Shahar (viloyat) tuman “ ” nomli maktabgacha ta’lim tashkiloti


VII. Oʻquv yili yakuniga “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini oʻzlashtirish natijalari



Yüklə 3,25 Mb.
səhifə12/22
tarix19.12.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#151302
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
04-02 Metodistning oylik ish rejasi ish jurnali va hisoboti

VII. Oʻquv yili yakuniga “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini oʻzlashtirish natijalari (bu
yerda metodist bolalarning rivojlanish xaritalari boʻyicha tarbiyachilar tomonidan taqdim etilgan
hisobotlarni tahlil qiladi va quyida keltirilgan jadval asosida koʻrsatkichlarni umumlashtiradi).
Dastlabki o‘quv yili boshida kuzatish olib borildi.
Oraliq o‘quv yili o‘rtasida kuzatish olib borildi.
Yakuniy o‘quv yili yakunida kuzatish olib borildi.
Dastlabki kuzatish o‘quv yili boshida sentabr oyida o‘tkazildi. Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari boshlang‘ich, ayni damdagi dolzarb rivojlanish darajasi aniqlandi. Uning shu davrgacha erishgan yutuqlari, kuchli tomonlari, shuningdek o‘quv yilining boshida rivojlanish ehtiyoj va muammolari aniqlandi hamda ularni hal qilish uchun pedagog jalb qilindi.
Bola yutuqlari xaritasini to‘ldirdi va erishilgan natijani tegishli belgi (0) bilan belgilab borildi. Kuzatish rivojlanishning barcha sohalari bo‘yicha olib borildi. Agar u yoki bu rivojlanish sohasidagi indikator kutilayotgan natijalar bo‘lmagan taqdirda " Pedagog izohi" ustunida eslatma yozib borildi.
Bolaning rivojlanish darajasi quyidagi tushuntirishlar yordamida belgilandi:
K - kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi (bola asosiy ko‘nikmalarni namoyon qiladi. Hatti-harakatlari kam yoki umuman namoyon qilmaydi).
B - ba'zida kuzatiladi (bola asosiy ko‘nikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari tasodifiy yoki ma'lum vaziyatlarda).
T - tez-tez kuzatiladi (bola asosiy ko‘nikma / xatti-harakatni vaziyatga qarab namoyish etadi).
D - doimiy ravishda kuzatiladi (bola asosiy ko‘nikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari talab darajasida, mustaqil tarzda takrorlaydi).
Oraliq kuzatish xuddi shu tartibga binoan o‘tkazildi. Kuzatishning bu turi birinchi yarim yillik oxiri dekabr, yanvar oylarida o‘tkazildi. Bunday kuzatishni o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatish natijalariga ko‘ra, mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritilib borildi.
O‘quv yili oxiri may oyida yakuniy kuzatish o‘tkazildi. Mazkur kuzatish asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholandi va mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanib olindi.
Kuzatish o‘tkazish jarayonida quyidagi tamoyillarga tayanildi:
kuzatish bola uchun odatiy sharoitda amalga oshirildi va bolaga yordam berishga yo‘naltirildi.
bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatish uch hafta mobaynida olib borildi.
bola to‘g‘risidagi ma'lumotlar ota-onalar va tashkilotning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olindi.
Bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga e'tibor qaratildi.
5-6 yoshdagi bolalarni oraliq va yakuniy kuzatish natijalariga ko‘ra, ushbu bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha rivojlanishida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayonning maqsadlari aniqlandi.
5-6 yoshdagi bolalar uchun (MTT bitiruvchisi) faqat oraliq kuzatish maqsadlari aniqlandi, yakuniy kuzatishdan so‘ng bolaning maktabga tayyorligi xaritasi to‘ldirildi.
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi. Kichik soha: Yirik motorika bo‘yicha, oyoq uchida, tovonida, oyoq kaftining tashqi tomonida va tizzalarni baland ko‘targan holda yurashi, arqonda muvozanatni saqlagan holda yurishi, tizzalarini baland ko‘targan holda yugurishi, baland bo‘lmagan to‘siqlardan xatlashi, arg‘amchoqdan sakrashga urinishi, gimnastika o‘rindig‘ida qo‘llari bilan tortilib emaklashi, gimnastika devori bo‘ylab tirmashishi, samokatda uchishi amalga oshirildi.

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə