Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/123
tarix28.04.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#107420
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

svopov
operatsiyalarda bitimlar, kafolatli kreditlashtirish amalga 
oshiriladi. Qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar bozorida 1 yilgacha 
muddatga chiqarilgan qimmatli qog'ozlarning qaytarilmaydigan oldi- 
sotdisi sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, naqd pulning o‘ta zarurligi 
hollarida ular qimmatli qog'ozlar ikkilamchi bozorida sotilishi mumkin.
Ochiq bozordagi operatsiyalar — davlat qimmatli qog‘ozlarini 
(moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan) Markaziy Bank tomonidan 
sotilishi va xarid qilinishi — pul taklifini tartibga solinishining asosiy 
ishchi instrumentidir. Qimmatli qog'ozlarni sotish va xarid qilishda 
MB yaroqli foizlar taklifi yordamida tijorat banklari likvidli hajmiga 
ta’sir ko‘rsatadi va ularning kredit emissiyasini boshqaradi. Ochiq bo­
zorda qimmatli qog‘ozlami sotib olar ekan, u tijorat banklari zaxiralarini 
oshiradi va pul taklifi o‘sishiga muvofiqlashadi. Markaziy Bank tomo­
nidan qimmatli qog'ozlarni sotish qarama-qarshi natijalarga olib keladi.
0 ‘zbekistonda pul bozorining bir qancha segmentlari yaratilgan 
bo‘lsada, ulardan hech biri odatdagi pul bozori funksiyasini bajarish 
darajasigacha rivojlana olmagan. Bundan tashqari, kuzatilayotgan davr 
boshida qisman orqaga tisarilish (chekinish) yuz bergan. Masalan, GKO 
bozoridagi aylanma 2000-yilda, 1999-yilga qiyoslaganda, ularning past 
daromadliligi tufayli ikki barobar qisqardi. Buning natijasi shundan 
dalolat beradiki, respublikada erkin moliyaviy instrumentlar va bozor 
tomonidan o'matilgan bazaviy foiz stavkalari yo‘q. Bu bilan qisman
143


bo‘lsada, tijorat banklarning katta summadagi ortiqcha zaxiralarni ushlab 
turganligi, pul massasida naqd pullar ulushi oshishiga olib keluvchi 
foiz stavkalari tuzilmasi betartibligini tushunish mumkin. Muomaladagi 
naqd pullarning pul agregati M2 ga munosabati 1996-yil dekabrdagi 
42%dan 2000-yil iyunda 49% gacha o‘sdi. Bu 0 ‘zbekiston MB ochiq 
bozorda keng operatsiyalar olib borolmaganligining asosiy sabablaridan 
biri bo‘ldi. U bank tizimi likvidliligini tartibga solishda xorijiy valuta 
savdosiga va ma’muriy - buyruq tadbirlariga (nomonitar omillarga) 
tayanishi lozim edi.
e) antiinflyatsion boshqaruvning strategik masalasi sifatida, shuning- 
dek, budjet tanqisligini unga bosqichma-bosqich barham berish orqali 
qisqaritish kiradi. Respublikada davlat budjeti tanqisligini kamaytirishga 
erishildi: davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2005-yilda 
0,1%, 2007-yilda 1,1%, 2008-yilda 1,5%, 2009-yilda 0,2%, va 2010- 
yilda 0,3% profitsit bilan bajarildi. Budjet tanqisligining hal qilinishiga 
ikki yo‘l bilan erishish mumkin — daromadlarni oshirish va davlat 
xarajatlarini kamaytirish. Eng ma’quli restriktiv (cheklangan) budjet 
siyosati hisoblanadi, unga ko‘ra, hukumat liniyasi iqtisodiyotdan ko‘proq 
olishni emas, davlat g'aznasidan unga kamroq berishdan iborat. 
Respublikaning zamonaviy soliq tizimi aynan erkinlashtirish tomonida 
turib soliq yukini kamaytirishni evolutsionlashtiradi. Bosqichma- 
bosqich bozor tizimiga o‘tkazish mumkin bo‘lgan davlat faoliyati 
ko‘rinishlarini moliyalashtirish o‘zgartirildi. Bu yerda gap investitsion 
jarayonlarga davlat aralashuvini kamaytirish, budjet kapital qo‘yil- 
malari hajmini kamaytirish, asoslanmagan dotatsiyalar va subsidiyalami 
bekor qilish, xususiylashtirish jarayonlarini kuchaytirish haqida 
ketmoqda.
f) antiinflyatsion strategiyaning muhim masalalaridan yana biri inf- 
lyatsion natijalarni so'ndirishdir. Buning uchun kamida ikki shart 
bajarilishi lozim: ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qodir bo'lgan 
bozor tizimi mexanizmlarini imkon qadar mustahkamlash; inflatsiyaga 
bardosh bera oladigan kuchli, «mehribon» emas, davlatning mavjudligi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Markaziy Bankning boshqaruvchilik 
salohiyati baribir cheklangan, chunki tijorat banklari ham bank cheklari 
ko‘rinishida pul ishlab chiqarmoqda. Shuning uchun ham inflatsiya 
bilan kurashishning ishonchli uslublari, masalan, pul massasi o'sishida 
qat’iy limitlami o'rnatish talab qilinadi. Samarali antiinflyatsion strate- 
giya milliy iqtisodiyotni tashqi inflyatsion impulslarga ta’sirini minimum 
holatga olib kelishi kerak. Bunga valuta kurani tartibga solish yordamida
/
144


erishiladi. EBBRning Toshkentdagi (2003-yil may) hududiy Kengashi 
o‘tkazilganidan so‘ng 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki valuta 
bozorini erkinlashtirish bo'yicha XVF asosiy talablarini bajardi:
— valuta-almashtiruv kursining turliligi bekor qilindi;
— almashtiruv punktlari orqali jismoniy shaxslarga SKV ni o‘zlash- 
tirish bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi;
— xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun naqd bo‘lmagan hisoblar 
bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi;
— SKV dagi talab va taklifdan kelib chiqib banklararo savdo sessiya- 
larida yagona valuta kursi o‘rnatildi.
0 ‘zbekiston boshqa mamlakatlarning xalqaro joriy tolovlar konver- 
tatsiyasini yuritish bo‘yicha tajribalarini o‘rgandi. Konvertatsiyaga o ‘tish 
uchun tashqi o'zlashtirmalarga murojaat qilmasdan yetarli oltin zaxiralari 
oldindan topib qo‘yildi.
Antiinflyatsion boshqaruvning strategik omillari bilan bir qatorda 
tez ta’sir etuvchi taktik omillardan ham foydalanildi. Bu omillar qoidaga 
ko‘ra, inflatsiya sabablarini bartaraf etish va uning mexanizmlarini 
demontaj qilishga mo‘ljallanmagan. Ular asosan, favqulodda xarakterga 
ega bo‘lib, inflatsiyaga chek qo‘yish uchun yo'naltirilgan. Ular tovar 
taklifini oshirish, joriy talabni qisqa muddatda boshqarish bilan bog‘liq. 
Oxirgisining maqsadi jamg‘arish shakllarini oshirish, ularning likvidligi 
darajasini kamaytirish, qo‘yilmalar va davlat zayomlari bo'yicha foizlarni 
oshirish, aksiyalarni keng tarqatish va yer uchastkalariga pullarni qo‘yish- 
dan iborat.
Pul-kredit siyosatida qat’iy choralarning ko‘rilishi inflatsiya darajasi 
pasayishida aks etdi. 0 ‘rtacha yillik inflatsiya sur’ati 2000 — 24,9%, 
2001 - 27,4%, 2002 - 21,6%, 2003 - 3,8% 2004 - 3,7%, 2005 -
7,8%,2006 - 6,8%, 2007 - 6,8%, 2008 - 7,8%, 2009 - 7,4%, 2010 
da esa 7,3% ni tashkil etdi.
Shunday qilib, iqtisodiyotning dinamik muvozanati sharoitida 
makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi.
Respublika inflatsiyani stimullashgan, mo‘tadil iqtisodiy o‘sishga 
erishgan holda bartaraf etdi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə