Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix12.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#109855
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
KURS ishi.Norqobilova M. Naqqoshlik maktablari

USTA ABDUZOHID 
– (taxminan 1852-1917) - Samarqandlik naqqosh, mohir 
va chaqonligi bilan shuhrat qozongan. usta Abduzohid shogirdlari usta Baqo, usta 
Abdug‘anilar bilan birga ishlagan: Abdu Darun majmuasidagi yangi ayvon (1908), 
Shoxizinda masjidi ayvoni (1908-1910), Boqi Baland masjidi (1910), Mahmud 
Xorazmiy masjidi asosiy ishlaridan.
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 


27 
XULOSA. 
Qadimda odamlar yashayotgan maskanlariga, devor-u toshlarga ov 
jarayonlari, jang-u jadallar, bazmlar, tantanali marosimlarni aks ettirganlar. 
Jumladan, Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa va boshqa obidalar qoldiqlari shundan 
dalolat beradi. Keyinchalik, ayrim 
sabablarga 
ko‘ra tirik mavjudotni 
aks ettirish taqiqlab qo‘yildi. Shuning uchun tasviriy san’at o‘rnini o‘simliksimon, 
geometrik naqshli bezaklar egalladi.
Naqqoshlik san’ati tilini bilish uchun naqshning har bir unsuri va ranglarining 
ramziy alifbosini bilmoq kerak bo‘lgan. Alisher Navoiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu 
Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Kamoliddin 
Behzod, Maoniy, Firdavsiy, Umar Xayyom, Bobur kabi jahonga mashhur olim, 
shoir va naqqoshlar binolarimizni kishilar xayolini o‘ziga tortuvchi, tabiatning 
go‘zal manzaralariga monand naqshlar bilan bezashga chaqirganlar. Kishilarni 
go‘zallik bilan yaqin do‘st, birodar bo‘lishga undaganlar. Arab imlosi, g‘azal, 
bitiklar, naqshlar, me’moriy obidalar, tasviriy san’atning islimiy-tilsimiy turlari 
eshitish va ko‘rish a’zolarimiz orqali ruhimizga hissiy quvonch olib keladi.
Umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar va san’at maktablaridada
 
“Naqqoshlik 
maktablari va ularning tarixi” mavzusi esa amaliy san’at darslarini o’tishda muhim 
ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. O’quvchilarning nazariy bilim va amaliy 
ko’nikmalarini shakillantirishda ushbu dars mashg’ulotlarining o’rni nihoyatda 
ahamiyatlidir.
Kurs ishining I bobida Qadimgi O‘rta Osiyoda naqqoshlik san’atining 
rivojlanishi, O’zbek xalqining madaniyat durdonalari, tarixiy yodgorliklarini 
saqlashda usta naqqoshlarning ijodiy faoliyati yoritilgan. II bobida esa O’zbekiston 
naqqoshlik maktablari va ularning shakllanish tarixi Shuningdek Farg’ona, 
Toshkent, Buxoro va Samarqand naqqoshlik maktablari tarixi ularning usta 
naqqoshlari ijodi faoliyati yoritilgan.
Xulosa qilib aytganda naqqoshlik maktablari va ularning tarixini o’rganish
muhim ahamiyat kasb etib, o’quvchilar ijodiy faoliyatida bilim saviyalarini yanada 
to‘laqonli bo‘lishiga amaliy yordam beradi. 


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə