Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 22,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/33
tarix25.09.2023
ölçüsü22,32 Mb.
#123882
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

тьмная**—

330 




Pulni, taklifni kamaytirish uchun ochiq bozorda davlat qimmatli 
qog'ozlari sotiladi, banklarning rezerv me’yori va hisob stavkasining 
kotarilishiga, pirovard natijada investitsiyalarning kamayishiga 
inflyatsiyani cheklashga imkon beradi.
QIMMATBAHO (QIMMATLI) Q O G 'O ZLAR - egalariga daromad
keltiradigan hamda turli aktivlarga (sertifikat, aksiya, obligatsiya va 
boshqa) bo'Igan huquqni tasdiqlovchi hujjat. Qimmatbaho qog'oz 
aniq, real kapitalni qog'ozda ifodalaydi. Qimmatbaho qog'ozlarning 
quyidagi turlari mavjud: veksel, chek, aksiya, obligatsiya, sertifikat, 
turli muassasa, tashkilot va idoralarning (bank, xayriya va 
ishonch fondlari) qonunda ko'zda tutilgan hollarda mablag' bilan 
ta’minlaydigan ishonch qog'ozlari.
QIMMATBAHO TOVARLAR - yuksak qiymatli tovarlar. Bu tovarlar asosan
ishlab chiqarish yoki iste’mol maqsadida ishlatilmaydi, ammo 
ulardan qiymatni uzoq vaqt saqlash vosita sifatida foydalaniladi, 
chunki ularning qiymati narxlarning umumiy darajasiga nisbatan 
kamaymasligi mumkin.
QIMMATLI QO'G'OZLARNING IKKILAMCHI BOZORI - dastlabki
kreditor va zayomchilar bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi qimmatli 
qo'g'ozlar muomalasi; ikkilamchi savdo banklar va maxsus firmalar 
tomonidan qo'llab-quwatlanadi.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR BOZORI - daromad keltiruvchi qimmatbaho
qog'ozlar - aksiya, obligatsiya, veksel, chekva h.koldi-sotdi qilishdir. 
Qimmatbaho qog'ozlar bozori amalda fond birjalari, auksionlar va 
banklardan iborat bo'ladi. Qimmatbaho qog'ozlar savdosida makler- 
brokerlar vositachilik qiladilar. Qimmatbaho qog'ozlar bozori milliy 
va jahon bozoridan iborat. Nyu-York fond birjasi amalda xalqaro 
qimmatli qog'ozlar bozoridan iborat. O'zbekistonda ham qimmatli 
qog'ozlar bozori shakllanib bormoqda.
QIMMATLI Q O G 'O ZLA R BOZORI ISHTIROKCHILARI - qimmatli
qog'ozlarning 
emitentlari, 
qimmatli 
qog'ozlarning 
egalari, 
investorlar, 
qimmatli 
qog'ozlar 
bozorining 
professional 
ishtirokchilari, shuningdek, bir j alar va qimmatli qog'ozlar markaziy 
depozitariysi.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR BOZORI PROFESSIONAL ISHTIROKCHI-
SINING MIJOZI (MIJOZ) - deponent yoki qimmatli qog'ozlar 
bozori professional ishtirokchisining xizmatlaridan foydalanuvchi 
boshqa shaxs.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR BOZORIDA PROFESSIONAL FAOLIYAT -
qimmatli qog'ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi


bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatish bo'yicha litsenziyalanadigan 
faoliyat turi.
QIMMATLI 
Q O G 'O ZLA R
BOZORINING 
PROFESSIONAL
ISHTIROKCHISI - qimmatli qog'ozlar bozorida professional 
faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR DAVLAT OBLIGATSIYALARI - moliya
vazirligi tomonidan ma’lum bir muddatga chiqariladi va belgilangan 
marja to'lash sharti bilan qaytib sotib olinadi.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR EGALARINING REESTRI - ro'yxatdan
o'tkazilgan qimmatli qog'ozlar egalarining belgilangan sanadagi 
holatga ko'ra shakllantirilgan, ularga qarashli egasining nomi 
yozilgan qimmatli qog'ozlar emitentining nomi, ushbu qimmatli 
qog'ozlarning soni, nominal qiymati, turi va xili, shuningdek, 
reestrda ro'yxatdan o'tkazilgan shaxslarga axborot yuborish 
imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko'rsatilgan ro'yxati.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR EGASI - qimmatli qog'ozlar o'ziga mulk
huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo' lgan yuridik 
yoki jismoniy shaxs.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR EMISSIYASI - emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni
chiqarish va joylashtirish.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR HOSILALARI - foydasi yoki zarari bir
necha bozor ko'rsatkichlari, ya’ni bozor indekslari bilan bog'liqdir.
QIMMATLI QO G 'O ZLAR KOMISSIYASI - qimmatli qog'ozlar mijozdan
o'z mablag'lari hisobiga sotib olish yoki o'z portfelidan qimmatli 
qog'ozlarni sotishdir.
QIMMATLI QO G 'O ZLAR MARKAZIY DEPOZITARIYSI -
depo
hisob-varaqlari bo'yicha 
emissiyaviy 
qimmatli 
qog'ozlarni 
saqlashning, bunday qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlami 
hisobga olishning va emissiyaviy qimmatli qog'ozlar harakatining 
yagona tizimini ta’minlovchi davlat depozitariysi.
QIMMATLI 
QOG'OZLARGA 
D O IR
BITIMLAR 
-
qimmatli
qog'ozlarning oldi-sotdisi, hadyasi, merosi, ustav fondiga kiritilishi 
va qimmatli qog'ozlar egasining almashuviga olib keladigan boshqa 
harakatlar, shuningdek, qimmatli qog'ozlar garovi.
QIMMATLI QOG'OZLARGA D O IR FYUCHERS qimmatli qog'oz
bo'lib, u o'zida nazarda tutilgan muddatda qimmatli qog'ozlarning 
muayyan sonini qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish 
majburiyatini tasdiqdaydi.


QIMMATLI QOG'OZLARNI CHIQARISH - yuridik shaxsning fuqarolik
huquqlarining obyekti sifatida qimmatli qog'ozlar paydo bo'lishiga 
qaratilgan harakadari.
QIMMATLI QOG'OZLARNI JOYLASHTIRISH - qimmatli qog'ozlarni
ularning dastlabki egalariga berish.
QIMMATLI 
QOG'OZLARNI 
KELTIRIB 
CHIQARUVCHILAR 
-
qimmatli qog'ozlarni keltirib chiqaruvchilar sifatida asos deb 
aytiladigan ba’zi real yoki moliyaviy aktivlar bo'yicha tuziladigan 
kelishuvlar, huquqlar va majburiyatlar qabul qilingan.
QIMMATLI QOG'OZLARNI NOMINAL SAQLOVCHI - qimmatli
qog'ozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning topshirig'iga ko'ra 
qimmatli qog'ozlarni hisobga olishni va ularga bo'Igan huquqlarni 
tasdiqlashni qimmatli qog'ozlarning egasi bo'lmagan holda amalga 
oshiruvchi investitsiya vositachisi, qimmatli qog'ozlar markaziy 
depozitariysi.
QIMMATLI QOG'OZLARNING EMISSIYA RISOLASI - emitent va u
chiqaradigan qimmatli qog'ozlar to'g'risidagi ma’lumotlarni, 
shuningdek, investorning qimmatli qog'ozlar olish to'g'risidagi 
qaroriga ta’sir ko'rsatishi mumkin bo'Igan boshqa axborotni aks 
etgiruvchi hujjat.
QIMMATLI QOG'OZLARNING HOSILALARI - o'z egalarining boshqa
qimmatli qog'ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini 
tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning opsionlari, 
qimmatli qog'ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar 
tarzida chiqariladigan qimmatli qog'ozlar.
QIMMATLI QOG'OZLARNING MUOMALASI - qimmatli qog'ozlarni
sotib olish va sotish, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan, qimmatli qog'ozlarning egasi almashuviga olib keladigan 
boshqa harakatlar.
QISHLOQ. 
IJTIMOIY 
INFRATUZILMASI 
-
odamlar 
turmush
faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar.
QISHLOQ. QURILISH BANK AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI -
qishloq qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini 
sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy 
infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli 
imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida hamda 
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturiga muvofiq 
2009-yil 30 martda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish
a

333



to'g'risida’ gi qaroriga muvofiq “G'alla-bank” aksiyadorlik tijorat 
banki negizida tashkil etilgan. “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik 
tijorat bankining ustav kapitali 150 milliard so'm miqdorida 
shakllantirilgan.
QISHLOQ. QURILISH INVEST - IXTISOSLASHTIRILGAN SHO BA
INJINIRINGKOMPANIYASI-“Qishloqtaraqqiyotivafarovonligi 
yili” Davlat dasturini ijro etish hamda aholipunktlariningbosh rejalar 
va arxitekturaviy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga muvofiq 
tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joy 
qurilishi ko'lamini kengaytirish asosida qishloq aholisining turar- 
joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida 2009-yil 3 avgustdagi 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy-joy 
qurilishi ko'lamini kengaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar 
to'g'risida’ gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
QISHLOQ, XO'JALIGI ISHLAB CHIQARISH TARMOQLARI - qishloq
xo'jaligi uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi va 
uning moddiy texnika ta’minoti hamda xizmat ko'rsatish tarmoqlari.
QISHLOQ, XO'JALIK KOOPERATIVI (SHIRKAT XO'JALIGI) - tovar
qishloqxo'jalikmahsulotiyetishtirishuchunpayusulgavaasosanoila 
(jamoa) pudratiga, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga, 
boshqarishning umumiyligiga, yuridik shaxs huquqiga asoslangan 
mustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt.
QISHLOQ, XO'JALIK TOVAR ISHLAB CHIQARUVCHILARNING
YAGONA YER SOLIG'I - yagona yer solig'ini to'lovchilar bo'lib, 
qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkatlar), fermer xo'jaliklari, 
agrofirmalar, boshqa qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab 
chiqaruvchilar hisoblanadi. Bu korxonalar o'z xohishlari bo'yicha 
budjetga, yoki yagona yer solig'i to'lovchilar, yoki qishloq xo'jalik 
korxonalari uchun belgilangan yagona soliq to'lovchilari bo'lishi 
mumkin.
QISMAN KONVERTIRLANGAN VALYUTA - faqat ma’lum to'lov
muomalasi uchun ishlatiladigan va boshqa valyutaga cheklangan 
tarzda almashadigan valyuta.
QISMAN TA’MINLANGAN KREDITLAR - “yaxshi ta’minlanmagan
kreditlar” mezoniga muvofiq kelmaydigan ta’minotga ega kreditdir.
QISQA MUDDATGA XIZMAT QILADIGAN TOVARLAR -
bir
zumda yoki juda qisqa vaqt ichida iste’mol qilinadigan tovarlar.
QISQA MUDDATLI IJARA - ijaraga beruvchi ijarachiga haq evaziga mol-


mulkni 12 oydan kam muddatga egalik qilish va foydalanish yoki 
foydalanish huquqini beradigan kelishuv.
QISQA MUDDATLI KREDITLAR - qaytarish muddati bir yildan
oshmaydigan qarzlar.
QISQA MUDDATLI LIKVIDLILIK - bankning so'ngdirish muddati
30 kundan 1 yilgacha bo'Igan aktivlar bilan 30 kundan 1 yilgacha 
qabul qilingan depozitlar va resurslarga nisbati tushuniladi.
QIYMAT - tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnat. Qiymatga asoslanib, tovarlar
o'lchovdosh hisoblanadi va bir-biriga ayirboshlanadi. Bozorda, 
awalo, ikki inson - sotuvchi va xaridor munosabatga kirganlari 
uchun tovarlar sotiladi va sotib olinadi. Shuning uchun tovar 
o'zida insonlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni gavdalantiradi. 
Qiymat tovarning xossasi hisoblanadi.
QIYMAT QO'SHADIGAN XIZMATLAR - korxonani uning bozordagi
raqiblaridan ajratib turadigan va ushbu korxonani mijozlari bilan 
bo'Igan munosabatlarini yaxshilashga yo'naltirilgan xizmatlardir.
QIYMATNI LOYIHALASHTIRISH - mahsulot va jarayonlarning tannarxini
kamaytirgan holda yaxshilangan faoliyat yurutish bilan ta’minlash 
hisobiga soddalashtirishga mo'ljallangan jarayondir.
QIYMAT QONUNI - tovar ishlab chiqarish sharoitida ishlab chiqaruvchilar
o'rtasidagi 
aloqalarni, 
ijtimoiy 
mehnatni 
taqsimlash 
va 
rag'batlantirishni tartibga soluvchi obyektiv iqtisodiy qonundir. 
Unga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati 
asosida amalga oshiriladi. Bu qiymatning miqdori ijtimoiy-zaruriy 
mehnat sarflari bilan o'lchanadi. Ijtimoiy degan ibora, awalo, shuni 
bildiradiki tovar qiymatining miqdori yoki bu ishlab chiqarishning 
o'ziga alohida qilgan mehnat sarflari bilan emas, balki ijtimoiy- 
zaruriy mehnat sarflari (IZMS) bilan o'lchanadi. IZMS ishlab 
chiqarishning mavjud ijtimoiy normal sharoitida va shu jamiyatda 
mehnat mahoratining va intensivligining o'rtacha darajada, biroq 
iste’mol qiymatini ishlab, tayyorlash uchun talab qilinadigan ish 
vaqti mehnati sarflaridir. Qiymat qonuni bozor iqtisodiyotiga xos 
bo'Igan asosiy iqtisodiy qonunlardan biridir. Bozor iqtisodiyotining 
eng asosiy talabi shuki, ishlab chiqaruvchi kam mehnat sarflab, ko'p 
va sifatli tovar ishlab chiqargandagina, ya’ni kishilarning talab va 
ehtiyojlarini to'liq qondirgandagina foyda ko’rib ishlashi mumkin, 
aks holda u sinadi. Qiymat qonuni uchta muhim vazifalarni 
bajaradi: l ) ijtimoiy mehnatni hisobga olish va tartibga solish; 2) 
vaqtni tejashni rag'batlantirish; 3) tovar ishlab chiqaruvchilarni 
tabaqalashtirish.
3 3 5
•'WW'SWKKteTbe-—


QIZIQISH - shaxsning u yoki bu narsaga qaratilgan bilish ehtiyojining namoyon
etishi shakli bo'lib, bu narsa ijobiy his-tuyg'u uyg'otishi mumkin 
(musiqaga, texnikaga va h.k.)
Q O 'L OSTIDAGILARGA E’ TIBOR - ishchilarga g amho'rlik qilish, ularni
samarali mehnat qilishga undash, ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish 
kabi boshqaruvning asosiy vazifalaridan biridir. Boshqaruvchini 
ishchilarga nisbatan “ochiq eshiklar” siyosatini olib borishi korxona 
yuksalishining garovidir.
QO'SHILGAN QIYMAT - birlik tomonidan yangitdan yaratilgan qiymatdir. U
iqtisodiy ishlab chiqarishning o'lchovidir. Uni ikki xil usulda - yalpi 
yoki sof usulda hisoblash mumkin. Yalpi mahsulot tarkibida asosiy 
kapitalning qiymati o'tirgan bo'lsa hisoblangan qo'shilgan qiymat 
yalpi qo'shilgan qiymat deyiladi. Yalpi mahsulot tarkibida asosiy 
kapitalning qiymati o'tirmagan bo'lsa, hisoblangan qo'shilgan 
qiymat - sof qo'shilgan qiymat deyiladi. Sof qo'shilgan qiymat 
iqtisodiy ishlab chiqarishning aniq o'lchovidir.
QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'I - ishlab chiqarish va muomala jarayon-
larining barcha bosqichlarida yaratilgan qo'shilgan qiymat bir 
qismining budjetga olish shakli. Egri (bilvosita) soliqlarning 
tarkibiga kiradi. Mahsulot (ish, xizmat)larni realizatsiya va 
import qilish oboroti qo'shilgan qiymat solig'i solinadigan obyekt 
hisoblanadi. Realizatsiya bo'yicha soliq solinadigan oborot 
realizatsiya qilinadigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) qiymati 
asosida, qo'llaniladigan narxlar va tariflarni inobatga olgan holda, 
aksiz solig'ini hisobga olib, ularga qo'shilgan qiymat solig'ini 
kiritmasdan belgilanadi. Bu soliqni to'lovchilar qatoriga mulkchilik 
shakli va kimga tegishli ekanligidan qat’iy nazar ishlab chiqarish 
va tijoriy faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar (xorijiy 
investitsiyali korxonalar ham) kiradi.
QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'I (QQS) USTIGA QO'SHILADIGAN
SO LIQ .- ishlab chiqaruvchi o'z savdosidan to'lashi shart bo'lgan 
soliq. Bu soliq schyot-fakturada alohida ko'rsatiladi va uni ishlab 
chiqaruvchi sotib oluvchiga beradi.
QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'IDAN IMTIYOZLAR - korxonaning
iste’molchilarga tovar ortganda, ish bajarganda, xizmat sotganda 
QQSnihisoblamaslikhamdabudjetga soliq to'lamaslikni ifodalaydi.
QO'SHIM CHA ISH HAQI - ishchi va xizmatchilarning ishlamagan vaqti
uchun amaldagi qonun-qoidalarga muvofiq to'lanadigan haq. 
Masalan, mehnat ta’tili uchun, yoshi 18 ga yetmagan o'smirlarning 
ishlamagan soati uchun, davlat, jamoa ishlari bilan band bo'lgani 
uchun to‘lanadigan haq va boshqalar.
336


SHIMCHA MAHSULOT - ishchi va xizmatchilaming qo'shimcha ish
vaqtida yaratilgan va ishchi kuchini me’yoriy holda saqlash va qayta 
tiklash uchun zarur bo'Igan mahsulotning ortiqcha qismiga aytiladi. 
Qo'shimcha mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarf etilgan vaqt 
A
qo'shimcha ish vaqti, mehnat esa qo'shimcha sarf etilgan mehnat deb 
ataladi. Qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarish tarixiytaraqqiyotning 
asosi bo'lib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning va jamiyat 
a’zolarini ijtimoiy himoyalashning asosiy manbai hisoblanadi. Turli 
mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarishning maqsadi nafaqat 
zaruriy mahsulotni, balki qo'shimcha mahsulotni ishlab chiqarish 
hisoblanadi. Chunki u ishlab chiqarish samaradorligini ifodalaydi. 
Qo'shimcha mahsulotning miqdori yangi ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdoriga va uni zaruriy qo'shimcha mahsulotlarga 
bo'linish nisbatiga bog'liq. Mehnat unumdorligining o'sishi bu 
nisbatning o'zgarib borishiga, ishchining yashash darajasiga salbiy 
ta’sir etmagan holda amalga oshadi.
SHIMCHA MAS’ULIYATI В О 'LG AN UYUSHMA - uyushma;
hamkorlar javobgarligi pay (badal) miqdori bilan cheklanmagan, 
xususiy mulkni qisman xolida yoki to'laligicha yoritadigan yopiq 
aksioner jamiyat.
SHIMCHA QIYMAT SHAKLLANISH VAQTI - mos mahsulot ustida
olib borilgan foydali ish bajarilishining taktik vaqti.
SHIMCHA XARAJAT- qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf
qilingan xarajatlardir.
SHMA KAPITAL - tezda jalb etilgan resurslar bo'lib, u asosan aksiyalarni
sotish, pay va kirish badallarini to'plash, korxonalarni birlashtirish 
natijasida aktivlarning ko'payishi evaziga shakllanadi.
SHMA KORXONALAR - aralash mulkka asoslangan va har xil
mamlakatlardan ta’sis etuvchilar kelishuviga binoan shartnoma 
asosida tashkil etilgan korxona. O'zbekiston tarafidan davlat 
korxonalari va tashkilotlari, jamoa korxonalari, aksionerlik 
jamiyatlari, ijtimoiy tashkilotlar, istiqbolda esa ayrim fuqarolar 
ham bo'lishi mumkin. Qo'shma korxonalarni tashkil etishdan 
O'zbekistonlik ishtirokchilarning manfaatlari quyidagicha: ustav 
fondidagi ulushiga binoan foyda olish va u mustaqil ravishda 
korxona fondlariga yo'naltirilishi mumkin; progressiv texnika va 
texnologiyaga, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning 
yangi shakllaridan foydalanishga imkon beradi, marketingni 
yaxshilash, reklama va mahsulotni sotish imkoniyatlarining 
kengayishi; ichki bozorni tovarlar bilan to'ldirish; chet ellik 
ishtirokchining manfaatlari uchun arzon ish kuchi mavjudligi;

117 
---


kapitalni samaraliroq ishlatish, sotish bozorining sezilarli darajada 
kengligi. Qo'shma korxonani barpo qilishda va uning faoliyatini 
ta’minlashda O'zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari 
to'g'risida” O'zbekiston Respublikasidagi korxonalar to'g'risida”, 
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar 
to'g’risida’ gi va ularga tegishli normativhujjatlar asos bo'lib xizmat 
qiladi.
QOBILIYAT - xodimda o'ziga yuklangan vazifalami baj arish uchun kasb malakasi
mavjudligi, yetarli darajadagi jismoniy kuch-quwat va chidamlilik, 
uquvlilik; umumiy madaniyat borligi va shu kabilardir.
QOLDIQ, (BALANS) QIYMAT - nomoddiy aktiv moliyaviy hisobot
(buxgalteriya balansi)da aks ettiriladigan, boshlang'ich (tiklash) 
qiymati va jamlangan amortizatsiya summasi o'rtasidagi farq sifatida 
aniqlanadigan miqdor;
QONDIRILGAN EHTIYOJ - ma’lum paytda ehtiyojning narsalar bilan
qondirilgan, haqiqatan ta’minlangan qismi.
QONDIRILGAN TALAB - ma’ lum davrda tovarlar sotib olish uchun
mo'ljallangan mablag'ni sarf qilib, kerakli tovarlarning sotib olinishi.
QONDIRILMAGAN TALAB - iste’molchi talab-istaklariga mos keladigan
tovar tanlab olish imkoniyatibo'lmasligi tufayli olishga mo'ljallangan 
mablag'ning sarf bo'lmay qolishi.
QONUN - l ) obyektiv borliqda turli hodisalar o'rtasida, kishi ongidan va
ixtiyoridan tashqarida doimiy bo'lgan zaruriy ichki, muhim, 
takrorlanadigan bog'lanish, munosabat; 2) davlat hokimiyati 
tomonidan qabul qilingan, hamma uchun majburiy bo'lgan ijtimoiy- 
huquqiy norma va munosabatlarni belgilovchi rasmiy qoida; 3) 
bajarilishi shart, majburiy bo'lgan, norma, qoida tusiga kirgan talab, 
topshiriq va shu kabilar.
QPNUNIYATLAR - barqaror, mustahkam, ko'p marta takrorlanadigan hodisalar
va jarayonlarbo'lib, ulargaxos ichki, muhim zaruriy, sabab-oqibatlar, 
doimiy, umumiy, o'zaro sifat va miqdor aloqalarini ifodalaydi.
QOPLASHNING ICHKI KOEFFITSIYENTI - kapital qo'yilmaning sof
keltirgan qiymati nolga teng bo'lgan holatidagi foiz darajasi 
(diskonti). Ushbu koeffitsiyent izlanish vaxatolar usulida aniqlanadi, 
uning taxminiy miqdori statistika jadvali ko'rinishida keltirilishi 
mumkin.
QOPLASHNING ICHKI KOEFFITSIYENTI - kapital qo'yilmaning sof
keltirgan qiymati nolga teng bo'lgan holatidagi foiz darajasi 
(diskonti). Ushbu koeffitsiyent izlanish va xatolar usulida aniqlanadi, 
uning taxminiy miqdori statistika jadvali ko'rinishida keltirilishi 
mumkin.
338


QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING BUDJETI -
Davlat
budjetining Qoraqalpog'iston Respublikasi pul mablag'lari fondini 
tashkil etuvchi bir qismi bo'lib, budjetda daromadlar manbalari va 
ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida 
aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va 
miqdori nazarda tutiladi.
QQS 
TO'LOVCHILARI 
-
O'zbekiston 
Respublikasi 
hududida
tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar tovarlar 
importi bo'yicha yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Q U W ATLAN GAN TOVAR - real, aniq tovarni ishlatish uchun zarur bo'ladigan
boshqa tovarlar, ehtiyot qismlar, xizmatlar bilan birgalikdagi 
ko'rinishi.
QUW ATLANTIRUVCHI MARKETING - talabning pasayishini to'xtatish
maqsadida qo'llash vaziyatlarini saqlab qolish uchun tegishli 
choralami amalga oshirish.
QAT’IY VA YAKUNIY SHARTNOMAVTY NARX - bunda qurilishning
butun muddatiga qabul qilingan shartnomaviy baho o'zgarmaydi. 
Bunday baholar asosan muddati bir yildan oshmaydigan 
qurilish obyektlari uchun tavsiya etiladi. Ushbu narxlar tarkibida 
prognoz o'zgartirishlar kiritishni inobatga oluvchi pudratchi 
tashkilotlarning riski ham hisobga olinadi.
QONUN USTUVORLIGI - ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki,
qonun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qat’iy hukmron 
bo'ladi. Ya’ni hech kim, hech bir davlat organi, mansabdor shaxs, 
tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo'ysunmasligi mumkin 
emas, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan 
tartibga solinadi; uning barcha ishtirokchilari esa, hech bir istisnosiz, 
huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak. 
Huquqiy normalarni tatbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning 
normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi.
QONUNCHILIK - l) davlat tomonidan o'z funksiyalarini amalga oshirishning
asosiy usullaridan biri bo'lib, davlat hukumati organlari tomonidan 
qonunlar chiqarishda ifodalanadi; 2) ijtimoiy munosabatlarni 
to'la tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisi yoki ijtimoiy 
munosabatlarning bir ko'rinishi.
QONUNCHILIK PALATASI - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
quyi palatasi. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo'yicha 
ko'ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz ellikta deputatdan 
iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining 
professional, doimiy faoliyat ko'rsatishiga asoslanadi.


RAG'BATLANTIRISH - tashkilot oldida turgan masalani yechishda kishining
urinishi, harakati, matonati va halolligiga maqsadli yondashish.
RAG'BATLANTIRUVCHI MARKETING - iste’molchilarning e’tiboridan
qolgan tovarlarga talabni faollashtirish.
RAHBARLAR- jamoaga boshchilik qiluvchi, butun boshqaruv apparati va uning
alohida bo‘g‘inlari ishini yo'naltiruvchi vazifalar va maqsadlarga 
erishish bo'yicha jamoa faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat 
qiluvchi hodimlar. Rahbarlar chiziqli va funksional turlarga 
bo'linadi. Chiziqli rahbarlar - tashkilotning yoki uning alohida 
tashkiliy rasmiylashtirilgan qismi holati va rivojlanishi uchun mas’ul, 
hamjihatlik asosida harakat qiluvchi shaxslar. Funksional rahbarlarga 
- boshqaruv tizimida ma’lum funksional ish qismi uchun mas’ul va 
boshqaruvning aniq funksiyalarini amalga oshiruvchi bo' linmalarga 
boshchilik qiluvchi shaxslar kiradi. Rahbarlar shuningdekb о shqaruv 
darajalari bo'yicha ham tasniflanadi. Masalan, chiziqli rahbarlar 
bo'lib, quyi (sexlar, uchastkalar boshliqlari, masterlar), o'rta 
(korpuslar boshliqlari, korxonalar direktorlari, uyushmalarning 
bosh mutaxassislari) va yuqori (vazirlar, qo'mitalar raislari) 
bo'g'inlar rahbarlari hisoblanadi.
RAHBARNING O'ZIN I O 'Z I BOSHQARISHI - rahbar tomonidan kunlik
amaliyotda ishning sinalgan usullaridan izchil va maqsadga 
qaratilgan holda foydalanilishi, uning o'zini o‘zi rivojlantirishi.
RAMBURSLI KREDIT - akkreditivni akseptli kredit bilan uyg‘unlashuvidir.
RAQOBAT - 1) basma-baslikka bellashuv 2) biror-bir sohada eng yuqori
natijaga erishish borasida olib borilgan kurash; 3) yuqori foyda 
olish maqsadida mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun 
ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi kurash; xo'jalik yurituvchi 
shaxslarning bozorda o'z mahsulotini aynan shunday mahsulotlar 
sotish shartlariga ta’sir qilish maqsadidagi bellashuvi. Raqobat ikki 
ko'rinishda: a) tarmoqlararo; b) tarmoqichidabo'ladi. Tarmoqlararo 
raqobat - turli yo'nalishlarda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning 
kapitalini eng qulay joylashtirish, ko'p foyda olish uchun olib borgan 
kurashi. Tarmoq ichidagi raqobat - bir xil ko'rinishda mahsulot 
ishlab chiqaruvchilarning bozor uchun, mahsulotni foydali, qulay 
sotish uchun olib borgan kurashi. Halol raqobat - bozordagi
340


kurashda qabul qilingan qonun-qoida, hammaga ma’qul usullarga 
asoslanadi. G'irrom raqobat o'z ichiga quyidagi xarakterli belgilarni 
oladi: 1) raqib haqida noto‘g‘ri va noaniq ma’lumotlar tarqatish; 2) 
mahsulotning sifati, ishlab chiqarilgan joyi xususida iste’molchini 
aldash, uni adashtirish; 3) raqibning mahsulot belgisidan, nomidan 
noto'g'ri foydalanish; 4) past sifatli mahsulotlarni reklama qilish; 5) 
raqib mahsulotining sifati to'g'risida asossiz ma’lumot tarqatish va
h.k.
RAQOBAT KO'RINISHLARI - raqobat asosan ikki turga bo'linadi:
a) mukammal; b) mukammal bo'lmagan. Agarda bozorda 
ko'p sonli sotuvchilar bo'lsa, ularning har biri sotadigan 
tovarlarning kichik ulushiga ega bo'lsalar va mahsulotga bahoning 
shakllanishiga ta’sir eta olmasalar, bunday raqobat mukammal 
raqobat hisoblanadi. Raqobatni bozor ishtirokchilari baholar ishlab 
chiqarish texnologiyasi, olishi mumkin bo'Igan foyda miqdori 
kabi axborotlarni olishga bir xil imkoniyatlarga ega bo'ladilar, 
o'z navbatida xaridorlar mahsulot bahosi, uning o'zgarishi 
to'g'risida axborotga ega bo'ladilar va bozorga kirish va chiqishda 
to'siqlar bo'lmaydi. Amaliyotda mukammal raqobat sof holda 
kam uchraydi. Ammo bir qancha tarmoq bozorlarida, masalan, 
qishloq xo'jaligi mahsulotlari bozorida raqobatning ushbu shaklini 
uchratish mumkin. Mukammal bo'lmagan raqobat deganda, sof 
(mukammal) raqobatning biror-bir sharti bajarilmaydigan bozor 
tushuniladi. Amaliyotda ko'pgina bozorlarda mahsulotning ko'p 
qismi cheklangan sonli firmalar tomonidan taklif etiladi. Yirik 
korporatsiyalar o'zlarining mavqelaridan foydalangan holda 
mahsulotni sotish shartlariga, baholarga tasir eta oladilar.
RAQOBAT MUHITI - aktivlar taklifining rangbarangligi bilan ifodalanadi.
Masalan: bozorda mahsulotni sotuvchilar yagona emas, ular 2 va 
undan ortiq;
RAQOBAT USTUNLIGI - kapital va aktivlar mukammal tuzilishi, muomala
xarajatlarining past darajasi, boshqarishni yaxshi tashkil etish 
hisobiga bozorning boshqa ishtirokchilaridan ustunlik.
RAQOBATBARDOSHLIK - o'z faoliyatini bozor munosabatlari sharoitida
amalga oshirish va bunda ishlab chiqarishni ilmiy-texnik jihatdan 
takomillashtirish, xodimlarni rag'batlantirish va mahsulot sifatining 
yuqori bo'lishini ta’minlashga yetarli bo'Igan foyda olish.
RAQOBATCHILIK 
MUHITI 
DIAGNOSTIKASI 
-
marketing
tadqiqotining raqobatchilar xatti-harakatlarining ichki motivlari 
haqida to'liq va aniq tasawurni shakllantirish uchun zarur bo'Igan


o'ziga xos mustaqil bosqichi.
RAQOBATGA QARSHI AMALIYOT -
monopoliyalaming bozorda
xukmronlik qilish yo'li bilan boshqa ishlab chiqaruvchilarning 
unga kirishini chegaralovchi, narx-navoga o'zi baho va tijoratchilik 
faoliyatining boshqa shartlarini cheklaydigan raqobatchilik kurashi 
normalarini buzish.
RASMIY ZAXIRALAR - Markaziy bank ixtiyoridagi xorijiy valyutalar.
RATSIONAL EHTIYOJ - ehtiyojning ilmiy nuqtai nazardan kishi hayoti va
faoliyatini to'la qanoatlantiradigan turlari va darajasi.
RATSIONAL KUTISH NAZARIYASI - gipoteza, unga muvofiq uy xo'jaligi
va firmalar, davlatning pul-kredit va budjet sohasidagi siyosati 
iqtisodiyotga tasir etadi deb kutadilar va o'zining foydasidan kelib 
chiqqan holda ushbu siyosatni samarasiz qiladigan choralarni 
ko'radilar.
RATSIONALLASHTIRISH - ishlab chiqarish jarayonini ixchamlashtiradigan,
mukamallashtiradigan va arzonlashtiradigan tadbirlar yig'indisi.
REAL AKTIV BOZORI - moddiy resurslarning oldi-sotdi mexanizmi.
REAL ALMASHINUV KURSI - ikkala mamlakatdagi baholar darajasining
o'zaro nisbatini hisobga oluvchi almashinuvkursi. Solishtirilayotgan 
mamlakatlardagi nominal almashinuv kursini baholar indekslarining 
o'zaro nisbatiga ko'paytirish yo'li bilan topiladi.
REAL ALMASHINUV KURSI - ikkala mamlakatdagi baholar darajasining
o'zaro nisbatini hisobga oluvchi almashinuvkursi. Solishtirilayotgan 
mamlakatlardagi nominal almashinuv kursini baholar indekslarining 
o'zaro nisbatiga ko'paytirish yo'li bilan topiladi.
REAL DAROMAD - nominal (pul) daromadi miqdoriga sotib olish mumkin
bo'Igan tovar va xizmatlar miqdori. Agarda nominal daromad 
narxlarganisbatantezsur atlardao'ssa,undarealdaromado'sibboradi 
va aksincha. Real daromadning o'zgarishini quyidagicha ifodalash 
mumkin: real daromadning o'zgarishi nominal daromadning va 
narx darajasining o'zgarishiga bog'liq. Agarda nominal daromad bir 
yilda 10% oshsa, baholar darajasi 8% ko'tarilgan bo'lsa, unda real 
daromad 2% o'zgargan (oshgan) bo'ladi.
REAL FOIZ STAVKASI - inflyatsiyadan tozalangan foiz stavkasi. Nominal,
real foiz stavkalari va narx o'sishi (inflyatsiya) o'rtasidagi miqdoriy 
bog'liqlikni quyidagicha yozish mumkin:
REAL INVESTITSIYA - ishlab chiqarishni kengaytirishga noishlab chiqarishni
rivojlantirishga qilingan investitsiyalar.
REAL INVESTITSIYALAR (KAPITAL QO'YILM ALAR) - pul mablag'larini
3
4
2


korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
REAL ISH HAQI - pul shakldagi ish haqini, sotib olish qobiliyati, nominal ish
haqiga sotib olish mumkin bo'lgan tovar va xizmatlar miqdori. 
Real ish haqi ish haqining haqiqiy darajasini ko'rsatuvchi iqtisodiy 
ko'rsatkich hisoblanadi. Real ish haqiga soliqlar miqdori, tovar va 
xizmatlarga baho, inflyatsiya va boshqa shunga o'xshash omillar 
ta sir ko'rsatadi.
REAL SOLIQ,- to'g'ri soliq bo'lib, soliq to'lovchining ayrim mulklarini soliqqa
tortish orqali undiriladi.
REALYAIM-qiyosiybaholarda aks ettirilganYaIM.Ujoriybaholarda hisoblangan
nominal YalMni deflyatorga bo'lib topiladi.
REALIZATSIYA - sotish, pullash, tarqatish, amalga oshirish, foyda olish, foizli
qog'ozlar veksel va boshqa qimmatli narsalarni pulga aylantirish.
REALIZATSIYA QILISH - sotish, ayirboshlash, beg'araz berish maqsadida
tovarlarni jo'natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar 
ko'rsatish, shuningdek, garovga qo'yilgan tovarlarga bo'lgan 
mulk huquqini garovga qo'yuvchi tomonidan garovga oluvchiga 
topshirish. Hisob-varaq - fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki 
xizmatlar ko'rsatilganligi to'g'risidagi dalolatnomalar, tovarlar 
jo'natilganligini (top shir ilganligini), ishlar bajarilganligini, xizmatlar 
ko'rsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar, cheklar va boshqa 
hujjatlar realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlardir.
REEKSPORT - ma’lum bir mamlakat mahsulot ishlab chiqaruvchi mamlakatdan
tovarlarni o'z iste’moli uchun emas, balki boshqa bir uchinchi 
mamlakatlarga qayta sotib yuborish uchun sotib olish.
REFAKSIYA - shartnomada kelishilgan, andoza yoki texnik sharoit shartlarida
belgilanganidan past bo'lgan tovarlarning ulgurji bahosi yoki tovar 
og'irligiga nisbatan chegirma; ko'p miqdorda yuk mavjud bo'lgan 
maxsus kelishuvda yuk jo'natuvchiga beriladigan tarifdan chegirma 
hisoblanadi.
REGIONAL (HUDUDIY) DAVLAT MUASSASALARI - kichik sektor,
alohida institutsion birliklami tashkil etuvchi davlat regional 
(hududiy) muassasalari hamda davlat muassasalari tomonidan 
nazorat qilinuvchi va moliya bilan ta’minlanuvchi regional davlat 
muassasalaridan tarkib topadi.
REGIONAL BOZOR - ma’lum hudud doirasida tovarlarni oldi-sotdi qilish
munosabatlari. Regional bozor bir mamlakat doirasidagi mintaqalar 
o'rtasida yoki bir necha chegaradosh davlat o'rtasida ishlab 
chiqarishning ixtisoslashuvi natijasidir. Ixtisoslashgan mamlakat
141 —
гь*-—


yoki hududlar tovar ayirboshlab, bir-birining iqtisodiyotini 
to'ldiradi, ularning o'zaro bog'liqligi kuchayadi. Regional bozor 
bir necha, lekin ko'pchilik bo'lmagan davlatlar o'rtasidagi bozorni 
ham bildiradi. Masalan, Afrika, Shimoliy Afrika, Markaziy Afrika 
mamlakatlarining regional bozori.
REGIONAL MARKETING - 1) regionda marketing faoliyatini tashkil etish; 2)
regionning mahalliy, milliy va xalqaro investorlarga ko'rsatiluvchi 
xizmat va tovarlar marketingi; 3) regionning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishni boshqarish tizimidagi marketing.
REGLAMENT - majlisni olib borish tartibi; ish tartibi, ish qoidasi.
REGRESS - qimmatbaho qog'ozlardan veksel yoki cheklarni qabul qilinayotganda,
ularga to'langan summani qoplash haqidagi teskari talab.
REGRESSION TAHLIL - natijaviy belgiga tasir etuvchi omillarning
samaradorligini aniqlab beruvchi usul.
REGRESSIV SOLIQ. - soliqqa tortiladigan daromadning oshishi bilan soliq
stavkasining pasayishi xarakterlidir. Bunday soliqlar toifasiga, 
xususan, egri (bilvosita) soliqlami kiritish mumkin. Regressiv 
soliqlarning yuki (og'irligi) boylarga nisbatan kambag'al qatlamlar 
uchun og'irroq deb sanaladi. Masalan, qo'shilgan qiymat solig'ini 
to'lash uchun kambag'allar boylarga nisbatan o'z daromadlarining 
ko'proq qismini (hissasini) sarflaydilar. Proporsional soliq ham 
regressiv bo'lishi mumkin.
REGRESSIV SOLIQQA TORTISH - soliq asosi (bazasi)ning o'sib borishi
soliq stavkasining pasayishini taqozo etadi. Soliq undirish og'irligi 
daromadga teskari proporsionaldir: daromad qancha kam bo'lsa, 
soliq to'lovchi uchun soliqning og'irligi shuncha og'irdir. Hozirgi 
paytda qo'shilgan qiymat solig'ining joriy etilishi bilan egri 
(bilvosita) soliqlarning regressivligi kuchayib bormoqda.
REIMPORT - chet elga chiqarilgan, ammo u erda qayta ishlov berilmagan
tovarlarni qayta sotib olib, mamlakatning o'ziga qaytarish. Kimoshdi 
savdosida sotilmagan, konsignatsiyaviy omborlar, ko'rgazma va 
yarmarkalardan qaytarilgan tovarlar reimportga kirmaydi.
RE INJ IN I RING - fimksional bo'limlarni qayta tashkil etish va asosiy biznes
jarayonlarni yaratish, ularning har biri multidissiplinar jamoa 
tomonidan boshqariladi.
REINVESTITSIYA - investorlar tomonidan korxonalar faoliyatidan olingan
foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni shu
3
4
4


korxonaga qayta kiritishdir.
REJALASHTIRISH - korxonani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish yo'llari va
sur’ati, tarmoqlar va bo'Iinmalar, takror ishlab chiqarishning asosiy 
bo'g'inlari o'rtasida to'g'ri mutanosiblik (proporsionallik)ni tashkil 
etish jarayoni, boshqarishning tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, u 
iqtisodiy tizimning kelgusi holatini, unga erishish yo'llari, usullari 
va vositalarini belgilab beruvchi rejalarini ishlab chiqish va amalda 
qollashdan iborat.
REJALASHTIRISHGA STRATEGIK YONDASHISH - barcha imko-
niyatlar va kamchiliklarni o'rgangan holda tuzilgan uzoq muddatli 
reja korxonalarning doimiy hamroxi bo'lishi kerak. Boshqaruvchilar 
korxona faoliyatining texnik, ijtimoiy, siyosiyva madaniy aspektlarini 
bir butun holatda ко'rib chiqishi kerak. Bu aspektlarning har biri 
o'zaro to'ldiruvchi bo'lishi kerak. Shu bilan bir qatorda zamonaviy 
menejer muammolarni yechishda o'z qo'l ostidagilarning fikrlarini 
ham inobatga olishi kerak.
REJALI INVESTITSIYALAR - yillik daromadning har qanday potensial
darajasidaishlabchiqaruvchilarsarfqilmoqchibo'lganinvestitsiyalar.
REJA-NARYAD - ishning xususiyatiga ko'ra, individual xodimga, ishchilarning
mayda guruhiga, traktor otryadiga yoki agregatiga qisqa muddatga 
(bir, besh kun va dekadaga) beriladigan reja topshiriqlar.
REKLAMA - bozorga chiqariladigan mahsulot (xizmat) bilan iste’molchilarni
tanishtirish. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar reklamani 
mustaqil yoki ixtisoslashgan reklama agentligi orqali amalga 
oshiradilar. Reklama vositalari quyidagilardir: reklama e’lonlari, 
informatsion materiallar, informatsion xatlar, kataloglar, reklama 
filmlari va boshqalar. Reklama marketingda mahsulotni sotish 
tadbirlari majmuyida markaziy o'rin tutadi. Reklama quyidagi 
vazifalarni bajaradi: a) axborot beruvchi (yangi tovar to'g'risida 
ma’lumotni yoki mavjud tovarning yangi xossalarini iste’molchiga 
yetkazish, baholarning o'zgarishi to'g'risida axborotni yetkazish; b) 
ko'ndiruvchi (tovarni olish zarurligiga iste’molchini ishontirish);
d) esga soluvchi (iste’molchining tovar to'g'risida xabardorligini 
ta’minlab turish, iste’molchilarni tovar ularga kerak bo'lib qolishi 
xususida ogohlantirish va hokazo).
REKLAMA AUDITORIYASI - muayyan axborot manbalari orqali e’lon
qilingan reklama xabarlarini eshitishi, ko'rishi va o'qishi mumkin 
bo'lgan barcha shaxslar.
REKLAMA MATNI - gazeta yoki jurnalda beriladigan e’lonlar, pochta
1
11
1
4
5


jo'natmalari, televizion va radio oraliqlarning so'z qismi.
REKLAMA PIRAMIDASI - asosiy iste’molchilar doiralarining birikuvi,
ularning reklama qilinayotgan tovarni xarid qilishga tayyorligi. 
O'sib borish tartibiga ko'ra quyidagi bosqichlarga taqsimlanadi: 
bexabarlik, xabardor bo'lish, moyillik, afzal ko'rish, xarid qilish, 
qayta xarid qilish.
REKLAMA SAMARADORLIGI - reklama vositalarining ishlab chiqaruvchi
yoki vositachilari manfaatlari yo'li da istemolchilarga tasir 
ko'rsatish darajasi. Reklama murojaatidan oldin va keyin 
aniqlanadi. Reklamaning savdo natijalariga ko'rsatuvchi tasirini 
aniqlash (iqtisodiy samaradorlik) reklama xarajatlarini awalgi 
faoliyat natijalari bo'yicha tovar sotish hajmiga nisbati yordamida 
aniqlanadi. Bu usulning aniqligi yuqori emas, chunki savdo 
natijalariga reklamadan tashqari boshqa ko'plab omillar ham tasir 
ko'rsatadi.
REKLAMA VA SAVDONI RAG'BATLANTIRISH - kommunikativlik
(aloqadorlik)ning 
rivojlanishi. 
Barcha 
ommaviy 
axborot 
vositalaridan foydalangan holda reklama uzatish.
REKLAMATSIYA - xaridor tomonidan sotuvchiga shartnoma asosida yetkazib
berilgan tovar sifati va miqdorining shartnomaga to'g'ri kelmasligi 
tufayli bildiruvchi daVosi.
REKONSTRUKTSIYA (QAYTA QURISH) -takomillashtirish maqsadida biron
narsani tubdan qayta qurish (tashkillashtirish). Tashkilot, korxona, 
iqtisodiy tizimning ishlab turishi va rivojlanishi xususiyatlarini 
o'zgartirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar.
REKREATSIYA ZONALAR - aholining tashkil etilgan, ommaviy dam olishi va
turizmga mo'ljallangan yer va suv muhitining tabiiy yoki madaniy 
uchastkalari kiradi. Shunday zonalar tarkibiga shahar hududlari 
uchastkalari, shahar atrofi va yashil zonalar, o'rmonlar, parklar, milliy 
va tabiiy parklar (bog'lar),botanika, zoologiya bog'lari, dendrologik 
parklar, turistik marshrutlar, dam olish uylari va bazalari kiradi.
REKVIZIT - ifola etiladigan obyektning aniq belgilarini ko'rsatadigan hujjatning
ajralmas elementi.
RELEVANT XARAJATLAR - muqobil boshqaruv qarorini qabul qilishni
tanlashda e’tiborga olinadigan xarajatlar. Zaxiralarni saqlash va 
buyurtmalarni bajarish bilan bog'liq kelgusidagi xarajatlar.
REMARKETING - talabning pasayishi sharoitida uni jonlantirish jarayonlari.
REMISSIYA - to'lov mablag'ini hisob-varaq bo'yicha kamaytirish tomoniga
346


yaxlitlash.
REMOLIYALASHTIRISH SIYOSATI - Markaziy bank tomonidan tijorat
banklari ixtiyoridagi tijorat veksellarni hamda qimmatbaho 
qog'ozlarni garovga olish va shu yo‘l bilan kredit berishdir.
RENDIT - dividend summasining aksiyani sotib olish bahosiga nisbati.
RENTA - kochmas mulk egasi mulkini muqobil ishlatishdagi olgan daromadi.
Yer, imorat, kvartira, uy-joy va boshqalar ijaraga berilib, undan 
daromad ko'riladi. Masalan, uy-joy ijaraga berilib, har oyda 500000 
so'm daromad ko'riladi. Uyga talabgorlar ko'payganda uni yangidan 
540000 so'mga ijaraga beriladi. Oldingi va keyingi pul tushumi 
orasidagi farq 40000 so'm (540000-500000) renta hisoblanadi.
RENTA DAROMADLARI - yer egalarining qishloq xo'jaligi yerlarini
foydalanishga berish natijasida oladigan daromadlari.
RENTABELLIK - (nem. rentabel - foydali, daromadli) foyda olish darajasi.
Rentabellik ma’lum davr mobaynida olingan foyda miqdorining 
shu davrda sarflangan asosiy ishlab chiqarish fondlari va oborot 
vositalari qiymati yig'indisiga yoki mahsulotning ishlab chiqarish va 
sotish xarajatlari - tannarxga nisbati sifatida foizlarda hisoblanadi. 
Uning to'rt xil ko'rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi, 
xususiy kapital rentabelligi va sotilgan mahsulot rentabelligi. 
Bu ko'rsatkichlar balansdagi (sof) foyda ko'rsatkichini korxona 
aktivlarining o'rtacha yillik qiymati, muomalaga chiqarilgan 
aksiyalar miqdori, xususiy kapital miqdori va sotilgan mahsulot 
tannarxiga nisbati bilan aniqlanadi.
RENTING - mulkni bir kundan to bir yilgacha bo'Igan qisqa muddatga ijaraga
berishni nazarda tutadi.
REPORT - birjada tuziladigan bitimlardan biri bo'lib, uning asosida qimmatli
qog'oz yoki valyuta ma’lum muddat o'tgach awalgiga nisbatan 
yuqoriroq kurs bo'yicha sotib olish sharti bilan sotiladi.
RESPUBLIKA BUDJETI - davlat budjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarini
moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo'lib, unda daromadlar 
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yilida 
aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va 
miqdori nazarda tutiladi.
RESPUBLIKA BUDJETI DEFITSITINI MOLIYALASHTIRISH - davlat
tomonidan xorijdan va ichki mablag'ni jalb qilish, respublika 
budjeti mablag'larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va 
qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
3
4
7


RESPUBLIKA BUDJETINING DAROMADLARI - l ) qonun hujjatlarida
belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat 
soliqlari, yig'imlari, bojlari va boshqa majburiy to'lovlar; 2) qonun 
hujjatlarida belgilangan normativlar bo'yicha davlat moliyaviy 
va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berihshi va 
sotilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq 
meros olish, hadya etish huquqi bo'yicha davlat mulkiga o'tgan pul 
mablag'lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet el 
davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident -
yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini 
qaytarish hisobiga berilgan to'lovlar; 6) qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa daromadlardan iborat.
RESPUBLIKA 
BUDJETINING 
XARAJATLARI 
-
o'z 
tarkibiga
l) respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag'i 
oluvchilarning joriy xarajatlari; 2) joriy budjet transfertlari; 3) 
kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog'liq 
ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari 
uchun olish va takror ishlab chiqarish, chet elda davlat ehtiyojlari 
uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun 
yerga bo'lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat 
zaxiralarini vujudga keltirish xarajatlari); 4) kapital xarajatlami 
qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari;
5) Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga 
budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari; 6) 
rezident - yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan 
budjet ssudalari; 8) davlat maqsadli jamg'armalariga beriladigan 
budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari; 9) qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa xarajatlami oladi.
RESTRIKATSIYA - l) yuqori narxlarni ushlab turish maqsadlarida ayrim
tovarlarni ishlab chiqarish, sotish va eksport qilishni cheklash; 2) 
oltin jamg'armalarining chet elga chiqib ketishini, bank sinishining 
oldini olish maqsadlarida banklar va davlat tomonidan kredit 
hajmini cheklash.
RESTRUKTURIZATSIYALASH - boshqa tashkilotlarga qo'shib yuborish,
ajratish, maqomini o'zgartirish va hokazo tarzda korxona tashkiliy 
tuzilmasini o'zgartirish.
RESURS - pul mablag'lari, qimmatbaho narsalar, zaxiralar, imkoniyatlar,
mablag'lar va daromadlar (tabiiy, iqtisodiy, moliyaviy) manbalari.
RESURS TO'LOVLARI VA MOL-MULK SOLIG'I - mol-mulk va yerga ega
bo'lganlik va tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to'lanadigan 
soliqlar (mol-mulk solig'i, yer solig'i, yer osti boyliklaridan
348


foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliq).
RESURSLAR - 1. Resurs, imkoniyat, boylik manbai; vosita, chora, iloji. Masalan,
iqtisodiy, moliyaviy, resurslar. 2. Umuman olganda, fundamental 
iqtisodiy nazariya 
tushunchasi 
bo'lib, 
ishlab 
chiqarishni 
ta’minlaydigan omil va vositalarni bildiradi. Iqtisodiy resurslar 
quyidagilami o'z ichiga oladi: tabiiy (xomashyoviy, geofizik), 
mehnat (inson kapitali), kapital, muomala vositalarini, informatsion 
va moliyaviy resurslar.
RESURSLAR BOZORI - ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondiruvchi tovarlar,
ya’ni ishlab chiqarish omillari sotiladigan bozor. Uy xo'jaligi o'ziga 
tegishli resurslarni sotadi, korxonalar esa uni xarid qiladi. Asosan, 
ishlab chiqarish vositalari (dastgoh, xomashyo, asbob-uskuna va 
h.k.) va ish kuchi sotiladi.
RESURSLARG A CHEKLIXARAJAT - qo'shimcha bir birlik resurs sotib olish
uchun sarflangan qo'shimcha xarajat.
RESURSNING 
CHEKLI DAROMADLILIGI YOKI 
RESURSNING
PULDA IFODALANGAN CHEKLI MAHSULOTI - resursdan 
qo'shimcha bir birlik foydalanish natijasida olingan qo'shimcha 
mahsulotni sotishdan tushgan qo'shimcha daromad.
RETROTSEDENT - qabul qilib olingan qayta sug'urtalash riskini retrotsessiyaga
(ikkinchi qayta sug'urtalash) beruvchi sug'urta yoki qayta 
sug'urtalovchi kompaniya.
RETROTSESSIONARTY - retrotsedentdan riskni qabul qilib oluvchi qayta
sug'urtalovchi kompaniya.
RETROTSESSIYA - l ) qayta sug'urtalashga ilgari qabul qilib olingan risklarni
yana qaytasug'urtalashgaberish; 2) risklarni uchlamchi joylashtirish.
REVALVATSIYA - lotincha so'zdan olingan bo'lib, qadrini oshirish ma’nosini
anglatadi, milliy pul birligi kursining boshqa mamlakatlar pul birligi 
kursiga nisbatan ko'tarilishi. Oltin paritetlar bekor qilinguncha 
(1971-yil) revalvatsiya valyuta asosida sotuvchi oltin miqdorini 
ko'paytirish bilanbirga amalga oshirilgan. О 'zining milliy valyutasini 
revalvatsiya qiluvchi mamlakat uchun chet el valyutasini arzonroq 
sotib olishga imkoniyat vujudga keladi. Shuning uchun, kapitalni 
eksport qiluvchilar tovarlarni import qiluvchilar manfaatlari 
qarzdorlar va tovarlarni eksport qiluvchilar manfaatlari dan baland 
bo'lganda revalvatsiya amalga oshiriladi. Shuningdek, revalvatsiya 
inflyatsiyaga qarshi kurashda va to'lov balansining aktiv saldosini 
tiyib turishda qo'llaniladi. Qog'oz - pul muomalasi sharoitida
149


revalvatsiya va devolvatsiyadan asosan milliy valyuta kursini 
tartibga solishda foydalaniladi. Revalvatsiya valyuta qiymatini faqat 
xalqaro iqtisodiy aloqalarda oshiradi. Ichki bozorda inflyatsiya 
tasiri natijasida uning sotib olish qimmati boshqa mamlakadarga 
nisbatan kamroq darajada pasayishi ham mumkin. Ikkinchi jahon 
urushidan song dunyoda 500 marta devolvatsiya va faqat 10 marta 
revalvatsiya amalga oshirilgan. Oxirgi yillarda g‘arb mamlakatlari 
valyutaning suzib yuruvchi kurslaridan foydalanmoqdalar, bunda 
ular revalvatsiyani boshqa shaklda, ya’ni o'z valyutalarining bozor 
kursini oshirib, uning rasmiy kursini o'zgartirmasdan qoldirgan 
holda amalga oshirmoqdalar.
REYTING - 1. Baho, biron tabaqa, sinf, tipga bo'lish, ommaviylik va mashhurlik
darajasi. 2. Biror narsani biron-bir sinfga, razryadga yoki toifaga 
kirishini aniqlash, baholash.
REZERV VALYUTA - xalqaro hisob-kitob ishlarida, jumladan savdo-sotiq, kredit
va investitsiya ishlarida, shuningdek, xorijiy valyuta rezervlarini 
jamlashda qo'llaniladigan, jahon bozorida tan olingan, lekin kelib 
chiqishi milliy bo'Igan valyuta.
REZERV VALYUTASI - 1. Davlat xazinasi va markaziy bankka tegishli bo'Igan
mamlakat quyma va tanga oltinlar, xorij valyuta mablag'lari, xalqaro 
hisoblaruchun jamg'arib, saqlab qo'yiladigan valyuta. 2. Rivojlangan 
davlatlarning xalqaro hisoblar olib borish uchun foydalaniladigan 
milliy va kredit pullari.
REZIDENTLAR - kalendar yilida mamlakatda 183 kundan kam bo'lmagan
muddatda yashagan, O'zbekistonda doimiy yashash joyiga ega 
bo'Igan va bo'lmagan soliq to'lovchilardan iborat. Shu mamlakat 
rezidentlarining daromadlari (shu mamlakat hududida va undan 
tashqarida olinganlari ham) shu mamlakatda soliqqa tortilishi shart.
RIKARDO DAVID - (1772-1823) ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy
nazariyasining ko'zga ko'ringan namoyandasi. Uning eng mashhur 
asari “Siyosiy iqtisod va soliq solish qoidalari” ( 1817-yil). U 
iqtisodiy qonunlarni kapitalistik ishlab chiqarishga tadbiq etish va 
ular orqali ishlab chiqarishni boshqarish masalalarini tahlil etgan, 
qiymat nazariyasini rivojlantirgan. D. Rikardo ayniqsa xalqaro 
iqtisodiyotdagi savdo erkinligi afzalliklarini tadqiq etish doirasida 
dong taratdi. A. Smit ta’limotining buyuk davomchisi, sanoat 
to'ntarishi davrining iqtisodchisi. Mehnat taqsimotini korxona 
doirasidan mamlakatlarga ham joriy etishni taklif etgan, nisbiy 
ustunlik, nisbiy chiqimlar ustunligi nazariyalariga asos solgan.
350


Fabrika davrini to'g'ri tushungan, fritreyderlik (erkin savdo)ni 
qo‘ llab -quwatlagan.
RISK - l ) bitta kutilayotgan hodisa bo'yicha xavfning yuzaga kelishi. Risk
tushunchasi ko'rinishlarining xilma-xilligi, uni sodir bo'lishi 
natijasida yuzaga kelgan oqibatlarning og'irligi, riskning ro'y 
berishi sababli paydo bo'lgan zararlarni mutloq tugatishning 
imkoniyati bo'lmaganligi sug'urta ishini tashkil etish uchun asos 
yaratadi. Shunday qilib, risk sug'urtaviy huquqiy munosabatlarni 
shakllantirish uchun shart-sharoit yaratadi. Risk - riskli holatlarning 
yagonalik va o'zaro aloqadorlik yig'indisi. Sug'urta fanida risk 
tushunchasiga turlicha ta riflar berilgan. Jumladan, risk - bu konkret 
hodisa yoki hodisalar yig'indisi bo'lib, ular sodir bo'lgan taqdirda 
sug'urta kompaniyasi qoplamalar to'laydi. Risk sug'urta obyekti 
bilan to'g'ridan to'g'ri bog'langan. Obyektga risk salbiy tasir 
ko'rsatib, uni shikastlashi yoxud nobud qilishi mumkin. Shu tufayli 
risk - bu yagona tasodifiy hodisa bo'lib, uning ro'y berishi inson 
ongiga yoki irodasiga bog'liq emas. Sug'urta risklarining ro'yxati 
sug'urtalovchining sug'urta javobgarligi hajmini tashkil etadi. Risk 
bahosining puldagi ifodasi sug'urta tarif stavkasini tashkil etadi; 2) 
sug'urta obyekti: 3) sug'urta javobgarligining turi.
RISK MENEJMENTI - riskni kamaytirish yoki chegaralash bo'yicha
sug'urta kompaniyasining maqsadli yo'naltirilgan harakati. 
Risk menejmentining tarkibiy elementiga quyidagilar kiradi: 
riskni aniqlash, riskni baholash, riskni nazorat qilish va riskni 
moliyalashtirish.
RISKLARNI JOYLASHTIRISH - l) sug'urta manfaati tufayli yuzaga
keladigan sug'urtaviy huquqiy munosabatlarning boshlanish 
jarayoni. Risklarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi joylashtirish, 
teng ravishda sug'urtalash, qayta sug'urtalash va retrotsessiyaga 
to'g'ri keladi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda 
risklarni joylashtirish sug'urta vositachilari orqali sug'urta 
bozorida amalga oshiriladi; 2) sug'urta brokeri yordamida bir 
vaqtning o'zida yirik va xavfli risklarni qismlarga bo'lib, bir nechta 
sug'urta kompaniyasida sug'urtalash uslubi. Bir qancha sug'urta 
kompaniyalari tarkibidan bittasi etakchi sifatida ajralib chiqadi va 
u sug'urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, riskning tegishli 
qismini o'z javobgarligiga oladi. Keyin, broker boshqa sug'urta 
kompaniyalariga murojaat qilib, riskning qolgan qismini ham 
joylashtiradi.
RISKLARNI TANLASH 
-
sug'urta 
shartnomasini 
tuzish 
bo'yicha


mijozlardan kelib tushgan takliflarni tahlil etishga qaratilgan 
sug'urta kompaniyasining faoliyati. Sug'urta kompaniyasining 
muvozanatlashgan sug'urta portfelini shakllanishida risklarni 
tanlash iborasini amaliy jihatdan ishlatish muhimdir. Sug'urta 
amaliyotida risklarni tanlash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. 
Risklarni tanlash - bu risk menejment sohasida olib boriladigan 
chora-tadbirlarning bir qismidir.
RISKLIHOLATLAR - risk darajasiga tasir qiluvchi omillar. Sug'urtalanuvchiga
ma’lum bo'Igan barcha riskli holatlar sug'urta kompaniyasiga 
xabar qilinadi. Bu riskni baholashda muhim ahamiyatga ega. Riskli 
holatlarni tahlil etish syurveyer yoki adjasterning funksiyasiga 
kiradi. Bu sug'urta kompaniyasining sug'urta shartnomasini tuzish 
yoki tuzmaslik masalasi bo'yicha qaror qabul qilishida hamda 
sug'urta qoplamalari va summalarini to'lashda muhim o'rin tutadi. 
Riskli holatlar: shaxsiy va ashyoviy; to'g'ri va egri; tasdiqlanadigan 
va inkor qilinadigan: obyektiv va subyektiv turlarga bo'linadi.
RISKNI BAHOLASH - risk parametrlarini xarakterlovchi barcha riskli
holatlarni natura va qiymat ko'rinishida tahlil etish. Eng 
ahamiyatli belgisiga qarab tegishli risklar guruhi ajratilgan hamda 
u riskni baholash mezoni hisoblanadi. Masalan, shaxsiy sug'urta 
shartnomasini tuzishda insonning yoshiga e’tibor beriladi. Sug'urta 
shartnomasi tuzilgan paytdan sug'urtalanuvchining o'limiga 
yoki nogiron bo'lib qolishiga olib keluvchi xavfli kasalliklarni 
aniqlash maqsadida mijoz qo'shimcha ravishda dastlabki tibbiy 
tekshiruvdan o'tkazilishi mumkin. Sug'urta kompaniyalarida 
riskni baholash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. U sug'urta 
obyekti bilan jiddiy tanishadi, har tomonlama tahlil etadi. Tahlil 
natijalariga muvofiq sug'urtalanuvchi bilan sug'urtaviy huquqiy 
munosabatlarga kirishishning maqsadga muvofiqligi to'g'risida 
sug'urta kompaniyasiga yozma xulosa beradi.
RITM BERISH - alohida bir predmetni jarayondan o'tish vaqtini ma’lum bir
taymerli mexanizm yordamida majburiy cheklash. Ko'p j arayonlarda 
ritm berish ishlatilmaydi, lekin odatda yig'ish konveyerlarida ritm 
beriladi.
RIVOJLANISH BANKI - sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish va boshqa
tarmoqlarni uzoq muddatli kreditni ta’minlash ishlari bilan 
shug'ullanuvchi maxsus davlat va yarim davlat (xususiylari kamroq) 
investitsiya institutlari. Milliy bozorlar faoliyat ko'rsatadigan 
mamlakatlarda rivojlanish banklari ham fond birjasida, ham undan 
tashqarida qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisini amalga oshiradilar. 
Bu vazifalarni turli kredit bank institutlari bajaradilar: moliya
352

-


ко гр о г at s iyalar i, industrial banklar, sanoat rivojlanishidagi tarmoqli 
va ko'p tarmoqli korporatsiyalar, sanoat va qishloq xo'jaligi 
rivojlanishi banklari va fondlari mayda korxona va qishloqxo'jaligini 
mablag' bilan ta’minlovchi maxsus kredit muassasalar. Rivojlanish 
banklari tijorat banklaridan farqli o'laroq hisob-kitob va to'lov 
operatsiyalarni amalga oshirmaydigan omonatchi va korxonalardan 
depozit olmaydilar, qisqa muddatli kreditlar bermaydilar.
RIVOJLANISHNING EKSTENSIV YO'LI - intensiv rivojlanishdan farqi
shundaki, ishlab chiqarishni kengaytirish, hajmini ko'paytirish, ekin 
maydonini kengaytirish xomashyo miqdorini ko'paytirish, yangi 
ishchilarni yollash yo'li bilan amalga oshiriladi.
RTVOJLANTIRUVCHI MARKETING - yangi tovarlarni yaratib, ularni
iste’molchilarga taklif qilgan tarzda bo'Iajak talabni real talabga 
aylantirish.
RODBERTUS KARL IOGANN - (1805-1875) nemis iqtisodchisi, o'z
iqtisodiy g'oyalarini “Sotsialxatlar” shaklida ilgari surdi, qo'shimcha 
qiymat, pul va renta bo'yicha mayda burjuacha qarashlar tarafdori. 
Vulgar qarash - “o'ta soddalashtirilgan” “soxtalashtirilgan”, degan 
ma’nosi bor, g'ayriilmiy iqtisodiy nazariyalar majmuyi, asosiy 
namoyandalari Sey (1767-1832) va Maltusdir (1766-1834). Ular 
kapitalizmni himoya qilish maqsadida iqtisodiy jarayonlarning 
tashqi ko'rinishini tavsiflash va “xo'jako'rsin'ga klassifikatsiya 
qilish bilan chegaralanib, hodisaning mohiyatini tadqiq etmaydilar. 
Ularga faqat ayrim masalanigina olib, butun muammoni hal qilish 
xosdir. Vulgar qarash namoyandalari klassik iqtisodiy maktabni 
inkor etadilar.
ROSHER VILGELM GEORG - (1817-1894) Germaniya tarixiy maktabining
faollaridan, iqtisodiy qonunlarning obyektivligini rad etadi, 
iqtisodiyotni ma’naviy fan deydi, sinfiy kurashning mavjudligini rad 
etadi, urushlar madhiyachisi - Sey g'oyalarini qo'llab-quwatlaydi.
ROYALTI - quyidagilar uchun har qanday turdagi to'lovlar: fan, adabiyot va
sanat asarlaridan, shu jumladan elektron-hisoblash mashinalari 
uchun 
dasturlar, 
audiovizual 
asarlardan 
hamda 
turdosh 
huquqlar obyektlaridan, jumladan ijrolar va fonogrammalardan 
foydalanganlik yoxud ulardan foydalanish huquqini berganlik 
uchun; sanoat mulki obyektiga, tovar belgisiga (xizmat ko'rsatish 
belgisiga), savdo markasiga, dizayn yoki modelga, rejaga, maxfiy 
formula yoki jarayonga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi patentdan 
(guvohnomadan) yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli 
axborotdan (nou-xaudan) foydalanganlik uchun


SABAB - insonning nima uchun harakat qilishini ko'rsatadigan, faoliyatga ichki
undovchi narsa bo'lib, u muayyan ehtiyojlami qondirish bilan 
bog'Iiqdir.
SALBIY AUDITORLIK XULOSASI - auditorlik tashkilotning xo'jalik
yurutuvchi subyektning moliyaviy hisoboti buzib ko'rsatilganligi va 
moliyaviy hisobotdan foydalanuvchini yanglishtirishi mumkinligi 
to'g'risidagi fikrini o'z ichiga olgan hujjat.
SALBIY SOLISHTIRMA DALOLATNOMA - mijoz korxona va mijoz
xaridorlariga mol yetkazib beruvchilari o'rtasida amalga oshirilgan 
va ikki taraf buxgalteriya tizimida aks ettirilgan hisob-kitob 
operatsiyalari natijalarining auditor tomonidan inventarizatsiyasi 
turli ma’lumotlarni aks ettirishi (muhim farqningyuzaga kelishi).
SALBIY TALAB - ma’lum talabni qondirish uchun tovar mavjud, uning sifati
yomon emas, lekin shunga qaramay iste’molchilar u tovarni rad 
etadilar.
SALDO - (ital. saldo - hisob, qoldiq) qoldiq, ma’lum bir muddatda kirim va
chiqim orasida vujudga kelgan farq; buxgalteriyada - debet va 
kredit, umumiy aktiv va passiv o'rtasidagi tafovut, farq; xalqaro 
savdoda - eksport hamda import o'rtasidagi farq; muayyan vaqt 
davomida moliyaviy tushumlar va sarflar, eksport va import qiymati 
(savdo balansi saldosi), xorijiy to' lovlar va tushumlar (to' lov balansi 
saldosi) o'rtasidagi farq.
SAMARADORLIK - korxona uchun maksimal qiymat yaratish maqsadiga
yo'naltirilgan faoliyat natijasini aks ettiruvchikategoriya hisoblanadi.
SAMARADORLIK ASOSIY KO'RSATKICHLARI - menejerlarga korxona
faoliyatini baholash va undagi o'zgarishlar zaruriyatini aniqlashga 
imkon beradigan ko'rsatkichlardir. Bular kundalik mablag' 
zaruriyati, bitta mahsulot birligiga yoki bo'limga to'g'ri keladigan 
operatsion daromadi kabi moliyaviy ko'rsatkichlar va buyurtma 
bajarilish vaqti, umumiy sotuvdagi yangi mahsulotlar sotilishi qismi 
kabi nomoliyaviy korsatkichlar.
SAMARALI IQTISODIY SIYOSAT - davlatning iqtisodiyotni barqaror
rivojlantirishga qaratilgan, har tomonlama asoslangan, izchil va 
o'zaro uyg'unlashtirilgan chora-tadbirlari majmuyi.
354


SAMARALI XARAJATLAR - tegishli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun
sarflangan xarajatlardan olingan mahsulotlarni sotish natijasida 
daromad (foyda) keltiradigan xarajatlar.
SAMUELSON POL - (1915, AQSH) - ko‘p marta qayta nashr etilgan
“Ekonomiks” (1948) darsligini yaratdi, 1970 yilda iqtisodiyot 
fanlarida ilmiy tahlil darajasini oshirishga qo'shgan hissasi uchun 
Nobel mukofotini olgan. Iqtisodiyotning barcha sohalariga oid ilmiy 
ishlari bor. “Aralash iqtisodiyot”ning nazariyotchisi. Neoklassik 
tahlil bo'ycha, taraqqiyotning “to'rt g'ildiragi” asoschisi.
SANATSIYA - 1. davlat yoki yirik bank yordamida katta korxona va firmalar
sinishining oldini olish chora-tadbirlari. 2. Qarzdor korxonaning 
mol-mulkini korxonaning holatini sog'lomlashtirish maqsadlarida 
biron-bir shaxslar yoki tashkilotlarga topshirilishi bilan bog'liq 
tashkiliy-huquqiy taomil.
SANIRLASH - korxonalar (firmalar) va tashkilotlarni sinishdan qutqarish
maqsadida ularni moliyaviy sog'lomlashtirish. Sanirlash bir 
qator tadbirlarni nazarda tutadi, xususan, korxonaga berilayotgan 
kreditlarni va davlatning subvensiyalarini ko'paytirish, korxona 
tomonidan olingan kreditlar muddatini uzaytirib berish, 
qo'shimcha mablag'larni jalb etish maqsadida yangidan aksiya va 
obligatsiyalarni chiqarib sotish va boshqalar. Sanirlash orqali davlat 
bozor iqtisodiyotiga ta’sir etadi.
SANKSIYA - joriy qonunchilik me’yorlari asosida yo'l qo'yilgan qonunbuzarlik
yoxud zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilmasligi faktiga 
javoban vakolatli davlat organlarining javob reaksiyasi.
SANOAT NAMUNALARI - sanoat yoki hunarmandlik buyumlarining tashqi
ko'rinishini belgilovchi badiiy-konstruktorlik yechimidir.
SANOAT SIRI - ishlab chiqarish sirlari, nou-xau, ixtiro va kashfiyotlar.
SANOAT TARAQQIYOTI BO'YICH A BMT ANJUMANI (YUNIDO) -
BMT tizimi doirasidagi maxsus muassasa.
SANOAT TO'NTARILISHI (INCIILOBI) - Angliyada birinchi bor XVIII
asr o'rtalarida qo'l kuchiga asoslangan manufakturadan (ikkinchi 
bosqichdan) mashinalashgan zavod-fabrikaga (uchinchibosqichga) 
o'tish jarayoni (XIX asrning o'rtalarida yakunlangan). Iqtisodiy 
rivojlanishda muhim o'rinni egallaydi, ijtimoiy-siyosiy sohalarda 
katta o'zgarishlarga sabab bo'lgan.
— '«гкзнжхгэт'»*—
^55 —




SANOAT TOVARLARI - ishlab chiqarish ehtiyojini qondiradigan tovarlar.
SANOATGA TAALLUQLI BO'LMAGAN ISHLAB CHIQARISH VA
XO'JALIK MABLAG'LARI - bularga ushbu korxonadagi uy-joy, 
madaniy-maishiy va sog‘liqni saqlash maqsadlariga xizmat qiluvchi 
mablag'lar kiradi. Masalan, klub, bolalar bog'chasi va yaslisi, dam 
olish uylari, ambulatoriya, tibbiy yordam ko'rsatish binolari hamda 
ulardagi uskunalar. Bu mablag'lar korxona xodimlari va ularning 
oila a’zolari uchun xizmat qiladi.
SARFLAR - chiqim, xarajat, sarflar. Masalan, ma’muriy, yalpi, kalkulyatsiya
sarflari.
SAVDO - mahsulotni ayirboshlash, bunda mahsulot ashyoviy shakldan pul
shakliga aylanadi. Savdo bo'lishi uchun sotuvchi va xaridor bo'lishi 
shart. Savdo muomala sohasida amalga oshadi.
SAVDO AGENTI - firma nomidan ish ko'ruvchi va quyidagi funksiyalarning
bir nechtasini bajaruvchi shaxs: mijozlarni jalb qilish, aloqa yo'lini 
o'rnatish sotishni amalga oshirish, xizmat ko'rsatishni tashkil qilish, 
ma’lumot yig'ish va resurslarni taqsimlash.
SAVDO BALANSI - eksport va import operatsiyalari bo'yicha valyuta to'lovlari
va tushumlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi. Kreditga 
sotib olingan tovarlar qiymati bu yerda aks ettirilmaydi.
SAVDO FAOLIYATI - qayta sotish maqsadida olingan tovarlarni sotishga doir
faoliyat.
SAVDO FOYDASI - tovarlarni iste’molchiga yetkazishda sotib olish bahosi bilan
sotish bahosi o'rtasida farq hisobiga olinadigan foyda. Savdo foydasi 
ishlab chiqarish sohasidagi foydaning bir qismini tashkil etadi. 
Mahsulot ishlab chiqargan tadbirkor mahsulotini savdoda harakat 
qiluvchi tadbirkorga sotadi, bu bilan u o'zi olishi mumkin bo'Igan 
foydaning bir qismini ongli ravishda unga mahsulotini sotganligi 
uchun beradi. Bu esa uning kapitali aylanishini tezlashtiradi.
SAVDO KAPITALI - l) Muomala sohasida amal qiluvchi kapital. 2) Sanoat
kapitalining alohidalashgan qismi.
SAVDO KREDITI - korxonalarningbir-birlariga tovar ko'rinishdagi qarzberishi.
Bunda berilgan tovarlar pullarini muayyan muddatga kechiktirib 
to'lash ko'zda tutiladi. Odatda, savdo kreditining foizi, bank krediti 
foizidan past bo'ladi.
SAVDO KVOTASI - tashqi savdoda ishtirok etishning miqdoriy chegarasi. Savdo
kvotasi eksport yoki import qilinadigan tovarlarning miqdori, 
tuzilishi, ularni sotish yoki sotib olishning pul bilan hisoblangan
356


miqdorini bildiradi. Savdo kvotasi tashqi savdo bitimiga qo'shilgan 
mamlakatlar, firmalar yoki tashkilotlarning birgalikdagi kelishuvi 
qaroriga binoan belgilanadi yoki bir tomonlama o'rnatiladi. Bir 
tomonlama joriy etilgan eksport, importni, o'z ixtiyori bilan 
qisqartirish yoki norozilik bildirish uchun qo'llaniladi. Savdo 
kvotasiga binoan eksport, import litsenziyalari beriladi.
SAVDO MARKALARI VA SAVDLO NOMLARI - savdo markalari
(masalan, “Nestle”, “Adidas”) va (yoki) savdo nomlari (Coca- 
Cola) - bu kompaniyalarga, mahsulot yoki xizmatlarga berilgan 
nomlar, belgilar yoki boshqa belgilovchi aksiyalardir. Ular egalik 
qilishni asoslash uchun ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin. Bunday 
holatda mahsulotlarning nomi, belgisi yoki boshqa belgilovchi 
identifikatsiyalar yuridik tomondan himoyalangan bo'ladi.
SAVDO MARKASINI BOSHQARISH - xaridorlar tomonidan, qator
tovarlarga nisbatan, ijobiy munosabat hosil qilish maqsadida ularni 
yangilash bo'yicha amalga oshiriladigan tadbirlar. Savdo markasini 
boshqarish (yoki brend - menejment) asosan xalq iste’moli 
mollarini ishlab chiqarish va sotishda qo'llaniladi.
SAVD О PALATASI - turli davlatlar o'rtasida tashqi savdo aloqalar ini rivojlanishiga
tasir etish maqsadida tashkil etilgan ijtimoiy tashkilot. Masalan: 
Savdo-sanoat palatasi, Savdo palatasi.
SAVDO USTAMASI - savdo korxonalari (vositachilar) o'z xarajatlarini qoplab,
foyda topish uchun tovarni sotib olgan narxi ustiga qo'yiladigan 
qo'shimcha.
SAVDO UYI - savdo korxonasining maxsus turi, ixtisoslashgan yoki sertarmoq
bo'ladi. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan, masalan, 
ust kiyim, oyoq kiyimi, gazlama va hokazolar bilan, universal 
(sertarmoq) savdo uyi esa har xil tovarlar bilan savdo qiladi.
SAVDO VOSITACHILARI - kompaniyagamijozlarni topish va ularga tovarlarni
sotishga yordam beruvchi firmalar. Savdo vositachilari, xaridorlarga 
tovarni sotib olish uchun kompaniyaga nisbatan qulayroq vaqt, joy, 
jarayon va kamroq xarajatlami ta’minlashi mumkin.
SAVDODA ENG QULAY SHAROIT YARATISH REJIMI - mamlakatlar
o'rtasida kelishilgan xolda o'rnatilgan savdo operasiyalarining 
imtiyozli tartibi.
SAVD О - SOTIQ, - savdo, savdo-sotiq, oldi-sotdi, auksion, kimoshdi savdosi;
manfaatli shartlarni taklif qilib, shaxslar bilan yuridik bitim tuzish; 
savdoning bir shakli.
3
5
7
------------------


SCHYOT (HISOB) - pul mablag*larining muayyan bir yo'nalish bo'yicha
harakatini ifodalovchi (bayon qiluvchi) buxgalteriya hisobining 
yozuvlar majmuasi. Schyotda buxgalteriya balansining bir yoki 
bir-birlariga yaqin bir nechta moddalari birlashtirilib, hisob- 
kitob qilinadi. Schyot jadval ko'rinishida bo'lib, u ikki qismga 
bo'Iinadi: chap tomoni debet, o ‘ng tomoni esa kredit. Aktiv 
moddalarni hisoblashga mo'ljallangan schyotlar aktiv schyotlar, 
passiv moddalarga taalluqli schyotlar esa passiv schyotlar deyiladi. 
Aktiv schyotlar debetida mablag'larning ko'payishiga, kreditida 
esa kamayishiga olib keluvchi operatsiyalar ko'rsatilsa, passiv 
schyotlarida buning teskarisi bo'ladi.
SCHYOT SALDOSI - aktiv schyotlardagi debet bilan kredit va passiv
schyotlardagi kredit bilan debet o'rtasidagi farq (yoki qoldiq). Aktiv 
schyotlarda saldo har doim uning debetida (debetli saldo) bo'lsa, 
passiv schyotlarda uning kreditida (kreditli saldo) bo'ladi.
SCHYOTLAR KORRESPONDENTSIYASI - ikkiyoqlama yozuv vositasida
schyotlar o'rtasida paydo bo'Igan o'zaro aloqa schyotlar 
korrespondensiyasi deyiladi. Bu korrespondensiya qatnashuvchi 
schyotlar korrespondensiyalanuvchi schyotlar deb ataladi. Schyotlar 
korrespondensiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya 
provodkasi deyiladi.
SCHYOTLARNING AYLANMALARI - buxgalteriya hisobi schyotlarning
debeti va krediti bo'yicha yozuvlar jami. Ular tegishli ravishda debet 
va kredit aylanmalari deyiladi. Aylanmalar har oyning oxirida jamlab 
chiqiladi. Aktiv schyotlar bo'yicha debet aylanma oy davomida 
hisob obyekti ko'payishini, passiv schyotlar bo'yicha kamayishini 
anglatadi. Kredit aylanma aktiv schyotlar bo'yicha oy davomida 
hisob obyekti kamayishini, passiv schyotlar bo'yicha ko'payishini 
ko'rsatadi. Schyotning qoldig'ini chiqarish uchun oldin uning 
aylanmalarini aniqlash kerak.
SCHYOTNING SHIFRI - schyotning shartli raqamli belgisi (nomeri).
Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida har bir schyotning nomi 
va uning shifiri ko'rsatiladi. Hisobni avtomatlashtirishda schyotlar 
shifrlarining ahamiyati katta. Hozirgi vaqtda sintetik hisob schyotlar 
tort raqamli bo'lib, ular 0100 dan 9910 gacha. 21-son BHMS bilan 
joriy etilgan schyotlar rejasida subschyotlar keltirilmagan.
SEGMENTLAR BO'YICHA HISOBOT - xo'jalik yurituvchi subyekt
faoliyatining ayrim segmentlari (sexlar, bo'limlar, ishlab chiqarish, 
sotish, ta’minot) bo'yicha hisobot.
358


SEGMENTLAR BO'YICH A HISOBOT - xo'jalik yurituvchi subyekt
faoliyatining ayrim segmentlari (sexlar, bo'limlar, ishlab chiqarish, 
sotish, ta’minot) bo'yicha hisobot.
SEKSTILLION - birning yonidagi nollar soni 21 ta bo'lgan son.
SEKTOR - institutsion birliklarni oldiga qo ygan maqsadi va iqtisodiy
vazifalarining bir-biriga yaqinligi yoki o'xshashligiga qarab 
hamda asosiy faoliyatlarini yuritishga kerak bo'lgan mablag'lar 
manbaalarining o'xshashligiga qarab guruhlashdir.
SEKTORLARARO EKSTERNALIYA - iqtisodiyot tarmoqlari, ayniqsa,
tabiatni ekspluatatsiya qiluvchi sohalar boshqa sohalarga ekologik 
ziyon keltirishini hisobga oladi, ekologik muammolarning muqobil 
yechimini topishga va iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga 
yo'naltiradi.
SEKULYARLASHTIRISH - davlat va jamiyat boshqaruvini din ta’siridan holi
qilish jarayoni.
SEKVESTR - yilning oxirigacha qolgan vaqt davomida budjetning barcha
moddalari bo'yicha (himoya qilinganlaridan tashqari) davlat 
xarajatlarini proporsional ravishda qisqartirish.
SELEKTIV TALAB - bir xil yoki o'xshash tovarlarni qiyosiy baholash natijasida
tovarning iste’molchiga eng ma’qul kelgan aniq turi, varianti, 
markasiga shakllangan talab.
SEN-SIMON KLOD ANRI - (1760-1825) Fransiya xayoliy sotsializmining
vakili, ammo Sen-Simon xususiy mulkni saqlab qolish tarafdori 
bo'lgan.
SEPTILLION - birning yonidagi nollar soni 24 ta bo'lgan son.
SERMEHNAT, MEHNAT TALAB FAOLIYAT - l ) sermehnat bo'lishlik, ko'p
mehnat sarf qilish, ko'p mehnat talab qilish; masalan, texnologik, 
boshqarish va to'la mehnat faoliyatlari; 2) mahsulotning har bir 
birligida sarf qilinadigan mehnat hajmi bilan aniqlanadi.
SERTIFIKAT- (firan. certifikat- tasdiqlayman, guvohlikberaman) - l ) Guvohlik
beruvchi hujjatdir. Masalan: auditor sertifikati - e’lon qilingan firma 
balansining to'g'riligini tasdiqlovchi hujjat. Sug'urta sertifikati - bu 
sug'urta shartnomasining shartlari qayd etilgan hujjat. Aksionerlik 
sertifikati - bu o'z egasining jamiyat (kompaniya) kapitalining bir 
qismiga egaligini tasdiqlovchi hujjat. Tashqi iqtisodiy aloqalarda 
tovar sifati guvohnomasi va h.k. 2) Pul belgilarining turlari va uning 
o'rnini bosuvchi obligatsiyalarning bir xil turlari va maxsus davlat 
zayomlari, qarzgaberganlikhaqidagi guvohnoma sertifikat deyiladi.


Sertifikat kredit tashkilotlari tomonidan chiqariladi. Tashqi iqtisodiy 
aloqalarda tovar sifati guvohnomasi, sug'urta qilingan mulkka 
yetgan zarar tafsiloti, hajmi va sabablarini tasdiqlaydigan hujjat ham 
sertifikat deb ataladi.
SERVIS - jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman keng aholi qatlamiga xizmat
ko'rsatish; ishlab chiqarish maqsadlarida mahsulotlarni moddiy- 
maishiy, xo'jalik va boshqa sanoat mahsulotlarini sotish hamda 
ularni ishlatish bilan bog'liq bo'lgan xizmat ko'rsatish sohalari.
SERVIS KORXONASIDA XIZMAT KO'RSATISH - xizmat ko'rsatilishi
uchun mijoz ushbu xizmat ko'rsatiladigan servis korxonasiga yetib 
kelishi shart.
SESSIONARIY- qayta sug'urtalashda riskni o'ziga qabul qiluvchi sug'urtalovchi.
SEY JAN BATIST (1767-1837) - fransuz iqtisodchisi, klassik maktabga qarshi,
“kompensatsiya” nazariyasini ilgari surgan, “Sey qonuni’ ning 
(“Bozorlar qonuni”) muallifi, unga ko'ra taklif talabni avtomatik 
ravishda vujudga keltiradi. Sey inqirozlarni inkor etgan, sinflar 
o'rtasidagi qarama-qarshilikni tan olmaydi (“ular o'rtasida uyg'unlik 
bor”, deydi). Protektsionizm o'rniga savdoni targ'ib qilgan. Ishlab 
chiqarishning uch omilini (kapital, ishchi kuchi va yer) ilgari surdi.
SEY QONUNI - unga asosan jami taklif o'zining jami talabini yuzaga keltiradi,
shuning uchun jami taklif va jami talab bir-biriga mos keladi, degan 
makroiqtisodiy tamoyilga asoslanadi. Agar shunday bo'ladigan 
bo'lsa, tovarlar keragidan ko'proq ishlab chiqarilmaydi. Masalan, 
ishlab chiqaruvchi 2000 so'mlik mahsulot sotsa, bir vaqtning o'zida 
u o'ziga zarur bo' lgan tovarlardan 2000 so'mlikxarid qilishi mumkin. 
U o'zining talabini yuzaga keltirmoqda, ya’ni taklif 2000 = talab 
2000. Shu bois iqtisodiyotni tartibga solishga davlat aralashmasligi 
kerak, degan xulosa ilgari surilgan.
SIFAT - tovarning muayyan iste’molchilar ehtiyojini qondirish qobiliyatini
belgilab beruvchi, qo'yilgan talablarga mos keluvchi xususiyatlari 
majmuyi. Oldi-sotdi shartnomalarida tomonlar sifat ko'rsatkichlari, 
uni tekshirish tartibi, tovar sifatining belgilangan talablarga mos 
kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish tartibi kelishib olinadi, 
zarur hollarda tovarni sifati bo'yicha qabul qilish va topshirish 
shartlari, shuningdek, tovar sifati yoki uni saqlash muddati bo'yicha 
kafolatlar belgilab qo'yiladi.
SIFAT 0 ‘ LCHAGICHLARI - sifat baholanadigan o'lchovlar.
SIFAT TA’MINL ANADI GAN XARAJATLAR - mahsulot yoki xizmat sifatini
ta’minlash (masalan nuqsonlarning oldini olish, tekshiruv qilish 
bilan bog'liq xarajatlar) bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar.
360


SIFAT UYI MATRITSASI - mahsulotni loyihalashtirish bilan shug'ullanuvchi
funksionalaro guruhga iste’molchilarning talablarini operatsion va 
konstruksion masalalarga aylantirishga imkon beradigan matritsa.
SIFATNING MOS TUSHISHI - mahsulot loyihasida ko'rsatilgan talablarga
javob bera olish darajasi.
SIKL - iqtisodiy faoliyatning birin-ketin qayta-qayta takrorlanishi. Odatda,
to'rtta bosqichda: krizis (inqiroz), depressiya (bir joyda depsinish), 
jonlanish va yuksalishdan iborat. Amaliy hayotda ko'proq ikki 
bosqich: bum (cho'qqi, zudlik bilan yuqori bosqichga ko'tarilish) 
va repressiya, ya’ni ishbilarmonlik faoliyatining susayishi, orqaga 
ketishi bilan xarakterlanadi. Sikl mexnizmi investisiya hajmi bilan 
bog'liqdir.
SIKL VAQTI - ma’lum bir jarayonda ketma-ket ishlanadigan “birliklar” chiqishi
orasidagi o'rtacha vaqt. Bu atamaga ko'pgina hollarda ma’lum bir 
takrorlanuvchi ishning boshi va ohiri orasidagi o'rtacha vaqt deb 
tavsifberiladi.
SIKLLIK (DAVRIY) ISHSIZLIK - ishlab chiqarishning qisqarishi natijasida
vujudga keladigan ishsizlik turi. Asosan iqtisodiyotda davriy 
rivojlanib, inqiroz bosqichida vujudga keladi.
SIKLLIK BALANSLASHTIRILADIGAN BUDJET - budjet siyosatidagi
konsepsiyalardan biri. Uning asosida budjet iqtisodiy sikl davrida 
muvozanatlashtirilishi lozim, degan qoida yotadi. Davlat bir 
vaqtning o'zida siklga qarshi choralarni amalga oshiradi va budjetni 
muvozanatlashtirisbga harakat qiladi. Tanazzulga qarshi chora, 
deb hukumat soliqlarni pasaytiradi, xarajatlarni oshiradi va ongli 
ravishda budjet kamomadini yuzaga keltiradi. Ko'tarilish davrida 
esa hukumat soliqlarni oshiradi, davlat xarajatlarini kamaytiradi, 
natijada yuzaga kelgan budjetning ijobiy saldosi tanazzul vaqtidagi 
kamomadni qoplashda ishlatiladi. Ammo asosiy muammo shundan 
iboratki, iqtisodiy faoliyatning ko'tarilishi va tanazzul vaqti 
davomiyligi nuqtai nazaridan farq qiladi. Masalan, tanazzul davri 2 
yil, ko'tarilish davri esa 1 yil bo'lishi mumkin. Unda 2 yilda yuzaga 
kelgan kamomad miqdorini 1 yilda budjetning ijobiy saldo miqdori 
bilan qoplab bo'lmaydi.
SILJITISH MUROJAATI - iste’molchilarga etkaziladigan ma’lumotlar shakli.
SILJITISH STRATEGIYASI - tovar siljitish vositalari, usullari, tadbirlarini aniq
bozor sharoitiga mos qo'llash tartibi.
SILJITISH STRUKTURASI - korxonaning iste’molchilar bilan aloqa o'rnatish
va uni ta’minlash dasturi bo'lib, reklama, sotishni rag'batlantirish, 
targ'ibot, shaxsan sotish usullari, vositalari tizimi.


1
SILJITISH VOSITALARI - tovar haqidagi ma’lumotlarni iste’molchiga etkazish
va singdirish, iste’molchilar bilan aloqa o'rnatish vositalari.
SINDIKAT - monopolistik birlashmaning shakli. Unda sindikatga birlashayotgan
korxonalar ishlab chiqarish mustaqilligini saqlab qolgan holda 
o'zlarining tijorat sohasidagi mustaqilligidan mahrum bo'ladilar. 
Bunda buyurtmalarni taqsimlash, xomashyo sotib olish, ishlab 
chiqarilgan mahsulotni sotish uchun o'zlarining tijorat faoliyatlarini 
birlashtirib, yagona idora tuzadilar.
SINERGETIK SAMARA - tashkilotning yagona bir butun sifatidagi salohiyati
va imkoniyatlari uning alohida elementlarining salohiyatlari va 
imkoniyatlaridan oshib ketadi, bu narsa ularni o'zaro qo'llab- 
quwatlanishlari va to'ldirilishlari bilan asoslangan.
SINTETIK SCHYOTLAR 
-
mablag'lar va xo'jalik jarayonlarining
umumlashgan hisobi pul ko'rsatkichlarida yuritiladigan schyotlar.
SINTETIK HISOB - pul o'lchovida umumiy ko'rsatkichlarni beruvchi hisob.
Bunday ko'rsatkichlar sintetik schyotlarda bo'lib, ular mavjud 
mablag'lar hamda ularning manbalari va harakati (asosiy vositalar, 
xomashyo, materiallar, yoqilg'i, ishlab chiqarish xarajatlari, 
g'aznadagi va hisob-kitob schyotidagi pul mablag'lari, ustav kapitali 
va h.k.) to'g'risida umumiy tasawurga ega bo'lish uchun zarur. 
Sintetik hisob ma’lumotlari analitik hisoblarda detallashtiriladi, 
ular Sintetik hisob registrlari bo'lib, bosh daftar, jurnal-orderlar 
hisoblanadi.
SINTETIK HISOB SCHYOTLARI - sintetik hisob yuritiladigan buxgalteriya
hisobi schyotlari oddiy vamurakkab sintetikhisob schyotlari bo'lishi 
mumkin. Oddiy schyotlarning ko'rsatkichlari detallashtirilmaydi va 
ular bo'yicha analitik hisob yuritilmaydi. Murakkab schyotlarning 
ko'rsatkichlari, 
zarur 
bo'lgan 
hollarda, 
analitik 
hisobda 
detallashtiriladi. Sintetik schyotlarning ro'yhati schyotlar rejasida 
keltirilgan. Har bir sintetik schyot o'zining shifri (nomeri)ga 
ega. Hozirgi qo'llanilayotgan schyotlar rejasida (21-son BHMS) 
subschyotlar yo'q.
SINXROMARKETING - ishlab chiqarishni talabningtebranishiga moslashtirish.
SIRG'ALUVCHI O'RTACHA - qator darajalarini birin-ketin ma’lum tartibda
surish yo'li bilan hisoblangan o'rtacha darajadir.
SIRG'ANMA NARX - ayrim yangi tovarlarga belgilangan nisbatan yuqori narx;
bozorning to'yinishi bilan pasayib boradi.
SIRPANUVCHAN O'RTACHA - trend yo'nalishi daraklarini turlicha
ko'rsatadigan oynaning katta kichikligiga qarab sirpanuvchan 
o'rtachalar.
3
6
2
------------------


SISMONDI SHAKL - (1773-1842) Jenevada tug'ilgan, Fransiyada yashagan,
mayda ishlab chiqarish iqtisodining asoschisi, yirik kapitalistik 
ishlab chiqarishga qarshi chiqdi va buni “isbotlab berish’ ga harakat 
qildi. Mamlakatdagi barcha illatlar yirik ishlab chiqarish tufayli, 
deb hisoblagan. U kapitalizmni tan olmagan, davlat yo'li bilan yirik 
korxonalarni tugatishni taklif etgan.
SIVILIZATSIYA - jamiyatning o'z taraqqiyoti jarayonida yaratgan moddiy
va ma’naviy boyliklarining, ularni yanada ko'paytirib hamda 
takomillashtirib berish usullarining majmuyi.
SIYOSIY RISK - davlat organlarining xatti-harakati yoxud uyushgan
shaxslar guruhining siyosiy talab bo'yicha chiqishi natijasida 
vujudga keladigan xavf. Siyosiy riskga urush harakatlari, siyosiy 
hokimiyatning yoki tuzumning o'zgarishi, qonun hujjatlaridagi 
o'zgarishlar, fuqarolarning ommaviy chiqishlari va ish tashlashlari, 
milliylashtirish, konfiskatsiya kiradi. Siyosiy risk ro'y bergan vaqtda 
sug'urta kompaniyasi javobgarlikdan ozod bo'ladi. Chunki siyosiy 
risklar, faqat, davlatga qarashli maxsus sug'urta kompaniyalari 
tomonidan sug'urtalanishi mumkin.
SKONTO - to'lov muddatidan oldin tovar uchun haq to'langan taqdirda tovar
qiymatidan chiqariladigan chegirma.
SLIP - birja faoliyatida aksiyaga qo'shib jo'natiladigan hujjat (sertifikat).
Ushbu hujjatda aksiyaga tegishli tor doiradagi ba’zi ma’lumotlar 
(sirkulyasiyaga ruxsat olingan, aksiya konkurent tomonga 
tegishli emas va boshqalar) keltirilgan bo'ladi. Slipda sug'urta 
kompaniyasining riskni sug'urtalashdagi hissasi ko'rsatiladi. 
Angliyada slip sug'urta polisiga tenglashtiriladi. Ayrim holatlarda 
slip sug'urta qoplamasini to'lashda asosiy hujjat hisoblanadi.
SMENALILIK KOEFFITSIENTI - uskunalaming vaqt bo'yicha ish bilan
ta’minlash darajasi ko'rsatkichi; sutka davomida ishlab berilgan 
mashina - smenalarning o'rnatilgan barcha smenalar soniga nisbati 
orqali aniqlanadi.
SMETA - qurilish, montaj ishlari, asbob uskunalar sotib olish uchun ketgan
mehnat, material va pul xarajatlari miqdori belgilangan hujjatlar 
yig'indisi; moliya rejasining bir turi, bunda asosan xarajatlar aks 
ettiriladi.
SMETALI MOLIYALASHTIRISH - noishlab chiqarish sohasi korxona va
tashkilotlari xarajatlarini qoplash metodi.
SMIT ADAM - (1723-1790) shotlandiyalik iqtisodchi olim, o'zining “Xalqlar
boyligining tabiati va sabablari to'g'risida tadqiqot” 1776-yil) asari
161


uchun “Iqtisodiyot nazariyasi otasi” unvoniga sazovor bo'Igan. U 
izchillik bilan mehnat qiymat nazariyasini rivojlantirgan. Ish haqi, 
foyda, narx, renta, pul, kapital, soliq solish, davlat moliyasi kabi 
iqtisodiy tushuncha va hodisalarni tahlil etgan. Uning eng katta 
xizmatlaridan biri bozor ta’limotidir. Ushbu ta’limotning markaziy 
g'oyasi bozor o'zini-o'zi tartibga solish mexanizmiga (ko'zga 
ko'rinmas qo'l) ega, shuning uchun iqtisodiyot davlatdan xolis 
qilinsa, yaxshiroq amal qiladi. Uning fikricha, mehnat taqsimoti va 
hamma iqtisodiy agentlar faoliyatida absolut erkinlikni ta’minlash 
bozorning mavjud bo'lishi va harakat qilishining asosini tashkil 
etadi.
SO'NGGI USUL - mamlakatning oltin valyuta rezervlarini ishlatish yo'li bilan
to'lov balansi defitsitini qoplashga aytiladi.
SO'ROV - kishilarning bilimlari, e’tiqodlari, xohishlari va mamnunliklari
to'g'risidagi ma’lumotlar olish uslubi.
SOF AKTIVLAR - birlikning hisobot davrida majburiyatlariga nisbatan
aktivlarining ko'payganligini ifodalaydi.
SOF 
ARALASH DAROMAD - uy xo'jaligi sektoriga qarashli nokorporativ
korxonalar 
daromadlarining 
hosil 
bo'lishi 
schyotidagi
muvozanatlashtiruvchi ko'rsatkichdir.
SOF DAROMAD - milliy daromadning bir qismi, xalq xo'jaligida yaratilgan
qo'shimcha mahsulotning puldagi ifodasi. Sof daromad foyda, 
renta, foizga bo'linadi, ya’ni ularning jami jamiyat miqyosida sof 
daromadni tashkil etadi.
SOF 
DISKONTIRLANGAN (KELTIRILGAN) QIYMAT - kelajakda
olinadigan 
sof 
daromadning 
diskontirlangan 
qiymatidan
diskontirlangan investitsiya ayirmasi:
SOF EKSPORT - tovar va xizmatlarning eksporti va ularning importi o'rtasidagi
ayirma: eksport - import = sof eksport.
SOF FOYDA - korxona moliyaviy faoliyati natijasida ko'rilgan daromaddan
mahsulot tannarxi va soliqlar hisoblanganidan so'ng korxona 
ixtiyorida qoldirilgan foyda.
SOF FOYDA - korxona moliyaviy faoliyati natijasida ko'rilgan daromaddan
mahsulot tannarxi va soliqlar hisoblanganidan so'ng korxona 
ixtiyorida qoldirilgan foyda.
SOF ICHKI MAHSULOT (SOF MILLIY DAROMAD) - makroiqtisodiy
ko'rsatkich bo'lib, YalM (YaMD)dan amortizatsiya ajratmalari 
miqdorini ayirib tashlash yo'li bilan topiladi.
364


SOF INVESTITSIYALAR - yalpi investitsiyalardan amortizatsiya miqdorining
ayirmasi. Masalan, yalpi investitsiyalar = 40 p.b., amortizatsiya = 20 
p.b., sof investitsiyalar = 40 - 20 = 20 p.b. (pul birligi).
SOF IQTISODIY RENTA - narx bo'yicha absolyut elastik bo'lmagan taklifga
ega bo'lgan resurs egasi tomonidan olinadigan daromad.
SOF KREDITLAR VA SOF Q A R ZLA R - birlikning boshqa birliklarga bergan va
ulardan olgan mablag'lari o'rtasidagi farqdir. Natija musbat bo'lsa, 
u sof kreditlar, aks holda sof qarzlar deb ataladi.
SOF KREDITLAR YOKI QARZLAR - kapital bilan bo'ladigan muomala
hisobining balanslantiruvchi moddasi (natijasi) sof kreditlar 
yoki qarzlardan iborat bo'ladi; bu modda moliya bilan ta’minlash 
manbaining nomoliyaviy aktivlar xarajatiga nisbatan oshiq yoki 
kamligini ko'rsatadi.
SOF KREDITLASH (QARZ OLISH) - nomoliyaviy aktivlarni sotib olish
uchun moliyalashtirish mablag'larining, sof xarajatlarga nisbatan 
ortiqligi (defitsitligi). Uning hajmini aniqlash uchun yalpi asrash 
bilan yalpi jamg'arish, yerlarni va nomaterial aktivlarni sof sotib 
olish plyus *qolgan dunyo” kapital transfertlari orasidagi farqqa teng. 
Makrodarajadagi sof kreditlash yoki sof qarz olish mamlakatning 
“boshqa dunyo’ ga bergan yoki “boshqa dunyo”dan olgan sof 
resurslari hajmini ko'rsatadi.
SOF LIZING - bunda ijaraga berilayotgan mulk va ularni ishlatishga sarflanadigan
barcha qoshimcha xarajatlar ijarachi zimmasiga yuklatiladi.
SOF MAHSULOT - moddiy ishlab chiqarish sohasida korxona yoki tarmoqda
yangidan yaratilgan qiymatni xarakterlovchi ko'rsatkich. Sof 
mahsulot yalpi mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish 
vositalari qiymatiga farq qiladi. Rejalashtirish va statistikada sof 
mahsulot yalpi yoki tovar mahsulotidan moddiy xarajatlami (uning 
ichiga asosiy fondlar amortizatsiyasi ham kiritiladi) ayirib tashlash 
orqali aniqlanadi. Hamma tarmoqlarda sof mahsulotlarning jami 
ishlab chiqarilgan milliy daromadni tashkil etadi.
SOF MAJBURTYATLAR - birlikning hisobot davrida aktivlariga nisbatan
majburiyatlari ko'payganligini bildiradi.
SOF MILLIY DAROMAD - mamlakat rezident birliklarining yangitdan yaratgan
daromadidir.
SOF MILLIY MAHSULOT (SMM) - yalpi milliy mahsulotning amortizatsiya
qiymatiga kamaytirilgan miqdori, yoki YaMM - amortizatsiya = 
SMM. Amortizatsiya daromadga qo'shilmaydi, u shuni bildiradiki, 
YaMMning bir qismi ishlab chiqarishda ishlatiladigan mashina va 
uskunalar qiymatini kelajakda qoplash uchun olib ko’rilishi lozim.
365


SOF RAQOBAT - qarang: mukammal raqobat.
SOF RAQOBAT BOZORI - yakka sotuvchi yoki sotib oluvchi joriy bahoga
katta ta’sir ko'rsata olmaydigan, jarayondagi sotuvchi va xaridorlar 
yig'indisi.
SOF SOLIQLAR - soliqlardan subsidiyalami ayirish orqali topiladi.
SOF TUSHUM - tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxida hisobga olinadigan
qo'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i hamda transport vositalariga 
benzin, dizel yoqilg'isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq 
summalarini kiritmagan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
realizatsiya qilishdan olingan tushum/
SOLIQ_-majburiy to'lov. Soliqningmohiyati, rolivatarkibijamiyatning iqtisodiy va
siyosiy tizimi, davlatning iqtisodiy-ijtimoiy tabiati va funksiyalariga 
ko'ra belgilanadi. Davlat budjeti daromadlarining asosiy manbai 
soliqlardir. Masalan, aksiz, daromad, transport soliqlari va hokazo.
SOLIQ. ASOSI (NEGIZI, BAZASl) - umumiy holda belgilangan soliqqa
tortish davri mobaynida ma’lum hududdagi soliq to'lovchilar va 
soliqqa tortish obyektlarining yig'indisi.
SOLIQ, BADALLARI (TO'LOVLARI) - soliq qonunchiligi bo'yicha
belgilangan tartibda va muddatda soliq to'lovchilar tomonidan 
to'lanadigan, hisoblangan yoki qat’iylashtirilgan summalardir. 
Ularni hisoblash tartibi har bir soliq turi bo'yicha qonunga binoan 
aniqlanadi.
SOLIQ BADALLARI (TO'LOVLARI) - soliq qonunchiligi bo'yicha
belgilangan tartibda va muddatda soliq to'lovchilar tomonidan 
to'lanadigan, hisoblangan yoki qat’iylashtirilgan summalar. Ularni 
hisoblash tartibi har bir soliq turi bo'yicha qonunga binoan 
aniqlanadi.
SOLIQ, BITIMLARI - bir mamlakat yuridik va jismoniy shaxslarining
ikkinchi mamlakatda olgan daromadlarining ayrim turlarini va 
boshqa mamlakat hududida joylashgan shu shaxslarning mol- 
mulkini soliqqa tortish huquqini har bir mamlakatga biriktirishga 
mo'ljallangan mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro soliq munosabatlarini 
tartibga solishga yo'naltirilgan yuridik hujjat. Amaliyotda soliq 
bitimlarining ikki turi uchraydi: l ) maxsus (cheklangan) soliq 
bitimlari - ular cheklangan xarakterdagi masalalarni (xalqaro yuk 
tashish, bojxona to'lovlari, imtiyozli soliq rejimi va shu kabilar;
2) umumiy soliq bitimlari. Soliq bitimlari imzolanayotganda 
davlatlar quyidagi asosiy vazifalarni yechishga harakat qiladilar: 
ikki marta soliqqa tortishga barham berish sxemasini aniqlash -
366


o'zaro kelishayotgan davlatlar uchun faqat u yoki bu daromaddan 
soliq undirish huquqi biriktiriladi; har ikkala davlatda soliqqa 
tortish huquqi saqlanib qolganda ham ikki marta soliqqa tortish 
mexanizmigabarham berish; soliqto'lovchiniboshqamamlakatlarda 
diskriminatsion tarzda soliqqa tortilishidan himoya qilish; soliqqa 
tortishdan bo'yin tovlashni aniqlash va konvensiyani bajarish 
maqsadida o'zaro informatsiya almashish. Bunda quyidagi to'rt 
guruh masalalar ko'rib chiqiladi: konvensiyaning qo'llanish doirasi; 
soliqlarni davlatlar o'rtasida taqsimlash; ikki marta soliqqa tortishga 
barham berish; harakat qilish qoidalari. Shu bitim bo'yicha tartibga 
solib turiladigan soliqlaming turlari va shaxslarning (yuridik va 
jismoniy) ro'yxati ham aniqlanadi.
SOLIQ.DAVRI - soliq bazasi (negizi, asosi)ning shakllanish jarayoni tugaydigan
muddat. Bu muddatda soliq majburiyatining yakuniy hajmi 
(miqdori) aniqlanadi. Qonun tomonidan belgilangan soliqqa 
tortish davri davomida bir obyekt soliqning bir turi bo'yicha bir 
marta soliqqa tortilishi mumkin.
SOLIQ. DEKLARATSIYASI - soliq to'lovchining muayyan vaqt davomida
topgan daromadi miqdorini ko'rsatuvchi hujjat. Ushbu hujjatda 
daromadining miqdori va manbalarini aniq qilib ko'rsatadi. 
Olinadigan 
soliq 
deklaratsiyaga 
qarab 
belgilanadi. 
Soliq 
deklaratsiyasida soliq miqdori naqadar to'g'ri ko'rsatilganligini 
soliq inspeksiyasi nazorat qiladi. O'zbekistonda qabul qilingan soliq 
to'g'risidagi qonunga binoan har bir fuqaro yilning oxirida soliq 
deklaratsiyasini to'ldirishi zarurligi qayd etilgan.
SOLIQ. ELEMENTLARI - davlatning qonun aktlari asosida aniqlangan
soliqlarning tuzilishi (qurilishi) prinsiplari va ularni undirishni 
tashkil qilish, soliqlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini o'zida 
aks ettiradi. Soliqlarning elementlari tarkibiga quyidagilar kiradi: 
l ) soliq subyekti (soliq to'lovchi); 2) soliqni o'zida tashuvchi 
(namoyon etuvchi); 3) soliq obyekti; 4) soliq manbai; 5) so liqqa 
tortish birligi; 6) soliq stavkasi (soliqqa tortish normasi, me’yori); 
7) soliq imtiyozlari; 8) soliq okladi. Soliq qonunchiligi nuqtai- 
nazaridan yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari soliqning muhim 
elementlari qatoriga yana quyidagilarni kiritish mumkin: l) soliq 
masshtabi; 2) soliqqa tortish bazasi (asosi, negizi)ni hisobga olish 
usuli; 3) soliq davri; 4) soliqni hisoblash tartibi; 5) hisobot davri;
6) soliqni to'lash muddatlari; 7) soliqni to'lash usuli va tartibi.
SOLIQ. HISOB-KITOBLARI - yuridik shaxslar tomonidan qonunda ko'zda
tutilgan muddatlarda buxgalteriya hisoboti bilan birgalikda soliq
367


organlariga taqdim etilib, o'zida ma’lum hisobot davri mobaynida 
to'lanishi lozim bo'lgan, hisoblangan to'lovlar summasini aks 
ettiradi. Soliq summalarini hisoblash tartibi soliq qonunchiligiga 
ko'ra har bir soliq turi bo'yicha alohida-alohida belgilanadi.
SOLIQ, HUQUQI - soliqlarni belgilash, amalga oshirish, undirish va ular
bilan bog'liq bo'lgan ixtisoslashgan maxsus davlat nazoratini 
amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy-huquqiy 
munosabatlar majmuyidir.
SOLIQ,IMTIYOZI - soliq to'lovchi soliq majburiyatlari hajmining to'liq yoki
qisman qisqarishi, to'lov muddatining kechiktirilishi yoki orqaga 
surilishi. Soliqlarning rag'batlantiruvchi funksiyasi soliq imtiyozlari 
tizimi orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa tortish 
obyektining o'zgarishida, soliqqa tortish bazasining kamayishida 
(qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytirilishida va boshqalarda 
o'z ifodasini topadi. Soliqqa tortilmaydigan obyekt minimumi, 
alohida shaxslar va soliq to'lovchilarning ayrim toifalarini soliq 
to' lashdan ozo d qilish, soliqqa tortish obyektidan ayrim elementlarni 
chiqarish, soliq stavkalarini pasaytirish, maqsadli soliq imtiyozlari, 
soliq kreditlari (soliqlarning undirilishini kechiktirish) va boshqalar 
soliq imtiyozlarining ko'rinishlari (turlari) dir. Masalan, korxonalar 
foydasidan olinadigan soliq bo'yicha imtiyozlar ishlab chiqarishni 
kengaytirish va uy-joy qurilishini rivojlantirish xarajatlarini 
moliyalashtirish, tadbirkorlikning kichik shakllarini, nogironlar 
va pensionerlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy-madaniy va 
tabiatni muhofaza qilish sohalarini rag' batlantirishga qaratilgandir. 
Individual xarakterga ega bo'lgan soliq imtiyozlarini berish, odatda, 
ta’qiqlanishi kerak.
SOLIQ, INSPEKTSIYALARI - Davlat soliq qo'mitasiing yagona tizimi
tarkibiga kiruvchi tuzilmaviy birlik. Ularning tarkibiy tuzilishi 
funksional belgiga ko'ra aniqlanadi. Buning asosi sifatida turli 
belgilar: mulkchilik shakli, xo'jalik faoliyatining turi, to'lovlar 
hajmi, soliqlarning turlari va h.k.lar olinishi mumkin. Fuqarolarning 
faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun soliq inspektsiyasi 
nazorati ostida bo'lgan hudud uchastkalarga bo'linadi.
SOLIQ, ISLOHOTI - soliq tizimini qayta ko'rish va uni yangilash, moliyaviy
munosabatlarning o'zgarishi tufayli yuzaga keladi.
SOLIQ, KANIKULLARI - korxonalarning samarali ishlaganliklari uchun
yoki boshqa sabablarga ko'ra davlat tomonidan beriladigan 
imtiyozlar davri. Bu davrda ular soliqlardan ozod qilinadi.
368


SOLIQ, KREDITI - budjetga to'lanishi lozim bo'lgan soliq summasini
ma’lum muddatga kechiktirish, b o‘lib-bo‘lib to'lash yoki soliqni 
qaytarish shakli.
SOLIQ. KVOTASI - soliqqa tortishning ma’lum birligidan olinadigan
soliqning miqdori, hajmi, o'lchami.
SOLIQ. MEXANIZMI - soliqqa tortish bilan bog'liq bo'lgan soliqlarning
tashkil qilishning barcha elementlari, usullar vatamoyillar yig'indisi 
tushuniladi. Bunday elementlarga soliq obyekti, subyekti, manbai, 
stavkasi, to'lov muddatlari, soliq huquqi va hujjatlari kiradi.
SOLIQ NAZORATI - yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlar va
boshqa majburiy to'lovlarning to'liq va o'z vaqtida to'lanishini 
ta’minlash ustidan amalga oshiriladigan nazorat. Nazorat tekshiruv 
ishlarini amalga oshirish davomida bevosita korxonaning 
o'zida (hujjatli tekshiruv) yoki korxona tomonidan belgilangan 
muddatlarda taqdim etiladigan va soliq organi ixtiyoriga kelib 
tushadigan bank hujjatlari, buxgalteriya hisobotlari va hisob- 
kitoblari asosida (kameral tekshiruv) amalga oshirilishi mumkin. 
Korxonalar ustidan doimiy nazorat soliq organlarida har bir soliq 
turi va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblash va kelib tushish 
ustidan operativ buxgalteriya hisobini joriy etish orqali erishiladi.
SOLIQOBYEKTI - soliq solinadigan daromad yoki mol-mulk.
SOLIQ. OG'IRLIGI (YUKI) - davlat va jamiyat hayotida soliqlarning
rolini xarakterlab (ko'rsatib) beradigan eng umumlashgan 
ko'rsatkich. Ishlab chiqarishning umumiy hajmi va daromadlarda 
soliq ajratmalari va bozor iqtisodiyotining salmog'ini (hissasini) 
ko'rsatuvchi, 
bozor iqtisodiyotining amalga 
oshirilayotgan 
modelidan kelib chiqadigan o'lcham. Soliq yig'imlarining jami 
milliy mahsulotga nisbati bilan aniqlanadi.
SOLIQ ORGANLARI - soliq qonunchiligiga rioya qilish, mamlakatning
qonunlariga muvofiq belgilangan (o'rnatilgan) soliqlar va boshqa 
majburiy to'lovlarning to'g'ri hisoblanishi, ularning to'liq va o'z 
vaqtida budjetga o'tkazilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi yagona 
mustaqil markazlashtirilgan tizim. Davlat soliq qumitasining yagona 
tizimiga kiruvchi soliq organlari davlat boshqaruvining markaziy 
organi (Davlat soliq qo'mitasi), viloyat, tuman va shahar soliq 
inspeksiyalaridan iboratdir. Soliq organlari yuridik shaxs hisoblanib, 
o'z nomiga o'zlarining mustaqil xarajatlar smetasiga, banklardagi 
joriy schyotiga va o'z muhriga egadir.


SOLIQ, QARZI - soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha qarz summasi,
shu jumladan ushbu soliq kodeksida belgilangan muddatda 
to'lanmagan moliyaviy sanksiyalar
SOLIQ. QONUNCHILIGI - davlatda soliqlarning turi, ularni undirish
mexanizmi va soliq majburiyatlarining vujudga kelishi, o'zgarishi va 
to'xtatilishini tartibga solib turuvchi yuridik me’yorlar yig'indisi; 
moliyaviy huquq instituti. Soliq huquq davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzilishi (qurilishi), uning vazifa va funksiyalari bilan belgilanadi.
■ SOLIQ. 
QONUNCHILIGI 
BUZILGANDA 
QO'LLANILADIGAN
JAZOLAR (SANKSIYALAR) - intizomsiz soliq to'lovchilarga 
nisbatan soliq qonunchiligi buzilganda beriladigan jazolardir. Ular 
uch xil bo'ladi: ma’muriy, moliyaviy va jinoiy.
SOLIQSIYOSATI - davlatning soliq sohasidagi barcha tadbirlarini rejalashtirish,
qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash hamda uni tashkil 
qilishdagi ishlab chiqilgan chora-tadbirlar yig'indisidir.
SOLIQ, SOLISHNING SODDALASHTIRILGAN TARTIBI - soliq
solishning ayrim toifadagi soliq to'lovchilar uchun belgilanadigan 
hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to'lashning, 
shuningdek, ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning 
maxsus qoidalari qo'llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi.
SOLIQ, STAVKASI - soliqqa tortish birligiga to'g'ri keluvchi soliqning
hajmi (miqdori, darajasi). Qat’iy soliq stavkalari daromadlarga 
bog'liq bo'lmagan holda soliqqa tortish birligiga nisbatan absolyut 
summalarda o'rnatiladi. Proporsional stavkalar daromadning 
hajmiga (miqdoriga) bog'liq bo'lmagan holda unga nisbatan bir xil 
foizlarda belgilanadi. Progressiv soliq stavkalari soliqqa tortiladigan 
daromad hajmining ortishi bilan oshib boradi. Regressiv soliq 
stavkalari esa, aksincha, daromadning ortib borishi bilan pasayadi.
SOLIQ, TIZIMI - davlat budjetiga undiriladigan soliqlar turi majmuyi,
ularni yig'ib olish pullari va usullarni tashkil etish tushuniladi. Unga 
soliq turlari, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi, soliq undiriladigan 
daromadlarni aniqlash kabilar kiradi. Soliq tizimining asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: a) soliq to'lovchilar bilan davlat 
o'rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash; b) ma’lum 
sohadagi faoliyatni rag'batlantirish yoki cheklab qo'yish; d) 
aholining muayyan tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlar berish.
SOLIQ, TO'LANGUNGACHA OLINGAN FOYDA - umumxo'jalik
faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko'zda tutilmagan) 
vaziyatlardan ko'rilgan foyda va minus zararlar sifatida aniqlanadi.
370


SOLIQ. TO'LOVCHILAR - qonun hujjatlariga ko'ra soliq to'lash
majburiyati yuklangan jismoniy va yuridik shaxslar hamda 
to'lovchilarning boshqa toifalari.
SOLIQ
TO'LOVCHILARNI 
HISOBGA 
OLISH 
(QAYDDAN
O'TKAZISH) 
-
ularni 
xo'jalik 
yurituvchi 
subyektning 
identifikatsiyalashuvini ta’minlaydigan soliq to'lovchining Davlat 
reestriga kiritish orqali amalga oshiriladi. Soliq to'Iovchilar majburiy 
ravishda soliq organlarida hisobdan (qayddan) o'tishi shart. Bunda 
bank va boshqa kredit tashkilotlari soliq to'Iovchilar tomonidan 
ularning soliq organlarida hisobdan (qayddan) o'tganligini 
tasdiqlovchi ma’lumotnomani taqdim etganlaridan so'nggina ularga 
hisob-kitob va boshqa hisob varaqlarini ochishi hamda belgilangan 
muddat ichida ularga (soliq to'lovchilarga) xabar berishi kerak. 
Ko'rsatilgan talablar bajarilmagan holda bank va boshqa kredit 
tashkilotlarining rahbarlari belgilangan tartibda ma’muriy jazoga 
tortiladilar.
SOLIQ. TO'LOVCHILARNING IDENTIFIKATSION RAQAMI (STIR)
- soUq to'lovchining soliq idoralaridan ro'yxatdan o'tganligini 
ko'rsatuvchi dalildir. Bu raqam soliq to'lovchining tegishli hisobot 
va hisoblarini, boshqa hujjatlarini tez topishda yordam beruvchi 
son dir.
SOLIQ. 
TO'XTATUVCHANLIGI 
(TO SQ IN C H ILIG l) 
-
soliq
progressiyasining noproporsionalligi bilan xarakterlanadigan 
soliqqa tortish tizimi. Ma’lum darajadan yuqoridagi daromadlarga 
yanada yuqoriroq (ko'proq) soliq o'rnatiladi. Buning natijasida 
yuqori daromadga ega bo'lish foydasiz bo'lganligi uchun tijoriy 
faoliyat susayadi (pasayadi).
SOLIQ. TUSHUMLARI - Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan budjet
daromadlari va xarajatlari klassifikatsiyasining daromadlari 
qismidagi har bir soliq va boshqa majburiy to'lovlarga mo'ljallangan 
qism, band, kod va moddaga muvofiq vakolatli banklarning hisob- 
kitob schyotiga yoziladigan, hisoblangan va haqiqatda kelib tushgan 
soliq badallari (to'lovlari) va moliyaviy sanksiyalar.
SO LIQ 
TUSHUMLARINI 
BASHORATLASH 
(PROGNOZ-
LASHTIRISH) - aniq va miqdoriy jihatdan aniqlangan shaklda 
soliqtushumlarininghajmiga ta’sir ко'rsatuvchiobyektivvasubyektiv 
omillarni oldindan ko'rish va bilish instrumenti. Soliq tushumlarini 
bashoratlash perspektivxarakterdagi tadqiqot hisoblanib, uni ishlab 
chiqishda (yaratishda) real iqtisodiy shartlar va jarayonlar hisobga

Yüklə 22,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə