|
Sharof boshbekov dramalarida hayot haqiqati va talqin mahoratiOriental Renaissance: Innovativesharof-boshbekov-dramalarida-hayot-haqiqati-va-talqin-mahoratiOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
276
w
www.oriens.uz
May
2021
olami prizmasidan o‘tkazib, saralaydi, estetik ideali asosida umumlashtirib jozibador,
ta’sirchan asar namunasini yaratadi. Ijodkorning mahorati ham aynan hayotiy
reallikni badiiy tasvirlashida namoyon bo‘ladi. Zero, “Badiiy mahorat, bir tomondan
— real hayotdagi yangilikni ko‘ra bilish va uni adabiyot vositalari ila tahlil qila bilish
san’ati bois, ikkinchi tomondan — san’atning sirlarini, texnikasini, minglab hissiy-
tasviriy vositalarni chuqur bilishga bog‘liqdir.”
1
Dramatik asarlar yaratishda nafaqat kitobxon, balki tomoshabin nuqtai nazari
hisobga olinib, soha dramaturgdan muayyan tayyorgarlikni, nazariy bilimlarni,
mazkur janrga xos bo‘lgan badiiy shartlilik tizimlarini puxta o‘zlashtirishni talab
qiladi. Chunki bu turda tasvir imkoniyati chegaralangan bo‘lib, asosan qahramonlar
harakati, dialog va monologlar, detallar orqali badiiy reallik ko‘rsatib beriladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ushbu maqolada “badiiy adabiyotning gultoji” sanalgan dramaturgiya haqidagi
yirik adabiyotshunos olimlarning fikrlariga tayangan holda mohir dramaturg SHarof
Boshbekovning "Temir xotin" tragikomediyasida talqin muammosi, shuningdek
qahramon yaratishdagi mahoratini tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning
mantiqiylik, izchillik, psixologik, tavsifiy yondashuvlardan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Dramaturg Sharof Boshbekov sahna asarlarida hayot va uni badiiy ifodalashdagi
yuksak mahoratni ko‘rish mumkin. Xususan, mustaqillikning ilk shabadalari esa
boshlagan, biroq mustabid tuzum hali ham o‘z siyosatini yurgizayotgan bir davrda
yozilgan “Temir xotin” tragikomediyasida voqealar o‘sha zamondagi hayotiy
muhitdan kelib chiqqan holda yaratilib, bunda qishloq tasvirlari, Qo‘chqorning
yashash sharoiti aniq keltirib o‘tiladi. “Qishloq. Oddiy, kamtarona hovli. To‘g‘rida
bir necha ustunli peshayvon, o‘ngda pastakkina ko‘cha eshigi, oldinroqda yog‘och
karavot. Sahnadagi har bir jihoz, har bir buyumda nimadir yetishmaydi: eshik-deraza
romlarining yarmi bo‘yalgan, yarmining rangi o‘chib ketgan; yog‘och karavotning
bitta oyog‘i yo‘q, o‘rniga g‘isht terib qo‘yilgan; ko‘rpa-yostiqqa yamoq tushgan;
piyolalarning labi uchgan yoki chegalakgan, choynakning jo‘mragiga tunuka
kiygazilgan va hokazo.”
2
Bu chizgilar orqali kitobxonda davr haqida aniq tasavvur
uyg‘onsa, asar davomida Olimjon tilidan aytilgan “hozir «oilani planlashtirish» degan
bir gap chiqib turibdi.” degan so‘zlari orqali hodisalar sodir bo‘layotgan zamonning
ham aniq ko‘rsatilganini, ya’ni 80-yillar o‘rtalari aks etganini ilg‘aydi.
1
Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.79-b.
2
Boshbekov Sh. Temir xotin. www. Ziyouz.com kutubxonasi 1-b. (Keyingi o`rinlarda mazkur elektron kitobning
sahifalari ko`rsatiladi)
|
|
|