Sh. Sh. Shodmonov


A sosiy tayanch tushunchalar



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

A sosiy tayanch tushunchalar
Pul muomalasi, p u l tizimi, kreditlar, ssuda fondi, fo iz normasi (stavkasi),
bank krediti, xojaliklararo kredit, tijorat krediti, iste ’mol krediti, ipoteka
krediti, da vla t krediti, xalqaro kredit, lizing, faktoring, farfeyting, trast,
banklar, bank operatsiyalari, bank foydasi (marja), bank foyda normasi,
ipoteka, emissiya.
N azorat uchun savollar
1. Pul muomalasining mazmunini tushuntiring.
2. Muomala uchun zarur bo'lgan p u l miqdori qanday omillarga bog'liq?
3. Pul agregatlari nima va uning tarkibiga nimalar kiradi?
4. Kreditni nima zarur qilib qo'yadi? Kredit tushunchasining mazmunini
bayon qiling.
5. Kreditning asosiy turlarini sanab ко ‘rsating va ularning tavsifini bering.
K redit qanday vazifalarni bajaradi?
6. M arkaziy va tijorat banklarining vazifalarini к о ‘rsating.
7. 
Banklar tizim i necha bosqichdan iborat?
8. 0 ‘zbekiston respublikasida b a n k-kredit sohasida am alga oshirilgan
islohotlarni tushuntirib bering.
9. Respublikada tijorat banklarining qim m atli qog'ozlar bozorida aktiv
ishtirok etishining sabablarini qanday izohlaysiz?
10. Tijorat ban klari tomonidan olib borilayotgan 
«Trast» xizm atlari
qanday xizm atlarni o ‘z ichiga oladi?


8-bob.
KEYNSCHILIK VA MONETARIZMDA
PUL SIYOSATI MUAMMOLARI
8.1. Pulning iqtisodiy tizimga ta’siri
Ko‘rsatilgan tadqiqotlarning ikkala turi u yoki bu darajada monetar 
siyosatning amaliy ta’sirini baholash uchun yaroqli axborot beradi.
Zamonaviy iqtisodiy fikrlash oqimlari o'rtasidagi kurashning zamiri- 
da yotgan dunyoga turlicha qarash kapital xo‘jalik mexanizmining tabiati, 
uning imkoniyatlari va istiqbollarini qarama-qarshi baholashga olib keladi.
Klassik yondashuvda kapitalizm qa’rida barcha resurslardan to'Iiq 
foydalanishda xo'jalikni muvozanat holatiga keltiruvchi kuchli prujina 
yotadi degan tushuncha mavjud. Keyns modeli esa kapitalistik xo‘jalik- 
ning uzoq muddat iqtisodiy stagnatsiya holatida bo‘lishi va o‘z-o‘zini 
tartibga solishda ichki mexanizmlarning harakatsizligidan kelib chiqa- 
digan imkoniyatlarga asoslanadi. Bundan kelib chiqib, monetaristlar 
makroiqtisodiy siyosatning bir turini, neokeynschilar esa boshqa turini 
himoya qiladilar:
1. Monetaristlarning hisoblashicha, agar hukumat ishlab chiqarish 
hajmi va umumiy talabga ta’sir etishga harakat qiladigan bo‘lsa, pul 
massasini nazorat qilish fiskal siyosatga qaraganda muhimroq vositaga 
aylanadi. Keynschilar pul massasining o‘zgarishi ham, fiskal siyosat 
ham ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatishini isbotlaydilar. Bu «siqib chi­
qarish» samarasi haqidagi bahs-munozaralardir.
2. Ikkinchi farq yana ham fiindamentalroqdir. U istalgan barqaror- 
lashtiruvchi, jumladan, pul massasini nazorat qilishga asoslangan chora- 
tadbirlar umuman olganda qisqa muddatli va uzoq muddatli rejada real 
ishlab chiqarish va bandlikka ta’sir ko‘rsata olish masalasi biJan bog‘liq. 
Monetaristlar agar kutilayotgan inflatsiya sur’ati amaldagisiga teng bo'lsa, 
uzoq muddatli rejada ta’sir ko'rsatish mumkin emas, qisqa muddatli 
rejada esa mumkin deb ta’kidlaydilar. Keynschilar davlatning iqtisodiyotga 
ta’sir ko'rsata olish imkoniyati nuqtayi nazarini himoya qiladilar.
3. Shuningdek, ikkala modelda xulq-atvor tenglamalari va uzatish 
mexanizmlari o'rtasida ham muhim farqlar mavjud.
Kapital izmning rivojlanishi o‘suvchi chiziq bo‘ylab borar ekan, bozor 
va uning «ko‘rinmas qo‘li» (A. Smit) cheksiz irnkoniyatlariga bo‘lgan
118


ishonch shubhasizdir. Biroq kapitalistik takror ishlab chiqarishdagi 
ziddiyatlar o'tkirlashib, yakson qiladigan shaklda namoyon bo‘la 
boshlagan paytda vaziyat sezilarli o‘zgardi. Rivojlangan mamlakatlardagi 
bozorlarning ko‘pchiligi oligopoliya strukturasini kasb etdi, erkin narx 
shakllanishi tamoyili buzildi. Bunday sharoitlarda markazlashmagan 
signal tizimidan voz kechish mantiqan to‘g‘ri hisoblanadi.
0 ‘zini-o‘zi tartibga soluvchi samarali tizim sifatida kapitalistik 
xo‘jalik haqidagi tezis L. Valras modelidan kelib chiqqan umumiy 
iqtisodiy rivojlanishning neoklassik modellarida o‘zining eng yorqin 
ifodasini topdi. Bu yerda xo‘jalik tovar bozorlari tizimi bilan ifodalangan 
bo‘lib, ularning holati talab va taklif tenglamlari bilan tavsiflanadi. Bu 
tizimdagi jiddiy aloqalarni tartibga soladigan tovarlarning nisbiy narxlari 
model shartlari bo‘yicha xo‘jalikning ahvoli haqida barcha zarur 
axborotlarni qamrab olgan. Pul sektori nisbiy narxlarni belgilashda 
qatnashmaydi. Uning vazifasi — pulda ifodalangan absolut narx dara- 
jasini aniqlash hisoblanadi. Shu tariqa valras modellarida 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə