Sh. Sh. Shodmonov


Portfel nuqtayi nazaridan yondashuv bu



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

Portfel nuqtayi nazaridan yondashuv bu 
— keynschilar va mone­
taristlar o'rtasidagi farqni aniqlashning bir yoii. Ushbu tahlilda Tobin 
va Fridmanning nuqtayi nazarlari ifodalangan. Garchi keynschilar va 
monetaristlar bir xil portfel modellarini qo‘llasalarda, asosiy farq 
shundaki, keynschilar asosiy e’tiborni boshlang‘ich samaraga qaratadilar, 
monetaristlar esa yakuniy samarani ko'rsatadilar. Keynschilarning fiskal 
siyosat bo‘yicha ko‘plab tahliliy ishlari 
IS 
egri chizig‘ida ro‘y beruvchi 
o'zgarishlarni ko'rsatadilar, monetaristlar esa asosiy e’tiborni aktivlar 
zaxirasining uzoq muddatli samarasiga qaratadilar.
Xo‘jalik tizimida pul impulslarini «uzatish» mexanizmi haqidagi 
masala doimo monetaristik doktrinaning zaif nuqtasi bo‘lib kelgan. 
Xo‘jalikdagi asosiy o‘zaro aloqalar haqidagi tasawurni aniq ifodalovchi 
va pul zaxirasi o‘zgarishining qay tarzda daromad, bandlik va narx 
tebranishlariga aylanishini tushuntirib beruvchi kapitalistik iqtisodiyot­
ning ochiq struktura modeli uzoq vaqt bo‘lmagan. Shu sababli Fridman 
va Shvarts o‘zlarining sikllar haqidagi maqolalarida pul massasining 
o'zgarishi va boshqa agregatli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar — YAMM, 
iste’mol xarajatlari, tovar narxlari va hokazolarning o‘zgarish sur’ati 
o‘rtasidagi korrelatsion bog‘liqlik g‘oyasini rivojlantirdilar. Bunday 
korrelatsiyaning mavjudligi mualliflar tomonidan puldan iqtisodiy faollik 
holati tomon boruvchi sabab aloqasi sifatida talqin etilgan. Asosiy 
maqsad — xo‘jalik konyunkturasi siklik tebranishlarida pulning hal 
qiluvchi rol o'ynashi haqidagi g‘oyaning asoslanganligini ko‘rsatishdir.
Albatta, pul sohasidagi jarayonlar inqirozlarning bo‘lib o‘tish o‘t- 
kirligiga ta’sir ko‘rsatishini rad etish qiyin. Biroq inqirozning borishi 
o‘tkirlashuvidan uning asosiy sababigacha katta masofa yotibdi. Mone­
taristlar iqtisodiy siklning paydo bo‘lish va rivojlanishiga doir murakkab 
jarayonlarni detalli tadqiq etishga moyil emaslar. Ular e’tiborni haqiqatni 
aniqlash uchun eng qisqa yo‘lni ko‘radigan oddiy korrelatsion aloqalarga 
qaratadilar. Masalan, 1929— 1933-yillarda iqtisodiy inqiroz davomida 
pul massasining keskin (uchdan bir qismga) qisqarishini monetaristlar 
inqiroz sababchisi bo‘lgan Federal zaxira tizimi (FZT) xatolari bilan 
izohlaydilar. Bunda ushbu inqiroz bundan oldingi davrda to‘planib 
qolgan real qarama-qarshiliklarni - sanoat kapitalining haddan ortiq 
to ‘planib qolishi, kredit tizimining «shishib» ketishi, fond birjasida 
chayqov «bum»i va hokazolarni kuch bilan hal qilishning shakllaridan 
birini ifodalashi hisobga olinmaydi. Shuningdek, AQSHdagi inqiroz 
kapitalistik dunyoning barcha mamlakatlarini qamrab olgan butunjahon 
iqtisodiy inqirozining uzviy bir qismi ekanligi ham hisobga olinmagan.
122


Real ishbilarmonlik sikllari nazariyasiga muvofiq konyunktura 
tebranishlari ishlab chiqarish sohasida xomashyo va energiya vositala- 
rining yetishmasligi, mehnat mahsuldorligidagi o ‘zgarishlar, ishlab 
chiqarish texnologiyasidagi sifat o‘zgarishlari va hokazolar bilan bog‘liq 
oldindan aytib bo‘lmaydigan qoidabuzarliklar tufayli vujudga keladi. 
Pul massasi va YAMM o'rtasidagi kovariatsiyaga keladigan bo‘lsak, 
ular tovar muomalasi va real ishlab chiqarish hajmidagi tebranishlar 
tufayli pulga talabning o'zgarishi asosda paydo bo'ladi.
Asosiy g‘oya shundaki, pul massasidagi o‘zgarishlar xo'jalik subyektlari 
tasarrufida bo‘lgan aktivlar portfeli umumiy strukturasiga va mos ra- 
vishda, bu aktivlarning nisbiy daromadliligiga ta’sir ko'rsatadi. Tahlil 
«nominal» va «real» (doimiy maqsadda) iqtisodiy ko'rsatkichlarni farq- 
lashdan boshlanadi. Asosiy e’tibor xo'jalik agentlarining bozor narxlari 
o‘zgarishiga reaksiyasiga qaratiladi. Narx tebranishlari pul birliklarining 
xarid kuchiga emas, balki nominal soniga yo‘naltirilgan kassa qoldiqlari 
talabiga taalluqli bo‘ladi. Miqdoriy nazariyaga muvofiq pul emissiyasi 
avtomatik ravishda narx darajasini va unga mos ravishda pulning real 
xarid kuchini o'zgartiradi. Bozor munosabatlari subyektlari bunga pulni 
jamg‘arish yoki aksincha moliyaviy aktivlar yoki tovarlarni xarid qilish 
uchun zo‘r berib sarflash bilan javob beradilar. Bularning barchasi 
pirovardida joriy narxlarda nominal daromad hajmida o‘z aksini topadi.
Fridman neoklassiklar, xususan, A. Marshallning bozor nomuta- 
nosibliklari vujudga kelganda narx xo'jalikni korrektirovka qilishni 
ta’minlovchi asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi degan g‘oyasini qabul 
qilgan. Boshqacha aytganda, talab va taklif o‘rtasida nomutanosiblik 
vujudga kelganda vaziyatni to‘g‘irlash yukining barcha og‘irligi mone- 
taristik modelda narx tizimining zimmasida bo‘ladi.
Keyns modelida esa narxning «muzlatilganligi» sababli bu mexanizm 
ko‘p jihatdan blokirovka qilingan yoki umuman o‘chirib qo‘yilgan 
bo'ladi, shunday ekan bozor balansini korrektirovkalash asosan narx 
darajasi emas, balki mahsulot chiqarishni o'zgartirish hisobiga amalga 
oshiriladi.
To'lov balansining monetar modellarida pul massasi tahliliy jihatdan 
ikki tarkibiy qismga ajratiladi:
a) 
ichki —
bank krediti jarayonida vujudga keladigan va pul bazasining 
ichki tarkibiy qismi- naqd pul va markaziy bankdagi zaxira depozitlariga 
tayanadigan depozit emissiyasi;
b) 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə