Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

I bob. PUL EVOLUTSIYASI
1.1. Pullarning kelib chiqishi, mohiyati va amal qilish
shakllarining tarixiy rivojlanishi
Pul kelib chiqishining evolutsion konsepsiyasiga ko‘ra, ular ijtimoiy 
mehnat taqsimoti, ayirboshlash, tovar ishlab chiqarishning rivojlanislii 
natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishi- 
ning tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olarni ichidan 
pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin.
Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali 
aniqlanadi 
(T —T).
Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar 
ham bir xil rol o ‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ulam ing roli 
turlichadir. Bir tovar o ‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. 
Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o ‘zida ifodalab, ekvivalent 
rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi 
m ana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo boMadi.
Pulning paydo bo'lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivoj- 
lanish bosqichlari muhim o ‘rin tutadi. U m um an olganda qiymatning 
oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, um um iy va pul shakllari mavjud.
Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobay- 
nida ekvivalent rolini o ‘ynovchi ko‘plab tovarlar ichidan ba’zi birlari 
o ‘zining barcha tom onidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi. 
Masalan, chorva, jun, tamaki, tuz ana shunday ekvivalent vazifasini 
bajargan. Chunki, ekvivalent rolini o ‘ynovchi tovarlarning barchasi 
ham ayirboshlash jarayonida m uom ala vositasi vazifasini bir xilda 
muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada barcha tovarlarning qiymatini 
bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash m um kin b o ‘lgan qiym atning 
um um iy shakli vujudga keldi.
Universal hisob-kitob ekvivalentiga b o ‘lgan ehtiyoj eram izdan 
awalgi VIII asrdayoq kafolatlangan vaznli va tarkibli standartlashtirilgan 
yombilar paydo bo‘lishiga olib keldi. B irm uncha keyingi davrlardagi 
yombilarning ayrim turlari ularni bo‘laklarga bo'lishda qulay bo'lishi 
uchun belgili kertiklar bilan yasalgan. Biroq bunday takomillashtirishlnr 
baribir savdogarlarning hisob-kitoblarni amalga oshirishlarida yombilar 
va ulam ing bo‘laklarini tortib ko‘rish zaruratidan xalos etmagan.
7


T ovar 
ishlab chiqarishning o‘sishi va tovar ayirboshlashning ken- 
gaylshi, 
bunday jarayonlarga ko‘p sonli hunarmandlar va boshqa qat- 
nashchilaming jalb etilishi metall pullarning keyingi standartlashtirilishiga 
va ular miqdorlarining chakana savdo ehtiyojlariga moslashtirilishiga 
olib keldi.
Taxminan eramizdan oldingi XII asrda Xitoyda, VII asrda esa 
0 ‘rta yer dengizi davlatlari - Lidiya va Eginada vazni, miqdori va 
qotishmalarining tarkibiga ko‘ra bir xildagi metall pullar paydo bo‘ldi. 
Ular asta-sekin ishlab chiqarish va foydalanish uchun qulay bo‘lishi 
uchun doira shakliga keltirildi. Ular an’anaviy yombilardan birmuncha 
kichik o‘lchamlari bilan, shuningdek, ularning to‘lovga qobiliyatliligi 
va asosiy parametrlari (miqdori, qotishmalar tarkibi, vazni) u yoki bu 
darajada davlat tomonidan kafolatlanishi va muhofaza qilinishi bilan 
ajralib turardi. Shunday qilib, o ‘sha davrdan e’tiboran metall pullar 
hukmronligining uzoq davri boshlandi.
Bunday pullarda nominallar — metall pulning muayyan vaznli 
standartini ifodalovchi va pullarning nomlari sifatida muhim o‘rin olgan 
tushunchalarning paydo bo'lishi, ushbu pullar evolutsiyasining eng 
muhim natijalaridan biri edi. Asrlar qa’ridan bizgacha yetib kelgan 
tangalaming nomlari — draxmalar, franklar, markalar, talerlar va boshqa 
ko‘plab tangalar nomlari — metall pullarning muayyan vaznli mohiyat- 
larini anglatardi.
Pullarning yombilarda bo'lmagan yangi sifatlari hisob-kitoblarni 
amalga oshirishda ularni shunchaki oddiy qayta hisoblashga va vaqti 
kelib tortib ko'rishdan voz kechishga imkoniyat yaratdi. Belgilar va 
yozuvlar shunday sifat belgilari bo‘lib, ular oldin pul birliklarining bir 
tomoniga, keyinchalik — ikkala tomoniga ham bosilgan. Eramizdan 
oldingi V asrdan boshlab esa ular majburiy atributlar tusini olgan.
Muomalaga kirgan pullar «moneta» («tanga») degan atama Yunona- 
ning nomlaridan biri (Juno Moneta - Ogohlantiruvchi Yunona) sha- 
rafiga qo ‘yilgan nomdan olingan bo'lib, uning Rimdagi Kapitoliy 
tepaligidagi Yunona saroyida ushbu antik davlatning yangi zarbxonasi 
joylashgan. Tangalarning paydo bo‘lishi tovar-pul munosabatlarining 
rivojlanishi bilan bog‘liq edi. Metall pulning eng muhim xususiyatlaridan 
biri — qiymat ana shu voqeada o ‘z aksini topgan. Ular muomala uchun 
yombilarga qaraganda ancha qulay bo‘lib, qisqa davr ichida butun 
dunyoda keng ommalashib ketdi.
Tanganing ko‘p asrlik tarixida uning turlari ko‘p marta o‘zgardi, 
har bir davr unda o‘z «tamg‘a»sini qoldirdi. Masalan, eramizdan awalgi


V asrdan boshlab ularda shaharlar nomlarining boshlang‘ich harflari, 
keyinroq — shaharlarning nomlari va hukmdorlar ismlarining qisqacha 
nomlari paydo bo'ldi. Qadimgi Rimdagi tangalardagi ayrim raqamlar 
va harflar tangalarning nominallarini bildirgan. Masalan, 1 raqami bir 
asosni (bir rim funtiga, ya’ni misning 12 unsiyasiga teng bo'lgan og'irlik 
o‘lchamini), 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə