Sh. Sh. Shodmonov


TARIXIY RIVOJLANISH NATIJASI SIFATIDA



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

TARIXIY RIVOJLANISH NATIJASI SIFATIDA
2.1. Ayirboshlash munosabatlari evolutsiyasi, tovar-pul muomalasi.
Tovar ishlab chiqarishning yuzaga kelishi va rivojlanishi
Jamiyat rivojlanishi tarixi ishlab chiqarishning sifat jihatidan bir- 
biridan farq qiluvchi qator uslublarini o‘z ichiga oladi, lekin iqtisodiy 
hayotning ayrim umumiy shakllarini saqlab qoladi va ishlab chiqarish 
uslublarining izchilligidan dalolat beradi. Iqtisodiy hayotning mazkur 
umumiy shakllari orqali jamiyat talabi tuzilmasi paydo bo‘ladi, mavjud 
resurslar taqsimlanadi, uning alohida zvenolari jami umumiy mahsu­
lotlarga qo‘shiladi va hisoblanadi. Iqtisodiy hayotning bunday shakllari 
umumiy taqsimot va mehnat kooperatsiyasi nuqtayi nazaridan ishlab 
chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari o‘zaro harakatini, 
ishlab chiqaruvchilarning umumiy o‘zaro aloqalari shakllarini, ularning 
mulkchilik munosabatlari bilan muvofiqlashgan ayrim yoki qo‘shilgan 
darajasini aks ettiradi.
Umumiy iqtisodiy shakllardan eng dastlabki tarixiy shakli natural 
ishlab chiqarish hisoblanadi. Unda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruv- 
chilarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish — ichki xo‘jalik ehtiyoji uchun 
m o‘ljallanadi. Bu yerda talab ishlab chiqarish bilan mos keladi va 
ularning o ‘zaro bog'liqligini soddalashtiradi. Bunday munosabatlar dast­
labki ibtidoiy jamiyatda, patriarxial dehqon va feodal xo'jaliklarida 
hukmronlik qilgan. Ular o‘ziga xos quldorlik xususiyatiga ega bo‘lgan. 
Xo‘jalik yuritishning natural shakli rivojlanmagan ehtiyojlar bilan bog‘liq 
ishlab chiqarishning chegaralangan maqsadini amalga oshiradigan o‘ziga 
xos ishlab chiqarish munosabatlarining turi va ishlab chiqarish kuchi a- 
rining darajasiga mos keladi.
Natural xo‘jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyatda cheklab, 
ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam bo'lgan 
ehtiyojlarini qondirishga bo‘ysungan. Shuning uchun ham jamiyat asta- 
sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga o‘tadi. Natural ishlab chiqarishning 
tovar ishlab chiqarish shakliga almashishi uzoq davom etadigan murakkab 
va qonuniy jarayondir.
Tovar ishlab chiqarish natural xo‘jalikning rivojlanishi, mahsulotlar 
turi va miqdorining o ‘sishi natijasida paydo bo'ldi.
21


Tovar Ishlab 
chiqarish, 
ya’ni tovar xo‘jaligida kishilar o ‘rtasidagi 
iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldi- 
sotdi qilish orqali namoyon bo'ladi. Tovar ishlab chiqarishning natural 
ishlab chiqarishdan farqi shundaki, bunda tovar yoki xizmat o ‘zining 
iste’moli uchun emas, balki bozorga sotish uchun yaratiladi. Natural 
va tovar xo‘jaliklarining bir-biridan farqini 1-jadval orqali ko‘rish 
mumkin.
1-jadval

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə