Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 22,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/33
tarix25.09.2023
ölçüsü22,32 Mb.
#123882
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

f Л
Я
П
..


uchinchi shaxs foydasiga sug'urta shartnomasini tuzishga xaqli. 
Sug'urtalanuvchi sug'urta mukofotini o'z vaqtida to'lashi shart. 
Sug'urta shartnomasini tuzish jarayonida sug'urtalanuvchi 
sug'urta obyektiga taalluqli bo'lgan barcha ma’lumotlarni sug'urta 
kompaniyasiga ma’lum qilishi shart.
SUG'URTALASH - bankning amalga oshirayotgan operatsiyalarida yuzaga
kelishi mumkin bo'lgan risklarni ma’lum bir sug'urta badali asosida 
sug'urta kompaniyalari tomonidan ko'rilgan zararni qoplab berish 
shartnomasini tuzish.
SUG'URTALOVCHI - sug'urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Tabiiy ofat yoki boshqa ko'zda tutilmagan sabablar natijasida 
ko'rilgan zararlarni sug'urta qonunchiligi yoki sug'urta shartnomasi 
asosidagi shartlarni ko'zda tutib qoplashni o'z zimmasiga oluvchi 
tashkilotlar.
SUG'URTALOVCHILAR UYUSHMASI - sug'urta faoliyatini muvofiq-
lashtirish, uyushma a’zolarining manfaatini davlatning qonun 
chiqaruvchi va ijroiya organlari oldida himoya etish hamda mahalliy 
sug'urta kompaniyalari va xorijiy sug'urta kompaniyalari o'rtasida 
o'zaro foydali aloqalarni o'rnatish maqsadida tashkil etiladigan 
sug'urta kompaniyalarining uyushmasi. Bunga o'zaro sug'urtalash 
jamiyatlarining xalqaro uyushmasini, texnik risklarni sug'urtalovchi 
kompaniyalar ittifoqini, 
Buyuk Britaniya 
sug'urtalovchilar 
uyushmasini misol qilib keltirish mumkin. Hozirgi paytda 
O'zbekistonda sug'urtalovchilar uyushmasi tashkil etilmagan. 
Faqat, avtosug'urtalovchilar ittifoqi faoliyat ko'rsatmoqda.
SUG‘ URTALOVCHINING JAVOBGARLIK LIMITI - tuzilgan sug'urta
shartnomasidan kelib chiqqan holda belgilanadigan sug'urta 
kompaniyasining mumkin bo'lgan eng yuqori darajadagi 
javobgarligi. Sug'urtalovchining javobgarlik limiti sug'urta polisida 
o'z aksini topadi.
SUG'URTANI TURKUMLASH (KLASSIFIKATSIYALASH) - l) sug'urta
turlarini ierarxiya ko'rinishida tarmoqlarga, tarmoqchalarga va 
turlarga bo'linishi. Bunda har bir keyingi bo'g'in oldingi bo'g'inning 
bir qismi shaklida ifodalanadi. Sug'urta obyekti sug'urtaning 
toifasi, sug'urta javobgarligining hajmi va sug'urta qismining shakli 
sug'urtani turkumlashning asosiy mezoni bo'lib hisoblanadi. 2) 
xorij amaliyotida sug'urta turlarining tartiblashtirilgan tizimi. 
Hozirgi vaqtda Evropa Ittifoqi davlatlarida sug'urtaning yagona 
klassifikatsiyasi ishlab chi qilgan va hayotga joriy etilgan.
390


SUG'URTANING OBYEKTI VA PREDMETI - mulk sug'urtasida
obyekt sifatida moddiy boyliklar mol-mulk sifatida ko'zda tutilsa, 
shaxsiy sug'urtada fuqarolarning hayoti, sog'lig'i va mehnat 
qobiliyati ko'zda tutiladi. Sug'urta predmeti - ana shu obyektlarning 
tarkibiy qismlaridir, masalan, qishloq xo'jaligi sug'urta obyekti 
bo'lsa, ekinlar, hosili, chorva mollarining soni, mol-mulk xillari, 
binolar, inshootlar, transport vositalari sug'urta predmeti 
hisoblanadi. Uy-joyda saqlanuvchi mol-mulklar obyekt bo'lsa, uy- 
ro'zg'or buyumlari, mebellar, gilamlar, televizorlar bu sug'urtaning 
predmeti hisoblanadi. Shaxsiy sug'urta predmetiga ma’lum yoshga 
yetish, mehnat qobiliyatini yo'qotish va vafot etish hodisalari misol 
bo'la oladi.
SUG' URTAVTY FOYDA - sug'urta xizmatining bahosi va tannarxi
o'rtasidagi farq. Sug'urtaviy foyda sug'urta operatsiyalarini amalga 
oshirish natijasida shakllanadi. Sug'urtaviy foyda balans uslubi 
asosida sug'urta mukofotlari tushumi va sug'urta operatsiyalari 
tannarxini o'zaro taqqoslash natijasida aniqlanadi. Sug'urta 
operatsiyalarining tannarxi bu - sug'urta kompaniyasining sug'urta 
himoyasini ta’minlashga qaratilgan to'g'ri va egri, (shu jumladan 
zaxira fondlariga ajratmalar) xarajatlarning yig'indisidir. Odatda, 
sug'urta tarifini hisoblashda netto-stavkaga yuklamada foyda 
ulushi ham ko'rsatiladi. Shakllanish manbaiga ko'ra, haqiqatdagi 
sug'urtaviy foyda o'z ichiga quyidagi foyda turlarini oladi: sug'urta 
summasi zararlik ko'rsatkichini kamaytirishdan olingan foyda, 
boshqaruv xarajatlarini iqtisod qilish natijasida olingan foyda, 
investitsiyadan olingan foyda va sug'urta tarifida belgilangan foyda.
SUG'URTAVIY TIBBIYOT - turli kasalliklardan majburiy sug'urtani
nazarda tutuvchi sog'liqni saqlash ishini tashkil etish shakli. 
Sug'urtaviy tibbiyot bo'yicha sug'urta fondi ishchi-xodimlarning 
ish haqidan, tadbirkorlarning foydasidan, davlat dotatsiyasi 
hisobidan hamda xayr-ehson fondlarining majburiy ajratmasi 
hisobidan shakllanadi. Sug'urtaviy tibbiyot bo'yicha sug'urtalangan 
kontingentgatibbiysug'urtapolisiberiladi.Sug'urtalanuvchidatibbiy 
sug'urta polisi bo'lgan taqdirda tibbiy xizmat ko'rsatiladi. Bunda 
tibbiy sug'urta kompaniyasi, bir tomondan sug'urtalanuvchilar 
bilan, ikkinchi tomondan tibbiyot muassasalari bilan shartnoma 
tuzadi.
SUPERMARKET - xaridorning o‘z-o‘ziga xizmat ko'rsatishiga asoslangan
juda keng assortimentda oziq-ovqat istemol tovarlari sotiladigan 
do'kon. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi.


1
0
1



tovarlarni buyurtmaga ko'ra xaridor uyiga yetkazadi va boshqa 
turdagi xizmatlar ko'rsatadi,
SUPERVAYZER - (superviser) kuzatuvchi; inspektor.
SUST TALABLI TOVARLAR - ayni paytda tovarga talab imkoniyat
darajasidan ancha past bo'ladi.
SUV KADASTRI - suv obyektlari to'g'risida, ularning suv resurslari, suv
obyektlaridan foydalanish, suvdan foydalanuvchilar to'g'risida 
tizimlashtirilgan ma’lumotlar to'plamidir.
SUZIB YURUVCHI INFLYATSIYA - bunda narxlar tez o'sa boshlaydi,
yiliga 10 foiz atrofida o'sish kuzatiladi.
SVIFT - 1. Kompyuter tarmog'i orqali xalqaro to'lovlarni amalga oshirishning
avtomatik tizimi. 2. Maxsus telekommunikatsiyalar yordamida 
amalga oshirilgan hisob-kitoblar haqida banklar o'rtasida axborotni 
elektron ayirboshlash maqsadida 1973 yilda tuzilgan xalqaro 
banklararo tashkilot. Hozirgi paytda SVIFT tizimida 54 ta davlatdan 
1500 dan ortiq bank ishtirok etmoqda.
SVOP (SWAP) - savdo qoidalariga amal qilgan holda bitta qarzni to'lash bo'yicha
ma’lum bir muddat o'tgandan so'ng shartlarni o'zgartirish bo'yicha 
bitim.
SVOP OPERATSIYASI - bir valyutani spot operatsiyasi bo'yicha sotib
olish va forvard sharti bo'yicha sotishiga yoki forvard sharti bo'yicha 
sotib olish va spot sharti bo'yicha sotishga aytiladi.
SYURVEYER - sug'urtaga tortiladigan mol-mulkni ko'rikdan o'tkazuvchi
sug'urta 
kompaniyasining 
xodimi. 
Sug'urta 
kompaniyasi 
syurveyerning xulosasi asosida sug'urta shartnomasini tuzish 
to'g'risidaqaror qabul qiladi. Chetelamaliyotidayong'inhavfsizligini 
ta’minlovchi ixtisoslashgan firmalar, mehnat muhofazasi bo'yicha 
tashkilotlar syurveyer funksiyasini bajaradi.
392


Т - KO RINISHIDAGI SCHYOTLAR - ikki ustundan iborat bo'ladi.
Schyotlarda ko'rsatkichlar ikki tomonlama yozuvga asolangan 
bo'lib, schyotning o'ng tomonida iqtisodiy ko'rsatkichlar (turlari 
bo'yicha), schyotning mazmunidan kelib chiqqan holda, resurs 
(daromad manbasi) sifatida keltiriladi. Schyotning chap tomonida 
ko'rsatkichlar schyotning mazmuniga ko'ra sarf qilinishi yoki 
ishlatilishi nuqtai nazaridan yoziladi.
TA’LIM - l) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona jarayoni,
ijtimoiy etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd 
qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli yo'naltirilgan 
ijtimoiylashish jarayoni; 2) muayyan bilimlarni egallash, g'oyaviy- 
axloqiy qadriyatlar, malaka, ko'nikma, axloq me’yorlariga qaratilgan 
jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy 
mustaqil tizim.
TA’LIM KREDITLARI - tijorat banklari filiallari tomonidan oliy ta’lim
muassasalarining kunduzgi bo'limlariga to'lov-kontrakt asosida 
qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan 
talabalarning o'qishi uchun talabalarning o'zlariga, ularning ota- 
onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.
TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH - o'qitish mazmuni va natijalarining
davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish.
TA’MINLANMAGAN KREDITLAR - biror-bir ta’minotsiz berilgan kreditlar.
TA’RIF ISH HAQI FONDI - ishlab chiqarish texnologiyasiga ko'ra
bajariladigan ishning hajmi, me’yori va razryadi stavkasiga ko'ra 
aniqlanadigan ish haqi fondi.
TA’RIF JADVALI - mehnatga haq to'lash razryadlari, ta’rif koeffitsientlari va
stavkalarini ichiga olgan jadval.
TA’SIS HUJJATLARI - yangi tashkil qilinuvchi korxona, kompaniya, aksiyadorlik
jamiyatini ta’sis etish va ularni belgilangan tartibda ro'yxatga olish 
uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi hujjatlar.
TA’SIS 
SHARTNOMASI 
- firmani 
ta’sis 
etuvchilarning o'zaro
munosabatlarini aniqlovchi hujjat.
TA’SISCHILARFOYDASI - aksionerlar jamiyati a’zolari tomonidan chiqarilgan
aksiyalarning umumiy qiymati bilan aksiyalarni sotish orqali


olingan umumiy qiymati o'rtasidagi farq bo'lib, u jamiyatni tashkil 
etuvchilar tomonidan aksiyadorlik jamiyatini tuzishda qo'shgan 
mablag' lariga 
qarab, 
ular 
tomonidan 
dividend 
shaklida 
o'zlashtiriladigan qiymatdir.
TABAQALANGAN 
MARKETING 
STRATEGIYASI 
-
bozor
bo‘g‘inlaridan bir nechtasi tanlanib, ularning har biri uchun alohida 
tovar taklif etish va maxsus marketing kompleksini qo'llashga 
mo'ljallangan marketing turi yoki strategiyasi.
TABAQALANGAN NARX - bir xil yoki o'xshash tovarlarga, tovarning turli
variantlari, turli savdo shart-sharoitlari farqiga qarab belgilanadigan 
har xil narx.
TABIAT YODGORLIKLARI - ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan
qimmatli, noyob, o'mini to'ldirib bo'lmaydigan, kelib chiqishi 
tabiiy va sun’iy bo'Igan obyektlar hisoblanadi.
TABIATDAN FOYDALANISH - tabiiy-resurs potensiali ekspluatatsiyasining
va ularni saqlab qolish tadbirlarining barcha shakllari majmuyidir. 
Agar tabiatdan foydalanish tabiiy-resurs potensialining keskin 
o'zgarishiga olib kelmasa, u tabiatdan ratsional foydalanish 
hisoblanadi.
TABIATDAN FOYDALANISHNI LITSENZIYALASH - ma’muriy-huquqiy
yo'l bilan iqtisodiy-ekologik munosabatlarni tasdiqlash, ruxsat 
va vakolat berish metodlari orqali tartibga solishning namoyon 
bo'lishidir.
TABIIY BOYLIK - tabiat tomonidan yaratilgan yer osti va yer usti
boyliklari yig'indisi.
TABIIY ISHSIZLIK - ishchi kuchi harakati va uning ma’lum bir jamiyat
a’zosi sifatidagi mehnat hulqiga aloqador bo'Igan ish bilan band 
bo'lmaganlik holatiga aytiladi.
TABIIY MONOPOLIYA - ishlab chiqarish xarajatlarida iqtisod qilishga
asoslangan monopoliya, bir firma o'z mahsulotini boshqa firmalarga 
nisbatan kam xarajatlar bilan ishlab chiqaradigan tarmoq.
TABIIY RESURSLAR - tabiatning bir qismi (uning obyektlari jarayonlari,
sharoitlari), ular insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida jamiyat tomonidan ishlatiladi yoki ishlatilishi 
mumkin. 
Quyidagilar tabiiy resurslarning muhim turlari 
hisoblanadi: mineral, yer-suv resurslari, o'simlik va hayvonot 
dunyosi, quyosh energiyasi. Tabiiy resurslar iqtisodiy resurslarning 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishlatilish turiga qarab baholangan u 
yoki bu hududdagi resurslarning jami tabiiy resurslar potensialini
394


tashkil etadi. Mamlakatning tabiiy resurslar potensiali uning milliy 
boyligining tarkibiy qismini tashkil etadi.
TABIIY RESURSLAR UCHUN TO 'LO V - yer, suv, qazilma boyliklaridan
foydalanganlik uchun korxona daromadidan davlat budjetiga 
to'lanadigan to'lov, joriy normativlar bo'yicha belgilanadi. Ushbu 
mablag'lar, birinchi navbatda, tabiat muhofazasi tadbirlariga 
sarflanadi.
TADBIRKOR - iqtisodiy resurslarni bir-biriga qo'shilishini ta’minlaydigan
tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va 
boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo'rqmaydigan kishilar. Bunday
TADBIRKORLIK - mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal
qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunchilik doirasida 
tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko'rsatishdir. Amalda qabul 
qilingan qonunlar doirasida korxona, firma tashkil qilish, foyda 
olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish (yoki xizmat ko'rsatish) 
bilan shug'ullanuvchi faoliyat. Tadbirkorlik faoliyati bir yoki bir 
necha xususiy va huquqiy shaxslar mulklarini yoki qarzga olgan 
mulk, to'lov vositalarini ishga solish orqali amalga oshiriladi. 
O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining sohiblari: l ) respublika 
fuqarolari; 2) bir guruh fuqarolar (mehnat jamoalari va boshqalar); 
3) chet ellik fuqarolar yoki xususiy shaxslar; 4) respublika fuqarosi 
bo'lmagan shaxslar (o'z vakolatlari doirasida); 5) qo'shma mulk 
egalari.
TADBIRKORLIK KAPITALI - tadbirkor (ishbilarmon) o'z faoliyatini
yuritish uchun qo'lida zarur bo'lgan pul kapitaliga aytiladi.
TADBIRKORLIK QOBILIYATI - insonning ishlab chiqarish jarayonida
qo'llaniladigan resurslardan qanday foydalanish xususida oqilona, 
maqsadga muvofiq qarorlarni qabul qila olishi, innovatsion 
jarayonlarda faol qatnashishi, tavakkal qilish va yutuqqa erishish 
layoqati; iqtisodiy resurslarning elementi.
TADQIQOT MUAMMOSI - ijtimoiy ziddiyatlarni hal etish va ularni tartibga
solish uchun turmushning biron-bir jabhasini o'rganishga bo'lgan 
ehtiyoj dir.
TAFAKKUR - inson aqliy faoliyatining oliy shakli, insonlarni o ‘rab olgan
dunyodagi o'zaro bog'langan narsa va hodisalarni bilish jarayoni, 
muhim hayotiy jarayonlarni his qilish va muammolarni hal qilish, 
ma'lum bo'lmagan voqea hodisalarni qidirish, kelajakni ko'ra olish. 
Tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa shakllarida namoyon bo'ladi.


TAHLIL USULLARI - grafiklardan foydalangan holda tahlil qilish usullari.
TAJRIBA (EKSPERIMENT) O'TKAZISH - shunday tadqiqot o'tkazish
uslubiki, nazorat qilinadigan vaziyatda bir yoki bir necha omillar 
o'zgarishi bilan qolganlari o'zgartirilmas holatini saqlab qoladilar.
TAKLIF - ishlab chiqaruvchilar bozorda sotishga tayyorlagan (chiqargan),
muayyan narxlarga ega tovarlar va xizmatlar miqdori.
TAKLIF CH IZIG 'I - tovar narxi bilan taklif qilinadigan ushbu tovar miqdori
o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
TAKLIF EGILUVCHANLIGI (ELASTIKLIGI) - narx o'zgarishiga nisbatan
taklifning ortib borishi.
TAKLIF EGRI CH IZIG'I - sotuvchilar bozorda taklif eta oladigan tovar narxi
va miqdori o'rtasidagi bog'liqlikning grafik ifodasi.
TAKLIF FUNKSIYASI - taklifga tasir qiluvchi omillar miqdori bilan taklif
miqdori urtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi matematik bog'liqlik.
TAKLIF HAJMI - tadbirkor ma’lum narxga va vaqtda ishlab chiqarmoqchi
hamda sotmoqchi bo'lgan mahsulotning miqdori. Masalan, bugun 
ertalab tadbirkor ishlab chiqargan 20 juft oyoq kiyimini bozorga 
olib chiqdi va har birini 40 ming so'mdan sotmoqchi, binobarin, 
taklif hajmi 20 juft oyoq kiyimga teng.
TAKLIF HAJMINING O'ZGARISHI - tovar narxining o'zgarishi natijasida
uning taklif miqdorining o'zgarishi. Masalan, shakar narxining 
ko'tarilishi uning taklifini oshiradi, uning pasayishi esa shakar 
taklifni qisqartiradi.
TAKLIF INFLYATSIYASI - iqtisodiyotda tovar va xizmatlar taklifi kamayib
borishi natijasida narxning ko'tarilishi. Taklif qisqarishining asosiy 
sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o'sishidir. 
Xarajatlarning o'sishi natijasida vujudga keladigan inflyatsiyaning 
ikki shakli mavjud: a) ish haqining o'sish inflyatsiyasi ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot hajmi to'lanadigan ish haqi va 
daromadlarga mutanosib borishi shart, agarda u buziladigan bo'lsa, 
jami taklif kamayadi, narx ko'tariladi; b) taklif mexanizmining 
buzilishi natijasida vujudga kelgan inflyatsiya, u kutilmaganda 
birdaniga xomashyo va energiya narxining ko'tarilishi natijasida 
vujudga keladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda 1973-1974 va 
1979-1980-yillarda chetdan olib kelinadigan neft narxining keskin 
ko'tarilishi.
TAKLIF IQTISODIYOTI NAZARIYASI - hozirgi davr makroiqtisodiy
nazariyasining bir qismi, unda inflyatsiya va ishsizlikni tushuntirish 
uchun xarajatlari va jami taklif tushunchalaridan foydalanilgan.
396


TAKLIF M IQDORI - ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) muayyan vaqtda, muayyan
joyda va muayyan narxda sotishni xohlaydigan va sotishi mumkin 
bo'Igan tovar va xizmatlar miqdori.
TAKLIF QONUNI - baho bilan taklif o'rtasidagi bog'liqlik, ya’ni bahoning
o'sishi bilan taklifning hajmi ortishi, bahoning pasayishi natijasida 
esa taklifning qisqarishi. Ushbu o'ziga xos bog'liqlikka taklif qonuni 
deyiladi. U ishlab chiqaruvchilarning past bahoga nisbatan yuqori 
bahoda mahsulotlami ishlab chiqarish va bozorga taklif etish 
xohishlarini ko'rsatadi. Bunga sabab, tovarlarni yetkazib beruvchilar 
mahsulot evaziga pul oluvchi sifatida maydonga chiqadilar. Unga 
baho har bir mahsulot birligi uchun olgan tushumni tashkil etadi, 
bu esa mahsulotning o'rtasida bevosita ishlab chiqarish va sotishga 
rag'bat bo'lib xizmat qiladi. Taklif hajmiga bahodan tashqari bir 
qancha omillar ta’sir ko'rsatadi: resurslarga baholarning o'zgarishi, 
texnologiyalarning o'zgarishi, soliqlar va dotatsiyalardagi o'zgarish 
va h.k.
TAKLIF QONUNI - narx bilan sotishga chiqarilayotgan tovarlar o'rtasidagi
bevosita, ya’ni to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikdir.
TAKLIF SETKASI - ish toifalari nisbatiga qarab ish haqi to'lash.
TAKLIF STRUKTURASI - tovar turlarining umumiy hajmiga nisbatan hissasi.
TAKLIFGA TA’SIR ETUVCHI G'AYRINARXIY OMILLAR - talabga
narxdan bo'lak ta’sir etuvchi omillar. 1. Resurslar baholarining 
o'zgarishi. Masalan, mineral o'g'itlarga bo'Igan bahoning pasayishi 
paxtaning taklifini oshiradi. 2. Texnologiyadagi o'zgarishlar. 
Masalan, paxta viltiga qarshi samarali vositani yaratish paxtaning 
taklifini oshiradi. 3. Dotatsiya va soliqlardagi o'zgarishlar. Masalan, 
sigaretlarga aksiz soliqlarining ortishi uning taklifini qisqartiradi; 
universitetlarga beriladigan dotatsiyalar kamayishi oliy ma’lumotli 
mutaxassislar taklifini kamaytiradi; 4. Boshqa tovarlarga bo'Igan 
bahoning o'zgarishi. Masalan, mol go'shtiga bo'Igan bahoning 
pasayishi qo'y go'shtining taklifini oshiradi. 5. Kutishdagi 
o'zgarishlar. Masalan, kelgusida neftga bo'Igan bahoning pasayishi 
neft kompaniyalarini uning j oriy taklifiga ko'nishlariga majbur qiladi. 
6. Tovar ishlab chiqaruvchilarning sonining o'zgarishi. Masalan, 
muzlatkichlarni ishlab chiqaruvchi firmalar sonining o'sishi uning 
taklifining ortishiga olib keladi.
TAKLIFNING O'ZGARISHI - g'ayrinarxiy omillar ta’siri natijasida ishlab
chiqaruvchilarning sotmoqchi bo'Igan tovarlari yoki xizmatlari 
miqdorining o'zgarishi. Masalan, paxta viltiga qarshi samarali 
vositani yaratish paxtaning taklifini oshiradi.
197


TAKROR ISHLAB CHIQARISH - uzluksiz davom etib, takrorlanib va
tiklanib turuvchi ishlab chiqarish jarayoni. Ushbu jarayonning 
mavjudUgi sababi ehtiyojlarning mavjudligi va ularning о'sib 
borishidir. Uning amalga oshishi uchun ishlab chiqarishning barcha 
omillari (ish kuchi, ishlab chiqarish vositalari) mavjud bo'lishi 
kerak. Takror ishlab chiqarish ikki xil bo'ladi: a) oddiy takror 
ishlab chiqarish - ishlab chiqarishning miqdori o'zgarmagan holda 
takrorlanadi, ishlab chiqarish omillari o'zgarmagan holda harakat 
qiladi, yaratilgan qo'shimcha mahsulot shaxsiy iste’molga sarflanadi; 
b) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish - ishlab chiqarish hajmi 
navbatdagi har bir ishlab chiqarish siklida ko'payadi, ishlab chiqarish 
omillari miqdori ortib boradi. Tovar ishlab chiqarish kengaytirilgan 
miqyosda sodir bo'lishi uchun har bir siklning boshida qo'shimcha 
sifatliroq resurslar zarurdir. Bunga erishish kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarishning manbai bo'lib qo'shimcha mahsulot xizmat 
qiladi, uning hammasini shaxsiy iste’molga sarf etmay, ma’lum qismi 
ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarf etiladi.
TAKTIK REJALASHTIRISH - kompaniya (korxona) faoliyatining barcha
yo'nalishlari bo'yicha muayyan xatti-harakatlarni aniqlash; joriy 
reja tuzish va uni amalga oshirish yo'llarini ishlab chiqish.
TALAB - iste’molchining muayyan joyda va muayyan vaqtda tovar yoki xizmat
sotib olish imkoniyatidir. Boshqacha qilib aytadigan bo'Isak, bu pul 
bilan ta’minlangan ehtiyoj, ya’ni to'lovga qodir ehtiyojdir. Aynan 
mana shu ehtiyojga qarab, bozorga chiqarilishi lozim bo'lgan 
tovarlarning miqdori va assortimenti aniqlanadi.
TALAB CH IZIG'I - talab bilan narx o'rtasidagi bog'liqlikning chizma ifodasi.
TALAB CH IZIG'I - tovar narxi bilan sotib olinadigan ushbu tovar miqdori
o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
TALAB EGRI CH IZIG'I - tovarga qo'yilgan narx bilan talab miqdori
o'rtasidagi bog'liqlikning grafik ifodasi.
TALAB FUNKSIYASI - talabga ta’sir qiluvchi omillar miqdori bilan talab miqdori
o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi matematik bog'liqlik.
TALAB HAJMI - iste’molchilar ma’lum narxda va vaqtda xarid qilishi
mumkin bo'lgan mahsulot miqdori. Masalan, hozir xaridor 10 kg 
kartoshka sotib olmoqchi va unga imkoniyati bor, binobarin 10 kg 
kartoshka talab hajmini tashkil etadi.
TALAB HAJMINING O'ZGARISHI - tovarlar narxining o'zgarishi
natijasida xarid qilinayotgan tovarlar miqdorining o'zgarishi. 
Masalan, guruch narxining pasayishi unga bo'lgan talab hajmini 
oshiradi va aksincha. Talabga ta’sir etuvchi g'ayrinarxiy omillar
398


- talabga narxdan bo'lak tasir etuvchi omillardir. Bular: 1. 
Iste’molchilar didlarining o'zgarishi. Masalan, jismoniy sog'lom 
bo'lish keng yoyilsa, bunda sport anjomlariga talab oshadi. 2. 
Sotib oluvchilar sonining o'zgarishi. Masalan, aholining kamayishi 
xaridorlaming kamayishiga olib keladi, buning natijasida tovar va 
xizmatlarga bo'lgan talab kamayadi. 3. Daromadlarning o'zgarishi, 
daromadlarning o'sishi insonlarning mahsulot sotib olish 
imkoniyatlarini oshiradi, bu esa talabning o'sishiga olib keladi va 
aksincha. 4. Bir-biriga bog'liq tovarlar baholarining o'zgarishi. 5. 
Iste’molchilarning kutishidagi o'zgarishlar. Masalan, biron davlatda 
iqtisodiyot keyingi yilda tanazzulga yuz tutishi kutilmoqda, bu esa 
inflyatsiyaning o'sishi demakdir. Buning natijasida insonlarning 
ko'chmas mulk, uzoq muddat ishlatiladigan uy-ro'zg'or anjomlariga 
bo'lgan joriy talabi oshadi.
TALAB INFLYATSIYASI - iqtisodiyotda talabning keskin oshib ketishi va uni
ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirilishi mumkin emasligi 
sababli talabning taklifga nisbatan ortiqligi natijasida narxlarning 
ko'tarilishi. Talab inflyatsiyasining asosiy sababi aholining ish 
bilan to'liq bandligi, ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Talab 
inflyatsiyasi ayrim hollarda quyidagi ibora bilan tushuntiriladi: 
“juda ko'p pullar juda oz miqdordagi tovarlarni ovlaydi”.
TALAB KO'RSATKICHLARI - talabni miqdor va sifat jihatidan ifoda
etadigan belgilar, vositalar.
TALAB M IQDORI - iste’molchi muayyan vaqtda, muayyan joyda va muayyan
narx bo'yicha sotib olishni xohlaydigan va sotib olishi mumkin 
bo'lgan tovar va xizmatlar miqdori.
TALAB QAYISHQOQLIGI - talabning unga ta’sir etuvchi omilning
o'zgarishi natijasida o'zgarish qobiliyati bo'lib, qayishqoqlik 
koeffitsientida o'z aksini topadi.
TALAB QONUNI - mahsulot narxi bilan sotib olinayotgan tovar miqdori
o'rtasida bo'ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog'liqlikning 
mavjudligi. Talab qonuni orqali talabni tovarlar va xizmatlarga 
bo'lgan ehtiyojlari aniqlanadi. Baho bilan talab o'rtasida 
teskari bog'liqlik mavjud ekanini ifodalaydi. Tovarlarning va 
ko'rsatilayotgan xizmatlarning baholari bilan talab hajmi o'rtasida 
bog'liqlikbo'ladi. Ana shu bog'liqlikka talab qonuni deyiladi. Uning 
asosida nima yotishini tushunish uchun quyidagilarga e’tibor berish 
zarur: insonga mahsulotning keyingi birliklari borgan sari kamroq 
qoniqishberadi, xaridor qo'shimcha mahsulotlarningbahosipasayib 
borishi sharoitida sotib oladi. Yuqoriroq darajada talab qonunini

399 
.....


daromad va o'rnini bosish samarasi bilan tushuntirish mumkin. 
Daromad samarasi mahsulot bahosi pasayishi xaridorni sotib olish 
qobiliyatini oshiradi va buning natijasida u oldingiga nisbatan bu 
tovardan ko'proq tovar sotib oladi. Masalan, mol go'shtiga bahoning 
pasayishi xaridor daromadining sotib olish quwatini to'ldiradi va 
u oldingiga nisbatan ko'p hajmda mol go'shti sotib oladi. O'rnini 
bosish samarasida baho past bo' lgan sharoitda insonda arzon tovarni 
sotib olishga rag'bat paydo bo'ladi, qimmatga nisbatan, masalan, 
mol go'shtiga baho past bo'lganda, xaridorlar qo'y yoki parranda 
go'shti o'rniga mol go'shtini sotib oladi. Daromad samarasi bilan 
o'rnini bosish samarasi birga qo'shiladi. Natijada iste’molchilarda 
mahsulotlarni ko'proq miqdorda qimmat emas, balki arzon 
baholarda sotib olishga layoqat va xohish vujudga keladi. Talabni 
faqat baho aniqlamaydi unga boshqa omillar, xususan, xaridorlar 
didlarining o'zgarishi, bog'liq tovarlar baholarining o'zgarishi, 
iste’molchilaming kutishlaridagi o'zgarishlar va h.k. tasir ko'rsatadi.
TALAB VA TAKLIFNING NARXSIZ DETERMINANT (ANIQLOVCHl)
LARI - muayyan tovar uchun talab va taklifning o'zgarishiga 
sabab bo'luvchi, narxdan tashqari omillar. Talab uchun bunday 
aniqlovchilarga, masalan, moda, mavsum yoki iste’molchilar 
daromadlarining o'rtacha ko'rsatkichi kiradi, taklif uchun esa -
umumiy xarajatlar.
TALABALARNI KASBGA YO'NALTIRISH - talaba-yoshlarga kelajakda
o'z kasblarini aniqlab olish uchun yordam ko'rsatishga qaratilgan 
ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab 
chiqarish texnik tadbirlarning asoslangan tizimi.
TALABNI BAHOLASH - umuman yoki aniq tovar bo'yicha talab hajmi,
darajasi, o'zgarishini uning ko'rsatkichlari yordamida aks ettirish, 
taqqoslash va xulosa qilish jarayoni.
TALABNING O'ZGARISHI - g'ayrinarxiy omillar natijasida so'ralayotgan
tovarlar miqdorining o'zgarishi. Masalan, faraz qilamizki, 
iste’molchilar didlarining o'zgarishi natijasida jismoniy sog'lom 
bo'lish keng yoyiladi, unda sport anjomlariga talab oshadi.
TALABNI PROGNOZ QILISH - talabning kelgusida bo'lajak holati va
o'zgarishlarini ilmiy asosda oldindan aniqlash jarayoni.
TALABNI TAHLIL QILISH - umumiy talabni tarkibiy qismlarga,
elementlarga bo'lib, ulardan qiziqtirganlarini ajratib olib6 o'rganish 
jarayoni.
TALABNING DARAJASI - talab hajmining biror ko'rsatkich, belgi, mo'ljalga
nisbatan qiyosiy ifodasi.
400


TALAB NING HAJMI - ma’lum tovarga bo'Igan talabning natural birlik yoki
so'mda ifodalangan umumiy miqdori.
TALABNING 
NARX BO'YICHA 
O'ZGARUVCHANLIGI 
-
narx
o'zgarganda, sotish hajmi qanchaga o'zgarganligini ko'rsatadi.
TALABNING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI - talabning zaruriy
obyektiv o'zgarishlarini aks ettiruvchi jarayonlar.
TALABNING STRUKTURASI - umumiy talabni tashkil etuvchi elementlar
va ularning hissalari.
TALABNING TARKIBI - umumiy talabni tashkil etuvchi elementlar ro'yxati.
TAMOYIL - belgilangan qoida, u bilan har qanday faoliyatda, shu jumladan
boshqaruv faoliyatida ham foydalanish mumkin.
TANLANMA - o'rganilayotgan to'plamdan saylab olingan birliklar majmuasidir,
ularning har biri ushbu to'plamning tarkibiy elementi.
TANNARX - korxonalar mahsulot tayyorlashga qiladigan sarflarning pul shaklida
ifodalanishi. Mahsulot tannarxini hisoblash iqtisodiyotning har 
bir tarmog'ida o'z xususiyatiga ega. Shuning uchun ham amalda 
mahsulot birligi tannarxi, yuk tashish tannarxi, qurilish-montaj 
ishlari tannarxi kabi tarmoq hisob-kitob usullari qo'llaniladi. 
Birlik tannarxi qilingan sarf-xarajatlarni tayyorlangan mahsulot 
yoki bajarilgan ishlarning miqdoriga bo'lish orqali hisoblanadi. 
Sanoatda tovar mahsuloti tannarxi qo'llanilib, o'z navbatida 3 ta 
turga - sex, korxona va to'la yoki tijorat tannarxiga bo'linadi. Sex 
tannarxi shu sex doirasida, korxona tannarxi korxona doirasidagi 
tovar ishlab chiqarish xarajatlarini o'z ichiga oladi. To'la tannarx esa 
barcha ishlab chiqarish xarajatlaridan tashqari, tovarni iste’molchiga 
yetkazib berish bilan bog'liq bo'Igan xarajatlarni o'z ichiga oladi. 
Mahsulot tannarxiga quyidagilar kiradi: a) xomashyo va materialiar; 
b) yoqilg'i va moylash materiallari; d) elektr energiya xarajatlari; 
e) amortizatsiya ajratmasi; f) ish haqi; g) ijtimoiy sug'urta 
ajratmalari; h) umumiy ishlab chiqarish xarajatlari; i) umumiy 
xo'jalik xarajatlari. Bozor iqtisodiyotiga o'tilishi munosabati bilan 
“Korxonalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to'g'risida’ gi 
O'zbekiston Respublikasi qonuniga binoan tibbiyot sug'urtasiga 
to'lov, majburiy sug'urta to'lovi, qisqa muddatli bank kreditiga 
foiz ajratmasi to'lovlari joriy etilishi tannarx tarkibiga qo'shimcha 
xarajatlar kiritdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot ishlab 
chiqarish va sotish tannarx miqdoriga bog'liqdir. Zero, ishlab 
chiqarish uchun eng asosiy masala shuki, yuqori foyda olish va 
raqobatda yutish tannarxini qanchalik kamaytira olishga bog'liq 
bo'ladi.


Yüklə 22,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə