Sh. Sh. Shodmonov


Pulning iqtisodiyotga ta’siri, portfelli yondashuvlari va



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

8.2. Pulning iqtisodiyotga ta’siri, portfelli yondashuvlari va
yo‘nalishlari
Pul massasining milliy daromadga ta’siri masalalari bo‘yicha mone- 
trristik qarashlarga asos bo‘lib, 
portfelli modellar
xizmat qiladi (Brunner, 
Melttser va b.).
Portfelli aktivlar 
— o‘z ichiga pul, hukumat obligatsiyalari va natural 
shakldagi kapitalni (jumladan, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol 
tovarlari) qamrab oladi. Aktivlar portfelini quyidagicha ifodalash mumkin:
W =M +B+K,
(1)
Bunda: 
M —
pul; 
В —
obligatsiyalar; 
К
— kapital.
Aktivlarning har bir turi keltiradigan musbat daromad qisman 
moliyaviy foiz daromadi va qisman aniq bo‘lmagan xizmatlardan 
(masalan, pul bilan bog‘liq holatda — ulardan muomala vositasi sifatida 
foydalanishda keltiradigan xizmatlar) tarkib topadi. Saqlanayotgan 
aktivlar o'rtasida nisbat turli aktivlar bo‘yicha daromadlilik eng yuqori 
me’yorlarini tenlashtiradigan holatda bo‘lganda aktivlar portfeli muvo- 
zanatda bo‘ladi. Demak, ushbu boylik hajmida aktivlar o‘rtasidagi 
nisbat nisbiy daromadlilik me’yorlari bilan belgilanadi, har bir aktiv 
turining miqdori esa shu daromadlilik me’yorlari va umumiy boylik 
hajmiga bog‘liq bo‘ladi. 
/
120


Agar aktivlar portfelida pul zaxirasining o‘sishi ro‘y bersa, bu quyi­
dagi ikki samaraga olib keladi:
1) Boylik zaxirasini, ya’ni portfel hajmini oshiradi. Aktivlaming nisbiy 
daromadliligi o‘zgarishsiz qolishi shartlarida har bir muayyan aktivlar
— pul, obligatsiya va kapitalga bo'lgan talabda boylik samarasining 
ta’sirini aniqlash mumkin. Odatda, boylik samarasi musbat bo'ladi, 
chunki har bir aktiv turiga talab o‘sib boradi.
2) Portfel o‘rnini almashtirish samarasi yoki taqsimot samarasi. Pul 
zaxirasining o‘sishi ushbu aktiv turlari o‘rtasidagi boshlang‘ich nisbatni 
qayta tiklash uchun kapital va obligatsiyalar zaxirasini oshirish istagini 
uyg‘otadi.
Bu yerda pul massasi va milliy daromad oqimining turli aloqa 
mexanizmlari vujudga keladi:
a) birinchi aloqa mexanizmi boylik samarasi (yoki kassa qoldiqlari 
samarasi, yoki Pigu samarasi) bilan izohlanadi. Pulning o'sishi rejadagi 
iste’mol xarajatlarining o‘sishiga olib keladi, bu esa, o‘z navbatida, 
milliy daromadga ta’sir ko‘rsatadi;
b) boshqa bir mexanizm pul massasi o‘sishining kapitalga bo‘lgan 
talabga ta’siri bilan bog‘liq. Kapital zaxirasi eng yuqori daromadlilik 
me’yorining pul zaxirasi o'sishi tufayli paydo bo'lgan yangi, nisbatan 
arzon kapital taklifi bilan tenglashish darajasiga ko'tarilmaguncha 
investitsiyalar o‘sishi davom etaveradi.
Keynschilar (Tobin) obligatsiyalar va kapitalni aktivlar — obliga­
tsiyalar bo‘yicha daromadlilik umumiy me’yoriga ega substitutlar sifatida 
ko‘rib chiqadilar. Ular nomonetar aktivlar, masalan, davlat obligatsiyalari 
taklifining o‘zgarishi kapital taklifi narxi va xarajatlarga sezilarli boylik 
va joylashtirish samarasini ko‘rsatadi, monetaristik qoidalarga ko‘ra 
esa, faqat pul massasining o‘zgarishida vujudga keladigan samaralar 
e’tiborga loyiq hisoblanadi.
Monetaristlar va Tobin versiyasi o'rtasidagi bu farqlar siyosatda 
ham muhim farqlarni vujudga keltiradi. Monetaristlar pul-kredit siyosati 
va budjet holatining hal qiluvchi vositasi bo‘lib pul zaxirasining nisbiy 
kattaligi xizmat qiladi deb hisoblaydilar. Tobinga ko‘ra makroiqtisodiy 
siyosat vositalarini faqat pul zaxiralari bilan cheklash kerak emas, 
moliyaviy ahvol ko‘rsatkichi bo‘lib kapital taklifi narxi xizmat qilishi 
lozim, chunki unga yuqorida ko‘rsatilgan omillar ta’sir etadi. Bu narx 
aksiyalarga daromad foiz me’yori bilan ifodalangan. Tobinning asarlarida 
pul massasining o‘sishi hukumat xarajatlarini defitsit moliyalashtirish 
natijasida vujudga kelganda ko‘proq ta’sir ko'rsatadi.
121



Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə