Sh. Sh. Shodmonov


Natural va tovar x o ‘jaligining bir-biridan farqlanishi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

Natural va tovar x o ‘jaligining bir-biridan farqlanishi

Asosiy jihatlar
Natural x o ‘jalik
Tovar x o ‘jaligi
1 M oddiy n e’matlarni 
ishlab chiqarish 
maqsadi
Shaxsiy ehtiyojlarni 
qondirishda foydalanish
Boshqa tovarlarga 
ayirboshlash, bozorda 
oidi-sotdi qilish
2
Ishlab chiqariladigan 
mahsulot tarkibining 
aniqlanishi
Ehtiyojlar va 
imkoniyatlardan kelib 
chiqqan holda oldindan 
aniqlanadi
Bozordagi muayyan talab 
va ishlab chiqaruvchining 
xususiy manfaati asosida 
aniqlanadi
3
Iste’molchini o ‘ziga 
jalb etish uchun 
kurash
Bunday kurash mavjud 
emas
Bunday kurash mavjud va 
tovar xo‘jaligining 
rivojlanishi bilan kuchayib 
boradi
4
Ishlab chiqarilgan 
mahsulotning iste’mol 
qilinishi darajasi
Barcha ishlab chiqaril­
gan mahsulotlar 
to ‘laligicha iste’mol 
qilinadi
Ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar ayrim turlari 
va qismlarining sotilmay 
qolishi, ya’ni iste’mol 
qilinmasligi
5
Ishlab chiqarish 
jarayonida ishchi 
kuchining ishtirok 
etish tamoyillari
Ishlab chiqarish 
jarayonida faqat o‘zi va 
oila a ’zolarining ishchi 
kuchidan foydalaniladi
Ishlab chiqarish jarayonida 
yollanm a ishchi kuchidan 
ham foydalanish mum kin
Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar 
o‘rtasidagi munosabatlarning mehnatini o'lchash va uni jamiyatning 
jami mehnati tarkibiga kiritishning o'ziga xos usulidir. Natural xo'jalikni 
siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat 
taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy 
mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo'jaliklaming 
tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o‘tish yo‘li bilan boradi. Ayrim turdagi
/
22


mahsulotlami ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab 
chiqaruvchilar o‘rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo‘yadi. Ixtisoslashuv 
esa mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, natijada vaqtni va 
moddiy resurslarni tejash tovar xo‘jaligi rivojlanishining harakatlan- 
tiruvchi kuchiga aylanib boradi. Demak, tovar ayirboshlash faqat zarur- 
gina emas, balki foydali bo‘lib boradi.
Dastlabki davrlarda tovar xo‘jaliklari jamoalar, quldor latifundiya- 
lari, feodal va dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida aloqalar o'rnatilishiga yordam 
berib, ishlab chiqarish va um um an jamiyatning rivojlanishi uchun 
qo‘shimcha imkoniyatlar ochgan. M a’lum tarixiy davrlarga kelib, tovar 
munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tom onlarini keng va 
chuqur qamrab oladi.
Tovar munosabatlarining bunday uzoq davom etishi nima bilan 
izohlanadi, buning sababi nima? Awalo, bu ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilar o'rtasidagi munosabatlar mehnatni hisoblash va uni jamoa- 
ning jami mehnatiga kiritishning maxsus uslubidir. Bu ishlab chiqa­
rishning o‘zida emas, ayirboshlash doirasida oldi-sotdi yo'li bilan amalga 
oshiriladi. Agar natural ishlab chiqarish bevosita umumiy aloqalar bilan 
xarakterlansa, tovar-pul munosabatlari bevosita ishlab chiqaruvchilar 
o‘rtasidagi o‘zaro umumiy aloqalar, shuningdek, ular va iste’molchilar 
o ‘rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi.
Tovar munosabatlari vujudga kelishining ikki sababi bor:
1) ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi. Bunda ishlab chiqa- 
ravchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. 
Ixtisoslashuv, o‘z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo‘yicha, ya’ni 
mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati 
bilan aniqlanadi;
2) ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Bunda 
ular o ‘z mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik 
xo‘jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining o‘zi 
hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni 
zarur qilib qo‘yadi va bozor vujudga kelishining shart-sharoiti hisob­
lanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, 
sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar 
ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.
Tovar ishlab chiqaruvchilarning holati qarama-qarshi: bir tomondan, 
uning mehnati umumiy xarakterga ega, u jamiyatga uning tovariga 
talab borligi uchun zarur, boshqa tomondan, uning mehnati o‘ziga 
xos bo‘lib, o ‘z shaxsiy hisobiga olib boriladi va nom a’lum iste’molga
23


mo'Uallangan. Mehnatning umumiy ahamiyati tovar savdosi bilan 
tAldlqlanishi kerak, buning uchun bozorda xaridorni topishi lozim.
Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish 
uchun uning asosiy unsuri bo‘lgan tovarning xususiyatlarini ko‘rib chiqish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə