
kam baholi va tez eskiradigan predmetlarning qiymatidan eskirish 
summasi chiqarib tashlanadi.
KORXONA PERSONALI - umumiy tarzda mazkur korxona va tashkilotning
barcha yollangan xodimlarini qamrab oladi va ular mutlaqo aniq 
vazifalarni bajaradilar.

234 
--


KORXONA RESURSLARI - ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishda
foydalaniladigan resurslar bo'lib, ularni uch guruhga ajratish 
mumkin: natural yoki tabiiy resurslar, moddiy resurslar va inson 
resurslari.
KORXONALARGA PREFERENSIYA BERISH - milliy iqtisodiyotda
faoliyat ko'rsatuvchi korxonalarni moliyaviy qo'llab-quwatlash 
maqsadida ular tomonidan ishlab chiqarishga chet eldan olib 
kiriladigan xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, 
shuningdek, asbob-uskunalami olib kirishda boj to'lovlari va 
boshqa jarayonlar bo'yicha yengilliklar (imtiyozlar) berilishi.
KORXONALARNI TEXNIK QAYTA QUROLLANTIRISH - ishlab
chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, 
eskirgan qurilma va uskunalarni yangilash va almashtirish, ishlab 
chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo'li bilan 
korxonaning texnik darajasini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar 
majmuasi. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab 
chiqarish quwatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
sifatini yaxshilashga yo'naltirilgan bo'ladi.
KORXONALARNING 
DAVLAT 
REESTRI 
-
soliq 
to'lovchilarni
soliq inspeksiyasida hisobga olish uchun qo'llaniladi va xo'jalik 
yurituvchi subyektlarni identifikatsiyalashtirishni ta’minlaydi.
KORXONANING 
BANKDAGI 
HISOBIDAN 
KO'CHIRMA
korxonaning hisob-kitob, joriy va maxsus schyotlaridagi pul 
mablag'larining harakati haqida bank muassasasining yuborgan 
hujjati.
KORXONANING BANKROTLIGI - korxona moliyaviy-xo'jalik faoliyatining
nochorlikka yuz tutishi natijasida o'z qarz majburiyatlarini bajara 
olmasligi. Korxona xo'jalik sudining qaroriga ko'ra, rasmiy holda 
bankrot deb e’lon qilinadi.
KORXONANING HISOB SIYOSATI - xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari
tomonidan qo'llaniladigan buhgalteriya hisobi va moliyaviy 
hisobotni tuzish bo'yicha qoida va usullar yig'indisi. O'zbekiston 
Respublikasi hududida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning 
tashkiliy-uslubiy asosini 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan 
“Buxgalteriya hisobi to'g'risida’ gi qonun, O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, 
xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida’ gi nizom, o'z 
tarkibiga 21-sonli Buxgalteriya hisobi milliy standarti “Xo'jalik 
yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo'jalik faoliyatining buxgalteriya 
hisobi schyotlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma”ni ham


qo'shgan holda, buxgalteriya hisobiningmilliy standartlari vaboshqa 
normativ hujjatlar tashkil etadi. Hisobot yili uchun ishlab chiqilgan 
hisob siyosati korxona rahbari tomonidan tasdiqlangandan so'ng 
yuridik hujjat maqomiga ega bo'ladi.
KORXONANING 
INNOVATSION 
SALOHIYATI 
-
korxonaning
yangiliklarni 
joriy 
qilish 
yordamida 
bozor 
sharoitlarida 
faoliyatning samaradorligini oshirish maqsadida korxonaning 
o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan rivojlanish qobiliyati. 
Korxonaning innovatsion salohiyati ichki innovatsiya jarayonidagi 
barcha bosqichlaming (ijtimoiy mehnat va resurslarning sarf 
me’yorlari asosida) bir maromda kechishiga imkon beradi.
KORXONANING OPTIMAL HAJMI - mahsulot ishlab chiqarish (ish
bajarish, xizmat ko'rsatish) bo'yicha imzolangan shartnoma va 
majburiyatlarni o'z muddatida, eng kam xarajatlar bilan eng yuqori 
samaradorlikka erishgan holda bajarish imkonini beruvchi korxona 
hajmi.
KORXONANING SOF DAROMADI - korxona xodimlarining mehnati
bilan yaratilgan qo'shimcha mahsulotning pulda ifodalanishi, 
mahsulotning sotish narxi qiymati bilan to'la tannarxi o'rtasidagi 
farq, korxona sof daromadi yalpi daromaddan mehnatga haq to'lash 
fondi tashkil etilgandan keyin qoladigan qismidir.
KORXONANING TASHKILIY MADANIYATI - xodimlar tomonidan
umume’tirof etilgan va qat’iy amal qilinadigan qadriyatlar, qoidalar, 
odat-udumlar, ananalar majmuyi.
KORXONANING TIJORAT SIRLARI - korxonaning ishlab chiqarish,
texnologiyalar, boshqaruv va boshqa turdagi faoliyati bilan bog'liq, 
oshkor qilinishi korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin 
bo'lgan, davlat sirlariga aloqasi bo'lmagan ma’Iumotlar.
KORXONANING YALPI DAROMADI - yaratilgan mahsulotni sotishdan,
turli pullik xizmatlar ko'rsatishdan, korxona ixtiyoriga tushadigan 
pul tushumlari yig'indisi (ya’ni yalpi mahsuloti)dan korxona 
moddiy xarajatlarini chegirib tashlaganda qolgan qismi. Korxona 
sof daromadi bilan ishchi, xizmatchilarga to'langan mehnat haqi 
birgalikda korxona yalpi daromadini tashkil etadi.
KOTIROVKA - 1. Chet el pullari, qimmatbaho qo'g'ozlar yoki tovarlarning birja
narxi va kursini belgilash. 2. Qimmatli qo'g'oz yoki tovarlarning 
birjada aylanishi, yurishi, muomalada bo'lishi. 3. Birja narxlari 
to'g'risidagi rasmiy e’lon.
KOVERNOTA - sug'urta vositachisi tomonidan sug'urtalanuvchiga beriladigan
va sug'urtalanuvchining sug'urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi
236


hujjat. Ushbu hujjatda ko'rsatilgan muddat mobaynida sug urta 
brokeri sug‘urtalanuvchiga sug'urta polisini berishi shart. Chunki 
kovernota sug'urta kompaniyasi uchun yuridik kuchga ega bo'Igan 
hujjat hisoblanmaydi.
KREDIT (lot. qarz) - pul mablag'lari, tovar va xizmatlami kelishilgan ustama
foiz to'lab qaytarish sharti bilan ma’lum muddatga qarzga berish. 
Kreditning tijorat va bank krediti shakllari mavjud bo'lib, ular 
ishtirokchilaming turi, kreditlash obyekti, foiz o'lchami va 
foydalanish sohasiga ko'ra farqlanadi. Tijorat krediti shuki, ishlab 
chiqarishda va savdoda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o'zaro 
bir-birlariga sotilgan tovarlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar to'lovini 
belgilangan muddatda amalga oshiradilar. Bunda, asosan, qarzdorlik 
kreditpullari, ya’ni veksel,banknot,chekvakreditkartochkalari bank 
vositachiligida rasmiylashtiriladi. Bank krediti pul mablag'larini 
ssudaga berishdan iborat bo'lib, 3 xil muddatli bo'ladi: qisqa, o'rta 
va uzoq muddatli.
KREDIT DISKRIMINATSIYASI - kredit olishda, undan foydalanishda yoki
xalqaro kreditni to'Iashda ma’lum bir qarz oluvchilarga iqtisodiy 
va siyosiy bosimni yuzaga keltiruvchi og'ir va qiyin shartlarni 
qo'yishdir.
KREDIT EKSPANSIYASI - mamlakatning ssuda kapitali bozorida foiz
stavkalarining pasayishi natijasida kredit oluvchilarning ko'payishi, 
oqibatda kredit qo'yilmalari hajmining keskin ortishi. U, odatda, 
iqtisodiyotning investitsiyalarga bo'Igan yuqori darajadagi talabini 
qondirish maqsadida amalga oshiriladi.
KREDIT KARTOCHKALARI - kichik o'lchamdagi plastik yoki metall
kartochka ko'rinishidagi hujjat bo'lib, bankdagi hisob sohibining f 
shaxsini tasdiqlaydi va unga naqd pullar yordamisiz tovar va 
xizmatlarga haq to'lash huquqini beradi.
KREDIT MEXANIZMI - kredit munosabatlarini tashkil qilishda qo'llaniladigan
elementlar majmuasidir.
KREDIT OBYEKTI - vaqtincha bo'sh turgan, berilishi mumkin bo'Igan pullar
va tovarlardir.
KREDIT PAKETI - kreditlash jarayoni uchun zarur bo'Igan hujjatlar majmuasi
tushuniladi.
KREDIT PORTFELI - tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlarni
jamlovchi hujjat.
KREDIT PORTFELINING DIVERSIFIKATSIYASI - bankning ba’zi
mijozlaridan ko'rgan zararlarni boshqa mijozlardan ko'rgan 
daromad hisobidan qoplash maqsadida bankning kredit resurslarini 
kam miqdorda ko'p sonli mijozlar o'rtasida taqsimlash demakdir.
2T7


KREDIT POTENSIALI - bankdagi yig'ilgan, tarkib topgan mablag* lardan
likvidlilik rezervlar ayirmasiga teng.
KREDIT RESURSLARINING AUKSION! - kredit resurslarini erkin, ochiq
tarzda auksion orqali sotishdir.
KREDIT SIYOSATI - bankning kredit resurslarini joylashtirish sohasidagi
qarorlarni qabul qilishga imkon beruvchi qoidalar va cheklanishlar 
majmuyidir.
KREDIT SUBYEKTLARI - korxona, firma, tashkilot, davlat va turli toifadagi
aholidir.
KREDIT SUMMASI - qarzga beriladigan pul birligining hajmi.
KREDIT TAMOYILLARI - tovar va pul ko'rinishidagi mablag'larni maqsadlilik,
qaytarib berish, muddatlilik, foiz to'lash, garov shartlari asosida 
berish natijasidir.
KREDIT TASHKILOTLARI - tegishli litsenziyaga ega bo'lgan banklar,
mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari.
KREDIT TIZIM I - pul resurslarini tarkib toptiruvchi, o'zida jamlovchi va
ma’lum muddatda qaytarib berish va haq to'lash shartlari asosida 
ularni qarzga beruvchi kredit muassasalari majmuasi. Unga: a) bank 
tizimi (markaziy bank, tijorat va ixtisoslashgan banklar); b) maxsus 
kredit muassasalari, ya’ni sug'urta kompaniyalari, nafaqa fondlari, 
investitsion kompaniyalar, moliya kompaniyalari va shu kabilar 
kiradi.
KREDIT TURLARI - qisqa muddatli kreditlar (muddati bir yilgacha bo'lgan
kreditlar); uzoq muddatli kreditlar (muddati bir yildan ortiq bo'lgan 
kreditlar) dir.
KREDIT VAZIFALARI - pulga tenglashtirilgan to'lov vositalari (Veksel, chek,
sertifikat)ni yuzaga chiqarib, ularni xo'jalik oborotiga jalb qilish, 
bo'sh turgan pul mablag'larini harakatdagi, ishdagi kapitalga 
aylantirishdir. Qarz berish orqali pul mablag'larini turli tarmoqlar 
o'rtasida qayta taqsimlash bilan ishlab chiqarish resurslarining 
ko'chib turishini ta’minlashdir. Qarz berish, qarzni undirish 
vositalari orqali iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishdir.
KREDITGA LAYOQATLILIK - korxonaning bankdan so'ragan ssudani o'z
vaqtida va to'liq qaytara olish imkoniyatidir.
KREDITLAR BO'YICH A EHTIMOLIY YO'QOTISHLARNI QOPLASH
UCHUN ZAXIRA - bank kredit portfeli va balansdan tashqari 
majburiyatlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yoki mavjud 
zararlarni qoplash uchun qiymat summasini o'zida aks ettiradigan 
bankning barcha kreditlari bo'yicha zararlarni qoplash uchun tashkil 
etilgan zaxiralarning kontraktiv hisob-varag'i.
238


KREDITLARNING FOIZ STAVKASI - berilgan kreditlarga to'lanadigan foiz
miqdori.
KREDITLASH CHEGARASI - kredit munosabatlarining subyektlari yoki
ssudalar turlariga nisbatan aniq ko'rsatkichlar shaklida belgilab 
qoyiladigan kreditdan foydalanishning qat’iy chegarasi.
KREDITLASH JARAYONI - kreditni rasmiylashtirish jarayoni boshlangandan
to berilishigacha bo'lgan davrni qamrab oladi.
KREDITLASH OBYEKTLARI - kredit hisobidan nima tashkil qilinsa yoki
kredit nimaga yo'naltirilsa, o'sha tushuniladi.
KREDITLASH STRATEGIYASI - kredit siyosati borasida biron-bir bankning
moliya bozoridagi mazmunli, maqsadli va aniq tamoyillarga 
asoslangan kredit munosabatlari.
KREDITLASH SUBYEKTLARI - kredit munosabatlarida qatnashuvchi
tomonlar anglanadi.
KREDITLASH TAKTIKASI - kredit jarayonida ko'zlangan maqsadga erishish
uchun qo'llaniladigan moliyaviy va boshqa dastaklar majmuyidir.
KREDITLASHTIRISH - kredit resurslari hisobidan tadbirlarni amalga oshirish
darajasidir.
KREDITNI QAYTA TAQSIMLASH - vaqtinchalik bo'sh pul mablag'larini
pulga ehtiyojmand subyektlar o'rtasida qayta taqsimlashdir.
KREDITOR - vaqtincha bo'sh turgan pullarni pulga muhtoj bo'lgan huquqiy
va jismoniy shaxslarga ma’lum muddatga foiz to'lovlari evaziga 
qaytarib berish sharti bilan qarzga beruvchi shaxs, kompaniya, bank 
va h.k.
KREDITOR QARZDORLIK - korxona, tashkilot yoki muassasaning tegishli
yuridik yoki jismoniy shaxslarga to'lanishi lozim bo'lgan pul 
mablag'lari bo'lib, ular me’yordagi (muddati o'tmagan) hamda 
muddati o'tgan qarzdorliklarga bo'linishi mumkin.
KRITIK RISK ZONASI - yo'qotishlar bo'lish xavfi borligini ifodalaydi,
olinadigan foydadan bir qismining biror jarayon uchun 
yo'naltirilganligi va shu mablag'larning qaytib kelishida xavf 
borligini ifodalaydi.
KRITIK YO'L - eng ko'p davomiylikka ega, loyihaning boshidan oxirigacha
bo'lgan ishlarning ketma-ketligi. Kritik yo'lda yotgan loyiha ishlari 
vaqt zaxirasiga ega emas.
KRIZIS (yunon. krisis - hal etish, oqibat) - q. inqiroz.
KROSS KURS - bir mamlakat valyutasining ikkinchi bir mamlakat valyutasiga
nisbatan USD orqali ifodalanadigan nisbati. Kross kurs xalqaro


miqyosda keng qo'llaniladi. Uni, asosan, yirik kompaniyalar va 
korporatsiyalar qo'llaydi. Bu valyuta kursini aniqlashning real yo'li 
hisoblanadi.
KSENOFONT (m.a.430-3 3 5 /3 5 4 ) -yunonyozuvchisivatarixchisi. Quldorlikni
qo‘llab-quwatlagan. “Dehqonchilik barcha sanatlarning onasi va 
boquvchisi” degan iboraning muallifi. “Ekonomiya” (uy xo'jaligi) 
so'zini birinchi bo'lib ishlatgan. Mehnat taqsimotiga alohida urg'u 
bergan va uni bozor ko'Iami bilan bog'lagan. Pulning almashuv va 
jamg'arish (ikki) funksiyalarini tan olgan.
KUCHLI DAVLAT - omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga,
rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma’naviyatga ega bo'Igan davlat. 
Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy asosga 
ega bo'ladi. Uning qudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi 
do'stlik va bag'rikenglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat 
boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi.
KUCHLI JAMIYAT - mustahkam negizningbarqarorligi ta’minlangan, davlatning
boshqaruvchilik faoliyati qisqarib, jamoat tashkilotlarining roli 
kuchaygan, fuqarolarning qonun asosida ularning huquq va 
erkinliklari oliy qadriyatlarga aylangan jamiyat.
KUMULYATSIYA - bir qancha yirik sug'urta summali obyektlarning bitta
sug'urta hodisasi tufayli zarar ko'rishi ehtimolligini nazarda tutuvchi 
sug'urta risklari yig'indisi.
KUNDALIK ISTE’MOL TOVARLARI - har kuni yoki tez-tez sotib
olinadigan va istemol qilinadigan tovarlar.
KUNDALIK TALAB - har kuni yoki tez-tez sotib olinadigan va iste’mol
qilinadigan tovarlarga bo'Igan talab.
KUPON - 1. Xazina majburiyatining, obligatsiyaning har yili daromad keltirib
turadigan yirtma qismi. 2. Aksiyaga ilova qilib, dividendlar to'lash 
uchun mo'ljallangan varaq.
KUPYURA - ustida qiymati ko'rsatilgan pul bileti, aksiya, obligatsiya yoki boshqa
qimmatli qog'oz.
KURNO ANTUAN OGYUSTEN (1801-1877) - fransiyalik matematik, birin-
chilardan bo'lib matematikani iqtisodiy jarayonlarga keng qo'llash 
uslubini ishlab chiqdi. Ekonometrika yo'nalishining asoschilaridan 
biri. "Talablarning elastikligi” funksiyasi va grafigini yaratdi.
KURNO MUVOZANATI - duopolik bozorda har bir firma mustaqil ravishda
shunday optimal ishlab chiqarish hajmini tanlaydiki, ushbu 
mahsulot hajmi ikkinchi firmani qanoatlantiradi. Kurno muvozanati 
firmalarning aks tasir qiluvchi funksiyalari grafiklarining kesishish 
nuqtasida vujudga keladi.
240


KURS - aksiya, obligatsiya, boshqa qimmatli qo'g'ozlarning oldi-sotdisiga
qo'yiladigan baho; qo'g'oz pullar kursining oltin valyutada yoki 
boshqa mamlakat valyutasida aks etishi.
KURS BO'YICH A FARQ, - milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi
kursining o'zgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga 
oshirilgan operatsiyalarda vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq
KURTAJ-birjabitimni amalga oshirgandavositachilikuchunbrokergaberiladigan
mukofot. Kurtaj stavkalari qimmatli qo'g'ozlar va tovarlar toifasiga, 
bitimlarning hajmi xususiyatlarigabog'liqbo'ladi. Kurtaj miqdorlari 
birjalarning ustavlari yoki birja bitimi qatnashchilari va broker 
o'rtasidagi kelishuv bilan belgilanadi.
KUTILADIGAN QIYMAT (MATEMATIK KUTILISH) (Lorens chizig'i)
- biror-bir ko'rsatkichning taqsimlanish darajasini ifodalovchi 
egri chiziq. Bu amerikalik olim Maks Otto Lorens (1876-1944) 
tomonidan aholi daromadlarining taqsimlanishini narxlash uchun 
ishlab chiqilgan. Aholidan daromad solig'i olinib, ularga transfert 
berilgandan keyin Lorens chizig'ining botiqligi kamayadi.
KUTILAYOTGAN 
INFLYATSIYA 
-
daromad 
oluvchi 
tomonidan
prognozlanadigan narxlarning oshishi. Shuning uchun daromad 
egasi inflyatsiyaning oqibatlarini yumshatish yoki bartaraf etish 
uchun oldindan choralar ko'rishi mumkin.
KUTILAYOTGAN INFLYATSIYA DARAJASI - mavjud ijtimoiy-iqtisodiy
axborotlar, ma’Iumotlar asosida alohida shaxs va korxonalar 
tomonidan kutiladigan bo'lg'usi davrdagi inflyatsiya darajasi.
KUTILMAGAN INFLYATSIYA - baholaming o'sishi. Bunda daromad
oluvchi yoki davlat tomonidan oldindan choralar ko'rilmaganligi 
sababli inflyatsiyaning real daromadlarga salbiy ta’sirining oldini 
olish mumkin bo'lmaydi.
KVADRATIK O'RTACHA TAFOVUT - kvadrat ildiz ostidan chiqarilgan
dispersiyadir.
KVADRILLION - birning yonidagi nollar soni 15 ta bo'lgan son.
KVAZIKORPORATSIYA 
(O'TKIN CH I 
KORPORATSIYA)
kvazikorporatsiya: l ) institutsion birlik rezidentiga qarashli
bo'lib, korporatsiyalashmagan korxonaga o'xshaydi. U alohida 
korxona shaklida boshqariladi hamda o'z mulkdorlari bilan o'zaro 
munosabatda aslida korporatsiya bilan aksiyadorlar munosabatiga 
o'xshaydi; 2) institutsion birlik rezidentiga qarashli bo'lmagan 
va korporatsiyalashmagan korxona institutsion birlik tasarrufida 
bo'ladi. Zero, u muayyan iqtisodiy hududda uzoq yoki noaniq davr 
ichida ishlab chiqarish bilan band bo'ladi.
241


KVAZIKORPORATSIYALAR DAROMADIDAN CHEGIRMA - mulkdan
keladigan daromadningbir turi. Bunday chegirma kvazikorporatsiya 
egasiga u korxonaga ajratgan mablag‘ning hajmiga qarab ajratiladi.
KVAZIOPTIMUM-PARETO - samarali hajmda tovar ishlab chiqarish mumkin
bo'lmaganda ishlab chiqarish mumkin bo'lgan variantlardan eng 
yaxshisini tanlash (optimalgayaqin).
KVINTILLION - birning yonidagi nollar soni 18 ta bo'lgan son.
KVOTA - l ) tegishli bitim doirasida milliy yoki xalqaro birlashma
ishtirokchilarining ishlab chiqarish yoki sotishda ishtirok etish 
hissasi; 2) xalqaro iqtisodiy yoki moliya-valyutaviy tashkilotning 
ustav fondi yoki kapitalida mamlakatning badali; 3) soliqqa tortish 
birligidan olinadigan soliq stavkasi (absolyut ifodada yoki hissa 
ko'rinishida); 4) nimaningdir qismi, hissasi, normasi (me’yori), 
miqdoriy cheklanishlar. Kvota davlat va xalqaro tashkilotlar 
tomonidan tovarlarni ishlab chiqarish, ularni eksport va import qilish 
yuzasidan cheklashlaming joriy etilishi. Kvota o'rnatish xalqaro 
bitimlarga binoan amalga oshiriladi. Davlatlararo shartnomalarga 
ko'ra ayrim yoki bir guruh tovarlar yuzasidan kvota o'matiladiki, 
unga muvofiq mamlakatlar faqat belgilangan miqdordagi tovarlarni 
ishlab chiqarishi va chetga sotishi mumkin.
KVOTALI QAYTA SUG'URTALASH - sug'urta kompaniyasi qayta
sug'urtalovchi kompaniya bilan kelishgan holda unga risklarning 
bir qismini beradi. Bu operatsiya kvota shartnomasi orqali 
rasmiylashtiriladi. Qayta sug'urtalovchi kompaniyaga sug'urta 
mukofotining tegishli qismi beriladi va qayta sug'urtalovchi 
kompaniya proporsional ravishda ko'rilgan zararni qoplashda 
ishtirok etadi.
KVOTATIV SOLIQLAR - daromad yoki mulk qiymatining puldagi ifodasiga
nisbatan stavkasi foizlarda o'rnatiladigan soliqlar.
KONSTITUTSION BURCH - O'zbekiston fuqarolari Konstitutsiyada
belgilab 
qo'yilgan, 
fuqarolar 
bajarishlari 
shart 
bo'lgan 
majburiyatlardir.
KONSTITUTSION HUKUMAT - demokratik hukumat qonunga va ayniqsa
yozma 
hujjat-konstitutsiyasiga 
asoslanadi. 
Konstitutsiyalar 
hukumatning vakolati va majburiyatlarini ta’minlaydi. Shuningdek, 
ular qonunlar qanday tayyorlanishi va hayotga tatbiq etilishini ham 
o'zida aks ettiradi. Aksariyat konstitutsiyalar hukumatning vakolati 
va majburiyatlarini ta’minlaydi.

—. 242 


LAJ (ajio) - pul va qimmatbaho qog'ozlarning nominal qiymati, bozor narxidan
past bo'lganda uchraydigan holat. Agar pul va qimmatbaho 
qog'ozlarning nominal qiymati bozor narxidan yuqori bo'lsa, bu 
hoi dizajio deb ataladi.
LASH - oltin bozor narxining rasmiy narxdan ortiq qismi.
LATIFUNDIYA - yirik yer egaligi. Dasdab Qadimgi Rimda m.a. II asrda paydo
bo'Igan va milodiy I asrda keng tarqalgan. Feodalizm davrida avj 
oldi. Prussiya va AQShda rivoj topdi. Inqiloblar tufayli tugatildi.
LAVOZIM - korxona, muassasa, idora va tashkilotlarda biror rasmiy xizmatni
bajarish bilan bog'liq bo'Igan vazifa.
LEGAL MONOPOLIYA - o'zining mahsulotiga egalik qilish va sotish huquqini
olgan monopoliya. Ko'pgina hollarda davlat fan va texnikadagi 
ishlarni rag'batlantirish uchun ongli ravishda kashfiyot egalariga 
monopol huquqlarni beradi. Legal monopoliyalar cheklangan vaqt 
davomida mavjud bo'ladi. Masalan, patent yoki litsenziyaga egalik 
qilish vaqti mobaynida. Bundan so'ng boshqa firmalar ham bu 
yo'nalishda faoliyat ko'rsata boshlaydi.
LEGITIMATSIYA - 1. Hujjatni e’tirof qilish, tasdiqlash, tan olish. 2. Huquqni
yoki vakolatni tan olish yoki tasdiqlash.
LEVEJ-LIZIN G - bunda ijaraga berilayotgan uskuna va jihozlar narxining katta
miqdori uchinchi tomondan, ya’ni investordan qarzga olinadi.
LIBER FOIZNING O'RTACHA STAVKASI - London banklarining o'z
depozitlarini boshqa birinchi darajali banklarga joylashtirish 
stavkasi bo'lib, u har kuni soat 11.00 da qayd etiladi va boshqa 
banklar uchun, ayniqsa, xalqaro bitimlar tuzishda kreditlar bo'yicha 
foizlar belgilashda asosiy mo'ljal hisoblanadi.
LIBOR - Londondagi jahon ssuda kapitallari bozorida yetakchi erkin
almashinadigan valyutalar - AQSh dollari, Germaniya markasi, 
Yaponiya ienasi, Buyuk Britaniya funt sterlingi kabi valyutalardagi 
depozitlarga to'lanadigan foiz stavkasidir.
LIFO inglizcha (last in first out - so'nggi kirim birinchi chiqim) - sarf qilingan
materiallar qiymatini hisobdan chiqarishning usullaridan biri. LIFO 
usuli - o'sib borayotgan inflyatsiya sharoitida vaqt bo'yicha oxirgi 
sotib olingan materiallar qiymatidan kelib chiqqan holda hisobni 
yuritishdir.
243


LIKVIDATSIYA (tugatish, tarqatish, barham berish) - firma yoki korxona
faoliyatining aksionerlar yig'inining, xo'jalik sudining qaroriga 
muvofiq, bankrotlikka uchrashi, qayta tashkil etilishi tufayli 
to'xtalishi.
LIKVIDLI MABLAG'LAR - firma ixtiyoridagi pul vositalari, bank depozitlari,
qimmatli qog'ozlar, oson sotish mumkin bo'lgan moddiy aylanma 
mablag'lar bo'lib, ular tezda sotish mumkin bo'lgan aktivlardir.
LIKVIDLI К R1SK1 - tijorat banklari likvidligi pasayishi bilan bog'liq risklardir.
LIKVIDLILIK - a) turli firmalar va banklarning o'z qarzini to'lay olish yoki
boshqa majburiyatlarini bajara olish imkoniyati; b) bir aktivning 
ikkinchisiga qanchalik tez almashina olinishi o'lchovi. Naqd pul 
eng yuqori 100% likvidlilikka ega.
LIKVIDLILIK KOEFFITSIYENTI - mavjud mablag'larning qanchalik qismi
tez orada qoplash uchun yo'naltirilishi mumkinligini ifodalovchi 
ko'rsatkich.
LIKVIDLILIK TU ZO G 'I - foiz stavkasi juda past bo'lgan shunday vaziyatki,
odamlar pulni naqd ko'rinishda saqlab turishni afzal ko'radilar. 
Tadbirkorlar esa foiz stavkasi bundan ko'ra pasayishi mumkin 
emasligi sababli investitsiyalarni ko'paytirmaydi. Minimal foiz 
stavkasi sharoitida pulga talab egri chizig'i cheksiz elastik bo'lib 
qoladi.
LIMIT - xo'jalik faoliyati turli jihatlari miqdorining cheklanishi, faoliyat doirasi,
chegarasining belgilanishi. Limit davlat yoki yirik birlashma 
tomonidan o ‘z korxonasi uchun o'rnatiladi.
LIMITED - kompaniyalarning o'z majburiyatlari bo'yicha cheklangan
javobgarligini aks ettiruvchi termin (aksioner yoki pay kapital 
asosida). Mas’uliyati cheklangan jamoaningbelgisi.
LIMITLASHTIRILGAN CHEK DAFTARCHALARI - olti oygacha
muddatga berilib, unda chek daftarchasidan o'tkazib berilishi 
mumkin bo'lgan summa ko'rsatiladi. Chek, yozib berilgan kunni 
hisobga olmaganda, 10 kungacha o'z kuchini yo'qotmaydi. 
Oldindan e Ion qilingan limit summasi to'lovchining hisob-kitob 
schyotidan maxsus schyotga o'tkazib qo'yiladi. Shuning uchun 
limitdan ortiqcha summaga yozib berilgan chek bekor qilinadi va 
bank tomonidan to'lanmaydi. Limitlashtirilgan chek daftarchasi 
bo'yicha summa 100 so'mdan kam bo'lmasligi kerak.
LIMITLASHTIRILMAGAN CHEK DAFTARCHALARI - bir yil muddatga
berilib, ularni bergan bank ssudasi bilan ta’minlanadi. Ular


mablag'larni maxsus schyotda oldindan deponentlashni talab 
qilmaydi.
LINGVISTIK TA’M INOT - inson va tizim orasidagi muloqotni ishlab
chiqish hamda ta’minlash uchun axborotlarga ishlov berish va 
foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari 
yig'indisini o'zida namoyon etadi.
LITSENZION SAVDO - xalqaro savdoda intellektual mulkni, texnologiyani,
ixtiro va patentlarni oldi-sotdi qilishning asosiy ko'rinishi.
LITSENZIYA - u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo'jalik ishlab chiqarish va
ilmiy faoliyatning turini amalga oshirish, mahsulotning ma’lum 
bir turi va miqdorini eksport yoki import qilish, olib kirish, olib 
chiqish yoki o'tkazib ketishga davlat yoki mahalliy boshqaruv 
organlarining rasmiy ruxsati (roziligi). Savdo qilish huquqi yoki 
lotoreya va mahalliy auksionlarni o'tkazish uchun litsenziya uch 
nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa ijarachiga (o'tkazuvchiga, 
shug'ullanuvchiga) beriladi, ikkinchisi tuman soliq inspeksiyasiga 
yo' llanadi, uchinchi nusxa esa tegishli qaror, xat va ungailova qilingan 
hujjatlar bilan birgalikda tuman yoki shahar ma’muriyatining 
ish jildida saqlanadi. Litsenziya olish uchun murojaat etayotgan 
jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga 
ega ekanliklari to'g'risida guvohnomaga ega bo'lishlari shart.
LITSENZIYA SAVDOSI - xalqaro miqyosda yangi texnika va texnologiya bilan
savdo qilishning asosiy shakli.
LITSENZTYALASH - chetdan mol keltirish yoki chet ellarga mol chiqarish
uchun davlat organlari tomonidan litsenziyalash (ijozat berish).
LIZING - moliya-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo'lib, korxonalar
tomonidan mashina, asbob-uskuna va shunga o'xshash tovarlarni 
uzoq muddatli ijaraga olishni anglatadi. Lizingda uning obyektlari, 
odatda, (lekin majburiy tartibda emas) ijaraga beruvchi korxonaning 
balansidan ijaraga oluvchi korxonaning balansiga pirovardida 
o'tkaziladi. Bu tartibdagi bitimlar ijarachi korxona uchun foydali 
hisoblanib, ular moliyaviy zarar ko'rmaydilar va, odatda, soliq va 
amortizatsiya imtiyozlariga ega bo'ladilar.
LIZING MUNOSABATLARI - qarz olish asosidagi ijara munosabatlarining
alohida toifasida ifodalanuvchi o'zaro bog'liq iqtisodiy-huquqiy, 
moliya-kredit munosabatlari majmuasidan iborat.
LIZING SHARTNOMASI - asbob-uskunalar, texnika-texnologiyalarni uzoq
muddatga ijaraga olish.
245


LIZING TO'LOVLARI - lizingga beruvchining lizing obyektini sotib olish uchun
qilgan xarajatlarining hammasi yoki ko'p qismi, shuningdek, lizing 
obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish 
uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog'liq bo'Igan boshqa 
xarajatlarining lizingga oluvchi tomonidan qoplanishi hamda 
lizingga beruvchining daromadidir.
LIZING TURLARI - bu: operativ lizing, moliyaviy lizing
LIZING XIZMATI - ishlab chiqarish inshootlari, mashina ishlab chiqarish,
transport vositalarini shartnoma asosida ma’lum haq evaziga uzoq 
muddatli ijaraga berish. Lizingxizmatiningikkituribor: a) moliyaviy 
lizing xizmatida ijara to'lovi miqdori mulk egasining ijaraga bergan 
mulki qiymatini to'liq qoplab ham foyda keltiradi; b) oddiy lizing 
xizmatida ijara davrida ijaraga olingan mulkning faqat bir qismi 
amortizatsiyalash shaklida to'lanib, ijara shartnomasi shartlariga 
qarab ijarachi qoldiq qiymati ijaraga olingan mulkni sotib olishi 
yoki qaytadan shartnoma muddatini uzaytirishi yoki olingan lizing 
kompaniyaga qaytarilishi mumkin.
LIZINGGA BERUVCHINING DAROMADI - lizing to'lovlari bilan lizing
obyektini sotib olish, uni yetkazib berish va belgilangan maqsadda 
foydalanish uchun yaroqli holga keltirish xarajatlari o'rtasidagi 
farq sifatida aniqlanadigan, lizingga beruvchi tomonidan lizing 
operatsiyasini amalga oshirish natijasida oladigan daromadidir.
LLOYD - l) Angliyadagi xalqaro sug'urta bozori; Angliyadagi sug'urtalovchilar
korporatsiyasi. Taxminan 1734-yilda tashkil etilgan. Hozirgi paytda 
Lloydga 22000 dan ortiq tashkilot a’zo. Uning faoliyati Angliya 
parlamenti qabul qilgan maxsus qonun bilan tartibga solinadi. Lloyd 
sug'urtaning barcha turlarini amalga oshiradi. Uning a’zolari 279 
sindikatga birlashgan bo'lib, sindikat faoliyati uchun anderrayterlar 
javob beradi. Anderrayterlar bilan sug'urtalanuvchilami sug'urta 
vositachilari birlashtiradi. Sug'urta vositachilari Lloyd bozorida 
risklarni joylashtiradi. Anderrayterlar sug'urta shartnomasi 
bo'yicha javob berish uchun yirik miqdordagi pul mablag'larini 
korporatsiyaga depozit sifatida qo'yadi.
LOFFER EGRI CH IZIG'I - soliq stavkalari va soliq tushumlari miqdori
o'rtasidagi bog'liqlikni aks ettiradi. Soliq stavkasini ko'tarish 
yordamida faqat ma’lum vaqtgacha soliq tushumlarini ko'paytirish 
mumkin. Soliq stavkasini o'ta ko'tarib yuborish faoliyat ko'rsatish 
rag'batlarini buzib yuboradi, natijada budjetga soliq tushumlari
246


miqdori kamayishi mumkin. Soliq tushumlari soliq stavkasiga 
bog'liqligini iqtisodchi Artur LofFer tadqiq etgan va uni “Loffer egri 
chizig'ida” aks ettirgan.
LOKAL HISOBLASH TA R M O G I - maxsus mutaxassislar o'rtasida almashish
uchun ma’lum territoriya chegarasida tashkil etilgan va kanallar 
bilan birlashtirilgan dasturlash va axborot uzatish resurslari.
LOKAUT - kasaba uyushmasining korxonalar ma’muriyatining shartlarini qabul
etishga majbur qilish maqsadida ishlab chiqarishni to'xtatish va ish 
haqini to'lamay qo'yishi.
LOKO - chet el valyutasi yoki qimmatli qog'ozlaming naqd pullik hisob-kitob
bo'yicha oldi-sotdi bitimi bo'lib, u bitim tuzilgan birjada amalga 
oshiriladi.
LOMBARD KREDITI - tijorat banklari Markaziy bankdan o'zlarining
portfelidan qimmatbaho qog'ozlarni garovga qo'yish orqali kredit 
oladi.
LORENS EGRI CHIZIGI - aholi daromadlarining taqsimlanishini aks ettiruvchi
egri chiziq. “Oilalar ulushi” abssissada, “daromadlar ulushi” 
ordinatada joylashgan. Egri chiziqda har bir nuqta aniq daromadga 
ega oilalar u yoki bu miqdorining umumiy daromaddagi ulushini 
ko'rsatadi. Grafikdagi bissektrisa daromadlarning absolyut teng 
taqsimlanishi holatini aks ettiradi. Bissektrisaga binoan egri chiziq 
o'rtasidagi bo'lak aslida mavjud bo'lgan daromadlarning notekis 
taqsimlanishini ifodalaydi. Shu bo'lak qanchalik katta bo'lsa, 
daromadlarning notekis taqsimlanish darajasi shunchalik yuqori 
bo'ladi. Agar bu notekis taqsimlash kamaysa, egri bissektrisaga 
yaqinlashadi, agar oshsa uzoqlashadi.
LORO HISOBLARI - bank tomonidan shu bank vakillari hisoblangan boshqa
banklar uchun ochadigan hisoblar.
L O Y IH A - o'zaro bog'liq bo'lgan, ma’lum bir natijaga erishishga yo'naltirilgan
va ularni amalga oshirish uchun uzoq muddat talab etiladigan ishlar 
ketma-ketligi.
LOYIHA BOSHQARUVI - berilgan loyiha cheklovlarini hisobga olgan holda
resurslar (mehnat, moddiy va uskunalar)ni rejalashtirish, taqsimlash 
va nazorat qilishdir.
LOYIHA ISHLARI TUZILMASI - loyiha amalga oshirilayotganda bajarilishi
lozim bo'lgan ishlarning bog'liq tizimi.
7
4
7


LOYIHA ISHLARINI BAJARISH BOSQICHLARI - resurs ajratish va
jarayonni nazorat qilish uchun bajariladigan ishlar davomiyligi 
bolinadigan vaqt oraliqlaridir.
LOYIHA SIFATI - mahsulotga xos uning bozordagi joyini aniqlaydigan qiymati.
LOZANNA MAKTABI - L. Valras va V. Pareto (1848-1923) tomonidan
iqtisodiyotda ekonometrika usullarini keng qo'llash tufayli paydo 
bo'lgan.
LUKA PACHOLI (1494-yil) - italiyalik matematik, faylasuf va olim Luka
Pacholi ikkiyoqlama yozuv metodini asoslab bergan. U “Schyotlar 
va yozuvlar to'g'risidagi traktatida” (lot. tractatus - muhokama) 
asarida yozuvlarni bir vaqtning o'zida ''bermoq” va “ega bo'lm oq” 
schyotlarda aks ettirish hamda “bermoq” va “egabo'lmoq” schyotlar 
summalarining yig'indisi o'zaro teng kelishi kerak, deb aytgan. Agar 
ular teng kelmasa, bilingki, sizning hisob-kitoblaringizda xatolik 
mavjud. Buxgalteriya hisobi fanining asoschisi hisoblanadi.
LUKAS R.I. - Neoliberalizm tarafdori. ''Ratsional kutilmalar” nazariyasi uchun
1995-yilda Nobel mukofotini qo'lga kiritgan. Ijtimoiy-institutsional 
yo'nalish evolyutsiyasi industrial jamiyatdan postindustrial, 
superindustrial (neoindustrial) jamiyatsariboradigankonvergensiya 
nazariyalarida (Gelbreyt, P. Sorokin - AQSH, Raymon, Aron -
Fransiya, Tinbergen - Niderlandiya) kapitalizm va sotsializmning 
ilg'or tomonlarini olish va amalda qo'llash taklif etiladi.
LUKAS ROBERT (1937-yil) - amerikalik iqtisodchi, ratsional (muvofiq)
kutish nazariyasi asoschisi. Uning fikricha, davlatning iqtisodiyotni 
tartiblash bo'yicha tadbirlari foydasiz, chunki iqtisodiy agentlar 
davlatning hamma harakatlarini oldindan ko'radilar va ularga mos 
holda javob berishga harakat qiladilar.
LOGISTIKA - inson-mashina tizimida moddiy, mehnat, energiya va axborot
resurslari oqimlari harakati jarayonlarini rejalashtirish, boshqarish 
va nazorat qilish tizimi.
248


MA’LUMOTLAR BAZASI - tartiblashning umumiy tamoyillari ko'zda tutilgan
holda, aniq qonun-qoidalar asosida tuzilgan hamda himoya 
qilinadigan va saqlanadigan ma’lumotlar yig'indisi.
MA’MURIY BOSHQARUV USULLARI - aniq maqsadlarga erishish uchun
tashkiliy munosabatlarga ta’sir ko'rsatish usulidir.
MA’MURIY JAVOBGARLIK - ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganligi
uchun fuqarolar va mansabdor shaxslar yuridik javobgarligining 
shakllaridan biri.
MA’MURIYAT - 1. Davlat organlarining boshqaruv faoliyati; boshqaruv
sohasidagi tashkiliy faoliyat. 2. Davlat ijro hokimiyati organlari. 3. 
Muassasa, korxonalarning rahbar xodimlari.
MA’MURIY-BOSHQARUV 
XARAJATLARI 
-
boshqaruv
apparatini saqlash (ta’minlash) xarajatlari; xizmatdagi yengil 
avtomobillami saqlashxarajatlari; qorovulchilikxodimlari, qo'riqchi 
tizimlarni saqlash xarajatlari; xizmat safari xarajatlari.
MA’MURIY-BUYRUQBOZLIK 
(rejalashtirilgan 
bozor) 
sobiq
SSSR davlatlarida amalda bo'Igan bozor turi. Unda davlat mulki 
ustun va xususiy mulk deyarli yo'q, imperativ qat’iy reja hukmron, 
erkin raqobat inkor etiladi; qat’iy baholar qo'llanadi. Hayot 
bozorning bu turini inkor etmoqda.
MA’MURIYLASHTIRISH 
-
kompaniya 
siyosati 
va 
umumiy
maqsadlarini shakllantirish, menejment esa ularning amalga 
oshishini tashkil etish va nazorat qilish.
MA’NAVIY EHTIYOJ - ma’naviy boyliklar; o'qish, bilim olish, san’at,
madaniy dam olish va hokazolarga bo'Igan ehtiyoj.
MA’NAVIY TAVAKKALCHILIK - yo'qotishlar sug'urta kompaniyasi
tomonidan to'liq qoplanishiga ishonch hosil qilgan holda vujudga 
kelishi mumkin bo'Igan yo'qotishlar ehtimolini ongli ravishda 
oshirib ko'rsatishga intiluvchi shaxs xatti-harakati.
MA’NAVTY-RUHrY HOLAT - ijtimoiy guruhning qadriyatli mo'ljallanishi va
shaxslararo munosabatlarning xarakterini aks ettiruvchi barqaror 
ruhiy holat.
MABLAG' (KAPITAL) SARF-XARAJATLAR HISOBI - asosiy va aylanma
fondlar, nomoddiy aktivlar sotib olish sarf-xarajatlari hamda
249


ularning shakllanish manbayiga oid tashqi iqtisodiy operatsiyalarni 
o ’zida aks ettiradi.
MABLAG' (KAPITAL) XARAJATLARI HISOBI - asosiy oborot (aylanma)
fondlar, nomoddiy va moliya aktivlarining jamg'arilish jarayonini 
tavsiflash hamda ularga sarmoya ajratish manbalarini hisobga 
olishga mo'ljallangan.
MAGAZIN - magazin, do'kon; chakana savdo tashkiloti.
MAGISTRATURA - bakalavriat negizida o'qish muddati kamida ikki yil bo'lgan
aniq mutaxassislik bo'yicha oliy ta’lim.
MAHALLIY BUDJET - davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul
mablag'lari jamg'armasini tashkil etuvchi bir qismi bo'lib, unda 
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, 
moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan 
mablag'lar sarfi yo'nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
MAHALLIY DAVLAT MUASSASALARI - mahalliy davlat muassasalari kichik
sektor alohida institutsion birlik hisoblangan mahalliy davlat 
muassasalari hamda mahalliy davlat muassasalari tamonidan nazorat 
qilinuvchi va moliya bilan ta minlanuvchi notijorat tashkilotlardan 
tarkib topadi.
MAHALLIY O 'Z -O 'Z IN I BOSHQARISHNI MUSTAHKAMLASH -
hokimiyatni tashkillashtirish prinsipi, demokratiyalashtirishning 
samaradorligi, federal hokimiyatni “past”dan tuzish, davlatning 
fuqarolik jamiyati madaniylashgan institutga aylanishidir.
MAHALLIY SOLIQLAR VA YIG'IM LAR - mahalliy budjetga olinadigan
jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy to'lovlari. Ularning 
tarkibiga quyidagilar kiradi: mol-mulk solig'i, yer solig'i, reklama 
solig'i, avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq, savdo- 
sotiq qilish huquqi uchun yig'im, shu jumladan, ayrim turdagi 
tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig'imlari, yuridik 
shaxslar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi 
jismoniy shaxslarni ro'yxatga olganlik uchun yig'im, avtotransport 
to'xtash joyidan foydalanganlik uchun yig'im, obodonchilik ishlari 
uchun yig‘im va boshqalar.
MAHALLIYLASHTIRISH - import qilinadigan tayyor mahsulot, butlovchi
buyumlar va materiallarni mamlakatda ishlab chiqarishni yo'lga 
qo'yish orqali unga bo'lgan ichki talabni qondirish va eksportini 
yo'lga qo'yish.
MAHSULOT - biror faoliyatning moddiy natijasi (mehnat, xizmat ko'rsatish; ish
bajarish). Ishlab chiqarish iste’moli uchun foydalaniladigan ishlab

Yüklə 22,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə