Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 22,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/33
tarix25.09.2023
ölçüsü22,32 Mb.
#123882
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

422


TOVARLARNI ZO RLAB TARQATISH - ishlab chiqaruvchi tomonidan
tovarni vositachilar noroziligiga qaramay o'tkazish.
TOVARLASHGAN XIZMAT - tovar sifatida oldi-sotti qilinuvchi xizmatlar,
ya’ni pulli xizmatlardir.
TOVARNI BOZORDA JOYLASHTIRISH 
- bozorda tovar uchun
raqobatbardosh holatni ta’minlash bo'yicha harakatlar va unga mos 
marketing majmuyini ishlab chiqish.
TOVARNI BOZORDA JOYLASHTIRISH 
-
tovarlarning bozordagi
raqobatbardoshligini ta’minlash va mos keluvchi marketing 
majmuasini ishlab chiqish uchun amalga oshiriluvchi harakatlar.
TOVARNING BO ZO R ULUSHI - aniq tovarning shu xildagi hamma tovarlar
sotish umumiy hajmidagi hissasi.
TOVARNING HAYOTIYLIK DAVRI - tovar rivojlanishining uni ishlab
chiqishdan to bozorga olib kirishgacha bo'lgan asosiy bosqichlarini 
aks ettiruvchi ma’lum bir vaqt davri (sikli). Tovarni sotish va 
foyda olish jarayonida besh bosqich ajratib ko'rsatiladi: tovarni 
ishlab chiqish (bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib kirish 
(kiritish) bosqichi, tovarni sotish hajmining o'sish bosqichi, 
yetuklik (to'yinganlik) bosqichi, tovarning susayish bosqichi yoki 
tovar eliminatsiyasi.
TOVARNING MAVQEYI - tovarning raqib tovarlarga nisbatan iste’molchilar
ongi va ko'nglida tutgan o'rni.
TOVARNING RAQOBATBARDOSHLIGI - l ) aniq ehtiyojni qondirishda
bozordagi raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta’minlovchi 
tovarning sifat va narx tavsifnomalari majmuyi; 2) tovarning 
raqobatchi tovarlar bozorida birinchi bo'lib xarid qilish qobiliyati; 
3) tovarni iste’mol qilish (foydalanish) samarasining uni sotib olish 
va ekspluatatsiya qilishga sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi) 
nisbati; 4) korxonaning milliy va jahon tovar bozorlariga chiqishi 
maqsadga muvofiqligining muhim ko'rsatkichi.
TOVARNING TEXNIK DARAJASI - tovarning fan-texnika taraqqiyoti,
standartlar, texnik shartlar va boshqa texnik talablarga mos kelishi.
TOVLAMACHILIK - o'zgalar mulkini talon-taroj qilish yoki aldov hamda
ishonchni suiiste’mol qilish orqali birovlar mulkiga egalik qilish 
huquqini olish, mulkchilikka qarshi yo'nalgan iqtisodiy jinoyatdir.
TRANSAKSION XARAJATLAR - bozorda tovarlarni sotishda egalik huquqini
aniqlash va uni berish bilan bog'liq xarajatlar.
TRANSFERT - l) xorij valyutasi yoki oltinni bir mamlakatdan ikkinchisiga
o'tkazish; 2) nomi yozilish, qimmatli qo'g'ozga egalik qilish 
huquqini bir shaxsdan ikkinchisiga o'tkazish; 3) turistlarni
423


aeroportdan mehmonxonaga eltish bo'yicha transport xizmati; 4) 
bir institutsion birlik boshqa institutsion birlikka ekvivalent sifatida 
biror turdagi tovar, xizmat yoki aktiv olmasdan tovar, xizmat yoxud 
aktiv yetkazib berishi.
TRANSFERT TO'LOVLAR! - evaziga hech qanday tovar yoki xizmatlar
olinmaydigan davlat xarajatlari ( pensiya, stipendiyalar, ishsizlik 
nafaqasi va boshqalar).
TRANSFERTLAR-1 .Joriy yoki kapital transfert bo'ladi. Kapital transfertlar -b ir
hisobot davridan ko'proq vaqt mobaynida ishlab chiqarish vositasi 
sifatida foydalaniladigan tovarlar va nomoddiy aktivlardan iborat. 
2. Daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlashni ifodalaydigan 
ko'rsatkich. U bir institutsional birlik tomonidan ikkinchisiga 
tekinga berilgan pullar, tovarlar, xizmatlar yoki aktivlarni ifodalaydi. 
Ular joriy va doimiyga yoki pul formadagi va natural formadagi 
transfertlarga bo'linadi.
TRANSFORMATSIYANING CHEGARAVIY ME’YORI - ishlab chiqarish
imkoniyatlari egri chizig'iga asoslanib, alternativ tovarning har 
bir qo'shimcha birligini olish uchun voz kechish kerak bo'lgan bir 
tovarning miqdori.
TRANSMILLIY KORPORATSIYALAR - kooperativ asosda tashkil etilgan,
jahon xo'jaligida bitta yoki bir qator tarmoqlarni nazorat qiluvchi 
yirik birlashmalar. Ularning kapitallari esa transmilliy kapital
TRANSPORT MAGISTRALI - ko'plab yuk va yo'lovchi oqimlari tashiladigan
va texnik jihatdan jahon talablariga javob beradigan transport yo'li. 
Temir yo'l magistrali, odatda, ikki izli bo'lib, elektrovozlar yoki 
teplovozlar yordamida amalga oshiriladi. Transport magistrali eng 
muhim yo'nalishlarda xo'jalik aloqalarining markazlashuvidan 
vujudga keladi. Masalan, Transibir temir yo' 1 magistrali, Transevropa 
temiryo'l magistrali, Transamerika magistrali va h.k.
TRANSPORT MARKAZLARI - temir yo'l stantsiyalari, dengiz bandargohlari
-daryo pristanlari tushuniladi. Bu yerda ortish-tushirish ishlari 
amalga oshiriladi. Yo'lovchilar boshqa transport vositalari 
bilan almashinish imkoniyati mavjud. Transport markazlari 
iqtisodiyotning barcha sohalarini bog'laydi. Masalan, temir yo'l 
stansiyasi, dengiz bandargohlari, daryo pristanlari tushuniladi.
TRANSPORT PUNKTI - mahalliy ishlab chiqarish bilan aloqador bo'lgan
transport korxonalari, omborxonalar, alohida stansiyalarvaportlami 
o'z ichiga oladi. Asosiy vazifasiyuklarni o'z tasir doirasidagi yuklarni 
ortish-tushirish bir transport turidan ikkinchisiga o'tkazish kabi 
ishlarni bajaradi.
424


TRANSPORT TIZIM I - unga kiruvchi elementlar transport to‘ri,
transport turlari, transport tuguni, transport markazlari va 
transport vositalarining o'zaro uyg'unlashgan holda to'g'ri hududiy 
tashki etilganligiga, ularning mustaqil faoliyat ko'rsata olishi va 
boshqaruvchanligiga tizim deyiladi.
TRANSPORT TO 'R I ZICHLIGI - aholi jon boshiga yoki hudud maydoniga
to'g'ri keluvchi transport yo'llari uzunligi. Mazkur ko'rsatkich 
transportning ish natijalariga katta ta’sir ko'rsatadi.
TRANSPORT TUGUNI - bir necha transport turlari, aloqa yo'llari o'zaro
qo'shilgan va tarmoqlangan joy. Transport tugunlari xilma- 
xil belgilari, transport turlari, transport asosiy shaxobchalar 
sxemasi, xalq xo'jaligidagi ahamiyati, yuk oborotidagi asosiy yuk 
turlari, yuk va yo'lovchi aylanmasining katta kichikligiga qarab 
turlanadi. Ahamiyatiga ko'ra xalqaro, respublika, viloyat, mahalliy 
ahamiyatdagi transport tugunlariga ajratiladi.
TRANSPORT VOSITALARI EGALARIDAN OLINADIGAN SOLIQ, -
transport vositalariga ega bo'Igan yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan to'lanadi. Soliqning stavkasi ot kuchida ifodalangan 
dvigatelning quwatigabog' liqdir. Uning summasi mahsulotni ishlab 
chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining tarkibiga kiritiladi.
TRANSPORT LOGISTIKASI - muayyan moddiy buyumlar, yuklar va
boshqalarni bir joydan boshqa bir joyga optimal yo'nalish bo'yicha 
yetkazib berish, tashishni tashkil etish tizimi.
TRANZAKSION DEPOZITLAR - yuridik shaxslaming bo'sh pul mablag'lari,
ularning mablag'ini talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit 
turi.
TRANZIT - (lot. “tranz” - o'tish) yo'lovchi va yuklar tashiladigan vositalarning
yuk jo'natiladigan hamda yuk borishi kerak bo'Igan manzillar 
o'rtasida joylashgan stansiyalar, yo'llar, shuningdek, mamlakatlar 
orqali o'tish. Aniqroq qilib aytganda, yuk yoki yo' lovchini bir joydan 
ikkinchi joyga borishi uchun uchinchi joyni (boshqa joyni) kesib 
o'tishi. Tranzit avtomobil, tranzit yuk, tranzit yo'lovchi, tranzit 
daryo kabi tushunchalar ham ishlatiladi.
TRANZIT KOMISSION BITIMLAR - birjada ishtirok etish huquqi berilgan
banklaming birjada ishtirok etish huquqi berilmagan kredit 
institutlari nomidan ishtirok etishi.
TRAST OPERATSIYALARI - bank mijoz topshirig'i bilan ma’lum mulkni, pul,
qimmatli qog'ozlar ko'rinishida saqlash, o'tkazish va boshqarishni 
o'z zimmasiga oladi.
425


TRAST-KOMPANIYA - operatsiya olib borish uchun ishonch qo'g'ozi beruvchi
kompaniyalar, birlashma, fondlar. Trast-kompaniya ishonch 
asosida boshqalarga tegishli qimmatli narsalarni saqlash va boshqa 
operatsiyalami bajaradi. Trast-kompaniya ishonchli shaxslar -
fiskal agentlar, transport agentlari, voting trast vakillari sifatida ish 
bajaradilar.
TRENDLI TEXNIK INDIKATOR - trend chizig'ini chizib olish uchun eng
kichik to'rtburchaklar usulida qurilgan to‘g‘ri chiziqdan iborat.
TREST - monopoliyalarning yuqori shakli. Unda mahsulotni ishlab chiqarish,
sotish, korxonalar moliyasi birlashadi. Trest ma’lum tarmoqda 
xukmronlik qiluvchi yagona ulkan shirkatchilik jamiyati hisoblanadi.
TRESTCHILIKKA QARSHI QONUNCHILIK - erkin raqobatga to'sqinlik
qiladigan monopolistik birlashmalarga qarshi kurashish yo'li 
bilan kapitalni markazlashtirish jarayonini boshqarish uchun 
qabul qilinadigan qonunchilik hujjatlari. Monopoliyalarga qarshi 
faoliyatni antimonopol qo'mitasi tashkil etadi.
TRILLION - biming yonidagi nollar soni 12 ta bo'lgan son.
TUG'ILISH KOEFFITSIENTINING YIG'INDISI - har bir yosh guruhi
bo'yicha hisoblangan tug'ilish koeffitsientlarining yig'indisi, bir 
ayol butun umri mobaynida tuqqan bolalar sonini ifodalaydi.
TUG'ILISH VA VAFOT ETISHNING UMUMIY KOEFFITSIENTI - joriy
yilda tirik tug'ilganlar soni bilan vafot etganlar sonini mavjud 
bo'lgan o'rtacha yillik aholi soniga bo'linadi va promilleda (1000 
kishiga nisbatan) ifodalanadi.
TUGATISH QIYMATI - nomoddiy aktivning chiqib ketishi bo'yicha
kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda uning foydali xizmat 
muddati oxirida aktivni tugatish chog'ida olinishi kutilayotgan, 
aktivning taxmin qilinayotgan (baholangan) summasi.
TUMANLARGA BO'LINADI GAN SHAHAR BUDJETI - umumshahar
budjetini hamda shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini;
TU PR O Q RESURSLARI - biologik resurslar bo'lib, ularning hosil bo'lishi
halok bo'lgan organik massaning qayta ishlanishi bilan va yashash 
muhiti - litosferaning yuqori yumshoq qobig'i bilan bog'liqdir. 
Shuning uchun ular tirik organizmlarning to'plangan zaxiralari
biologik modda aylanib yurishi hajmi, tuproqning yillik organik 
qismi yoki gumus ko'rinishidagi mahsulotlar va chiqindilar bilan 
ajralib turadi.
TURG'UN ISHSIZLIK - mehnatga layoqatli aholining doimiy ish joyiga ega
bo'lmagan guruhiga aytiladi.
TURG'UNLIK - iqtisodiy krizislar davrida ishlab chiqarish jarayonining ma’lum
426


davrda deyarli ishlamaslik iqtisodiy holatiga aytiladi. Bu bosqichda 
ishlab chiqarish jarayonining jonlanishi uchun ma’lum bir davr 
ichida shart-sharoit yaratiladi.
TURMUSH DARAJASI - odatda aholi iste’mol qiladigan hayotiy ne’mat-
larning miqdori va sifatiga asoslanadi. Bu moddiy ne’matlar tarkibi 
judahamxilma-xil.TDko'rsatkichlariyaxlittizimishakllanganbo'lib, 
unga tug'ilish, olishva boshqa demografik korsatkichlar, hayotning 
sanitariya-gigiyena shart-sharoitlari, oziq-ovqat tovarlarini iste’mol 
qilish darajasi, sog'liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ish bilan bandlik, 
mehnat sharoiti, aholining daromadlari va xarajatlari, narx-navo 
darajasi, transport vositalari, dam olishning tashkil etilishi, ijtimoiy 
ta’minlanganligi, inson erkinligi kabi ko'rsatkich bilan belgilanadi.
TURMUSH DARAJASI TIZIM I - jismoniy 
ma’naviy va ijtimoiy jj
ehtiyojlaming rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni 
qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks 
ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
TURMUSH SIFATI - jamiyat farovonligi darajasini namoyon etuvchi va
mohiyatiga ko'ra uning o'lchovi hisoblanuvchi tushuncha.
TUSHAYOTGAN TALAB - ma’lum paytda erishgan yuqori darajasidan
pasayib borayotgan talab.
TUSHUM - l) korxonaning ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan kelgan pul
mablag‘i; 2) biror narsani sotishdan keladigan foyda; daromad 
ko'rinishidagi pul.
TUZATISH KIRITILGAN MAVJUD DAROMAD - institutsion birlik yoki
sektorning mavjud daromadiga shu birlik va sektor olgan natura 
shaklidagi ijtimoiy transfertlar qiymatini qo'shish va undan shu 
birlik va sektor bergan natura shaklidagi ijtimoiy transfertlar 
qiymatini chegirib tashlashgandan so'nggi daromad.
TUZILISHINI QAYTA КО‘ RIB CHIQIB O'ZGARTIRISH - obyektiv shart-
sharoitlar taqozosi bilan paydo bo'lgan konkret muammoni pozitiv 
tarzda hal etish maqsadida biron-bir narsaning tashkiliy tuzilishini 
muayyan parametrlarga (muddati, vazifasi, ko'lami, xarajatlar 
va xokazo) qarab o'zgartirish. Inqiroz xavfining oldini olishga 
yo'naltirilgan boshqaruvning o'ziga xos uslublaridan biri (bu o'rinda 
mavjud qarzdorlikning, korxona, moliyaviy tizim, texnologiyalar va 
personalning tarkibiy tuzilishini qayta ко'rib chiqib, o'zgartirish).
TYURGO ANN ROBERJAK - (1727-1781) fransiyalik, fiziokratizm g'oyasini
rivojlantirdi. Sof bozor iqtisodiyoti tarafdori. Minimal ish haqini 
qo'llagan, jamiyatda (kapitalist va ishchilarni qo'shgan holda) 
beshta sinf (Keneda esa uchta) borligini aytdi.
~ 4 2 7


UCHYOT - hisoblashish, ro'yxatga olish yo'li bilan narsalarning borligini
aniqlash; hisob-kitob.
ULGURJI BAHO - korxonalar yoki tovar yetkazib beruvchilarning katta
miqdordagi o'z mahsulotini boshqa korxona va tashkilotlarga 
ko'tarasiga sotadigan baholari. Ulgurji baholar mahsulotni ishlab 
chiqarish va sotish uchun ketgan mehnat xarajatlari, iste’mol 
xususiyatlari, sifati va to'lovga qobil talabini ifodalashi kerak. Ular 
ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga imkon yaratadi.
ULGURJI NARX - ulgurji savdo qiluvchilarning chakana savdo qiluvchi
firmalarga 
tovar 
sotishida 
qo'llaniladigan 
narx. 
Ishlab 
chiqaruvchilarning narxiga ulgurji savdo qiluvchining ishlab 
chiqarish, marketing xarajatlari va daromadini qo'shganda 
mahsulotning ulgurji narxi kelib chiqadi.
ULGURJI SAVDO - tovar muomalasining shakllaridan biri, uning vositasida
korxonalar o'rtasida iqtisodiy aloqalar amalga oshiriladi. 
O'zbekistonda ulgurji savdo asosan tovar, xomashyo birjasi orqali 
amalga oshiriladi.
ULUG'BEK MUHAMMAD TARAG‘AY 
- (1394-1449) A.Temurning
nabirasi, Shohruhning o'g'li, Movarounnahrda podsholik qildi, 
ilm-fan, madaniyat rivojiga, mamlakatning iqtisodiy ravnaqiga katta 
hissa qo'shdi, 1428-yil Fulusiy pullar islohotini o'tkazib, chaqa 
pullar qadrini mustahkamladi, “Tamg'a” bojiga alohida e’tibor berdi, 
uning podsholik davrida mamlakatda ichki va tashqi savdo o'sdi.
UMIDSIZ QARZ - sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi,
qarzdoming bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi yoxud da’vo 
qilish muddati o'tishi oqibatida uzish mumkin bo'lmagan qarz.
UMUMDAVLAT 
BOSHQARUVI 
SEKTORI 
ICHIDAGI 
JORIY
TRANSFERTLAR - turli davlat birliklari yoki umumdavlat 
boshqaruvining turli sektorchalari o'rtasidagi joriy transfertlar.
UMUMDAVLAT 
BOSHQARUVINING 
HAQIQIY 
PIROVARD
ISTE’MOLI - umumdavlat boshqaruvi birliklarining haqiqiy 
pirovardiste’molning qiymati jamoaga ko'rsatilgan xizmat xarajatlari 
qiymatiga teng deb qabul qilinadi.
428


UMUMDAVLAT MOLIYASI - davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish
hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni 
yaratish maqsadida markazlashtirilgan pul mablag'lari fondlarini 
shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida vujudga 
keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi.
UMUMISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI - asosiy va yordamchi ishlab
chiqarish sexlarini boshqarish hamda ular ishlab chiqarishini 
tashkil qilish bilan bog'liq xarajatlardir. Ularga “Xarajatlar tarkibi 
to'g'risidagi Nizom'ga muvofiq “Ishlab chiqarish xarakteridagi 
asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi”, “Ishlab 
chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar” kiradi.
UMUMIY BO ZO R - ishlab chiqarish omillarini milliy chegaralar orqali erkin
ko'chib o'tishi ta’minlanadigan iqtisodiy integratsiya ko'rinishi. 
12 ta G'arbiy Yevropa davlatlari a’zo bo'lgan iqtisodiy uyushma. 
U 1957-yilda tashkil etilgan bo'lib, uning maqsadlari: boj ittifoqi 
va hamjamiyatga a’zo mamlakatlar doirasida kapital, tovarlar, ish 
kuchi, xizmatlarning erkin ko'chib yuradigan umumiy bozorini 
shakllantirish; unga a’zo mamlakatlarga nisbatan yagona savdo 
siyosatini, shuningdek, valyuta, qishloqxo'jaligi, transport sohalarida 
umumiy siyosatnio'tkazish, moliya tizimini birxillashtirish, iqtisodiy 
va valyuta ittifoqini tuzish va boshqalar. Hozirgi vaqtda ittifoqqa 
kiruvchi davlatlar o'rtasida milliy chegaralar ramziy tus olib, yagona 
valyuta va yagona narxlarga o'tilmoqda. Uning oliy organi Brussel 
(Belgiya) shahrida joylashgan Komissiya va Vazirlar Kengashidir.
UMUMIY DAROMAD (TUSHUM) - ishlab chiqarilgan hamma tovar
birliklarini sotishdan ohngan tushum, ya’ni T = P*Qj bunda R -
narx, Q_- sotish hajmi. Masalan, firma 1000 juft oyoq kiyim ishlab 
chiqardi va uning har bir juftini 100 so'mdan sotdi. Bunda umumiy 
daromad 100000 = (1000*100) so'mga teng bo'ladi.
UMUMIY KAPITALNING YETARLILIGI - bankning umumiy kapitali
miqdorini riskka tortilgan aktivlarga nisbati orqali aniqlovchi 
ko'rsatkich.
UMUMIY MEHNAT TAQSIMOTI - kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish sohalari o'rtasidagi mehnat taqsimoti, bu sohalar 
orasida esa sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, aloqa, savdo, xalq 
ta’limi, fan, davlat boshqaruvi, madaniyat va hokazolar o'rtasidagi 
mehnat taqsimotidir.
UMUMIY MULK - jamoaga birlashgan hamma kishilarning asosiy ishlab
chiqarish vositalariga birgalikda teng munosabatda bo'Iishligi. 
Mulkning bunday turi tarixan turli ko'rinish va shakllarda mavjud
420


bo'lgan. Masalan, ibtidoiyjamoa tuzumi davridagi urug‘ lar, j am oalar 
mulki, hozirgi davrda oilaning umumiy mulki, turar-joy, dala-hovli, 
mashina, u yoki bu jihozlari va boshqalar. O'zbekistonda umumiy 
birgalikdagi egalik mulk: yer, suv, o'rmon, o'simlik va hayvonot 
dunyosi, shuningdek, davlat mulki va h.k.
UMUMIY MUVOZANAT - hamma mavjud bozorlarning muvozanat-
lashtirilgan va kelishilgan holda harakat qilishini aks ettiruvchi holat. 
Masalan, bugun 4500 so'mga: 1 kg o'simlik yog'i - 400 so'mga, 
1 kg shakarni - 100 so'mga, 1 juft oyoq kiyimni - 4 ming so'mga 
sotib olish mumkin, deb faraz qilamiz. Agar ma’lum muddatdan 
so'ng 4500 so'mga sotib olish mumkin bo'lgan tovar miqdori sifati 
nisbatan saqlanib qolsa, demak o'sha muddatda iqtisodiyot umumiy 
muvozanat holatida bo'ladi, deb hisoblanadi.
UMUMIY MUVOZANAT TAHLILI - bozor tizimini bir butun, yaxlit
holda o'rganish hamma bozorlardagi muvozanatli narxlar va ishlab 
chiqarish hajmlari o'rtasida bog'liqlikni o'rganish.
UMUMIY MUVOZANATLIK - barcha bozorlarning o'zaro bir-biriga
ta’siri natijasida o'rnatiladigan muvozanatlik. Barcha bozorlarning 
muvozanat holatida bo'lishi. Bunda biror bozorda muvozanatlik 
buzulsa boshqa bozorlarda ham muvozanatlik buziladi
UMUMIY NAFLIK - iste’mol qilingan ne’matlardan olingan jami naflik.
UMUMIY NARX - bir xil yoki o'xshash tovarlarga hamma xaridorlar uchun
belgilangan bir xil, umumiy narx.
UMUMIY SIFAT BOSHQARUVI - tashkilotning shunday boshqaruv
tizimiki, bu tashkilot mahsulotlarini raqiblarining o'xshash 
mahsulotlariga 
nisbatan 
barcha 
ko'rsatkichlari 
bo'yicha 
raqobatbardoshligi yuqoriligini ta’minlaydi.
UMUMIY SUG'URTA - shaxsiy, mulkiy sug'urta, javobgarlikni sug'urta
qilish hamda hayotni sug'urta qilish sohasiga taalluqli bo'lmagan 
boshqa sug'urta turlari.
UMUMIY USULLAR - bank risklari miqdorini daromadlariga bog'liq
ravishda baholash va bashorat qilish hamda bank Iikvidliligiga 
nisbatan belgilangan iqtisodiy normativlarni bajarish kiradi.
UMUMIY XARAJATLAR - korxonaning mahsulot ishlab chiqarish
uchun sarflangan barcha xarajatlari yig'indisi.
UMUMIY ZAXIRALAR - bunday zaxiralar kredit portfeli uchun tashkil
etiladi. Umumiy zaxiralar kredit portfeliga xos bo'lgan yashirin 
tavakkalchilikdan himoya qilish maqsadida tashkil etiladi. Ular


odatda ssuda bo'yicha qarzdorlik summasiga nisbatan foizda 
belgilanadi.
UMUMLASHTIRILGAN 
MOLIYAVIY 
SMETA 
(BUDJET)
daromadlar va sarflar yig'ilgan shaklda keltirilgan naqd pul 
mablag‘larining harakati hisoblangan va balansi aks ettirilganyig'ma 
hujjat.
UMUMLASHTIRILGAN SMETA -
foyda 
va 
zararlar 
to'g'risidagi
hisobotning loyihasi.
UMUMUSLUBIY USULLAR - taftish, audit, tahlil, mavzuli tekshirish,
tadqiq qilish, pirovard natijaga dasturiy baholash, “sanset” uslubi;
UNDIRMA SANOAT RENTASI - asosan yer osti, yer usti boyliklarining
joylashish darajasiga qarab belgilanadigan rentaga aytiladi.
UNDIRUVCHI SANOAT - yer ostidan, suvdan va o'rmonlardan turli xil
xomashyo va yoqilg'i chiqaruvchi sanoat sohasi. Asosiy sohalari 
foydali qazilmalar (ko'mir, neft, tabiiy gaz, slanets, torf, temir 
rudasi, rangli, nodir asl metallar va noruda xomashyolar) qazib 
chiqarish, ovchilik, baliqchilik, dengiz hayvonlarini ovlash va 
yog'och tayyorlashdir. Undiruvchi sanoat mahsulotlari asosan qayta 
ishlovchi sanoatda qo'llaniladi.
UNIFIKATSIYA - turli xildagi mahsulotlar, detallar, uzellar va boshqa
qo'llaniladigan materiallar va texnologik jarayonlarni rasional 
jihatdan bir xilligini ta’minlash.
UNITAR DAVLAT - ma’muriy hududiy birligiga ko'ra yagona qonun
chiqaruvchi va ijroiya hokimiyat, yagona davlat organlari tizimi, 
yagona konstitutsiya mavjud bo'Igan davlat.
UNUMDORLIK - foydalanilgan moddiy resurslar yoki xarajat birligiga to'g'ri
keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot yoki bajarilgan ish birligi.
UNUMLI ISTE’M OL - ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish
vositalaridan, ish kuchidan va ishlab chiqarishga sarflangan 
kapitaldan foydalanish darajasini ifodalaydi.
URBANIZATSIYA - jamiyat taraqqiyotida 
shaharlar 
rolini 
oshirish
jarayoni. Urbanizatsiya jarayoni shahar aholisining tabiiy o'sishi, 
qishloq aholi punktlarini shaharlarga aylantirish, keng shahar oldi 
hududlarini shakllantirish hamda aholining qishloq joylaridan 
shahar joylariga migratsiyasi hisobiga ro'y beradi.
USKUNALAR VA TRANSPORT VOSITALARINI KAPITAL TA’MIRLASH
- agregatni to'liq ajratib yig'ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir,


bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan 
detallar vauzellarni almashtirish yoki tiklashhamda agregatni yig ish, 
sozlash va sinab ko'rishdir. Binolarva inshootlarni kapital ta’mirlash 
- bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan 
konstruksiyalaming detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash 
amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
USKUNALARNI ZAMONAVIYLASHTTRISH - harakatdagi uskunalar
konstruksiyasiga, uning texnik darajasini oshiruvchi hamda texnik va 
iqtisodiy ko'rsatkichlarini yaxshilovchi sezilarli o'zgarishlar kiritish. 
Zamonaviylashtirish ikkinchi shakldagi ma’naviy eskirishning 
oldini olishga ko'maklashadi.
USLUB - ishlash, boshqarishdagi o'ziga xos yo'l, usul ma’nosini anglatadi.
USLUBIYAT - iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning tamoyillari, qonun-
qoidalari, hodisalari tizimidir.
USTAMA - l ) pul hisobida maosh ustiga qo'shib beriladigan qo'shimcha,- 2)
qo'shimcha ravishda, takroran, yana; 3) mahsulotning ishlab 
chiqarilishi bilan bog'liq bo'lmagan, faqat uni tarqatish bilan bog'liq 
bo'lgan, qo'shimcha ravishda sarflanadigan (mehnat, xarajat va shu 
kabilar).
USTAMA XARAJATLAR - asosiy xarajatlarga qo'shimcha bo'lib, ular bilan
birga ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiluvchi, ishlab 
chiqarish va korxona boshqaruviga xo'jalik xizmati ko'rsatish 
xarajatlari.
USTAV FONDI - ta’sischi (davlat, tashkilot muassasasi, mehnat jamoasi, jismoniy
shaxs) tomonidan korxonaning doimiy ixtiyoriga beriladigan 
moddiy va pul mablag' larining yig'indisi. Ustav fondining 
dastlabki miqdori korxona tashkil etilayotganida uning ustavida 
qayt etiladi va asosiy hamda oborot fondlarini shakllantirish uchun 
shaxsiy mablag'laming asosiy manbai sifatida ishlatiladi. Ustav 
fondi miqdori hisobot davrining boshida va oxirida buxgalteriya 
balansining passivida aks ettiriladi hamda korxonaning asosiy 
fondlari qoldik qiymatiga va oborot mablag'lariga bo'lgan eng 
kam ehtiyojiga mos bo'ladi. Ustav fondi miqdori xo'jalik faoliyati 
jarayonida o'zgarmasdan qolmaydi. U ko'payishi yoki kamayishi 
mumkin. Ustav fondi asosiy vositalarda investitsiyalar, mehnat 
vositalarini qayta baholash yoki indeksatsiyalash hisobiga ko'payadi; 
uning kamayishi asosiy vositalarni hisobdan chiqarish, eskirishini 
hisoblash, ularni qayta baholash natijasi bo'lishi mumkin. Ustav 
fondi oborot vositalarida unga foydaning bir qismi qo'yilishi, tovar

Yüklə 22,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə