Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

klassik
dixotomiya
tamoyillari keltiriladi. Narx shakllanishi ikki darajada amalga 
oshiriladi va ikki xil asosga ega bo‘ladi — tovarlar muomalasi va pul 
muomalasi. Pul sektoridagi umumiy narx o'zgarishlariga olib keluvchi 
o‘zgarishlar realjarayonlarga — kapital jamg‘arish, investitsiyalash, ishchi 
kuchi resurslari dinamikasi va hokazolarga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Pul mustaqil qiymatga ega bo'lmagan «to‘r» sifatida ко'rib chiqilgan.
Bir-biriga teng modellarning muhim jihati ularning doimiy mu- 
vozanatlanganligidir. Ularning bu xususiyati Valras qonunini ifodalaydi. 
Ushbu qonunga ko‘ra, barcha bozorlarda, jumladan, pul bozorida ortiqcha 
talab umumiy summasi doimo nolga teng, chunki ayrim bozorlarda nisbiy 
narxlarning ma’lum bir yig‘indisida ortiqcha tovarlar taklifi aniqlansa, 
boshqa bozorlarda albatta xuddi shu hajmda ortiqcha talab topiladi. 
Demak, tizim umuman olganda doimo muvozanatda bo‘ladi.
Valras qonuni Sey ayniyatining murakkablashgan modifikatsiyasi 
ekanligini sezish qiyin emas. Biroq asosiy farq shundaki, Sey qoidalari 
barter (ya’ni «pulsiz» xo‘jalik) shartlariga taalluqli, Valras tizimi esa 
umumiyroq yondashuvga da’vo qiladi va ko‘rsatilgan tamoyilni «pulsiz» 
xo‘jaliklarga ham tarqatadi.
Umumiy muvozanat nazariyachilarining asoslari va xulosalariga 
qarshi kapitalistik ishlab chiqarish jarayoni awalboshdan muvozanatsiz 
bo‘ladi. Narx mexanizmi vujudga kelgan muvozanatsizliklarni yo‘q 
qilishni qisman o‘ziga oladi, qayta qurishning butun og‘irligi qoidaga 
ko‘ra, real sektorga — ishlab chiqarish va tovar muomalasining zimmasiga
119


to‘g‘ri keladi. Bu sotilmagan tovarlarning to'planishi, kuch-quwatlardan 
to'liq foydalanmaslik, ommaviy ishsizlik kabi zamonaviy bozor tizimining 
rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan hodisalarda o‘z ifodasini topadi.
G ‘arb mamlakatlarida narx shakllanishida dixotomiyani yo‘qotishga 
ko‘p harakat qilib ko‘rilgan. Keyns bu vaziyatdan chiqib ketishning 
pulga talab funksiyasini likvidlikni afzal ko‘rish funksiyasiga aylantirishda 
ko‘rgan, bu yerda pul sohasi real ishlab chiqarishga foiz stavkalari va 
kapitalni investitsiyalash jarayoni orqali ta’sir ko‘rsatadi. Bunda Keyns 
xo‘jalik konyunkturasining beqarorligidan kelib chiqib, uni innovatsion 
siklning beqaror xarakteri bilan bogMagan, bu esa, o‘z navbatida, uning 
modelida foiz me’yori bozor dinamikasini oldindan aytish mumkin 
emasligi bilan asoslanadi.
Umumiy iqtisodiy rivojlanish modellari asosida yotuvchi bozorning 
samarali o‘zini-o‘zi tartibga solish tamoyili iqtisodiy neokonserva- 
tizmning barcha nazariyalari tomonidan qurol qilib olingan. U moneta- 
ristik maktab qurilishiga asoslanadigan fundamental tamoyil hisoblanadi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə